Bosh sahifa Blog Sahifa 61

Fransiya kompaniyalari O‘zbekistonga 6,5 mlrd yevrolik investitsiya kiritmoqchi

0

Prezident Mirziyoyev Fransiyaning yirik kompaniyalari bilan 6,5 mlrd yevrolik qo‘shma loyihalarni muhokama qildi. “Biz Fransiyaning katta tajriba va bilimlarini qo‘llashdan manfaatdormiz”, — dedi u. Mablag‘lar konlarni o‘zlashtirish, qurilish va qishloq xo‘jaligini ichiga olgan strategik sohalarga yo‘naltiriladi.

Parij shahriga tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezident 2018 va 2022-yillarda ushbu mamlakatga rasmiy tashriflari hamda 2023-yilgi Samarqand sammitida ham Fransiya tadbirkorlari bilan uchrashgan edi. 12-mart kungi forum ana shu ochiq va konstruktiv muloqotning davomi bo‘ldi, deyiladi xabarda. Bu galgi uchrashuvda O‘zbekistonning xususiy kompaniyalari rahbarlari va vakillari ham ishtirok etdi.

Tadbirda Fransiyaning tashqi savdo va xorijdagi fransuz fuqarolari ishlari bo‘yicha vazir-delegati Loran Sen-Marten, Fransiya taraqqiyot agentligi bosh direktori Remi Riu, MEDEF International rahbari — Orano Mining kompaniyasi boshqaruvi raisi Klod Imoven, shuningdek, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari, investitsiya va bank-moliya institutlarining 60 dan ortiq rahbarlari va vakillari ishtirok etdi. Fransiya biznesi tomonidan SUEZ, Veolia, Total, EDF, Voltalia, Orano, Meridiam, Saint-Gobain, Imerys, Natixis, Societe Generale, BPI France, Airbus, MND, Eiffage, Schneider Electric, Total Energies, Alstom, Technip Energies, Egis, ADP Group, Ellipse Projects, Assystem, ATR va boshqa kompaniyalar qatnashdi.

O‘zbekiston rahbari o‘z nutqida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan o‘tgan muzokaralarni yuqori baholab, ishbilarmonlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

Uchrashuvda Fransiya ishbilarmon doiralari vakillariga “Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas iqtisodiy islohotlar strategiyasini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun” minnatdorlik bildirildi, qayd etdi matbuot xizmati.

Joriy yil yanvar oyida MEDEF tarkibidagi yirik kompaniyalar rahbarlarining Toshkent shahriga tashrifi natijalari yuqori baholandi. Fransiya kompaniyalari bilan O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik tarmoqlarida qator qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Prezident ushbu mamlakat investitsiyalarini faol jalb etish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, Fransiya korxonalarining yechimlari, to‘plangan katta tajriba va bilimlarini qo‘llashdan O‘zbekiston manfaatdor ekanini aytdi. U Fransiya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Fransiya kompaniyalari bilan 2027-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan innovatsion va sanoat kooperatsiyasi dasturi bunga xizmat qiladi. Unga umumiy qiymati 6,5 milliard yevro bo‘lgan aniq yo‘nalish va loyihalar kiritilgan.

Dasturni amalga oshirish doirasida Fransiyaning yetakchi bank va moliya tashkilotlarini faol jalb qilgan holda biznes tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali vositalari keng joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbari muhim mineral resurslarning istiqbolli konlarini o‘zlashtirish va ularni chuqur qayta ishlash, qurilish materiallari, kimyo va farmatsevtika tarmoqlari, elektrotexnika sanoati, qishloq xo‘jaligida zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish va boshqalarni O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatib o‘tdi.

Energetikada energiya ishlab chiqarish va saqlash quvvatlarini kengaytirish, O‘zbekiston hududlarida suv xo‘jaligi, kommunal, turizm, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamkorlikni rivojlantirishda katta salohiyatga ega.

“Ikki mamlakat kompaniyalari ishtirokidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va jadallashtirish maqsadida doimiy faoliyat yuritadigan O‘zbekiston-Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qilaman. Biz tomondan unga O‘zbekiston bosh vaziri rahbarlik qiladi. Birinchi uchrashuvni iyun oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazishimiz mumkin. Barchangizni tashkil etilayotgan kengashning to‘la huquqli a’zosi sifatida bo‘lajak tadbirda faol ishtirok etishga taklif etaman”, — dedi Mirziyoyev.

O‘z navbatida, Fransiya ishbilarmon doiralari vakillari hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq taklif va rejalarini bayon qildi.

Davlat rahbari ishbilarmon doiralar vakillariga muvaffaqiyatlar tilab, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari” asosida erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Biznes tarixi: AQShda taqiqqa uchragan “Kinder Surprise” shirinliklari

0

Vaqt o‘tgani sari ba’zi brendlar rivojlanadi va muvaffaqiyat cho‘qqisiga chiqadi yoki aksincha bozorda mavjud bo‘lgan raqobatga dosh bera olmay faoliyatiga nuqta qo‘yiladi.

Italiyaning “Ferrero” firmasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan “Kinder Surprise” shirinligi qariyb 50 yildan ortiq bozorda o‘z iste’molchilarni topib, o‘yinchoqlar kolleksiyasini yig‘ishni xush ko‘ruvchilar orasida shuhrat qozongan. Firma bundan tashqari peshtaxtalarda eng talabgir shirinliklardan bo‘lgan “Nutella” pastasi, “Rafaello” konfetlari va “TikTak” kabi mahsulotlarni yaratib bozorga olib kirgan.

“Spot” bu gal “Kinder Surprise»ning yaratilishi va muvaffaqiyat tarixiga nazar tashlaydi. Maqolada kompaniyaning bugungi kungacha qanday shakllangani hamda uning kengayish jarayonlari haqida so‘z boradi.

“Nutella”, “Raffaello»dan “Kinder Surprise»shirinliklari sari

“Kinder” shirinliklari tarixi 40-yillar boshiga borib taqaladi. Hammasi Italiyaning Turin shahridagi Petro Ferrero ismli qandolatchi rafiqasi, ukasi Jovani bilan otasidan qolgan novvoyxonada savdo-sotiq bilan shug‘ullanishidan boshlandi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan qandolatchilik unga ko‘proq yaqin bo‘lgani sabab Petro otasidan qolgan novvoyxonani kichik qandolatchilik do‘koniga aylantiradi.

Hammasi yaxshi kichik do‘konda shirinliklardan daromad yaxshi kelayotgandi, biroq ikkinchi jahon urushi Petro va uning yaqinlarini Italiyaning shimolida joylashgan Alba shahri tomon yetakladi.

Bu yerda ular qaytadan shirinliklar do‘konini ochishdi. Petro afsonaviy “Nutella” pastalarini yaratib, ommaga taqdim qildi va Albadagi eng yaxshi qandolatchisiga aylandi.

ferrero, kinder, kinder surprise

Rasming o‘ng tomonidagi portretda “Rerrero” asoschisi Petro Ferrero tasvirlangan.

1946-yilga kelib esa birinchi “Ferrero” shirinliklar fabrikasi ochildi va odamlar orasida u yerda tayyorlagan shirinliklar haqida ijobiy mish-mishlar avj ola boshladi.

Shundan so‘ng, Petro va uning oilasi brendni rivojlantirish, barqaror mijozlar oqimini ushlab qolish haqida bosh qotira boshlashdi: mahsulot misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga erishgandi.

1949-yilga kelib kuchli sel toshqini fabrikani yuvib ketishiga bir baxya qoladi: Petro bu voqeaga haddan tashqari tashvishlanishi natijasida yurak bilan bog‘liq muammolar sabab to‘satdan vafotidan etib, biznes uning ukasi Jovanniga o‘tadi.

Aynan Jovanni rahbarlik qilgan davrda oilaviy kompaniya shirinliklar va shokoladlarning jahon ishlab chiqaruvchisi bo‘lish huquqini himoya qilib, boshqa qandolat brendlari bilan raqobatlasha boshladi. Buning natijasida stressni boshidan kechirgan Jovanining sog‘lig‘i yomonlasha boshlaydi va natijada bir necha oy o‘tib u ham olamdan ko‘z yumadi.

ferrero, kinder, kinder surpriseBiznes esa 24-yoshli Mikele Ferreroga o‘tdi. U yosh bo‘lganligi sababli ham yangilik qilishdan cho‘chimasdi. Aynan uning qiziquvchanligi “Kinder Surprise” shirinligining yaratilishiga sabab bo‘ldi.

Bu shirinlik yaratilishidan avvalroq esa kompaniya “Raffaello”, TikTak» kabi mahsulotlarni ommaga taqdim qilgandi.

Kolleksiyalarning dunyoga kelishi: mashhur ko‘k begemotlar

Aslida o‘sha davr uchun ham “shokoladli konfet ichidagi o‘yinchoq” g‘oyasi yangilik bo‘lmagan: Italiyada qadimgi an’anaga ko‘ra — “Pasxa” bayramlariga kichik sovg‘a bo‘lgan uzunchoq, tuxumsimon ekler shirinliklari pishirilgan. Biroq, Mikele Ferrero bunday shirinlik g‘oyasini o‘z biznesiga olib kirishga qaror qilgan birinchi ishbilarmon bo‘ldi.

Tadbirkor mahsulotni qanday uslubda ishlab chiqarish g‘oyasi haqida bosh qotira boshladi va bu g‘oyani xodimlari bilan bo‘lishdi: ular esa bu shirinlik faqat mavsumiy “Pasxa” bayrami kunlari sotiladi, deb hisoblab uning ustida ishlashni istashmagan. Shundan so‘ng o‘sha yillarda fabrikaga yangi kelgan xodim Vilyam Salichega “tuxumli shirinlik»ni qanday uslubda ishlab chiqish vazifasi topshirilgan.

ferrero, kinder, kinder surpriseShunday qilib hamkorlikdagi mehnat natijasida 1974-yilda birinchi “Kinder Surprise” dunyo yuzini ko‘rdi.

Shokoladli tuxumlarning o‘zi ikki qatlamli “Kinder” shokoladi — sutli va oq shokoladdan tayyorlana boshlandi va ichiga sariq plastmassa kapsula — sariq tuxum qo‘yildi, unga o‘yinchoq yashirildi. O‘yinchoqlarining dastlabki kolleksiyalari va ularni yaratish g‘oyasi shveysariyalik dizayner Genri Rotga tegishli hisoblanadi.

Mahsulot sodda va o‘ziga xosligi bilan xaridorlarni o‘ziga jalb qilgan: mayda ehtiyot qisimlaridan yig‘ilgan oddiy o‘yinchoqlardan tashqari, tuxumchalar ichidan kolleksiya haykalchalarini topish ham mumkin bo‘lgan.

Bu haykalchalar qo‘lda bo‘yalib, unga ko‘p kuch va vaqt sarflangan, shuning uchun ular aralash sxema bo‘yicha ishlab chiqarila boshlangan. Misol uchun, afsonaviy begemotlar Ferrero kompaniyasining rivojlanish bo‘limi rahbarining ijodiy fikrlari mahsuli hisoblanadi.

ferrero, kinder, kinder surprise1975-yilda uchta seriyadagi haykalchalar chiqarildi: “Hundefiguren (kuchuklar), “Tierfigure (hayvonlar) va “Asteriks.” Dastlabki ikki seriya bir mavzu bilan bog‘langan yigirmaga yaqin turli shakllarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi haykalchalar to‘plami Panoramiks, Kakofoniks, Vitalstatistika va Asterixning o‘zi kiradi, ular xuddi shu nomdagi komiksning syujetini ifodalaydi.

Ma’lumotlarga qaraganda birinchi mahsulot sotuvga qo‘yilishi bilanoq 1 soat ichida rastalarda qolmagan. 30 yillik faoliyati davomida esa 30 mlrd dona shokoladli tuxum sotilgan.

Mahsulotning ommalashishi: Nima sababdan AQShda an’anaviy “Kinder Surprise»shirinligi taqiqlangan?

Germaniya “Kinder Surprise” eksport qilishni boshlagan birinchi davlat bo‘ldi. 1974-yilda Ferrero kompaniyasi ushbu mamlakatda birinchi xorijiy vakolatxonasini ochdi. Ko‘p o‘tmay, Fransiyada ikkinchi xorijiy ishlab chiqarish ham paydo bo‘ldi, bu kompaniyaning tez kengayishiga turtki bo‘ldi.

Shu bilan bir qatorda ular mahsulotni boshqa davlatlarga ham olib kirish harakatlarini boshlashdi. Bu jarayonda kompaniya iqlimi issiq bo‘lgan mamlakatlar uchun “Kinder Joy” shaklida shirinlikni taqdim etdi: issiqda tuxum qoplamasidagi shokolad erib ketish ehtimoli yuqori bo‘lishi hisobga olingan.

ferrero, kinder, kinder surpriseKompaniya shirinlik nomini mamlakatga qarab o‘zgartirib bordi: Braziliyada “Kinder Surpresa”, Germaniyada “Kinder Uberraschung”, Norvegiyada “Kinderoverraskelse” singari.

Yevropa mamlakatlarida mahsulot iliq qarshi olindi. Biroq AQShda bu mahsulotga cheklov joriy qilingan.

1938-yildan buyon amalda bo‘lgan oziq-ovqat, dori-darmonlar va kosmetika to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra, qandolat mahsulotlari tarkibida “ozuqaviy bo‘lmagan moddalar” bo‘lishi taqiqlanadi. “Kinder Surprise” shirinligi esa shokolad qobig‘i ichida yashirin o‘yinchoqni o‘z ichiga olgan. Shu sababli ham mahsulot yaratilgandan buyon AQShga olib kirish mumkin emas.

Bundan tashqari, mayda qismlardan iborat yig‘ma o‘yinchoqlar yosh bolalar uchun xavfli deb hisoblangan: yutib yuborishlari mumkin, deb hisoblangan. AQShga “Kinder Surprise»ni sotish maqsadida olib kirganlarga $2500 miqdorida jarima belgilangan. Shunday qilib an’anaviy: sariq tuxum, usti shokolad qoplamali bu mahsulotni Amerika bozoriga olib kirish man etilgan.

ferrero, kinder, kinder surpriseAmmo bu mahsulotning muvaffaqiyatiga hech qanday soya solmadi. 1990−2000-yillar mahsulot misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga erishgan: o‘yinchoqlarni nafaqat bolalar, balki katta yoshlilar ham to‘plashgan.

Ko‘plab o‘yinchoqlar qo‘lda bo‘yalgan, o‘z “xazina»larini sotishga ahd qilgan kolleksionerlar kamyob nusxalarini $500dan sotishgan. Internet-auksionlarda narxlar €1000gacha ko‘tarilib ketgan. 2007-yil fevral oyida “eBay” kimoshdi savdosida 90 ming donadan iborat “kinder” o‘yinchoqlar to‘plami €30 mingga sotib olingan.

“Kinder»ning bugungi kundagi taqdiri

Zamonga moslashib borayotgan bu mahsulot bugungi kunda sariq qoplama ichidan chiqqan o‘yinchoqlarni jonlantirish maqsadida “Applaydu” ilovasini ishlab chiqgan. Ilova orqali o‘yinchoqlarni jonlantirishdan tashqari, undagi turli ta’lim mashqlarini bajarib bilimlarni kengaytirish ham mumkin.

“Kinder Surprise” o‘zining bir necha turdagi shirinliklarini ham sotuvga chiqargan. Endi u sariq qoplama ichidagi o‘yinchiqlardan tashqari batonlar, sutli shirinliklarning bir necha turlarini ommaga taqdim etmoqda.

ferrero, kinder, kinder surpriseSotuvdan tushgan mablag’larning bir qismiga kompaniya “Kinder va bolalik quvonchi” xayriya loyihasini amalga oshirib kelmoqda.

Bugungi kunda “Ferrero” Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va Janubi-Sharqiy Osiyoda o‘z mahsulotlarini sotib, vakolatxonalarini ochgan. Oilaviy biznesga bugungi kunda uchinchi avlod raxbarlik qilmoqda. Brend “Thorntons”, “Fannie May”, “Butterfinger”, “Eat Natural” va muzqaymoq ishlab chiqaruvchi “Wells Enterprises” kabi yangi brendlarni jalb qilish orqali o‘sishda davom etmoqda.

“Korzinka” marketing direktori Malik Karimov tavsiya qilgan 5ta kitob va birinchisi

0

Malik Karimov marketing va reklama sohasida 18 yillik tajribaga ega bo‘lib, sakkiz yil davomida “Korzinka” supermarketlari tarmog‘ida, undan avval besh yil davomida “Nestle” kompaniyasining O‘zbekiston va Qozog‘istondagi ofislarida “Nescafe” va “KitKat” brendlari menejeri sifatida ishlagan. “Tashkent Runners” yugurish hamjamiyati asoschilaridan biri hisoblanadi.

Karimovning kitoblarga bo‘lgan muhabbati 10 yoshligidanoq uyg‘ongan. O‘sha vaqtdan boshlab u badiiy kitob o‘qishga qiziqqan bo‘lib, hozirgi kunda biznes, iqtisodiyotga doir, shu bilan birga ilmiy, badiiy, biografik va psixologik kitoblarni ham mutolaa qiladi.

Mutaxassis asarlarni ko‘proq qog‘oz formatda o‘qishni yaxshi ko‘radi: “Qog‘oz kitob o‘qiganga nima yetsin, lekin afsuski vaqtim chegaralanganligi uchun 70% kitoblarni audio formatda tinglayman. Elektron kitob esa deyarli o‘qimayman”, deydi u.

“Atrof to‘la ahmoqlar”, Tomas Erikson

Samarali muloqot uchun shaxsiyat turlarini tushunish bo‘yicha qo‘llanma.

Asar, avvalo, o‘zimizni va atrofimizdagi odamlarni yaxshiroq tushunish uchun yozilgan. Nafaqat hayotda, balki ish faoliyatida, oilaviy munosabatlarda va jamiyat bilan muloqotda qo‘l keladigan amaliy maslahatlar bilan boyitilgan.

Ushbu kitobni o‘qish orqali har bir odamning o‘ziga xosligi va uning qadriyatlarini anglash, ziddiyatlarni qanday yumshatish va samarali muloqotni qanday yo‘lga qo‘yish, o‘z kommunikatsion uslubini rivojlantirib, atrofdagilar bilan ishonchli aloqalar o‘rnatish mumkin.

Shu bilan birga, kitob tadbirkorlarni o‘z jamoasini yaxshiroq boshqarish, mijozlarga moslashish va murakkab vaziyatlarni imkoniyatga aylantirish yo‘lida ilhomlantiradi.

kitoblar tavsiyasi, zafar hoshimov

2025-yilda tadbirkor ayollar loyihalariga qo‘shimcha $200 mln yo‘naltiriladi

0

Mablag‘lar belgilangan banklarning “Hamroh” hamda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida taqdim etiladi.

7-mart kuni xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan xotin-qizlarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2025-yilda qo‘shimcha $200 mln yo‘naltiriladi.

“Biznesni rivojlantirish banki»ga ajratilgan mablag‘lar hisobidan “Hamroh” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlar asosida kreditlar ajratiladi.

“Xalq banki” va “Mikrokreditbank»ga ajratilgan mablag‘lar hisobidan kreditlar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida beriladi. Qaror ijrosi har oyda muhokama qilib boriladi.

7-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, joriy yil 2 mln nafar ayollar bandligini ta’minlash, shundan 1,3 mlnini tadbirkorlikka jalb etish rejalashtirilganini qayd etgandi.

Buning uchun banklar tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qulay moliyaviy paketlar taqdim etiladi. Xususan, quyidagi banklar xotin-qizlar loyihalariga ko‘maklashish va arzon kreditlar taqdim etish uchun jalb qilinadi:

  • “O‘zmilliybank” xizmatlar sohasida — 200 ming nafar;
  • “Turonbank” limonchilikda — 150 ming nafar ayollar
  • “Mikrokreditbank” parrandachilikda — 160 ming nafar;
  • “Sanoat qurilish bank” sabzavot va ko‘chatlar yetishtirishda — 160 ming;
  • “Xalq banki” uzum, brokkoli va mahalliy karam yetishtirishda — 150 ming;
  • “Agrobank” bog‘dorchilik yo‘nalishida — 144 ming;
  • “Biznesni rivojlantirish banki” ko‘kat, bulg‘or qalampiri, baqlajon va pomidor yetishtirishda — 94 ming;
  • “Asakabank” farmatsevtika va uzumchilikda — 82 ming;
  • “Aloqabank” IT, asalarichilik va mevali ekinlar yetishtirishda 58 ming nafar ayollarimizni band etishga ko‘maklashadi.

Buning uchun 2025-yilda mahallalarda ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun qo‘shimcha 3,3 trln so‘m ajratiladi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida yana $100 mln beriladi. Bunga qo‘shimcha ravishda banklar ham $100 mln jalb qilib, mahallalarda o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlarga 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratadi.

Shu bilan birga, biznes tajribasi bo‘lmagan 20 ming nafar xotin-qizni tadbirkorlikka o‘qitish rejalashtirilmoqda. Aylanmasi 100 mlrd so‘mdan oshgan 50 nafar ayol tadbirkor “chempion tadbirkor»ga aylantiriladi.

Avvalroq mikrofirma va kichik korxonalarga yillik statistika hisobotini har uch yilda bir marotaba topshirishga ruxsat berilishi ma’lum qilingandi.

 

“Milliy Fashion show”: Milliylik va zamonaviylik bir maskanda birlashdi…

0

Liboslar — har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u milliy o‘ziga  xoslikni aks ettiradi. Mintaqamizdagi iqlim, shart-sharoit va ko‘p yillik tarixga  ega e’tiqodimiz asosida o‘ziga xos milliy liboslarimiz shakllanib kelgan. Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rkini, balki ma’naviy mafkuralarimizni va  dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi. Bugungi kunda  mana shu uzoq tarixni bosib o‘tgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi  haqida so‘zlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish va targ‘ib etish  milliyligimizni saqlab qolish demakdir.  Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Agar jamiyat  hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi — bozor tamoyillariga  asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi — ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”, degan so‘zlarini alohida ta’kidlash o‘rinli.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, yoshlar o‘rtasida milliy  liboslarni ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yoshlar  ijod saroyida O‘zbek milliy modasining jozibasi, zamonaviy tendensiyalar  va an’anaviy uslublarning o‘zaro uyg‘unligi namoyon bo‘lgan “Milliy Fashion  Show” modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir milliy liboslarimizni keng targ‘ib qilish, yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqimizning o‘z an’ana va qadriyatlariga  bo‘lgan hurmatini yana bir bor yuksaltirish maqsadida tashkil etildi. Namoyishda nafis va betakror milliy liboslar taqdim etilib, an’anaviy bezaklar zamonaviy moda uslublari bilan uyg‘unlashgan holda moda ixlosmandlariga  havola qilindi.

Tadbir davomida san’atkorlarning jonli chiqishlari bayramona ruh  bag‘ishlab, tadbirga yanada ko‘tarinkilik baxsh etdi. Shuningdek, milliy  hunarmandlar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, unda respublikamizning  turli hududlaridan kelgan mohir ustalar tomonidan yaratilgan nafis  hunarmandchilik buyumlari taqdim etildi. Mehmonlar Milliy zardo‘zchilik,  Milliy o‘yinchoqlar, Oddiy metallardan  milliy uslubda tayyorlangan  taqinchoqlar, kandakorlik, misgarlik buyumlari, kulolchilik, zargarlik va  yog‘och o‘ymakorligi kabi san’at turlarining eng sara namunalari bilan  yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.  Modalar namoyishi mehmonlarga zamonaviy dizaynerlar tomonidan  tayyorlangan eksklyuziv milliy kolleksiyalar, ipak va atlas matolar  jozibasi, nafis kashtalar hamda milliy modaning eng yangi yo‘nalishlari  bilan tanishish imkonini berdi.

Mazkur muhim madaniy tadbir O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat  instituti tomonidan tashkil etilib, milliy merosimizga bo‘lgan e’tiborning yana  bir yorqin namunasiga aylandi.

O‘zbekiston MDH davlatlari uchun FHDYo yagona tizimini ishlab chiqadi

0

Yangi tizim FHDYo sohasidagi davlatlararo hamkorlikni sezilarli darajada soddalashtirishi kutilmoqda.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvining yagona tizimini yaratish tomon harakat qilmoqda, deb xabar berdi MDH Ijro qo‘mitasi rasmiy sayti.

Ushbu tashabbus ishtirokchi davlatlarga tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajralishlarni ro‘yxatga olish, shuningdek, fuqarolik holati dalolatnomalarida mavjud bo‘lgan boshqa muhim ma’lumotlar to‘g‘risida tezkor ma’lumot almashish imkonini beradi.

Ta’kidlanishicha, mazkur loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasiga yuklangan.

Yangi tizim FHDYo sohasidagi davlatlararo hamkorlikni sezilarli darajada soddalashtirishi kutilmoqda. MDH davlatlari fuqarolari ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, zarur hujjatlar va ma’lumotnomalarni olishi mumkin bo‘ladi, bu esa byurokratik tartiblarni sezilarli darajada kamaytiradi.

Ta’kidlanishicha, yagona axborot almashish tizimining joriy etilishi ham ma’lumotlar ishonchliligini oshiradi va mumkin bo‘lgan suiiste’mollarning oldini oladi. Bu, ayniqsa, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida aholi migratsiyasining kuchayishi sharoitida dolzarbdir.

Loyiha konsepsiyani ishlab chiqish va tasdiqlashdan boshlab bir necha bosqichda, so‘ngra texnik tatbiq etish va FHDYo milliy tizimlarini yagona tarmoqqa integratsiyalash bosqichidan iborat bo‘lishi kutilmoqda.

MDH Ijro qo‘mitasi loyiha ustida ish boshlangani haqida ma’lumot e’lon qildi. Loyihani amalga oshirish uchun hozircha aniq muddat yo‘q, biroq MDH vakillarining bayonotlariga qaraganda, «ish qizg‘in davom etmoqda». FHDYo yagona axborot tizimining joriy etilishi Hamdo‘stlik mamlakatlari hamkorligi va integratsiyasini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lishi ta’kidlanmoqda.