Bosh sahifa Blog Sahifa 62

Ipoteka krediti bo‘yicha foiz stavkalari pasaytirildi

0

“Ipotekani qayta moliyalashtirish” kompaniyasining hamkor banklari tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlarining foiz stavkasi 21,5% dan 19,5% gacha tushirildi.

O‘zbekistonda ipoteka krediti bo‘yicha foiz stavkalari tushirildi. Bu haqda “Ipotekani qayta moliyalashtirish” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentning 21-fevraldagi tegishli farmoni bilan kompaniyaning belgilangan talablari asosida hamkor banklar tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlarining yangilangan shartlari belgilandi.

Ipoteka kreditlari birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 20 yilga rasmiy daromadga ega bo‘lganlarga taqdim etiladi.

Kredit miqdori Toshkent shahri uchun 800 mln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun 500 mln so‘mgachani tashkil etadi. Uning foiz stavkasi Markaziy Bank asosiy stavkasi (hozirda — 13,5%) hamda 6% miqdorida hisoblanadi. (2024-yilda bu +8% edi). Natijada stavka 21,5% dan 19,5% gacha pasaytirildi.

“Ipotekani qayta moliyalashtirish” kompaniyasining hamkor banklari qatorida “Hamkorbank”, “InFinBank”, “Orient Finans Bank”, “Agrobank”, “Asakabank”, “Ipoteka-bank”, “Xalq banki”, “Turon bank”, “O‘zmilliybank” hamda “Biznesni rivojlantirish banki” bor.

2024-yilda O‘zbekistonda ipoteka krediti oluvchilar soni 16% ga kamayib, 58,8 ming kishini tashkil etdi. Kreditning o‘rtacha miqdori 18% ga o‘sib, 290 mln so‘mdan oshdi. Birlamchi bozor ulushi ortdi, ipoteka oluvchilar orasida yoshlar ulushi kamaydi.

Joriy yilning 3-mart kuni ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi. Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari va Yagona portal orqali ariza topshirish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi

0

Mukofotlanganlar orasida hokim o‘rinbosarlari, tadbirkorlar, o‘qituvchilar va san’at sohasi vakillari bor.

Prezident farmoni bilan o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, yuqori kasbiy malakasi va mahorati bilan mamlakatdagi tub islohotlarda faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan bir guruh ayol-qizlar mukofotlandi.

«Do‘stlik» ordeni bilan

  • Abilova Aygul Tursunovna — Konimex tumani obodonlashtirish boshqarmasi farroshi, Navoiy viloyati;
  • Gaziyeva Lyubov Borisovna — «O‘zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat muassasasi bo‘lim mutaxassisi;
  • G‘aibnazarova Nodira Bahodirjonovna — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri;
  • Jamolova Dilnoza Mo‘yidinovna — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining o‘rinbosari;
  • Kozixonova Orzigul Mo‘ydinovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi;
  • Kunnazarova Bibisora Kalmuratovna — «Hunarmand» uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi a’zosi, o‘tov jihozlari to‘quvchisi;
  • Mamadiyarova Nasibali Ablakulovna — Bulung‘ur tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Samarqand viloyati;
  • Mambetniyazova Gulzar Sherniyazovna — Chimboy tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Minayeva Gulnara Akramovna — «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘zvagonta’mir» aksiyadorlik jamiyati Samarqand vagon deposi sex katta ustasi, Samarqand viloyati;
  • Mirzayeva Habiba Babayevna — Oqoltin tumanidagi «Oltin meros» folklor ansambli a’zosi, «E’zozli ayollar» sport to‘garagi rahbari, Sirdaryo viloyati;
  • Musurmanova Aynisa — O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktorining o‘rinbosari;
  • Rabotneva Larisa Aleksandrovna — Uzbekistan Airways Technics mas’uliyati cheklangan jamiyatining g‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlar sifatini ta’minlash xizmati muhandisi;
  • Salixova Mavlida Nazrullayevna — Buxoro viloyati «Oydin Nur» oilani ijtimoiy himoyalash markazi eksperti;
  • Sultonova Xubon Toyirovna — Buxoro tumanidagi «Qavola Mahmud» mahalla fuqarolar yig‘inining «Oqila ayollar» harakati yetakchisi, Buxoro viloyati;
  • Tojibayeva Sanobarxon Uktamovna — Chust tumanidagi «Chust O‘ktamjon servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati;
  • Tursunkulova Djamilya Shamsiyevna — «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining zoldir prokatlash bo‘linmasi kran mashinisti, Toshkent viloyati;
  • Shomuratova Oygul Jabborovna — Termiz tumani obodonlashtirish boshqarmasi gul yetishtiruvchisi, Surxondaryo viloyati;
  • Elboyeva Klara Cho‘liyevna — Nishon tumanidagi «Nishon qorako‘lchilik» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Qashqadaryo viloyati
  • Yuldashova Mehri Artiqovna — Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati.

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

  • Adhamjonova Mavludaxon Xamzayevna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi;
  • Ahmedova Soraxon Tolipjanovna — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining ma’muriy huquq kafedrasi professori;
  • Kamolova Istat Shukurovna — G‘ijduvon tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Buxoro viloyati;
  • Negmatova Xalima Utabovna — Jizzax shahar hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati;
  • Saidova Dilfuza Eshkulovna — Jizzax shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Jizzax viloyati;
  • Soliyeva Uktamxon Qozoqovna — Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, shoira, Farg‘ona viloyati;
  • Sultanova Dilshoda Namozovna — Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining san’at kafedrasi professori, Samarqand viloyati;
  • Tojibayeva Nargiza Keldibekovna — Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i;
  • Xilvatullayeva Zaripa Abdunazarovna — Piskent tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Toshkent viloyati;
  • Xusenova Nasiba Ismatovna — Karmana tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Navoiy viloyati.

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

  • Abdurahmonova Faridaxon Nasirdinovna — Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining anesteziolog-reanimatologi;
  • Lyaksheva Galina Petrovna — Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-Markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi hudud hamshirasi.

«Sog‘lom turmush» medali bilan

  • Allayarova Dilfuza Mirjalilovna — Yuqori Chirchiq tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili fani o‘qituvchisi, marafon yuguruvchisi, Toshkent viloyati;
  • Ismoilova Dildora O‘ktamovna — Qo‘shko‘pir tumanidagi «Sherzodbek shifo klinikasi» oilaviy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati;
  • Polvonova Luftiniso Bobosharifovna — Rishton tumanidagi «Cho‘ng‘ara Zilol» oilaviy shifokorlik punkti doyasi, Farg‘ona viloyati.

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

  • Tursunova Navbahor Eshmurodovna — Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudining raisi, Samarqand viloyati;
  • Xayitova Sayyora Nomozboyevna — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Yakkasaroy tumani qo‘riqlash bo‘limi guruh komandiri, Toshkent shahri.

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

  • Yoqubjonova Shaxnoza To‘lqinjon qizi — Gnesin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi magistranti;
  • Fayzullayeva Madina Hikmatillayevna — «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi.

«Shuhrat» medali bilan

  • Abduvaliyeva Sanobar Sultonovna — «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Angren kon boshqarmasi «Ko‘chbuloq» shaxtasi kompressor qurilmalari mashinisti, Toshkent viloyati;
  • Abdullayeva Ozoda Safibullayevna — Namangan muhandislik-qurilish institutining sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani, Namangan viloyati;
  • Abdusalamova Farog‘at Sunnatulla qizi — O‘zbekiston davlat simfonik orkestri xor jamoasi rahbari;
  • Azizova Gulbaxor Nazrullayevna — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Bahor Deco» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri;
  • Aitbayeva Zamira Joldashovna — Nukus shahridagi «Nauqan bag‘» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Akramova Mashhura Zafarjon qizi — Quvasoy shahridagi «Ellycardin Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Farg‘ona viloyati;
  • Aripova Maktuba Qobulovna — Uchtepa tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahri;
  • Bobomurotova Gulrux Umarovna — Nurota tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Navoiy viloyati;
  • Boyeva Fotima Salohiddinovna — Parkent tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Toshkent viloyati;
  • Dehqonova Nargiza Akbarovna — Andijon shahar hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Andijon viloyati;
  • Yorkulova Marziya Fayziyevna — Paxtachi tumani «Urganji» mahalla fuqarolar yig‘inidagi kutubxona rahbari, Samarqand viloyati;
  • Jo‘rayeva Ozoda Hasanovna — Denov tumanidagi 1-oilaviy bolalar uyi rahbari, Surxondaryo viloyati;
  • Yo‘ldasheva Mahliyo Norpo‘latovna — G‘uzor tumanidagi hunarmand-tikuvchi, Qashqadaryo viloyati;
  • Kamoldinova Mukaramxon Usmanovna — Andijon shahridagi «Auto Rubber» mas’uliyati cheklangan jamiyatining yig‘uv liniyasi ustasi, Andijon viloyati;
  • Karimova Shahnoza Yandashovna — Navoiy shahridagi «Baraka Non Navoiy» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati;
  • Karshibayeva Gulchehra Shodmonkulovna — Boyovut tumanidagi «Bolg‘ali Qilich aka» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati;
  • Komilova Saodat Yusupjonovna — Jizzax shahri telekommunikatsiya bog‘lamasi telegraf elektr montyori, Jizzax viloyati;
  • Qorayeva Dilnavoz Kumakovna — Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati;
  • Qo‘chqorova Barno Ibodullayevna — Yangiariq tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Xorazm viloyati;
  • Mamatqulova Zinnat Mamatqulovna — Yangiobod tumanidagi «Yangiobod agropillasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Jizzax viloyati;
  • Matchonova Muhabbat Madirimovna — Xiva tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi kichik tibbiy xodimi, Xorazm viloyati;
  • Mirzayeva Mehriya Shabobayevna — Vobkent tumanidagi «Sariosiyo» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Buxoro viloyati;
  • Nabiyeva Dilrabo Ibragimovna — Davlatobod tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Namangan viloyati;
  • Ravshanova Farida Fayzullayevna — Jarqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati;
  • Ruziyeva Irodabonu Qahramon qizi — «Navoiyuran» davlat korxonasining Uran ishlab chiqarish zavodi texnologik laboratoriyasi kimyoviy tahlil laboranti, Navoiy viloyati;
  • Yuldasheva Maryam Abduxalimovna — Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati;
  • Tojixonova Gavharoy Oxunjonovna — Marhamat tumani «Yangi hayot» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Andijon viloyati;
  • Toshpulatova Qizlarxon Eshboyevna — Sho‘rchi tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, temirchi-usta, Surxondaryo viloyati;
  • Egamberdiyeva Dilfuza Rustamovna — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktorining birinchi o‘rinbosari.

Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etiladi

0

Mikrofirma va kichik korxonalarga yillik statistika hisobotini har uch yilda bir marotaba topshirishga ruxsat beriladi.

24-fevral kuni statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan Prezident huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etiladi.

Statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:

  • makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish;
  • integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish;
  • “mahalladan — respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash.

2025-yil yakunigacha “Hududlar statistikasi” axborot tizimi ishga tushiriladi.

Joriy yil yakuni bo‘yicha hisobot davridan boshlab xodimlar soni yillik o‘rtacha 5 kishidan kam bo‘lgan va yillik tushumi BHMning 2 ming barobari (750 mln so‘m) gacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotini topshirish majburiyati bekor qilinadi. Buning o‘rniga ular har uch yilda bir marotaba statistik hisobot topshiradi.

Farmonga ko‘ra, Statistika organlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda 2026-yildan quyidagi interaktiv xizmat turlari joriy etiladi:

  • hisobotlarni topshirishda korxona va tashkilotlarga maslahat beruvchi “Maslahatchi” sun’iy intellektga asoslangan interaktiv xizmati;
  • foydalanuvchilarga statistik ma’lumotlarni tez izlab topishga ko‘maklashuvchi “Tahlilchi” sun’iy intellektga asoslangan konsultativ xizmati;
  • statistik kuzatuvlarni telefon yordamida o‘tkazish imkonini beruvchi “Call-markaz” faoliyati.

2025/2026 o‘quv yilidan Milliy statistika qo‘mitasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Iqtisodiy statistika kafedrasi filiali tashkil etiladi.

Joriy yilning 1-iyulidan YTTlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari hamda iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida amalga oshiriladi.

Davlat statistika agentligi prezidentning 2022-yilning dekabr oyidagi farmoni bilan Statistika agentligi shaklida qayta tashkil etilib, 2023-yil 1-yanvardan prezidenti huzuriga o‘tkazilgandi.

Markaziy bank inflyatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi

0

Uning yordamida iste’mol savatchasidagi tovar va xizmatlarning inflyatsiyaga moslashtirilgan qiymatini hisoblash mumkin.

Markaziy bankning rasmiy veb-saytida “Inflyatsiya kalkulyatori” ishga tushirildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur kalkulyator yordamida ma’lum ixtiyoriy vaqt oralig‘ida inflyatsiyaning pul qiymatiga (sotib olish qobiliyatiga) ta’sirini baholash mumkin.

Buning uchun kerakli davr va pul miqdori tanlab olinadi, undan keyin iste’mol savatchasidagi tovar va xizmatlarning inflyatsiyaga moslashtirilgan qiymati hisoblanadi

Ma’lumotlar Statistika agentligi tomonidan hisoblangan iste’mol narxlari indeksining oylik hisoboti asosida taqdim etiladi. “Inflyatsiya kalkulyatori” veb-saytning bosh sahifasi hamda “Pul-kredit siyosati” bo‘limida joylashgan.

Shuningdek, kalkulyator belgilangan davr uchun quyidagi ma’lumotlarni hisoblaydi:

  • yig‘ilgan inflyatsiya (foizda);
  • davr uzunligi;
  • o‘rtacha oylik inflyatsiya (foizda);
  • o‘rtacha yillik inflyatsiya (foizda).

Xususan, 1999-yilning dekabr oyidan boshlab, hozirgi vaqtgacha bo‘lgan davr uchun pul miqdorining yakuniy narxini aniqlashi mumkin. Masalan, 1999-yilning so‘nggi oyida 100 ming so‘m bo‘lgan iste’mol savati qiymati 2025-yilning yanvar oyida 1 mln 233 ming 914 so‘mga teng bo‘ladi.

inflyatsiya, inflyatsiya kalkulyatori, kalkulyator, markaziy bank

Biznes marafon yana Nukus shahrida…

0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 14-fevral kuni yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning tadbirkorlik va ta’lim olishlari uchun yangi imkoniyatlar taqdim etilishi haqida ma’lum qilingandi. Ushbu yig‘ilish doirasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar doirasida Yoshlar ishlari agentligi, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda MFaktor hamkorligida 2025-yil 27-fevral kuni Qoraqalpog‘istonda yoshlar uchun biznesni boshlashga oid muhim tadbir — “Biznes Marafon” o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, ularni zamonaviy biznes ko‘nikmalari bilan tanishtirish va yangi biznes g‘oyalarini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashdir.

Nukus shahridagi tarixiy majmuada — Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan “Oq qush” me’morchilik kompleksida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli Oʻtovda bo‘lib o‘tgan tadbirda yosh tadbirkorlar, innovatorlar va biznesni boshlash istagidagi yoshlar, yurtimizning tajribali biznesmenlari, muvaffaqiyatli startaplar egalari hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlikni boshlash uchun zarur bilimlar berildi, innovatsion texnologiyalar va zamonaviy biznes yondoshuvlar o‘rgatildi, dunyo tajribasi, shuningdek, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim kabi sohalarda mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.

Endi bog‘cha tarbiyachilari ham vazir jamg‘armasidan ustama olishi mumkin

0

Hukumat qaroriga ko‘ra, bundan buyon vazir jamg‘armasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar ro‘yxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, endilikda vazir jamg‘armasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar ro‘yxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi. Sinovlarda barcha fan o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin.

Avval MTT tarbiyachilari ustama olishga da’vogarlik qila olmasdi, endi ular ham sinovlarda ishtirok etib ustama olishi mumkin.

Shuningdek, pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishining tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib (ikkala bosqichda), oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan pedagoglarga beriladi.

Bundan tashqari, endi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarga navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichi (mutaxassislik fani va kasb standarti) bo‘yicha malaka sinovidan ozod qilinadi.