Mukofotlanganlar orasida hokim o‘rinbosarlari, tadbirkorlar, o‘qituvchilar va san’at sohasi vakillari bor.
Prezident farmoni bilan o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, yuqori kasbiy malakasi va mahorati bilan mamlakatdagi tub islohotlarda faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan bir guruh ayol-qizlar mukofotlandi.
«Do‘stlik» ordeni bilan
- Abilova Aygul Tursunovna — Konimex tumani obodonlashtirish boshqarmasi farroshi, Navoiy viloyati;
- Gaziyeva Lyubov Borisovna — «O‘zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat muassasasi bo‘lim mutaxassisi;
- G‘aibnazarova Nodira Bahodirjonovna — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri;
- Jamolova Dilnoza Mo‘yidinovna — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining o‘rinbosari;
- Kozixonova Orzigul Mo‘ydinovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi;
- Kunnazarova Bibisora Kalmuratovna — «Hunarmand» uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi a’zosi, o‘tov jihozlari to‘quvchisi;
- Mamadiyarova Nasibali Ablakulovna — Bulung‘ur tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Samarqand viloyati;
- Mambetniyazova Gulzar Sherniyazovna — Chimboy tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Minayeva Gulnara Akramovna — «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘zvagonta’mir» aksiyadorlik jamiyati Samarqand vagon deposi sex katta ustasi, Samarqand viloyati;
- Mirzayeva Habiba Babayevna — Oqoltin tumanidagi «Oltin meros» folklor ansambli a’zosi, «E’zozli ayollar» sport to‘garagi rahbari, Sirdaryo viloyati;
- Musurmanova Aynisa — O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktorining o‘rinbosari;
- Rabotneva Larisa Aleksandrovna — Uzbekistan Airways Technics mas’uliyati cheklangan jamiyatining g‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlar sifatini ta’minlash xizmati muhandisi;
- Salixova Mavlida Nazrullayevna — Buxoro viloyati «Oydin Nur» oilani ijtimoiy himoyalash markazi eksperti;
- Sultonova Xubon Toyirovna — Buxoro tumanidagi «Qavola Mahmud» mahalla fuqarolar yig‘inining «Oqila ayollar» harakati yetakchisi, Buxoro viloyati;
- Tojibayeva Sanobarxon Uktamovna — Chust tumanidagi «Chust O‘ktamjon servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati;
- Tursunkulova Djamilya Shamsiyevna — «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining zoldir prokatlash bo‘linmasi kran mashinisti, Toshkent viloyati;
- Shomuratova Oygul Jabborovna — Termiz tumani obodonlashtirish boshqarmasi gul yetishtiruvchisi, Surxondaryo viloyati;
- Elboyeva Klara Cho‘liyevna — Nishon tumanidagi «Nishon qorako‘lchilik» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Qashqadaryo viloyati
- Yuldashova Mehri Artiqovna — Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati.
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
- Adhamjonova Mavludaxon Xamzayevna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi;
- Ahmedova Soraxon Tolipjanovna — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining ma’muriy huquq kafedrasi professori;
- Kamolova Istat Shukurovna — G‘ijduvon tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Buxoro viloyati;
- Negmatova Xalima Utabovna — Jizzax shahar hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati;
- Saidova Dilfuza Eshkulovna — Jizzax shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Jizzax viloyati;
- Soliyeva Uktamxon Qozoqovna — Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchisi, shoira, Farg‘ona viloyati;
- Sultanova Dilshoda Namozovna — Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining san’at kafedrasi professori, Samarqand viloyati;
- Tojibayeva Nargiza Keldibekovna — Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i;
- Xilvatullayeva Zaripa Abdunazarovna — Piskent tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Toshkent viloyati;
- Xusenova Nasiba Ismatovna — Karmana tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Navoiy viloyati.
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
- Abdurahmonova Faridaxon Nasirdinovna — Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining anesteziolog-reanimatologi;
- Lyaksheva Galina Petrovna — Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-Markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi hudud hamshirasi.
«Sog‘lom turmush» medali bilan
- Allayarova Dilfuza Mirjalilovna — Yuqori Chirchiq tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili fani o‘qituvchisi, marafon yuguruvchisi, Toshkent viloyati;
- Ismoilova Dildora O‘ktamovna — Qo‘shko‘pir tumanidagi «Sherzodbek shifo klinikasi» oilaviy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati;
- Polvonova Luftiniso Bobosharifovna — Rishton tumanidagi «Cho‘ng‘ara Zilol» oilaviy shifokorlik punkti doyasi, Farg‘ona viloyati.
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
- Tursunova Navbahor Eshmurodovna — Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudining raisi, Samarqand viloyati;
- Xayitova Sayyora Nomozboyevna — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Yakkasaroy tumani qo‘riqlash bo‘limi guruh komandiri, Toshkent shahri.
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
- Yoqubjonova Shaxnoza To‘lqinjon qizi — Gnesin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi magistranti;
- Fayzullayeva Madina Hikmatillayevna — «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi.
«Shuhrat» medali bilan
- Abduvaliyeva Sanobar Sultonovna — «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Angren kon boshqarmasi «Ko‘chbuloq» shaxtasi kompressor qurilmalari mashinisti, Toshkent viloyati;
- Abdullayeva Ozoda Safibullayevna — Namangan muhandislik-qurilish institutining sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani, Namangan viloyati;
- Abdusalamova Farog‘at Sunnatulla qizi — O‘zbekiston davlat simfonik orkestri xor jamoasi rahbari;
- Azizova Gulbaxor Nazrullayevna — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Bahor Deco» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri;
- Aitbayeva Zamira Joldashovna — Nukus shahridagi «Nauqan bag‘» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Akramova Mashhura Zafarjon qizi — Quvasoy shahridagi «Ellycardin Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Farg‘ona viloyati;
- Aripova Maktuba Qobulovna — Uchtepa tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahri;
- Bobomurotova Gulrux Umarovna — Nurota tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Navoiy viloyati;
- Boyeva Fotima Salohiddinovna — Parkent tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Toshkent viloyati;
- Dehqonova Nargiza Akbarovna — Andijon shahar hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Andijon viloyati;
- Yorkulova Marziya Fayziyevna — Paxtachi tumani «Urganji» mahalla fuqarolar yig‘inidagi kutubxona rahbari, Samarqand viloyati;
- Jo‘rayeva Ozoda Hasanovna — Denov tumanidagi 1-oilaviy bolalar uyi rahbari, Surxondaryo viloyati;
- Yo‘ldasheva Mahliyo Norpo‘latovna — G‘uzor tumanidagi hunarmand-tikuvchi, Qashqadaryo viloyati;
- Kamoldinova Mukaramxon Usmanovna — Andijon shahridagi «Auto Rubber» mas’uliyati cheklangan jamiyatining yig‘uv liniyasi ustasi, Andijon viloyati;
- Karimova Shahnoza Yandashovna — Navoiy shahridagi «Baraka Non Navoiy» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati;
- Karshibayeva Gulchehra Shodmonkulovna — Boyovut tumanidagi «Bolg‘ali Qilich aka» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati;
- Komilova Saodat Yusupjonovna — Jizzax shahri telekommunikatsiya bog‘lamasi telegraf elektr montyori, Jizzax viloyati;
- Qorayeva Dilnavoz Kumakovna — Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati;
- Qo‘chqorova Barno Ibodullayevna — Yangiariq tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Xorazm viloyati;
- Mamatqulova Zinnat Mamatqulovna — Yangiobod tumanidagi «Yangiobod agropillasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Jizzax viloyati;
- Matchonova Muhabbat Madirimovna — Xiva tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi kichik tibbiy xodimi, Xorazm viloyati;
- Mirzayeva Mehriya Shabobayevna — Vobkent tumanidagi «Sariosiyo» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Buxoro viloyati;
- Nabiyeva Dilrabo Ibragimovna — Davlatobod tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Namangan viloyati;
- Ravshanova Farida Fayzullayevna — Jarqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati;
- Ruziyeva Irodabonu Qahramon qizi — «Navoiyuran» davlat korxonasining Uran ishlab chiqarish zavodi texnologik laboratoriyasi kimyoviy tahlil laboranti, Navoiy viloyati;
- Yuldasheva Maryam Abduxalimovna — Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati;
- Tojixonova Gavharoy Oxunjonovna — Marhamat tumani «Yangi hayot» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Andijon viloyati;
- Toshpulatova Qizlarxon Eshboyevna — Sho‘rchi tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, temirchi-usta, Surxondaryo viloyati;
- Egamberdiyeva Dilfuza Rustamovna — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktorining birinchi o‘rinbosari.