Bosh sahifa Blog Sahifa 151

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yish muvaffaq bo‘lga tadbirkor Verner fon Simens

0

Verner fon Simens 1816-yilda Prussiyada dunyoga kelgan. 1839 va 1840-yillarda uning ota-onasi ketma-ket hayotdan ko‘z yumgan.

Verner oilada to‘ng‘ich o‘g‘il bo‘lgani uchun 10 nafar uka va singillariga g‘amxo‘rlik qilish uning zimmasiga tushgan. Simens leytenantning maoshi katta oilani ta’minlashga yetmasligini yaxshi tushunib, muhandislik qobiliyati qo‘shimcha daromad olib kelishiga ishongan.

1842-yilda u birinchi ixtirosi – galvanik oltin va kumush bilan qoplash usulini patentlagan. Vernerning ukasi – Vilgelm uni Britaniyada ham patentlagan, keyin esa o‘sha yerda xaridor topib, 1500 funt ishlab olgan. Bu kashfiyot Simensga o‘z moliyaviy ahvolini mustahkamlashga imkon bergan.

1847-yilda Simens va Galske hamkorlikda “Telegraphen-Bauanstalt Siemens & Halske” kompaniyasini tashkil qilishgan. Uning asosiy maqsadi elektrotelegrafiya bo‘lgan. Kompaniyaning xizmat doirasi asta-sekinlik bilan kengayib, boshqa sohalar, jumladan, mexanika va optikani ham qamrab olgan.

Compass Consulting asoschisi Ulug‘bek Xojiahmedov tomonidan tavsiya etilgan 5 ta kitob

0

Ulug‘bek Xojiahmedov ilk bor o‘zini biznes sohasida 90-yillarda Istanbuldagi Marmara universitetida o‘qiganida sinab ko‘rgan. Uch yil davomida u Rossiyaga bolalar kiyimlari yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, “LC Waikiki”, “Disneyland”, “Jordache Kids”, “Cembalo” kabi brendlar bilan ishlagan.

Ulug‘bek AQShning “Willamette” universitetida magistratura yo‘nalishini tamomlaganidan so‘ng darhol biznes konsalting bo‘yicha o‘zining birinchi mijozini topishga muvaffaq bo‘ldi.

2003-yilda tadbirkor o‘zining konsalting firmasini ochish g‘oyasi bilan O‘zbekistonga qaytib keldi va bir vaqtning o‘zida o‘z biznesini rivojlantirish uchun investitsiya kompaniyasida ishladi.

Ulugbek “Compass Consulting” kompaniyasini 2007-yilda ochgan. U kompaniyalar, korporatsiyalar va shaxsiy brendlarni jahon darajasiga olib chiqish, ular uchun strategiyani ishlab chiqish va rivojlanish tizimini ishlab chiqishda yordam beradi.

“Bolaligimdan kitob o‘qish sevimli mashg‘ulotlarimdan biri edi. Shu qadar ko‘p o‘qiganimdan vaqt qanday o‘tayotganini sezmay qolardim. Endi har 1−2 oyda kamida bitta kitob o‘qishga harakat qilaman”, — deydi tadbirkor.

Ulug‘bek Xojiahmedov yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik va menejment masalalarini hal etishda yordam beradigan professional adabiyotlarni afzal ko‘radi.

U kitobxonlikni insonning kasbiy va shaxsiy rivojlanishining muhim omili deb biladi.

“Murosasiz muzokaralar”, Kris Vos

Bu kitob meni muzokaralarga butunlay yangicha nuqtai nazardan qarashga majbur qildi.

Uni o‘qib chiqqanimdan so‘ng, men har qanday muzokaralarni konstruktiv olib borish qobiliyatini oshira oldim, bu muvaffaqiyatli shartnomalar soniga va ularning o‘rtacha hisobiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

“Bu kitobni o‘qimasdan oldin o‘zimni yaxshi muzokarachi deb hisoblardim”, — deydi Ulug‘bek.

Kitobda hayot-mamot masalalari suhbat orqali hal qilingan amaliy holatlar ko‘p. Men hammaga o‘z dunyoqarashi va suhbat qobiliyatini kengaytirish uchun uni o‘qishni tavsiya qilaman.

Bu kitobni murabbiyning tavsiyalari bilan o‘qib chiqdim va bundan afsuslanmadim, chunki o‘z biznesimga va mijozlarimizning biznesiga bo‘lgan nuqtai nazarim tubdan o‘zgardi.

Bundan tashqari, men ushbu kitob asosida bir nechta yetakchilik treninglarini o‘tkazdim.

Kitob, avvalo, yetakchilikni rivojlantirishning aniq va tushunarli metodologiyasiga ega ekanligi bilan yoqadi.

Shuning uchun men bu fazilatlarni o‘zida rivojlantirmoqchi bo‘lgan har bir kishiga, shuningdek, liderlarga tavsiya qilaman.

“To‘plangan yetakchilik”, Joanna Barsh, Joan Levoy

“McKinsey & Company” hamkorlari tomonidan ishlab chiqilgan yetakchilikni rivojlantirish aerobatikasi.

O‘z kompaniyamni rivojlantirish jarayonida bu ish bilan tanishish baxtiga muyassar bo‘ldim.

O‘qiganlarim menga shunchalik ta’sir qildiki, kashfiyotlarimni hamma bilan baham ko‘rdim. Bunday mavhum mavzuning chuqurligini yo‘qotmasdan, uni aniq shakllantirib taqdim etish mumkinligi meni hayratda qoldirdi.

Men o‘z paradigmalarimni qayta ko‘rib chiqib, ushbu material asosida treninglar ishlab chiqdim va ularni do‘stlarim, hamkasblarim va mijozlarim uchun o‘tkazdim.

Vizual namoyishlar va amaliy holatlar tufayli kitob mutlaqo hamma uchun tushunarli bo‘ladi.

Karlos Kastanedaning 12 ta kitobi

“Talabalik yillarimda bu yozuvchini o‘qishga qiziqib qoldim. Menga ushbu turkumdagi eng yoqqani oxirgi beshta kitob bo‘ldi”, — deydi u.

Muallif o‘z shaxsiy tajribasini qiziqarli va samarali baham ko‘radi, shuning uchun men uning asarlarini hikoya qilishning eng yaxshi namunasi deb bilaman.

Bundan tashqari, Kastaneda dunyoning shafqatsizligi bilan qanday kurashayotgani, shuningdek, hind madaniyatining go‘zal tomonlari haqida gapiradi.

“Bu asarlarda o‘qiganlarimdan shaxsiyatim to‘qilgan, deyishdan qo‘rqmayman, ular tufayli ko‘p narsalarni anglab yetdim. Bu men uchun inqilob edi”, — deydi Ulug‘bek Xojiahmedov.

Agar siz kundalik hayotingiz samaradorligini oshirishni va motivatsiya olishni istasangiz, sizga ushbu ajoyib seriyani o‘qishni maslahat beraman.

Ushbu kitobning qiziqarli sayohatida siz nima uchun ba’zi odamlar hamma narsaga ega bo‘lishlarini va ba’zilarda buning aksi bo‘lishini bilib olasiz.

Bu muvaffaqiyat bo‘yicha qo‘llanma emas, balki muvaffaqiyatli shaxs bo‘lishning kelib chiqishi haqida.

Yozuvchi ko‘zga ko‘ringan insonlar, ularning mehnatsevarligi misolida qanday yuksak cho‘qqilarga erishganlari, daholarning oddiy odamlardan qanday farq qilishini ko‘rsatadi. Hammasi sodda va tushunarli tilda yozilgan.

Rostini aytsam, bu kitob mening ota-ona tarbiyasiga bo‘lgan munosabatimni o‘zgartirdi.

Shuning uchun ham barcha ota-onalarga, qolaversa, ta’lim sohasida faoliyat yuritayotganlarga ham foydali bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Forbes milliarderlari reytingida Markaziy Osiyodan kimlar joy oldi?

0

Forbes 37-milliarderlar reytingini e’lon qildi. Unda Markaziy Osiyodan faqat Qozog‘iston vakillari bor.

Qozog‘istonning 6 nafar milliarderi Forbes reytingidan joy olgan. Ulardan uchtasi bank sohasidan daromad oladi.

Qozog‘istonlik eng boy milliarder sifatida Vladimir Kim ko‘rsatilgan. Uning boyligi 2022-yilga nisbatan 400 mln dollarga kamaygan.

Vladimir Kim qurilish muhandisligi, iqtisod va biznes boshqaruvi bo‘yicha akademik ma’lumotlarga ega.

Ro‘yxatning ikkinchi va uchinchi o‘rnidan Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi va kuyovi — Timur Kulibayev hamda Dinara Kulibayeva joy olgan. Ikkisining ham boyligi 4,3 mlrd dollarga baholanmoqda.

Shuningdek, qozog‘istonlik milliarderlar orasida Vyacheslav Kim, Timur Turlov va Bulat Utemuratov ham bor.

Forbes reytingida Markaziy Osiyodan boshqa davlat vakillari o‘rin olmagan.

O‘zbekistonda tug‘ilgan Alisher Usmonov Rossiya fuqaroligiga ega ekanligi sabab rossiyalik milliarder sifatida ko‘rsatilgan. Uning boyligi 14,4 mlrd dollarga baholanmoqda.

Forbes jurnalining umumiy reytingida fransiyalik Bernard Arno yetakchi bo‘ldi. Uning boyligi 211 mlrd dollarga baholangan.

Ayrim fuqarolarga 5 ta tovar xaridi uchun to‘langan QQS qaytariladi

0

“2023 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2023 yil 15 apreldan eksperiment tariqasida Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi huzuridagi “Agroservis operator” orqali tashabbuskorlar loyihalarni moliyalashtirishning quyidagi yangi tizimi joriy etiladi:

  • meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash, logistika quvvatlarini yaratish yo‘nalishidagi loyihalar Agentlikning tumandagi loyiha ofislariga taqdim etilib, Qishloq xo‘jaligi vazirligining yagona elektron axborot platformasi orqali “Agroservis operator”ga yetkaziladi;
  • intensiv bog‘ va tokzorlar, agrologistika obektlari hamda texnologik liniyalar, oziq-ovqat sanoatidagi liniyalar qurilib, tayyor holda tashabbuskorlarga lizing asosida topshiriladi. Bunda lizing to‘lovi 10 foizi oldindan to‘lash, 10 foizi tashabbuskorlar ulushi, 80 foizi 10 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.

Vazirlikning Geoaxborot tizimida 8 ta asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (paxta, g‘alla, sholi, piyoz, sabzi, kartoshka, makkajo‘xori hamda moyli ekinlar) ekilishini, vegetatsiya davrini monitoring va tahlil qilish amaliyoti joriy etiladi.

2023 yil 1 iyungacha paxta, g‘alla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.

2023 yil 1 maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar ro‘yxatga muvofiq tovarlarning chakana savdo obektlarida xaridini amalga oshirganda xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to‘lov o‘rniga, xarid summasida to‘langan QQS summasi qaytariladi.

2023 yil 1 iyundan qishloq xo‘jaligi sohasidagi barcha subsidiyalar “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Prezidentning tegishli qarori doirasida Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 2023 yilda 400 milliard so‘m budjet ssudasi yillik 10 foiz stavkada ajratiladi.

Vazirlik huzurida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini tahlil qilish markazi tashkil etiladi. 2023 yilda har bir viloyatda o‘rtacha 250-300 gektardan namunaviy bog‘-tokzorlar barpo etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvaga ozuqa yetishtirish uchun beriladigan yerlar maydoni 2 gektardan 5 gektarga oshiriladi.

Ayna Books asoschisi Ayna Aliyeva tavsiya qilgan 5 ta kitob

0

Ayna dastlab o‘zini tikuvchilik sohasida sinab ko‘rdi. Biroq vaqt o‘tishi bilan ishini to‘xtatdi. 2021-yil sentabr oyida tadbirkor Instagram’da kitoblarni onlayn sotishga qaror qildi. Ular juda tez sotildi va u savdo nuqtasi ochish haqida o‘ylay boshladi. Ayna kitob do‘konini 15-fevralda ochdi.

Bugungi kunda Ayna 2021-yil iyul oyida ochgan “Avis Tour” sayyohlik agentligiga ham egalik qiladi.

“Bolaligimdan ko‘p o‘qiganman. Qo‘limdagi kitobsiz hayotimni tasavvur qila olmayman. Menga detektiv asarlar yoqmaydi. Boshqa barcha janrlarni katta zavq, qiziqish va intriga bilan o‘qiyman”, — deya ta’kidlaydi tadbirkor.

“Men o‘qishni o‘z biznesimga aylantirdim — menimcha, bu mening unga bo‘lgan muhabbatimning eng yaxshi ko‘rsatkichidir”, deya qo‘shimcha qildi u.

“Yashirin yordam”, Lyudmila Petranovskaya

Psixolog va pedagog Lyudmila Petranovskaya o‘z qo‘llanmasida ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi muhim aloqa, g‘amxo‘rlik va tarbiya haqida gapiradi.

“Men bu kitobni uchinchi farzandim tug’ilganda o‘qiganman”, deydi Ayna.

Muallif juda oson va tushunarli tilda bizga ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi mehr-oqibat asoslarini yetkazadi. Bolalarning shikoyatlari ortida nima yotganini aytadi va bolani tushunishga yordam beradi.

Tadbirkor bu kitobni ota-ona bo‘lmoqchi bo‘lgan har bir kishiga tavsiya qiladi.

“Ko‘rinmas ayollar”, Karolin Peres

Kitob gender tengligi haqidagi ijtimoiy tadqiqotlarga asoslangan.

Unda muallif nima uchun bugungi kunda ayollar mehnati e’tibordan chetda qolayotganini aytgan.

Bundan tashqari, u hayotning turli sohalarida tengsizlik haqida shubhasiz dalillarni keltirdi.

Ayna kitobni o‘tgan yili o‘qib chiqganini, o‘shandan beri uylar arxitekturasiga, o‘z uyini tartibga solishga va umuman hayotga butunlay boshqacha nazar bilan qaray boshlaganini aytadi.

Nega bu menda bunchalik taassurot qoldirganini o‘qishni boshlaganingizdan keyin tushunasiz, deydi u.

“Becoming”, Mishel Obama

AQShning birinchi xonimi xotiralari hech bir ayolni befarq qoldirmaydi. Bu shaxsning o‘zgarmas qat’iyatiga faqat tik turgan holda hayrat va olqish mumkin.

Bu ayol stereotiplar va jamoatchilik fikridan qat’i nazar, xohlagan narsangizga qanday erishishni va kuchli bo‘lishni ko‘rsatadi.

Ushbu kitobdan so‘ng men zudlik bilan ijtimoiy tarmoqlarda Mishelga obuna bo‘ldim va uning tasmadagi yozuvlarini ko‘rganimda, u mening eski do‘stimdek tuyuladi, deydi tadbirkor.

U ajoyib ayol, haqiqatan ham birinchi xonim, bu nomga loyiqdir. Men uni o‘qiganimdan keyin kuchli motivatsiyani qo‘lga kiritdim va o‘ylaymanki, bu ilhomlantiruvchi hikoyalarning barcha muxlislariga yoqadi.

Mishel o‘zining kichik qadamlari, muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklari hamda hatto oilaviy muammolari haqida gapiradi.

“Ochlik o‘yinlari”, Suzanna Kollinz

Qisqa vaqt ichida bestsellerga aylangan amerikalik yozuvchining romani. O‘quvchilarni doimiy keskinlik va intrigada ushlab turgan muallif butun dunyodagi odamlarning qalbini zabt eta oldi.

“Men distopiya, fantaziya, ilmiy fantastikani yaxshi ko‘raman. Bu yerda hamma narsa bitta romanda jamlangan”, deydi Ayna

Aynanmazkur kitobni birinchi tug‘ruq ta’tiliga chiqqanida o‘qiganini va bu kitob uni kundalik muammolar va tartiblardan uzoqroqqa olib ketganini takidlaydi.

Bu juda ko‘p turli xil fikrlarni uyg‘otadi, bizni o‘ylashga va atrofdagi hayotimizni tahlil qilishga majbur qiladi.

“Tinch Don”, Mixail Sholoxov

Ko‘pchilik tomonidan sevilgan ajoyib doston. Sholoxov g‘ayrioddiy iliqlik bilan o‘zi o‘sgan bu hududlarni tasvirlagan.

Xalq taqdiri, ularning qadriyatlari, kechinmalari va Birinchi jahon urushi voqealari. Tavsif juda samimiy, chuqur va tahliliy tarzda berilgan.

Men uni o‘smirligimda o‘qiganman. U yosh avlodni chiroyli uslub, rus tilining tabiati bilan tanishtiradi.

O‘smirlar uchun bu muhitni o‘qish va his qilish juda foydali bo‘ladi. Go‘zal va ayni paytda og‘riqli sevgi hikoyasi, shuningdek, kazaklarning hayoti.

Jahon banki ishtirokida O‘zbekiston binolari uchun toza energiya loyihasi amalga oshiriladi

0

Prezident tomonidan «Jahon banki ishtirokidagi «O‘zbekiston binolari uchun toza energiya» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.

Hujjat bilan Jahon banki ishtirokidagi «O‘zbekiston binolari uchun toza energiya» loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari tasdiqlanmoqda.

Ularda quyidagilar nazarda tutilgan: qurilish mollarini (issiqlik izolyatsiya materiallari, quvurlar, eshik va oyna romlari, qurilish materiallari) va uskunalarni (qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, isitish tizimi, isitish qozonlari va h.k.) sotib olish; qurilish-montaj ishlari; energiya audit xizmatlari.

«O‘zbekiston binolari uchun toza energiya» loyihasini amalga oshirish uchun Jahon bankining kengashi tomonidan O‘zbekistonga 30 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan 143 mln AQSh dollari miqdorda qarz mablag‘larini ajratish ma’qullangan. Loyiha doirasida maktabgacha, maktab va sog‘liqni saqlash sohalarida 800 dan ziyod muassasalarni modernizatsiya etish rejalashtirilgan.

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra 2023 yil may oyiga qadar loyiha doirasida rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinishi ko‘zda tutilgan obektlar ro‘yxatini shakllantirish belgilangan.