Bosh sahifa Blog Sahifa 220

Prezident stipendiyasi har bir OTMga 1 ta beriladigan bo‘ldi

0

Prezidentning tegishli farmoni bilan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston prezidenti davlat stipendiyasi kvotasi:

➖ tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun 10 ta;
➖ magistratura bosqichi talabalari uchun 22 ta;
➖ bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga 1 tadan etib belgilandi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi OTMLarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qaipbergenov hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.

Endilikda Prezident va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yurituvchi xorijiy OTMlarning filiallari va nodavlat oliygohlarning bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.

«Biznes ustoz» loihasining bugungi mehmoni “Asaxiy books” loyihasi asoschisi Feruzbek Allayev.

0

Aziz doʻstlar, biznesga oid bilim va tajribangizni oshirishni istaysizmi, unda mahoratli va tajribali tadbirkorlar ishtirokidagi jonli muloqotga taklif etamiz.

Spiker: Feruzbek Allayev (https://t.me/allaevuzb) – asaxiy.uz internet doʻkoni, “Asaxiy books” loyihasi asoschisi

Mavzu: Biznesni rivojlantirishda muhim boʻlgan omillar

Vebinar vaqti: 10-sentabr (Juma), soat 20:00

Vebinarda YouTubedagi kanalimiz (https://youtube.com/channel/UCPAQFzayXV2tF_Ox7aLRv4w) orqali ishtirok eting.      Savol va fikr-mulohazalaringizni quyidagi izohlarda qoldirishingiz mumkin!

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi Andijon viloyat filiali tomonidan tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar ishtirokida oʻquv-seminarlar tashkil etilmoqda

0

2021-yil 8-sentabr kunning birinchi yarmida Andijon mashinasozlik institutining 1-kurs talabalari ishtirokida “Tadbirkorlik sirlari” mavzusida oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Kunning ikkinchi yarmida esa Andijon shahrida joylashgan kunlik mehnat bozorida faoliyat yurituvchi aholi va yoshlar ishtirokida “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi faoliyati va bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imtiyozlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ochiq muloqot oʻtkazildi.

Oʻquv-seminari va ochiq muloqotlar davomida yoshlar tadbirkorlik sohasidagi bilimlarini mustahkamlab oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

“Biznes ustoz” loyihasi: MuhammadAli Eshonqulov bilan vebinar (video)

0

Bu galgi jonli efirimizda 21-asr liderlari qanday koʻnikmalarga ega boʻlishi kerakligi haqida suhbatlashamiz!

Spiker: Xalqaro toifadagi iqtisodchi, “Biznes²” va “Patronlar ligasi” tadbirkorlar klubi asoschisi MuhammadAli Eshonqulov.

“Biznes marafon”dan fotolavhalar

0

Boy ota, kambag‘al ota

0

Mualliflar: Robert Kiyosaki, Sharon Lechter

Sahifalar soni: 386

Kitob hajmi: 3.5 MB

YUKLAB OLISH

KO‘RISH