Matbuot xizmati“Milliy Fashion show”: Milliylik va zamonaviylik bir maskanda birlashdi…

“Milliy Fashion show”: Milliylik va zamonaviylik bir maskanda birlashdi…

Liboslar — har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u milliy o‘ziga  xoslikni aks ettiradi. Mintaqamizdagi iqlim, shart-sharoit va ko‘p yillik tarixga  ega e’tiqodimiz asosida o‘ziga xos milliy liboslarimiz shakllanib kelgan. Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rkini, balki ma’naviy mafkuralarimizni va  dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi. Bugungi kunda  mana shu uzoq tarixni bosib o‘tgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi  haqida so‘zlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish va targ‘ib etish  milliyligimizni saqlab qolish demakdir.  Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Agar jamiyat  hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi — bozor tamoyillariga  asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi — ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”, degan so‘zlarini alohida ta’kidlash o‘rinli.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, yoshlar o‘rtasida milliy  liboslarni ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yoshlar  ijod saroyida O‘zbek milliy modasining jozibasi, zamonaviy tendensiyalar  va an’anaviy uslublarning o‘zaro uyg‘unligi namoyon bo‘lgan “Milliy Fashion  Show” modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir milliy liboslarimizni keng targ‘ib qilish, yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqimizning o‘z an’ana va qadriyatlariga  bo‘lgan hurmatini yana bir bor yuksaltirish maqsadida tashkil etildi. Namoyishda nafis va betakror milliy liboslar taqdim etilib, an’anaviy bezaklar zamonaviy moda uslublari bilan uyg‘unlashgan holda moda ixlosmandlariga  havola qilindi.

Tadbir davomida san’atkorlarning jonli chiqishlari bayramona ruh  bag‘ishlab, tadbirga yanada ko‘tarinkilik baxsh etdi. Shuningdek, milliy  hunarmandlar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, unda respublikamizning  turli hududlaridan kelgan mohir ustalar tomonidan yaratilgan nafis  hunarmandchilik buyumlari taqdim etildi. Mehmonlar Milliy zardo‘zchilik,  Milliy o‘yinchoqlar, Oddiy metallardan  milliy uslubda tayyorlangan  taqinchoqlar, kandakorlik, misgarlik buyumlari, kulolchilik, zargarlik va  yog‘och o‘ymakorligi kabi san’at turlarining eng sara namunalari bilan  yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.  Modalar namoyishi mehmonlarga zamonaviy dizaynerlar tomonidan  tayyorlangan eksklyuziv milliy kolleksiyalar, ipak va atlas matolar  jozibasi, nafis kashtalar hamda milliy modaning eng yangi yo‘nalishlari  bilan tanishish imkonini berdi.

Mazkur muhim madaniy tadbir O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat  instituti tomonidan tashkil etilib, milliy merosimizga bo‘lgan e’tiborning yana  bir yorqin namunasiga aylandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistondagi 10 ta OTM milliy tadqiqot universiteti maqomini oladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizda soʻnggi yillarda oliy taʼlim qamrovini kengaytirish, taʼlim sifatini...

O‘zbekistonliklar bir yilda yarim tonnadan ko‘proq oltin quymalar sotib oldi

O‘zbekistonliklar bir yilda yarim tonnadan ortiq oltin quymalar xarid qilgan. Bu haqda Markaziy bankning 2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘lchovli oltin quymalar bozori sharhida keltirilgan. Oxirgi olti yilda o‘lchovli...

2026-yildan har bir hududda “yashil” texnikumlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 2026-yili “Men ham ko‘chat ekaman” tashabbusi doirasida 75...

O‘zbekiston AQSHdagi mavsumiy ishlar bo‘yicha dastlabki talabnomalarni oldi

Migratsiya agentligi va AQSHning USA Farm Labor tashkiloti o‘rtasidagi dastur bo‘yicha dastlabki talabnomalar olindi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. Taʼkidlanishicha, hozirda jarayonlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda. Ish beruvchining...

Trade-in orqali yangi avtomashina xarid qilishda avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

Prezidentning atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan Toza havo loyihasini amalga oshirish bo‘yicha farmoni qabul qilindi. Hujjat bilan eski avtomobillarini yangisiga almashtirish istagida bo‘lgan fuqarolarga avtokreditlar uchun...

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ipoteka kreditining boshlang‘ich to‘lovi qoplab berilishi mumkin

Davlat tibbiyot muassasalari xodimlariga uy-joy va ta‘lim xarajatlarini qoplash bo‘yicha yangi imtiyozlar joriy etilishi mumkin. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori...