Bosh sahifa Blog Sahifa 88

Passiv daromad nima? U orqali yaxshigina pul ishlasa bo‘ladi

0

Kimdir  qo‘shimcha pul ishlab topish imkoniyatini izlasa, unga ko‘pincha vaqtinchalik ish topish bo‘yicha maslahat berishadi. Biroq buning uchun sizda vaqt va kuch bo‘lmasa-chi? Mazkur holatda passiv tushum– siz tomondan kam vaqt kuch sarflab pul ishlash usullarini topishingiz kerak bo‘ladi.

YouTube uchun videoroliklar tayyorlang

Ushbu soha juda tez rivojlanyapti. Siz istalgan kategoriya – musiqali, ta’limga bog‘liq, komediya, kinolar sharhi kabi yo‘nalishlarda roliklar suratga olishingiz va uni YouTube’ga joylashtirishingiz mumkin. Keyin esa bu roliklar Google AdSense’ga ulansa, ularda avtomatik tarzda reklamalar paydo bo‘ladi. Tomoshabinlar ushbu reklamalar ustida sichqonchani bossa, Google AdSense’dan pul olishni boshlaysiz.

Sizning muhim vazifangiz – munosib roliklarni yaratish, ularni ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib etish va bir necha klipdan daromadni ta’minlash uchun yetarli miqdorni qo‘llab-quvvatlash. Videoni suratga olish va montaj qilish u qadar mushkul emas, biroq shundan keyin juda uzoq vaqt davomida to‘liq passiv daromad manbaiga ega bo‘lasiz.

YouTube’da omadingiz kelishiga ishonmayapsizmi? Mishel Fan o‘zining kosmetika va rasm chizishga bo‘lgan qiziqishini video suratga olish bilan birlashtirib, 8 milliondan ortiq obunachilarga ega bo‘ldi. Endilikda 800 million dollar kapitalizatsiyaga ega shaxsiy kompaniyasiga asos soldi.

Hamkorlik marketingini sinab ko‘ring va sotishni boshlang

Passiv daromadning bu texnikasi bloglar va faol internet-sayt egalari uchun ko‘proq mos keladi. Qandaydir mahsulotlarni saytingizda targ‘ib etib, qat’iy belgilangan to‘lov yoki savdodan foiz olishingiz mumkin.

Bu yo‘l bilan pul ishlab topish qiyin emas. Chunki o‘zingiz payqaganingizdek, ko‘plab kompaniyalar mahsulotlarini ko‘proq joyda sotishdan manfaatdor.

Hamkorlik to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqaruvchilar yoki ularning saytiga murojaat qilish orqali topish mumkin. Reklama qilinayotgan mahsulot yoki xizmat sizga qiziq bo‘lsa yoki sayt mavzusiga to‘g‘ri kelsa, undan-da yaxshi.

Internetda o‘zingiz ishlab chiqargan mahsulotlarni soting

Bu sohada imkoniyatlar cheksiz: siz deyarli istalgan mahsulot va xizmatni sotishingiz mumkin. Bu siz tomondan, o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlangan yoki raqamli mahsulot  (dasturlar, DVD-disklar yoki ta’lim beruvchi video) bo‘lishi mumkin.

Agar o‘z saytingiz yoki blogingiz bo‘lmasa, savdo uchun sohangizga mos resursdan foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, hamkorlik bitimini tuzib, mavzuga mos saytlarga yoki ClickBank (raqamli axborot mahsulotlarini sotish uchun Amerika marketpleysi) kabi platformalardan foydalanishingiz mumkin.

Internetda sotishni o‘rganib, ko‘p pul ishlab topishingiz mumkin. Balki bu to‘liq passiv tushum emasdir, biroq har kuni tongda otlanish kerak bo‘lgan odatiy ishga qaraganda passivroq.

Blog sotib oling

Har yili minglab bloglar yaratiladi, biroz vaqt o‘tgach, “tashlab ketiladi”. Agar tashrifchilarining soni ko‘p bo‘lgan blogni sotib ololsangiz, bu a’lo darajadagi passiv daromad manbaiga aylanishi mumkin.

Ko‘plab bloglarda Google AdSense’dan foydalaniladi. U esa har oyda saytga joylashtirilgan reklama uchun haq to‘laydi. Qo‘shimcha tushumni ta’minlash uchun hamkorlik bitimlarini ham tuzim mumkin. Agar blogga ega bo‘lsangiz, daromadning har ikki oqimi ham sizga tegishli bo‘ladi.

Moliyaviy nuqtai-nazardan bloglar oylik kirimdan 24 marta ko‘proq summaga sotilishi mumkin. Ya’ni, agar sayt oyiga 250 dollar ishlasa, uni 3000 dollarga sotib olishingiz mumkin. Demak, 3000 dollar kiritib, har yili 1500 dollar olish imkoniga ega bo‘lasiz.

Egasi aktividan xalos bo‘lishni istayotgan bo‘lsa, saytni arzonroqqa sotib olishingiz mumkin bo‘ladi. Ba’zi saytlarda “doimiy” materiallar bo‘lib, yillar davomida o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi va daromad keltirishda davom etadi.

Foydali maslahat: Agar mana shunday saytni sotib olib, uni yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirsangiz, oylik tushum darajasini oshirish va biroz vaqt o‘tgach, saytni olinganiga qaraganda qimmatroqqa sotish imkoniga ega bo‘lasiz.

Vanihoyat, blogni sotib olish o‘rniga shaxsiy blogni yaratish. Bu ham foyda olishning yaxshi usuli.

Foto: Pixabay

Suratlaringizni internet tarmog‘ida foyda keltirishga majburlang

Suratga olishni yoqtirasizmi? Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, uni passiv kirim manbaiga aylantirish mumkin. Shutterstock va iStockphoto kabi fotobanklar suratlarni sotish uchun sizga platforma taqdim etishlari mumkin. Siz sayt mijoziga sotilgan har bir suratdan foiz yoki qat’iy belgilangan mablag‘ni qo‘lga kiritasiz.

Bu holatda har bir surat tushumning yana va yana ishlashi mumkin bo‘lgan alohida manbaiga aylanadi. Sizdan bor-yo‘g‘i portfolio yaratish, uni bir yoki bir necha platformaga yuklash talab etiladi. Shu bilan sizning faol harakatingiz yakunlanadi. Suratlarni sotish bilan bog‘liq barcha texnik masalalar veb-platforma yordamida hal etiladi.

Elektron kitob yozing

Albatta, bu ko‘p mehnat talab qiladigan jarayon bo‘lishi mumkin. Biroq kitobni yozib, uni savdo maydonchalariga joylashtirsangiz, u sizga yillar davomidagi tushumni kafolatlaydi. Kitobni shaxsiy saytda sotishingiz yoki kitob mavzusiga to‘g‘ri keladigan boshqa saytlar bilan hamkorlik bitimini imzolashingiz mumkin.

Foto: Pixabay

Haqiqiy kitob yozib mualliflik gonorarini qo‘lga kiriting

Elektron kitob yozish bilan bog‘liq jarayon kabi bu yerda ham dastlab mehnat qilishga to‘g‘ri keladi. Biroq ish yakunlangach, kitob savdoga qo‘yiladi va u butunlay passiv kirim manbaiga aylanadi.

Bu ayniqsa kitobni nashriyotga sotishga muvaffaq bo‘lingan vaziyatga xos. U har bir savdodan gonorar to‘laydi. Har bir sotilgan nusxadan foiz olasiz. Agar kitob mashhur bo‘lsa, bu foizlar yirik mablag‘ga aylanadi. Bundan tashqari, bu to‘lovlar bir necha yillar davom etishi mumkin.

ObviousInvestor.com saytidan bo‘lgan Mayk Payper yaqinda aynan shunday yo‘l tutdi. U Amazon’dagina sotilgan “Sarmoyalar tushunarli til bilan” kitobini yozdi. Birinchi kitob shu qadar ommalashdiki, seriya yozishga undadi. Bu kitoblar jami bo‘lib unga har yili olti raqamdan iborat summani olib kelmoqda.

Passiv biznes-hamkorga aylaning

Biznesni kengaytirish uchun mablag‘ga muhtoj muvaffaqiyatli kompaniya haqida bilasizmi? Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, siz qisqa muddatli farishtaga aylanib, ularga ushbu mablag‘ni berishingiz mumkin. Kompaniya egasiga kredit berish o‘rniga aksiyadan ulush so‘rang. Bu holatda firma egasi kompaniya ishini boshqaradi,siz esa biznesda ishtirok etuvchi passiv hamkorga aylanasiz.

Foto: Pixabay

Sotadigan veb-sayt yarating

Agar siz biror mahsulot haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lsangiz, uni sohaga mos saytda sotishingiz mumkin. Uslub xuddi o‘zingiz tayyorlagan mahsulotni sotishga o‘xshaydi.

Vaqt o‘tishi bilan shunga o‘xshash mahsulotlarni qo‘shishingiz mumkinligini sezasiz. Agar bu ro‘y bersa, katta foydaga ega bo‘lishni boshlaysiz.

Agar mahsulotlarni bevosita ishlab chiqaruvchidan sotuvchiga yetkazib berish usulini topsangiz, “qo‘lni-qo‘lga urishga” ham to‘g‘ri kelmaydi. Balki bu yuz foizlik passiv pul ishlash usuli emasdir, biroq shunga juda yaqin.

Tavsiyalar manbaiga aylaning

Har bir kichik biznes savdolarni qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiyalar manbaiga ehtiyoj sezadi. Siz doimiy ravishda foydalanadigan xizmatlarni ko‘rsatuvchi va hamkorlik uchun tavsiya eta oladigan tadbirkorlar ro‘yxatini tuzing. Ular bilan bog‘laning, tavsiyalarga haq to‘lash tizimi ko‘zda tutilganini so‘rang.

Ro‘yxatga tanish hisobchi, landshaft dizaynerlari, elektriklar – istalgan odamni kiritish mumkin. Bu odamlar xizmatlarini o‘z do‘stlaringiz, qarindoshlar va hamkasblarga tavsiya etishga tayyor turing. Odamlar bilan muloqot qilib, har bir tavsiyadan komissiya olishingiz mumkin.

Foto: Pixabay

Ilova yarating

Ilovalar tushumi katta daromad manbaiga aylanishi mumkin. O‘ylab ko‘ring, bugun deyarli hammada smartfon bor. Ilovalar odamlar hayotini osonlashtiradi.

Shundoq ham bajaradigan ishlar orqali pul ishlang

Ha, siz shu paytgacha bajarib kelgan ishlaringiz orqali ham foyda olishingiz mumkin. Masalan, Inbox Dollars o‘yin o‘ynab, onlayn xaridlar qilib, internetda izlab va h.k orqali pul topish imkonini beradi. Swagbucks ham xuddi shu ishlarni amalga oshirib, foyda olishga yordam beradi.

«La Esmeralda» restoranlar tarmog`i asoschisi Azim Bayankhanovdan maslahatlar

0

Kuchli restorator, «La Esmeralda» restoranlar tarmog`i asoschisi Azim Bayankhanov Restoran biznesi kelajagi hamda XXI asrdagi sarafan marketing haqida

Ishbilarmon Richard Brensondan 33 muvaffaqiyat qoidasi

0

«Sizning qo‘ng‘irog‘ingiz biz uchun juda muhim, lekin ayni damda barcha operatorlar band», degan gap faqat norozilikni keltirib chiqaradi. Virgin aviakompaniyasi mijozlari esa quyidagi javobni olishadi:

«Assalomu alaykum, mening ismim Richard Brenson, men aviakompaniya egasiman. Ayni damda barcha operatorlar band. Bu yaxshi emas. Keling, bunday yo‘l tutamiz: agar 18 soniyadan keyin sizning qo‘ng‘irog‘ingizga hech kim javob bermasa, siz 450 funt chegirmaga ega bo‘lasiz. Teskari hisob ketdi – 18, 17, 16, 15…»

Bunday javobni eshitgan mijoz faqat bir narsa haqida orzu qiladi – operator javob bermasa edi!

Bunday ajoyib biznes usuli zamonamizning eng badavlat va mashhur ishbilarmonlaridan biri Richard Brenson tomonidan o‘ylab topilgan. U serg‘ayrat, aqlli va biroz o‘ziga xos fe’lga ega inson – ehtimol, aynan shu xislatlar unga kichik musiqiy do‘konni 10 yil ichida xalqaro ko‘p yo‘nalishli biznesga aylantirishga yordam bergandir.

Richard Brenson o‘zining noodatiy chiqishlari bilan ham mashhur, shu bois uni stereotiplarni buzishni yaxshi ko‘ruvchi xippi-milliarder deb atashadi.

Ishbilarmonning ta’kidlashicha, faqat bir holatdagina muvaffaqiyatli biznes qurish mumkin: unga chin dildan yondashilsa!

Richard Brensonning ilhom baxsh etuvchi 33 qoidasi:

  1. Ishbilarmon bo‘la turib xato qilmagan bo‘lsangiz, siz ishbilarmon emassiz.
  2. Hayotda faqat o‘lim va soliqlar oldida chorasizmiz. Biznesda esa faqat bir narsaga ishonch hosil qilish mumkin: bir kuni barchasi rejadagidek bo‘ladi.
  3. Yoqmagan ishga qo‘l urmang.
  4. Men biznesga doim yoqimli mashg‘ulot sifatida qaraganman va ba’zan ish qayerda tugab, shaxsiy hayot qayerda boshlanganini ham sezmay qolaman.
  5. Pul — muvaffaqiyatning yomon ko‘rsatkichi. Undan faqat shon-shuhratgina o‘tishi mumkin.
  6. Menga qo‘l uchida xizmat ko‘rsatishsa ham, xursand bo‘laveraman. Yo‘q, men noqulaylikni yaxshi ko‘rmayman – shunchaki, eng yaxshi biznes-g‘oyalarim menga sifatsiz xizmat ko‘rsatilgandan keyin paydo bo‘lgan.
  7. Birovning fikriga quloq tutish va o‘zimning g‘oyalarimdan-da yaxshi takliflarni qabul qilishga tayyorligim 40 yil davomida menga faqat yordam bergan.
  8. Axloq — biznesda quruq so‘z emas. Butun mazmun shunda.
  9. Biznes odamlar hayotini yaxshilash va boyitishga yo‘nalgan, aks holda uni boshlashga ham hojat yo‘q.
  10. Kamroq va’da berib, ko‘proq bajargan ma’qul, aksi emas.
  11. Ishbilarmon muvaffaqiyatsizlikni salbiy tajriba deb qabul qilmasligi kerak: bu shunchaki qing‘ir yo‘l orqali o‘rgatuvchi soha.
  12. Muvaffaqiyat sizni butun umr boqmaydi.
  13. Men uchun xodim o‘z ish beruvchisi uchun uzr so‘rashidan-da yomonroq holat yo‘q.
  14. Men avvalgidek odamlar bilan yozishishni emas, yuzma-yuz suhbatlashishni afzal deb bilaman.
  15. Men butun umrim davomida ish xonasidan imkon qadar uzoqroq yurganman va asosan uch joyda ishlaganman: uyda, yaxtada va gamakda.
  16. Dushmanlaringiz bilan do‘st tutining — bu biznes uchun ham, hayot uchun ham yaxshi qoida.
  17. Muvaffaqiyat o‘z-o‘zidan kelmaydi: uning ustida ishlash kerak.
  18. Biznesda hayotdagi kabi yaxshilik qilish muhim.
  19. Men baxtli insonman. Tabassumni kanda qilmayman. Men odamlarni, hayotni, hazil-huzulni yaxshi ko‘raman. Kulgi qalbni yumshatadi, degan gapga qo‘shilaman.
  20. Ishbilarmonlikda konservativ fikrlashga o‘rin yo‘q, zero u sizning qanotingizni sindiradi, zaif, dalillarni baholay olmaydigan  qilib qo‘yadi va oxir-oqibat «o‘ldiradi».
  21. Ishonchim komil: «mumkin emas» degan sindiruvchi so‘z sizni to‘xtatishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
  22. Men uchun biznesni yo‘lga qo‘yish — faxrlanish, qobiliyatli kishilarni birlashtirish va atrofdagilarning hayotini jiddiy o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan soha.
  23. Oldindan o‘ylangan tavakkalga qo‘l urishdan qo‘rqmang. Ba’zan shunisi ham yaxshi.
  24. Yodingizda bo‘lsin: hali hech kim o‘limi oldidan idorada kam vaqt o‘tkazganidan afsuslanmagan.
  25. Men hatto uy kiyimida ham ishbilarmon bo‘lishdan to‘xtamayman va albatta, jiddiy kostyum kiyganim bilan ishbilarmonlik xislatlarim oshib qolmaydi.
  26. Ishchilaringizga o‘z elektron manzilingiz va telefon raqamingizni ma’lum qiling. Ular sizni sababsiz bezovta qilishmaydi, lekin sizning xatti-harakatlaringiz ularga kuchli psixologik rag‘bat beradi: ular muammo yechimi sizning ishtirokingizni talab qilsa, istagan vaqt sizga murojaat qilishlari mumkinligini bilishadi.
  27. Haqiqiy yetakchilik u yoki bu qaror nima uchun qabul qilinganini aniq va xotirjam tushuntirib berishdan iborat.
  28. Qandaydir ish zavq bag‘ishlamay qo‘ysa, men o‘zgarishlar haqida o‘ylay boshlayman. Hayot uni norozi kayfiyatda o‘tkazish uchun haddan tashqari qisqadir.
  29. Mening shiorim: quvonib yasha, pul esa keladi.
  30. Hayotda doim nimanidir yutasiz, nimanidir yo‘qotasiz. G‘alabani mamnun va quvnoq qarshi ol. Mag‘lubiyat uchun afsuslanma va kayfiyatni tushirma. Hech qachon ortga qarama – qaragan bilan o‘tmishni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Biroq men o‘tmishdagi xatolarimdan xulosa chiqarib yashashga harakat qilaman.
  31. Agar yangi biznes boshlab, mendan qaysi saboq bilan o‘rtoqlashishim mumkinligi haqida so‘rasangiz, shunday deb javob beraman: Har bir shartnomani imzolayotganda tartibga rioya qiling. Qizg‘anchiqlik qilmang, lekin g‘alaba sari intiling».
  32. O‘ylashimcha, qulab tushmagunimcha tanlagan yo‘limdan to‘xtamayman.
  33. Hayotda imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligiga ishonchim komil.

Yangi kichik biznes loyihalarini moliyalashtirishga qariyb $7 mlrd yo‘naltiriladi

0

Joriy yilning 8-yanvarida prezident aholi bandligini oshirish hamda tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirishga qaratilgan takliflar bilan tanishgandi.

Shavkat Mirziyoyev 9-yanvar kuni ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha yillik dasturni tasdiqladi.

Maqsadli ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 2024-yilda 5 mln kishini doimiy, mavsumiy yoki vaqtinchalik ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Shuningdek, mikromoliyalashni kengaytirish va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlarni joriy etish orqali 2 mln fuqaroni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish rejalashtirilgan.

Xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilingan $274,5 mln mablag‘ biznes loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Yana 83 trln so‘m (Markaziy bank kursi bo‘yicha $6,68 mlrd) mahalliy manbalar hisobidan ajratiladi.

Shundan 41 trln so‘mi kichik tadbirkorlarga kredit ajratish uchun, 40 trln so‘mi esa mikromoliyaviy xizmatlar uchun yo‘naltiriladi.

Shuningdek, “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” kompaniyasi tomonidan kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirishga 1,5 trln so‘m ajratiladi.

O‘z o‘zini band qilganlarni tadbirkorlikka o‘tkazish uchun banklar tomonidan 1 trln so‘m ajratiladi. Ijtimoiy soliq to‘lovchi o‘z o‘zini band qilganlarga “Biznesga birinchi qadam” kartalari taqdim etilib, 5 mln so‘mgacha mikrokreditlar ajratiladi.

Kamida 6 oy faoliyat yuritgan kichik korxonalarga ham mikrokreditlar ajratiladi. Buning sharti bank hisoblari va kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirgan bo‘lish kerak.

Biznesni rivojlantirish banki o‘z o‘zini band qilganlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ajratilgan garovsiz kreditlarning yarmini (100 mln so‘mgacha) o‘z kartalariga o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Biznesni rivojlantirish bankiga ikki oy ichida “Mening biznesim” onlayn platformasini ishga tushirish topshirildi. U orqali quyidagilar tashkil etiladi:

  • ish tajribasiga ega bo‘lmagan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish;
  • aholiga biznesni boshlash uchun kreditlar berish;
  • faoliyatini boshlagan tadbirkorlarga mahsulotini sotish va xizmatlar ko‘rsatish uchun bozorlarni topishga ko‘maklashish.

2025-yilgacha fuqarolarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri»dan ishga qabul qilgan ish beruvchilar, agar har bir oy uchun ish haqi miqdorini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan darajada hisoblasa, daromad solig‘ining 50%i qoplab beriladi. Kompensatsiyaning maksimal miqdori BHMning 2 barobaridan (680 ming so‘m) oshmasligi kerak.

2023-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo hajmi birinchi marotaba $60 mlrddan oshdi

0

2023-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston tashqi savdosi hajmi 23,9%ga o‘sib, $62,56 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida keltirilgan.

Eksport 23,8% o‘sish bilan $24,42 mlrdni tashkil etdi, import biroz tezroq o‘sib (+24%), sezilarli darajada yuqori bo‘lib qoldi — $38,14 mlrd. Saldo o‘tgan yilga nisbatan $2,68 mlrdga o‘sib, $13,71 mlrd bo‘ldi.

Dekabr oyida xorijga oltin savdosi to‘xtadi. O‘tgan yili qimmatbaho metallar eksportidan tushgan daromad $8,15 mlrdga yetdi, bu 2022-yildagi ko‘rsatkichdan deyarli ikki barobarga ko‘p.

Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi mavqeini egallab turibdi — 12 oy davomida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi $13,72 mlrdni (umumiy ko‘rsatkichning 21,9%ini) tashkil etdi. Barcha importning to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i yoki $11,26 mlrdi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ikkinchi o‘rinda 9,88 mlrd (15,8%) bilan Rossiya joylashgan bo‘lib, o‘tgan yili $3,3 mlrd bilan mamlakatning asosiy eksport bozori sifatidagi mavqeini saqlab qoldi. Shuningdek, yetakchi beshlikka Qozog‘iston ($4,39 mlrd), Turkiya ($3,09 mlrd) va Janubiy Koreya ($2,34 mlrd) kirdi.

Eksport

Oltinni hisobga olmaganda, ishlab chiqarilgan mahsulotlar yetakchi tovar eksporti bo‘lib qolmoqda — ularning ulushi 4,05 mlrdni tashkil etdi, shu bilan birga, bunda tushum 7,4%dan ko‘proqqa kamaydi.

Yarimdan sal ko‘pi to‘qimachilik va gazlamalar ($2,05 mlrd, -7,6%), uchdan bir qismi rangli metallar ($1,38 mlrd, -9,9%) hissasiga to‘g‘ri keldi. Po‘lat va cho‘yan eksportidan tushgan daromad 11,3%ga ($185,9 mln), metall buyumlar esa 11,9%ga ($130,2 mln) o‘sdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari $1,77 mlrd (+9%) daromad keltirdi, ularning asosiy qismini meva-sabzavot ($1,19 mlrd, +4,3%) va don mahsulotlari ($478,8 mln, +34,4%) tashkil etdi. Go‘sht mahsulotlari eksporti qariyb uch barobarga ($3,4 mln) oshdi.

Mashinasozlik mahsulotlarini yetkazib berish $1,3 mlrdga yetdi (+34%). Elektr texnikasi va elektronika eksporti $118 mlnga (2,2 baravar), boshqa transport vositalari eksporti $100,1 mlnga (8,5 baravar) oshdi.

Shuningdek, avtomobillar va ularning butlovchi qismlari ($493,8 mln, +38,5%), shuningdek, maxsus transport vositalari ($77,6 mln, +44,8%) eksportida sezilarli o‘sish kuzatildi.

Kimyoviy mahsulotlar eksporti $1,31 mlrdni tashkil etdi. O‘g‘itlarning 18%ga ($336,3 mln) kamayishi noorganik moddalar toifasidagi o‘sishni deyarli chorak ($497,6 mln)ga qopladi.

Iste’mol tovarlari va boshqa tovarlar sohasida eksport $1,19 mlrdni (+8,1%) tashkil etdi. Kiyim-kechak yetkazib berish $996,2 mlngacha oshdi, poyabzal ($32,9 mln) va mebel ($15,1 mln) eksporti pasaydi.

Aksariyat tovar turlarida pasayish kuzatildi. Masalan, gaz ($529,9 mln) va elektr energiyasi ($76,6 mln) eksportidan tushgan daromad deyarli ikki barobarga kamaygan. Biroq, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish ikki barobarga oshib, $333 mlnga yetdi.

Import

Tovarlar importi tarkibida mashinasozlik mahsulotlari $14,93 mlrd (+54%) bilan oldinda turibdi. Avtotransport vositalari importiga $4,48 mlrd (+74,4%), jumladan, butlovchi qismlarga $148,3 mln sarflangan. Yana $2,84 mlrd maxsus sanoat mashinalariga, $2,11 mlrd sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashina va uskunalarga sarflandi.

Elektr jihozlarini yetkazib berish $1,89 mlrdni (+91,4%), elektronika esa $871 mlnni (+50,2%) tashkil etdi. O‘zbekiston ham samolyotlar sotib olishga $939,5 mln sarfladi (o‘sish 2,6 barobar).

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish $6,32 mlrdga (+10%) tushdi. Cho‘yan va po‘lat yetkazib berish o‘tgan yilga yaqin ($2,55 mlrd) saqlanib qoldi, shu bilan birga mato importi deyarli chorak ($675,4 mln)ga oshdi.

Uchinchi o‘rinda $4,86 mlrd bilan kimyo mahsulotlari, o‘g‘itlar importi ikki baravarga oshib, $167,2 mln, farmatsevtika mahsulotlarini yetkazib berish esa $1,6 mlrddan oshdi.

Oziq-ovqat importi $3,49 mlrdni (+3%) tashkil etdi, ularning uchdan bir qismi don mahsulotlariga to‘g‘ri keldi. Shakar va qandolat mahsulotlari $558,2 mln (-2,3%), qahva, choy, kakao va ziravorlar uchun $385,3 mln (+23%) yo‘naltirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston yoqilg‘i-moylash materiallari importini oshirdi. Bunga jami $2,63 mlrd (+46,7) sarflangan bo‘lsa, shundan neft va neft mahsulotlari $1,61 mlrd (+27%)ni tashkil etgan. Gaz xarajatlari ikki barobardan ko‘proqqa oshgan — $694,9 mln, yana $204,4 mln ko‘mirga ketgan (+67,8%).

Qog‘oz fabrikasidan boshlangan Nokia brendi qanday rivojlangan?

0

Har qanday biznes loyihaning, turli brendlarning o‘z tarixi bor. Bugungi kungacha bosib o‘tilgan yo‘l, loyihadagi keskin burilishlar hamda muvaffaqiyatli qadamlar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy. Bu gal o‘zining tugmachali telefonlari bilan barchaga tanish “Nokia” brendi haqida so‘z yuritamiz.

Maqolada brendning qanday paydo bo‘lgani, nima uchun bu nom tanlangani hamda rivojlanish tarixi haqida ma’lumotlar berilgan.


Qog‘oz fabrikasidan boshlangan tarix

Finlyandiyaning “Nokia” kompaniyasi butun dunyoga ma’lum. Ayniqsa, uning tugmachali telefonlari asr boshlaridayoq mashhur bo‘lishga ulgurgan. Ammo, barchasi qog‘oz zavodi va kauchuk ishlab chiqarishdan boshlanganini ko‘pchilik bilmasligi mumkin.

Brend tarixi 1865-yilda konchilik muhandisi Fredrik Idestam Tampere shahri yaqinida qog‘oz fabrikasini ochgani bilan boshlangan. Kompaniya Nokianvirta daryosi bo‘yida joylashgan Nokia shaharchasi sharafiga nomlangan. Aynan o‘sha yerda Idestam 1868-yilda ikkinchi qog‘oz fabrikasini quradi.

Uch yildan so‘ng (1871-yil) Idstam o‘z do‘sti Leopold Mechelin bilan (o‘sha paytda Finlyandiya Birlashgan Bankiga asos solgan) ikkinchi zavod joylashgan hudud nomi bilan ataluvchi “Nokia Ab” qo‘shma korxonasini tashkil etadi.

biznes tarixi, nokia

Idstam 1896-yilgacha zavodlarni boshqargan, shundan so‘ng u nafaqaga chiqishga qaror qiladi va rahbarlikni Mechelinga beradi. Mechelin esa kompaniyani kengaytirishni boshlaydi, u biznes profiliga elektr energiyasini ishlab chiqarishni qo‘shishga qaror qiladi. Vaholangki, Idstam bunga qarshi bo‘lgan.

Qarshiliklarga qaramay, 1902-yilga kelib “Nokia” elektr energiyasini ishlab chiqarishni boshladi. Bir necha yil o‘tgach, biznesmen Eduard Polonning Finlyandiya kauchuk mahsulotlari zavodi paydo bo‘ladi va u ham “Nokia” nomidan foydalanadi.

Biroz vaqt o‘tgach, uchta sanoat birlashishga qaror qildi: Fin kauchuk zavodi, kabel zavodi va qog‘oz zavodi birgalikda ishlay boshladi. Ular to‘rtta yo‘nalishga e’tibor qaratishadi: qog‘oz, elektronika, kauchuk va kabel. 1960-yillarda kompaniyalar “Nokia” korporatsiyasini tashkil qilish uchun birlashadilar.

Yaqin tarix

1980-yillarning boshidan kompaniya elektrotexnika mahsulotlarini yig‘ish va ishlab chiqarishni faol rivojlantira boshladi. 1990-yillarda brend telefonlar ishlab chiqarishda yetakchiga aylandi.

Birinchi GSM qo‘ng‘irog‘i 1991-yilda kompaniya uskunalari yordamida amalga oshirilgan. Mobil telefon sohasidagi tezkor muvaffaqiyat “Nokia»ga 1998-yilga kelib dunyodagi eng ko‘p sotiladigan mobil telefon brendiga aylanish imkonini beradi.

2003-yilda kompaniya birinchi kamerali, 2004-yilda esa sensorli ekranli telefonlarni taqdim etadi. 2007-yilda esa 200 mlndan ortiq “Nokia 1100” telefonlari sotiladi. U bir vaqtning o‘zida barcha davrning eng ko‘p sotilgan telefoni va eng ko‘p sotilgan elektron qurilmasi edi.

Ammo ilk smartfonlar paydo bo‘la boshlagach barchasi o‘zgaradi: “Apple” va “Samsung” kompaniyalari tez orada Finlyandiya kompaniyasining bir necha yillik yetakchiligini egallab olishadi.

2013-yilda “Microsoft” “Nokia»ning mobil telefonlar bo‘limi va ular bilan bog‘liq barcha patentlarni sotib oladi. Vaqt o‘tishi bilan kompaniya o‘z smartfonlari uchun “Nokia” brendidan foydalanishni to‘xtata boshladi.

Logotip

Kompaniyaning birinchi logotipi 1866-yilda paydo bo‘lgan bo‘lib, unda baliq tasvirlangan. 20-yillarda logotipni yanada mazmunli va zamonaviy ko‘rinishga o‘zgartirishga qaror qilinadi. Yangi logotip qora doiraga o‘xshardi, uning o‘rtasida kompaniya nomi yozilgan.

biznes tarixi, nokia

60−90-yillarda kompaniya logotipi ikki marotaba yangilandi. 1992-yilda “Odamlarni bog‘lash” (Connecting People) shiori kiritilganidan so‘ng, logotip biroz o‘zgartirildi. 2000-yillarda logotipda bir-biriga cho‘zilgan qo‘llar paydo bo‘ldi.

Shuningdek, 2006-yilda “Nokia” logotipi turi va rangi biroz o‘zgartirildi, 2011-yilda bo‘lib o‘tgan so‘nggi modifikatsiyada esa shior olib tashlangan.

2023-yilda logotip qayta ishlab chiqilib, kompaniyaning zamonaviy va progressiv qiyofasini o‘zida gavdalantirdi. Yangi konsepsiya “N”, “K” va “A” harflarining ba’zi shtrixlari mavjud bo‘lmagan ko‘k rangdagi bosh harflarga asoslangan. Faqat “O” va “I” harflarining konturlari to‘liq keltirilgan.

Nokia bugungi kunda

Kompaniyaning patent portfeli taxminan 20 mingta patentdan iborat bo‘lib, ulardan 3500dan ortig‘i 5G texnologiyasi uchun muhim ekanligi aniqlangan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha kompaniya Yevropada yetakchi hisoblanadi. “Nokia” mahsulotlari dunyoning 150dan ortiq mamlakatlarida sotiladi.

Brendning 2022-yilgi sof foydasi $4,478 mlrdni tashkil etgan. 2023-yilning 30-sentabrigacha yakunlangan o‘n ikki oylik sof daromadi $4,09 mlrdni tashkil etdi.

2022-yilning avgust oyida kompaniya Rossiya bozorini tark etishi ma’lum bo‘ldi. Yil oxirigacha mamlakatdagi biznesining katta qismini tugatishni rejalashtirgandi.

Shuningdek, 2023-yilning noyabrida “Nokia” brendi ortida turgan “HMD Global” kompaniyasi 2026-yilga borib bu nom ostida telefonlar ishlab chiqarishni to‘xtatishi ma’lum qilindi.

“Nokia»dan estafetani qabul qilib olgan kompaniya 2024-yilning apreligacha Hindistonda o‘zining smartfonlar qatorini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.