Bosh sahifa Blog Sahifa 189

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida»gi Farmonini tasdiqlash haqida

0

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Qo‘shma Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 19-bandiga va «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasining uchinchi qismiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati QAROR QILADILAR:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida»gi PF–164-sonli Farmoni tasdiqlansin.

2. Ushbu Qo‘shma qaror darhol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.

3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining

Spikeri 

N.Ismoilov

 

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining

Raisi 

T.Norboyeva

 

 

 

Toshkent shahri,

2022-yil 2-iyul,

Telegram Premium narxini “kelishtirsak” bo‘ladimi?

0

Bir necha oylardan beri mish-mish bo‘lib kelayotgan Telegram Premium obunasi vanihoyat navbatdagi ilova yangilanishi bilan barcha asosiy platformalar: iOS, Android, Windows va macOS uchun ham chiqarildi. To‘g‘ri, pullik obuna Android va Windows uchun biroz kechikdi, lekin endi hammasi joyida va agar sizda so‘nggi versiyadagi ilova bo‘lsa hoziroq Premium obunaga a’zo bo‘lishingiz mumkin.

Telegram Premium narxini

Biroq, biz raqamli mahsulotlarga, ayniqsa, obunalarga pul to‘lashni unchalik yoqtirmaymiz, chunki ular keraksiz va qimmatdek tuyuladi, lekin u biroz arzonroq bo‘lsa, albatta, hech bo‘lmasa bir marta sinab ko‘rishga arziydi. Qisqasi, agar Telegram Premium’ga obuna bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, siz uni biroz bo‘lsada arzonroqqa olishingiz mumkin. Qanday qilib deysizmi? O‘qishda davom eting.

Aslida Telegram Premium uchun oyiga 3.99 dollar (44 ming so‘mga yaqin) narx belgilangan, lekin siz uni Apple Store yoki Google Play Store orqali yuklab olingan ilova orqali sotib olmoqchi bo‘lsangiz siz 4.99 yoxud 5 dollar (55 ming so‘mga yaqin) to‘lashingiz kerak. Nega desangiz, bu ilova do‘konlari ular orqali amalga oshirilgan sotuvlar uchun ma’lum miqdorda komissiya ushlab qolishadi: Apple 30%, Google 15%.

Lekin siz bu komissiyalarni Premium uchun ochilgan maxsus, verifikatsiyalangan bot orqali aylanib o‘tishingiz va obunaga 3.99 dollar to‘lashingiz mumkin. Premium obuna sotib olish uchun chiqarilgan ushbu bot ishonchli bo‘lib, u Donate boti ishlab chiqaruvchilari tomonidan chiqarilgan.

Aytish kerakki, App Store yoki Play Store orqali yuklab olingan Telegram bilan siz ilova ichida Premium botdan pullik obunaga a’zo bo‘lolmasligingiz mumkin. Bunda sizga kompyuter yoki Android smartfon bo‘ladi.

Gap shundaki, Android smartfon uchun Telegram ilovasini siz uning rasmiy sayti, telegram.org‘dan to‘g‘ridan to‘g‘ri yuklab olib, o‘rnatsangiz bo‘ladi va u Google Play Store qoidalaridan tashqarida bo‘lgani uchun ham unda Premium’ga obuna bo‘lishda hech qanday komissiya olinmaydi. Shuningdek, kompyuter uchun Telegram ilovasi yoki Windows uchun ishonchli Telegram kliyenti bo‘lgan Unigram ham hech qanday komissiyalarsiz ishlaydi va ular bilan Premium’ga a’zo bo‘lish 3.99 dollarga tushadi. Ikkala qurilmalarda ham siz Premium obunaga bot orqali a’zo bo‘la olasiz.

Eslatib o‘tamiz, Telegram Premium bir martalik emas, balki oylik to‘lovli obunadir.

Telefon ekranini qanday tozalash kerak?

0

Telefoningiz ekranini oxirgi marta qachon tozalagansiz? Bilasizmi, telefoningiz ekrani barmoq izlaringiz xiralashib ketishidan tashqari, u kundalik hayotning iflosligi bilan ham telefoningizni mobil mikroblar fermasiga aylantiradi. Arizona universiteti tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sizning telefoningizda o‘rtacha hojatxona o‘rindig‘iga qaraganda ko‘proq mikroblar bo‘lishi mumkin. Jirkanib ketyapsizmi? Agar ha bo‘lsa (shunday deb umid qilamiz), unda telefoningiz ekraniga kerakli tozalashni berish uchun o‘qishda davom eting.

Telefoningiz ekranini tozalashning to‘rt xil usuli

Qanchalik tozallikka erishmoqchi ekanligingizga qarab, telefoningiz ekranini tozalashning bir nechta usullari mavjud. Ba’zi usullar smartfoningiz ekraniga yorqin va yangi ko‘rinish berishiga qaramasdan, ular telefoningiz yuzasida yashaydigan bakteriyalarni o‘ldirmasligi mumkin.

1. Mikrofiber matodan foydalaning

Agar siz ekraningizdagi yog‘li barmoq izlari va changdan qutulmoqchi bo‘lsangiz, mikrofiber mato eng yaxshi tanlovdir. E’tibor bergan bo’lsangiz telefon ustaxonalarida smartfoningizga ekran himoyachisini qo‘yishdan uni quruq mikrofiber mato bilan tozalab yuborishadi va bu umumiy ekranni umumiy kirdan tozalaydi. Ammo, yog‘ va kirni yo‘q qiladigan yaxshiroq tozalash uchun uni ozgina distillangan suv yoki ekranni tozalash vositasi bilan namlashingiz kerak bo‘ladi.

Albatta, distillangan suvni izlash biroz ortiqcha tuyulishi mumkin, lekin agar siz eng yaxshi natijaga erishmoqchi bo‘lsangiz, u bunga arziydi. Distillangan suvda iflosliklar yo‘q va shu sabab ekraningizda chiziqli izlar yoki dog‘lar qolmaydi.

Telefoningiz ekranida suyuqliklardan tejamkorlik bilan foydalanishni unutmang: tozalash samarali bo‘lishi uchun qurilmangizni suvga cho‘ktirishingiz shart emas, shunchaki u bilan matoni namlang. Agar sizda mikrofiber mato bo‘lmasa, yumshoq paxta mato eng yaxshi alternativadir.

2. Ekranni tozalash uchun maxsus salfetkalardan foydalaning

Ekranni tozalash uchun maxsus salfetkalar distillangan suv bilan namlangan mikrofiber matoning qulayroq versiyasidir. Ular ko’pincha bir marta ishlatiladigan paketlarda bo’ladi va ekraningizdagi kirni qurilmangiz uchun muammo tug’dirmasdan olib tashlash uchun mukammal darajada namlangan bo’ladi.

Ekranni tozalovchi salfetkalardan foydalanishdan oldin telefon ekranini changdan tozalab yuboring, chunki oyna yuzasidagi mayda zarrachalar ekran tirnalishiga olib kelishi mumkin.

3. Dezinfektsiyalovchi ekran salfetkalaridan foydalaning

Mikrofiber mato, distillangan suv va ekranni tozalovchi salfetkalar telefoningiz ekranidagi kirni tozalasa-da, ular mikroblar yoki bakteriyalarni o’ldirmaydi. Agar siz telefoningiz ekranini dezinfeksiya qilmoqchi bo’lsangiz, sizga dezinfektsiyalovchi ekran salfetkasini kerak bo’ladi.

Shuni e’tiborga olish kerakki, ko’pchilik dezinfektsiyalovchi ekran tozalagichlari tarkibida spirt mavjud. Garchi suyultirilgan spirtdan tejamkorlik bilan foydalanish ekraningiz uchun xavfsiz bo’lsa-da, undan muntazam ravishda foydalanish ekraningizning oleofob qoplamasiga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli, telefoningiz ekranini tozalash uchun dezinfektsiyalovchi salfetkalarga tayangandan ko’ra, qo’lingizni tez-tez yuvganingiz ma’qul.

4. Telefonni ultrabinafsha nurlar bilan tozalash vositasidan foydalaning

Va nihoyat, agar siz telefoningizni iloji boricha gigiyenik toza qilishga qaror qilgan bo’lsangiz, sizga UV dezinfektsiyalash vositasidan foydalanish maslahat beriladi. Ultrabinfsha dezinfektsiyalash vositalari mikroblarni yo’q qilish uchun UV-C (ultrabinafsha spektr) nurlaridan foydalanadi va telefoningizdagi mikroblarning 99% dan ko’prog’ini o’ldirishi isbotlangan. Agar siz vizual toza va sterillangan telefonga ega bo’lishni istasangiz, yuqoridagi usullarning kombinatsiyasidan foydalanish qurilmangizni yuqori darajada toza tartibda saqlaydi.

Qanday qilib uyda qo’lbola ekran tozalash vositasini tayyorlash mumkin?

Aytish kerakki, bozorda telefon ekranini tozalash vositalarining tanqisligi bo’lmasa-da, agar nima qilishni bilsangiz, o’zingiz ana shunday tozalovchi tayyorlay olishingiz mumkin. Oddiy telefon ekranini tozalash vositasini tayyorlash uchun sizga distillangan suv va oq sirkadan foydalansangiz bo’ladi. Shuningdek, agar topa olsangiz, sirkaning o’rniga 70% izopropil spirtidan ham foydalanishingiz mumkin. Uyda o’z telefoningiz ekranini tozalash vositasini tayyorlash uchun distillangan suv va sirkani (yoki spirtni) 50:50 nisbatda aralashtirish kifoya. Aralashmani sprey butilkaga soling va tayyor.

Sirka yoki izopropil spirtini distillangan suv bilan suyultirishni unutmaslik juda muhim, chunki, aks holda telefoningiz ekranini tozalayman deb unga ko’proq zarar yetkazib qo’yishingiz mumkin.

Telefonni tozalashda nima qilmaslik kerak

Biz telefoningizni tozalashning eng yaxshi usullarini ko’rib chiqdik. Keling, endi telefoningiz ekranini tozalashda qilmaslik kerak bo’lgan narsalarning qisqa ro’yxati bilan tanishamiz. Telefon ekranini tozalashda:

  • deraza tozalagich yoki uy oyna yuvish vositalaridan foydalanmang;
  • aseton kabi qattiq erituvchilardan saqlaning;
  • idish yuvishda foydalanadigan sovundan foydalanmang;
  • hech qachon matolardan ranglarni o’chirishda ishlatiladigan oqartirgichdan foydalanmang;
  • abraziv kukunlardan saqlaning;
  • telefoningizni tozalovchi suyuqlikka botirmang;
  • tozalash davomida ekranni juda qattiq bosmang, yumshoq bosim yetarli;
  • qisqasi, telefoningiz ekraniga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’ling.

Xulosa

Ko’pchiligimiz telefonimizni har kuni 50 martadan ko’proq tekshiramiz. Ta’kidlash joizki, Hech qanday ekranni tozalash telefoningiz ekranini mikroblardan 100% saqlamaydi. Agar siz telefoningizning tozaligi haqida qayg’urayotgan bo’lsangiz, qo’lingizni tez-tez yuvib, telefonni UV dezinfektsiyalash vositasi bilan tozalab turish va telefoningizni o’zingiz bilan birga hojatxona yoki hammomga olib borishni to’xtatishingiz kerak (kuzatuv ostidasiz).

Klaviaturaning ko‘pchilik bilmaydigan 13 funksiyasi

0

Klaviaturalar bizga yozish bilan birga ishmizni yengillashtiradi ham. Siz quyidagi yashirin funksiyalardan nechtasini bilasiz?

1. F2

Bu tugma papka va fayllar nomini osongina o‘zgartirishga yordam beradi. Buning uchun uni faqat bir marta bosish kifoya.

2. ALT+F4

Bu kombinasiya oyna yoki dasturni tezda yopishga yordam beradi.

3. ALT+Backspace

Ba’zi matnlarni tasodifan o‘chirib tashladingizmi? Bu qo‘rqinchli emas.

Bu kombinasiya tufayli uni qayta tiklay olasiz.

4. CTRL + SHIFT + N 

Ko‘p funksiyali tezkor tugma. Agar siz ushbu kombinasiyani ish stolida (yoki boshqa papkada) bossangiz, siz yangi papka yaratasiz.

Google Chrome`da esa bu kombinasiya yangi yorliq yaratadi.

5. CTRL + T

Va bu kombinasiya har qanday brauzerda yangi yorliq ochadi.

6. CTRL+SHIFT+T

 Google`da oxirgi foydalangan oynalaringizni tiklash uchun ishlatiladi.

7. ALT+TAB 

Barcha ochiq oynalarni ko‘rish va ularni  almashtirish imkonini beradi.

8. CTRL+Esc
            
“Pusk” menyusini ochadi.

9. Windows+L      
      
Ko‘pchilik Win tugmachasini foydasiz deb o‘ylaydi. Lekin unday emas.

Misol uchun, bu kombinasiya tizimdan tezda chiqishga yordam beradi. Bu xususiyat ish joyini tez-tez tark etadigan va hech kimning kompyuteridan foydalanishini istamaydiganlar uchun foydalidir.

10. Windows+M  
          
“Win” tugmachasi bilan boshqa yana bir foydali kombinasiya, bu tartibsiz ekrandan xalos bo‘lishga yordam beradi . Ushbu tugmachalarni bosish orqali siz vazifalar panelidagi barcha oynalarni minimallashtirasiz.

11. Windows+TAB    
        
Barcha ochiq oynalarni ko‘rish imkonini beruvchi kombinatsiya.

12. Shift+Delete      
      
Foydali kombinasiya, lekin siz u bilan ehtiyot bo‘lishingiz kerak. U axlat qutisini chetlab o‘tgan holda boshqa fayllarni o‘chiradi, ammo ularni keyinroq qaytarish unchalik oson bo‘lmaydi.

13.CTRL+ALT+DEL

Vazifa menejerini ochadi.

Ushbu funksiyalarni eslab qolish sizning ishingizni osonlashtiradi.

O‘zbekistonda magistraturaga qabul boshlandi

0

2022-yil 1-iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni boshlandi.

2022/2023-oʻquv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻladi.

O‘zbekistonda shahodatnoma dublikati endi elektron shaklda beriladi

0

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab turli sabablarga ko‘ra yo‘qolgan, buzilgan, yaroqsiz holga kelgan shahodatnomalar o‘rniga dublikatni 5 kunda olish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, buning uchun shahodatnomasi yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan, buzilgan fuqarolar dublikatni olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ariza beradi. Ariza avtomatik tarzda portal orqali tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga ular orqali ta’lim tashkilotlariga yuboriladi.

Ta’lim tashkilotlari arxiv hujjatlari asosida dublikat berish (yoki rad etish) bo‘yicha xulosa tayyorlaydi va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga yuboradi.

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari QR-kod qo‘yilgan dublikatni rasmiylashtiradi yoki dublikat berishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotni shakllantiradi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ravishda yuboradi.

Fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmat natijasini avtomatik tarzda tizimda bepul yuklab oladi.