Bosh sahifa Blog Sahifa 89

O‘zbekistonda yarim mln odamga bo‘sh ish o‘rni yaratildi

0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-sentyabr kuni kambagʻallikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalallari muhokamasi boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda bildirilishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha kamida 50 ta ish o‘rni yaratgan 9 ming 200 ga yaqin tadbirkor bor.

Ular yaqinda o‘tgan Prezident bilan ochiq muloqotdan ruhlanib, ko‘nikmasi va xohishi bor 500 ming odamga ish berishga tayyorligini bildirgan.

Masalan, Baliqchi tumanidagi tadbirkor Xitoy tajribasi asosida kooperatsiya tizimini joriy etib, 520 nafar kambag‘al aholini ishli qilish tashabbusi bilan chiqyapti.

Tadbirkorga kredit berilsa, viloyatning har bir tumanida 1 tadan korxona ochib, unga 30 nafar ehtiyojmand oila vakilini ulushdor qilib kirgizib, 4-5 million so‘mgacha oylik to‘lamoqchi.

Bunda, faqat ehtiyojmand odamlarni ishga olish – kreditning asosiy sharti bo‘ladi.

Xotin-qizlar.uz platformasi doirasida muammolarni o‘rganish moduli ishga tushiriladi

0

2024 yil oktyabr oyidan Xotin-qizlar.uz platformasi doirasida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish moduli (muammolarni o‘rganish moduli) ishga tushiriladi.

Muammolarni o‘rganish moduli orqali aniqlangan muammolar tegishliligi bo‘yicha “mahalla — tuman — viloyat — respublika” darajasida hal etilishi ta’minlanadi.

2024 yil 1 oktyabrgacha:

  • muammolarni o‘rganish moduliga kiritilgan masalalarni, birinchi navbatda, mahalla va tuman (shahar) darajasida, zarur hollarda esa viloyat yoki respublika darajasida hal etish va monitoringini yuritishni nazarda tutuvchi mexanizm joriy qilinadi;
  • muammolarni o‘rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlarni mas’ul vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o‘rganib chiqish va hal etishni ta’minlash maqsadida ular uchun foydalanuvchi kabinetlar tashkil etiladi.

2024 yil 1 oktyabrdan doimiy ravishda muammolarni o‘rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, xotin-qizlarning muammolarini hal etish yuzasidan monitoring yuritiladi.

Shaharsozlik kodeksiga bir qator o‘zgartirishlar kiritilmoqda

0

Prezident tomonidan 2024 yil 10 sentabrdagi “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.

Ma’muriy islohotlar doirasida bir qator respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini transformatsiya qilish munosabati bilan Shaharsozlik kodeksiga ushbu organlarning nomi va vakolatlarini aniqlashtirish, shuningdek aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish uchun tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Qonun bilan Shaharsozlik kodeksiga O‘zbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini ishlab chiqish yo‘li bilan aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar ham kiritilmoqda.

Hujjatning qabul qilinishi shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini, shuningdek O‘zbekiston hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli prognozlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Intellektual mulk obektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtiriladi

0

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Intellektual mulk obektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun huquq egasining talabiga ko‘ra huquqbuzar tomonidan tovon to‘lash tartib-taomili joriy etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, patent egasi o‘zining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obektidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi o‘rniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishi mumkin.

Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va patent egasining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obektidan foydalanayotgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda to‘lanadi.

Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi.

Ilgari bunday normalar mavjud emas edi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Yana 50 ming gektar yer kambag‘al oilalarga bo‘lib beriladi

0

Bir yil davomida yana 50 ming gektar yerni 100 mingta kambag‘al oilaga bo‘lib berish rejalashtirilgan. Bu haqda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha prezident selektorida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, bu yerlarda “kompaniya – kooperativ – dehqon xo‘jaligi” tamoyili asosida dehqonchilik va bog‘dorchilik tashkil etiladi.

Bunda, yerdan uch xil daromad olinadigan yangi tizim yaratiladi:

  • qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchi va eksport qiluvchi katta kompaniya kambag‘al oilalardan yerni ikkilamchi ijaraga oladi;
  • yoki yer egalari ulushdor sifatida kooperatsiyaga birlashib, kompaniyalardan buyurtma oladi va topilgan daromad ular o‘rtasida taqsimlanadi;
  • har ikki holatda ham ushbu aholi yerda o‘zi mahsulot yetishtirib, buning uchun oylik oladi.

“Ya’ni, kambag‘al oila o‘ziga berilgan yerdan yanada samarali foydalanib, oylik olish bilan birga, ijara yoki dividenddan daromad ko‘radi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birgalikda bu orqali kamida 200 ming aholini band qilish topshirildi.

Yig‘ilishda aytilishicha, umumiy ovqatlanish sohasiga berilgan yengilliklarga javoban sohadagi yirik brendlar qisqa muddatda Samarqand, Andijon va poytaxtda 2 ming odamga ish bergan.

Ikki yil avval umumiy ovqatlanish sohasi tadbirkorlariga ijtimoiy soliqdan imtiyoz berilgan edi. Tadbirkorlarga shu imtiyoz yana 2 yilga uzaytirib berilsa, ular 150 ming ehtiyojmand aholini ish bilan ta’minlashga tayyor.

Ayrim korxonalar koll-markaz tashkil qilib, hozirni o‘zida 2 ming nafar nogironligi bo‘lgan aholiga kompyuter va telefon olib berish orqali ularni uyini o‘zida ish bilan ta’minlamoqchi.

Xizmatlar sohasidagi tadbirkorlar kambag‘al aholini ishli qilaman desa, imtiyoz muddatini yana uzaytirish mumkinligi ta’kidlandi.

Hozir sanoatda eng ko‘p ish o‘rni yaratadigan soha – to‘qimachilik.

Tadbirkorlar 2 yil avval tayyor trikotaj, bo‘yalgan mato va gazlama korxonalariga ijtimoiy soliqdan berilgan imtiyozni uzaytirib berishni so‘ramoqda.

Agar korxonalar kambag‘al aholini band qilsa, o‘sha ishchiga ijtimoiy soliqdan imtiyoz yana uch yilga saqlanib qoladi.

Ushbu imtiyoz nafaqat to‘qimachilikka, balki barcha sohadagi korxonalarga beriladi.

Bu imkoniyatdan foydalanib, to‘qimachilik, qurilish materiallari, charm-poyabzal va hunarmandchilikda 120 ming, dehqonchilik va chorvachilikda 120 ming, qurilish sohasida 25 ming, elektrotexnikada 20 ming kambag‘al aholini ishli qilish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston ilk bor sumo bo‘yicha jahon chempionatida medal oldi

0

O‘zbekistonlik sportchi Durdona Abdujabborova sumo bo‘yicha 25-jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi «Dunyo». Bu O‘zbekistonning ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro maydondagi ilk yutug‘i bo‘ldi.

7−8 sentabr kunlari Polshaning Krotoshin shahrida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Turnirda 33 davlatdan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston sharafini Abduqodir Usmonov (80 kilogrammgacha), Mahmudjon Maqsudov (115 kilogrammgacha), Faridaxon To‘lashova (73 kilogrammgacha) va Durdona Abdujabborova (mutlaq og‘ir vazn) himoya qildi.

Abdujabborova o‘z toifasida Estoniya, Polsha va Ukrainadan kelgan raqiblari bilan o‘tkazilgan janglarda ikkita g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etdi va bu unga uchinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. U bronza medalni yaponiyalik sportchi Ayri Hisano bilan baham ko‘rdi. Norvegiyalik Katrin Frilset kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ukrainalik Irina Pasechnik chempionlik unvoniga sazovor bo‘ldi.