Bosh sahifa Blog Sahifa 83

Jahon banki O‘zbekistonga $800 mln imtiyozli kredit ajratadi

0

Mablag‘lar mamlakatda xususiy sektor, ijtimoiy himoya va iqlim o‘zgarishiga tayyorlik tizimini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekistondagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun $800 mlnlik imtiyozli kreditlar moliyaviy paketi ajratishni tasdiqladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Hukumatning Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan islohotlar dasturi quyidagi qo‘shimcha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

  • mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;
  • qishloq xo‘jaligi, temir yo‘l va energetika sektorlarida samaradorlikni oshirish;
  • davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish;
  • ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; mamlakatning atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlarga tayyorligini oshirish.
  • Ushbu islohotlarni amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan $800 mln miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Ushbu mablag‘lar hukumatga xalqaro moliya bozorlarida mavjud bo‘lgan qarz olish imkoniyatlariga nisbatan pastroq foiz stavkalarida va kreditni qoplash uchun uzoqroq muddatlar bilan taqdim etiladi.

Bu O‘zbekistonga dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan katta miqdordagi moliyaviy resurslarni tejashga yordam beradi.

Ayollarga beriladigan ayrim imtiyozli kreditlar

0

Oʻzbekiston Respublikasida ayollarga bir qancha imtiyozli kreditlar mavjud. Quyida qonunchiligimizda ayollarga beriladigan qanday imtiyozli kreditlar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.

Oʻzbekiston Prezidentining 2024 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”giPQ-122-sonqaroriga muvofiq, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan uch yillik imtiyozli davr bilan yetti yil muddatga yillik 14 foiz stavkada jami 100 million AQSh dollari ekvivalentida, shundan AT «Xalq banki»ga 35 million AQSh dollari, «Biznesni rivojlantirish banki» ATBga 35 million AQSh dollari va «Mikrokreditbank»ATBga 30 million AQSh dollari miqdorida kredit resurslari ajratilishi belgilandi.

Qarorga muvofiq, Savdo-sanoat palatasi, AT «Xalq banki», «Biznesni rivojlantirish banki» ATB va «Mikrokreditbank» ATBda:

tashabbuskor xotin-qizlarning biznes loyihalarini ishlab chiqishga koʻmaklashish;

mahallalarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish;

xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni sotish;

kooperatsiya asosida loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish;

loyihalar amalga oshirilishini kuzatib borish va ayol tadbirkorlar bilan doimiy muloqot qilishni nazarda tutuvchi xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash tizimi yaratilishi belgilangan.

Toʻlov kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlar foizsiz taʼlim krediti olish imkoniyati mavjud.

Oʻzbekiston Prezidentining 2022 yil 18 iyuldagiPQ-323-sonqaroriga muvofiq, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti berilishi koʻrsatilgan.

Oʻzbekiston Respublikadagi barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida (OʻzR hududidagi xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari ularning filiallarida), shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha bakalavriat va magistraturaningkunduzgi, sirtqivakechkitaʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan barcha talabalarga taʼlim kreditlari ajratiladi. Talaba xotin-qizlar uchun foizsiz shartlarda kredit taqdim etiladi, hamda foiz toʻlovlari (13.5%) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplab beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”giPQ-5020-sonqaroriga asosan xotin-qizlarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun hotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million soʻmgacha kreditlar ajratilishi qoʻrsatilgan.

Kreditlar quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan  xotin-qizlarga beriladi:

•        Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi maʼqullangan dasturlar asosidagi oʻquv kurslari;

•        Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga oʻqitish maskanlari va Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat taʼlim muassasalarining kasbga oʻrgatish oʻquv kurslarining maxsus oʻqitish dasturlari.

Kreditlar bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida beriladi.

Ogʻir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarga imtiyozli uy-joylar beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi“Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”giPQ-285-sonqaroriga muvofiqogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi belgilandi.

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar toʻlovining:

  • 10 foizi Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga (boshlangʻich badal sifatida);
  • 90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga qoplanadi.

Arizalar tuman hokimi boshchiligidagi hududiy komissiyaga beriladi.

O‘zbekiston mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi

0

Mazkur hujjat ishchilarni faoliyati davomida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan himoya qilishga qaratilgan.

Prezident tomonidan 2-oktabrda imzolangan qonun bilan O‘zbekiston ishlab chiqarish sohasida mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qildi.

Mazkur konvensiya 1981-yilning 22-iyunida Jenevada qabul qilingan. U 75ta davlat, jumladan, MDHga a’zo davlatlar orasida Rossiya, Belarus, Ukraina, Tojikiston Qozog‘iston va Ozarbayjon tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Mazkur hujjat davlatlarni mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik sohasida milliy siyosatni ishlab chiqish majburiyatini yuklaydi.

Shuningdek, konvensiya davlat organlariga sanoat korxonalarini loyihalash, qurish va joylashtirishni tartibga solish, ishchilarning mehnat sharoitlarini nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi.

23-sentabr kuni Oliy Majlis Senatining 57-yalpi majlisida mazkur konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqidagi qonun ma’qullangandi. “Mazkur xalqaro hujjat barcha iqtisodiy faoliyat sohalarini o‘z ichiga olib, davlat xizmatida ishlovchilarga, yollangan ishchilarga, shuningdek, bevosita va bilvosita ish beruvchi nazorati ostida bo‘lgan ishchi xodimlarga tatbiq etiladi”, — dedi senator Ravshanbek Olimov.

Senator mehnat xavfsizligi gigiyenasi va ishlab chiqarish muhiti talablari mamlakat qonunchiligi hujjatlarida belgilanganini qayd etdi.

Joriy yilning fevral oyida Xalqaro mehnat tashkilotining ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qiluvchi qonun ma’qullangandi. Undan keyin, mart oyida prezident tomonidan mazkur qonun qabul qilindi.

Yil o‘qituvchisi tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga uy beriladi

0

Prezident pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyani tashkil etishni taklif qildi.
Sun’iy intellektga asoslangan ta’lim platformasida pedagoglar bilimini sinovdan o‘tkazish joriy etiladi. Bu haqda 30-sentabr kuni o‘tkazilgan Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqotida ma’lum qilindi. Davlat rahbari “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga sovg‘a sifatida uy-joy berilishini e’lon qildi.

Bundan tashqari, joriy yil 14ta maktabda pedagog kasbiga qiziqqan 10−11-sinf o‘quvchilari uchun alohida sinflar tashkil etildi. Kelgusi o‘quv yilidan yana 60ta maktabda, jumladan, 10ta ixtisoslashgan maktabda bu tajriba joriy qilinadi.

Kelajakda ushbu sinflarni tamomlagan o‘quvchilar shu yo‘nalishdagi oliygohlarga kirsa, ularga 2-kursdan maktabga borib kasbiy mahoratini oshirishi uchun imkoniyat yaratiladi. Alohida qobiliyatga ega talabalarga dars o‘tgani uchun oylik to‘lanadi.

pedagog, stipendiya, sun'iy intellekt, uy-joy, yil o‘qituvchisi

Prezident pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyani tashkil etishni taklif qildi.

Shuningdek, maktab tizimida o‘qituvchi o‘z imkoniyati va yutuqlarini, yangi ishlanmalarini e’lon qilishi uchun yagona onlayn platforma yaratiladi.

Singapurlik 16 nafar ekspert matematika va tabiiy fanlar o‘qituvchilarining kasb mahoratini oshiradi. Pedagoglar sun’iy intellektga asoslangan ta’lim platformasida bilimlarini bir yil davomida muntazam sinovdan o‘tkazadi.

Iyun oyida O‘zbekistonda uy-joyga muhtoj qizlarga 1 xonali ijtimoiy uylar qurilishi ma’lum qilingandi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar mazkur uylarda 3 yil davomida bepul yashashlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston va OIIB loyihalar portfelini $4 mlrdga oshiradi

0

Mamlakatda yashil ma’lumotlar markazlari yaratiladi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan yiliga $100 mlnlik yashil sertifikatlar bozori shakllantiriladi.

Avvalroq 25-sentabr kuni Samarqand shahrida o‘tayotgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilari kengashining to‘qqizinchi yillik yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlagani haqida xabar berilgandi.

Unda kelgusi yillarda mamlakatda 18 gigavatt quyosh va shamol, 3 gigavatt gidro elektr stansiyalari, 5 gigavatt energiya jamlash sig‘imlari hamda $5 mlrdlik elektr tarmoqlarini ishga tushirish belgilangani, bu orqali yirik “yashil” ma’lumotlar markazlari yaratilishi qayd etildi.

Shu bilan birga, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan yiliga $100 mlnlik “yashil” sertifikatlar bozori shakllanadi, prezident bu xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishi bo‘lishiga ishonch bildirdi. “Qo‘shni mamlakatlar ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha katta loyihalarni boshlaganini qayd etish lozim. Kelgusi yillarda qayta tiklanuvchi energiya resurslariga boy Markaziy Osiyo jahon energetika bozorlariga „yashil“ energiya yetkazib beradigan yirik eksportchiga aylanishi uchun katta qadamlar tashlayapmiz. Bu borada Transkaspiy elektr tarmog‘ini barpo etish loyihasi katta salohiyatga ega ekanini alohida ta’kidlamoqchiman”, — dedi davlat rahbari.

Prezident Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki boshchiligida Markaziy Osiyoda “yashil” energiyani rivojlantirish dasturini amalga oshirishni taklif qildi.

Bugungi kunda Markaziy Osiyo yirik infratuzilma loyihalariga talab ortib borayotgani, oziq-ovqat xavfsizligi va suv resurslari taqchilligi muammolari o‘tkir tus olayotgani ta’kidlandi. “O‘zbekiston bu borada o‘z strategiyasini ishlab chiqib, kelgusi besh yilda suvdan foydalanish samaradorligini 25%ga oshirish orqali 15 mlrd kub metr suvni tejash bo‘yicha katta loyihalarni boshlagan. Lekin suv muammosini hal qilish butun mintaqa davlatlari va xalqaro moliya tashkilotlarining birgalikda ishlashini talab qiladi”, — dedi prezident.

Davlat rahbari Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Qo‘shni mamlakatlar ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi aytildi.

O‘zbekiston barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda bank hissasini yuqori baholashi, mamlakatda infratuzilma, energetika, transport, suv ta’minoti va barqaror rivojlanish yo‘nalishida $3 mlrdlik 15ta loyiha amalga oshirilayotgani qayd etildi. “Mamnuniyat bilan aytishim kerakki, bular hisobidan O‘zbekiston bankning top-10ta hamkoridan biriga aylandi. Masalan, bank bilan Buxorodagi ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha $720 mlnlik loyiha qariyb 1,5 mln aholini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlaydi. Yoki “Buxoro-Xiva” temir yo‘lini elektrlashtirish loyihasini ishga tushirish Xivaga yiliga qo‘shimcha 1 mln turist jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, davlat rahbari bank bilan $4 mlrdlik yangilangan dasturni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ta’kidladi.

Oliygohlarda o‘zlashtirishi yuqori kambag‘al oila farzandlariga grant va foizsiz kreditlar beriladi

0

Kelasi o‘quv yilidan tegishli yo‘nalishlarda grant kvotasining 10%gacha qismi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar farzandlari uchun yo‘naltiriladi.

Avvalroq prezident qarori bilan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.

Dastur doirasida Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar farzandlarining ta’lim olishlariga imkoniyat yaratish belgilanmoqda. Joriy yilning 1-noyabrigacha bu bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilishi kerak. Unda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab OTMlarida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 80%idan yuqori bo‘lgan talabalarga keyingi o‘quv yili uchun grant taqdim etish, 70%idan yuqorilariga foizsiz ta’lim krediti ajratish belgilab beriladi.

2025/2026 o‘quv yilidan grantga qabul qilish uchun zarur ballning 90%ini to‘plagan talabalarga grant ajratiladi. Bunda tegishli yo‘nalish bo‘yicha ajratilgan grant kvotasining 10%gacha qismi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar farzandlari uchun yo‘naltiriladi.

Shu bilan birga, moliyaviy mustaqil bo‘lgan davlat OTMlari rektorlari bilan oliygohlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan har yili kamida 1 mlrd so‘mgacha ta’lim grantlari ajratish amaliyotini joriy etish ko‘zda tutilgan. Hujjat bilan, 1-noyabrgacha xorijiy tillarni va matn, jadval hamda grafiklarni tayyorlash va tahrirlash dasturlarini (Microsoft Office kabi), dasturlash ko‘nikmalarini o‘rganishga asoslangan o‘quv kurslari majmuini ishlab chiqish hamda har bir noutbukga o‘rnatish topshirildi.

Bundan tashqari, uch oy ichida ularga mazkur yo‘nalishlardagi masofaviy o‘quv kurslarida bepul o‘qish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash zarur.

Avvalroq professional ta’lim muassasalari negizida texnikumlar tarmog‘ini tashkil etish belgilanayotgani ma’lum qilingandi. Sinov tarzida 14ta texnikumda Angliyaning BTEC dasturi joriy qilinib, bitiruvchilarga 70ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi.