Matbuot xizmatiYangiliklarOliygohlarda o‘zlashtirishi yuqori kambag‘al oila farzandlariga grant va foizsiz kreditlar beriladi

Oliygohlarda o‘zlashtirishi yuqori kambag‘al oila farzandlariga grant va foizsiz kreditlar beriladi

Kelasi o‘quv yilidan tegishli yo‘nalishlarda grant kvotasining 10%gacha qismi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar farzandlari uchun yo‘naltiriladi.

Avvalroq prezident qarori bilan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.

Dastur doirasida Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar farzandlarining ta’lim olishlariga imkoniyat yaratish belgilanmoqda. Joriy yilning 1-noyabrigacha bu bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilishi kerak. Unda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab OTMlarida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 80%idan yuqori bo‘lgan talabalarga keyingi o‘quv yili uchun grant taqdim etish, 70%idan yuqorilariga foizsiz ta’lim krediti ajratish belgilab beriladi.

2025/2026 o‘quv yilidan grantga qabul qilish uchun zarur ballning 90%ini to‘plagan talabalarga grant ajratiladi. Bunda tegishli yo‘nalish bo‘yicha ajratilgan grant kvotasining 10%gacha qismi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar farzandlari uchun yo‘naltiriladi.

Shu bilan birga, moliyaviy mustaqil bo‘lgan davlat OTMlari rektorlari bilan oliygohlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan har yili kamida 1 mlrd so‘mgacha ta’lim grantlari ajratish amaliyotini joriy etish ko‘zda tutilgan. Hujjat bilan, 1-noyabrgacha xorijiy tillarni va matn, jadval hamda grafiklarni tayyorlash va tahrirlash dasturlarini (Microsoft Office kabi), dasturlash ko‘nikmalarini o‘rganishga asoslangan o‘quv kurslari majmuini ishlab chiqish hamda har bir noutbukga o‘rnatish topshirildi.

Bundan tashqari, uch oy ichida ularga mazkur yo‘nalishlardagi masofaviy o‘quv kurslarida bepul o‘qish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash zarur.

Avvalroq professional ta’lim muassasalari negizida texnikumlar tarmog‘ini tashkil etish belgilanayotgani ma’lum qilingandi. Sinov tarzida 14ta texnikumda Angliyaning BTEC dasturi joriy qilinib, bitiruvchilarga 70ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi.

 

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...