Bosh sahifa Blog Sahifa 82

2026-yilgacha sanoat sohasida 10ta yangi laboratoriya tashkil etiladi

0

Bundan tashqari, 2025-yildan sinov laboratoriya kampusini tashkil etish ishlari boshlanadi. Unda elektrotexnika, mashinasozlik hamda to‘qimachilik kabi sohalardagi 6ta laboratoriya joylashtiriladi.

Shavkat Mirziyoyev 10-oktabr kuni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi.

So‘nggi yillarda 12 mingta standart tasdiqlangan. Yil boshidan buyon yana 1040ta xalqaro standart qabul qilindi. Mahsulot xavfsizligi va sifatini ta’minlash maqsadida 29ta texnik reglament ishlab chiqildi. Bular sanoat korxonalari va tadbirkorlarga yetkazilib, sertifikatlar olishiga ko‘maklashilayapti.

Davlat rahbari tashqi bozorlarga chiqish uchun samarali texnik tartibga solish tizimi shartligini ta’kidlab, qo‘shimcha vazifalarni belgilab berdi.

Bugungi kunda mamlakatdagi 269ta laboratoriyadan faqat 64tasida o‘tkazilgan sinovlar xalqaro darajada tan olinadi. Bu esa tadbirkorlar mahsulotlarini eksportga olib chiqishda qo‘shimcha sinovlar o‘tkazishga majbur bo‘lishiga olib kelmoqda. Shu bois xalqaro tan olinadigan laboratoriyalarni ko‘paytirish, elektr texnikasi, qurilish materiallari, mashinasozlik kabi sohalarda 10ta yangi laboratoriya tashkil qilish zarurligi aytildi.

Bu yil 340ta milliy standart, 2025-yil yakunigacha esa yana 38ta reglament ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, 28ta texnik qo‘mita, laboratoriyalar faoliyatini raqamlashtirish muhimligi aytildi. Buning uchun “Texnik tartibga solish” elektron platformasi ishga tushiriladi.

Sohada sifat va samarani ta’minlash uchun yangi bilim va ko‘nikmalarga ega, xalqaro standartlar asosida ishlaydigan mutaxassislar kerakligi bois sohada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida taqdimotda uchta yo‘nalish — standartlashtirish, metrologiya hamda sinov laboratoriyasining infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida hisobot berilganini qayd etdi.

Hozirda agentlikda 29ta etalon mavjud bo‘lib, joriy yilda 13tasini xarid qilish rejalashtirilgan. Prezident ular sonini 77taga yetkazishni topshirdi. Bu orqali sanoat tarmoqlariga metrologiya xizmatlarini qamrab olish mumkin bo‘ladi. “22 mingta o‘lchov vositalarini biz kalibrlash va qiyoslashdan o‘tkazamiz. Bu esa taxminan $2,5 mln mablag‘ni tejaydi. 2025−2026 yillarda 10ta yangi sinov laboratoriyalarini tashkil qilish topshirildi. Yana bitta muhim topshiriq: sinov laboratoriya kampusini tashkil etish. 2025-yildan uning loyihalash va qurilish ishlari boshlanadi”, — dedi u.

Akmal Jumanazarovning qayd etishicha, kampus o‘z ichiga 6ta laboratoriyani qamrab oladi: elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo-polimer hamda to‘qimachilik kabi sohalar bo‘yicha.

Prezident texnik tartibga solish sohasidagi qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish muhimligini ta’kidlagandi. Hozirda 2,5 mingta standart tahlildan o‘tkazilgan bo‘lib, uning natijasida 2 mingdan ortiq standartni xalqaro standartga o‘tkazish rejalashtirilgan. 182ta standart esa bekor qilinadi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov xalqaro standartlashtirish sohasida kadrlar tayyorlash uchun texnik talablarni qayta ko‘rib chiqish topshirilganini qayd etdi. “Standartlashtirish va metrologiya sohasidagi 21ta OTMlardagi 400ga yaqin jihozlarning, laboratoriyalarning bozor talablariga javob bermasligi aniqlandi. 2025-yildan 2027-yilgacha bosqichma-bosqich oliygohlardagi laboratoriya jihozlari yangilanadi. Ularda 14ta hududdagi standartlashtirish va metrologiyaga oid muammolarni hal etish rejalashtirilgan.

Buning uchun OTMlarda tashkil etilayotgan laboratoriyalar akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

Qo’qon shahrida «BIZNES MARAFON — 5.0» bo’lib o’tdi

0

Tadbirkorlar va yoshlar uchrashuvi Qo’qon shahridagi “Drama teatrda” boʻlib oʻtdi.

Dastlab, tajribali tadbirkorlar tomonidan yoshlarga biznes rejalarni tayyorlash hamda tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar berildi. Biznesni rivojlantirishda qo‘l keladigan dunyodagi ilg‘or tajriba va zamonaviy vositalar bilan tanishtirildi.

Marafon davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiynab kelayotgan xatarlarni qanday boshqarish, raqobat muhitida bozorda oʻz oʻrnini topish, xodimlar bilan ishlashdagi usullar, ruhiy va iqtisodiy bankrotlik, biznesdagi barqarorlikka erishish, biznesga investitsiya kiritish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi savollarga javoblar olishdi.

Andijon shahrida «BIZNES MARAFON — 5.0» bo’lib o’tdi

0

Tadbirkorlar va yoshlar uchrashuvi Andijon davlat universitetida boʻlib oʻtdi.

Dastlab, tajribali tadbirkorlar tomonidan yoshlarga biznes rejalarni tayyorlash hamda tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar berildi. Biznesni rivojlantirishda qo‘l keladigan dunyodagi ilg‘or tajriba va zamonaviy vositalar bilan tanishtirildi.

Marafon davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiynab kelayotgan xatarlarni qanday boshqarish, raqobat muhitida bozorda oʻz oʻrnini topish, xodimlar bilan ishlashdagi usullar, ruhiy va iqtisodiy bankrotlik, biznesdagi barqarorlikka erishish, biznesga investitsiya kiritish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi savollarga javoblar olishdi.

Toshkent shahri 2045-yilgacha 7,5 mln aholiga mo‘ljallangan megapolisga aylantiriladi

0

Bosh reja bilan poytaxtni aglomeratsiya asosida rivojlantirish hamda uchta zonaga ajratish rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi kunda shahar hududi 43 822 gektarni, aholi soni esa 3 mlndan ortiqni tashkil etadi. Kelgusida bu ko‘rsatkich oshib borishi kutilmoqda. Shundan kelib chiqib, Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi loyihalashtirildi.

Davlat rahbari bu boradagi ilk ishlanmalar bilan 2022-yilda tanishgandi. Loyiha “ToshkentboshplanLITI” korxonasida tomonidan Singapur, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya, Xitoy va Niderlandiya kompaniyalari bilan hamkorlikda ish chiqilgan.

Loyihaga ko‘ra, Toshkent quyidagi 3ta zonaga ajratiladi:
  • konservatsiya zonasida madaniy meros binolari, tarixiy joylar, uylar va yashil hududlar o‘zgarishsiz qoladi;
  • rekonstruksiya zonasida master-rejalar asosida qo‘shimcha qurilishlar qilish mumkin bo‘ladi;
  • renovatsiya zonasida eskirgan uy-joy, binolar o‘rnida yangi qurilishlar va ta’mirlash amalga oshiriladi.
  • Yangi bosh rejada ekologiya va transport muammolari hisobga olingan. Jumladan, Toshkent va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytirilib, 25 ming gektarga yetkazilishi belgilanmoqda. Bu orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil maydon 6 kv.metrga oshiriladi.

Bundan tashqari, jamoat transporti tarmog‘i kengaytiriladi. Buning uchun bog‘lamlar va bekatlar ko‘paytiriladi, yangi yo‘llar qurilib, metrobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Natijada, aholi o‘z yashash joyidan eng yaqin bog‘cha, maktab, shifoxona, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalariga ko‘pi bilan 15 daqiqada yetib borishi ta’minlanadi.

Bosh reja loyihasida elektr energiyasi, suv va oqova infratuzilmasi quvvatlarini oshirish manbalari ham hisob-kitob qilingan. Loyiha tasdiqlangach, uning xaritalari Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida hamda poytaxt hokimligi saytida ochiq joylashtiriladi. Davlat rahbari Toshkent shahrini kamida 7,5 mln odam yashashi va ishlashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantirish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq va Toshkent tumanlarini poytaxt bilan yaxlit aglomeratsiya asosida rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Namangan shahrida «BIZNES MARAFON — 5.0» bo’lib o’tdi

0

Tadbirkorlar va yoshlar uchrashuvi Namangan shahridagi “Yoshlar markazida” boʻlib oʻtdi.

Dastlab, tajribali tadbirkorlar tomonidan yoshlarga biznes rejalarni tayyorlash hamda tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar berildi. Biznesni rivojlantirishda qo‘l keladigan dunyodagi ilg‘or tajriba va zamonaviy vositalar bilan tanishtirildi.

Marafon davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiynab kelayotgan xatarlarni qanday boshqarish, raqobat muhitida bozorda oʻz oʻrnini topish, xodimlar bilan ishlashdagi usullar, ruhiy va iqtisodiy bankrotlik, biznesdagi barqarorlikka erishish, biznesga investitsiya kiritish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi savollarga javoblar olishdi.

Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi

0

Markaz davlat fuqarolik xizmatchilarini baholab, uning natijasi asosida shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqadi

4-oktabr kuni rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi.

Markaz ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqadi.

Davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompleks baholash, bu jarayonda foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, o‘zlashtirish va joriy qilish ham mazkar vazifasi hisoblanadi.

Shu bilan birga, kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasi ishlab chiqiladi. Bu yangi texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Markaz rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash bo‘yicha test sinovlarini hamda psixologik so‘rovnomalarni o‘tkazib boradi.

Bu yerda rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qo‘yish jarayonlariga raqamli texnologiyalari va yangi usullarni keng joriy etiladi.

Shuningdek, markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borishi kerak.