Bosh sahifa Blog Sahifa 6

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga B+ darajadagi milliy sertifikat asosida ustama beriladi

0

O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi.

Hukumatning 29-iyuldagi qarori bilan “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Qarorga ko‘ra, 2026/27-o‘quv yilidan boshlab B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan, sertifikatning amal qilish muddati davomida, tegishli ta’lim tiliga mos ravishda barcha fanlar bo‘yicha lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lab boriladi.

Nizomga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.

Malaka imtihonida ishtirok etishi uchun talabgordan ro‘yxatdan o‘tishda, ariza berilgan kundagi BHMning 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi.

Unga ko‘ra:

  • 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;
  • 65 – 69,9 ball olgan talabgorga A darajali;
  • 60 – 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;
  • 55 – 59,9 ball olgan talabgorga B darajali;
  • 50 – 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;
  • 46 – 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.

Talabgorning boshlang‘ich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, o‘qitish metodikasi va pedagogik mahorati test sinovlari orqali baholanadi. Talabgor sertifikat olish maqsadida malaka imtihonida qatnashish uchun YIDXP ( my.gov.uz ) orqali elektron shaklda ariza berib, ro‘yxatdan o‘tadi. Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga 1 ish kuni ichida QR kodli sertifikatning elektron shakli ushbu portal orqali  yuboriladi. Talabgor malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz orqali vakolatli organga apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.

“Maqsadimiz — O‘zbekiston brendini xalqaro darajaga olib chiqish”: Safia’ning Qozog‘istondagi faoliyati, raqobat va investitsiyalar haqida

0

Safia — O‘zbekistonning yirik qandolatchilik tarmoqlaridan biri. Bugungi kunda kompaniya 180 ta filial, 5,5 ming nafar xodim va 2 ta zamonaviy ishlab chiqarish zavodiga ega. Brend tarixi esa oddiy uy oshxonasidan boshlangan: avval buvisi yaqinlari uchun pishiriqlar tayyorlagan, keyinchalik qizi bu mashg‘ulotni professional faoliyatga aylantirgan. Bugun esa oilaning uchinchi avlodi Safiani xalqaro miqyosdagi brendga aylantirish yo‘lida mehnat qilmoda.

2021-yilda Spot Safia bilan katta intervyu e’lon qilgandi. Shundan so‘ng kompaniya rivojlanishda yangi bosqichga chiqdi: 2022-yilda o‘z sohasida birinchilardan bo‘lib xorij bozoriga kirib, Qozog‘istonda ilk qandolat uyini ochdi.

Spot jamoasi Safia asoschilaridan biri Bekzod Samigjanov bilan suhbatlashish uchun Olmaota sari yo‘l oldi. U Qozog‘istondagi ilk filial ochilganida o‘g‘li bilan ko‘chada flayer tarqatgan kunlari, Starbucks bilan raqobat hamda Safia’ning kelgusidagi xalqaro kengayish rejalari haqida so‘zlab berdi.


Bekzod aka, 2022-yilda Safia ilk bor xalqaro bozorga chiqib, Qozog‘istonda birinchi filialini ochdi. Nega aynan Qozog‘iston tanlandi?

Qozog‘iston bizga eng yaqin qo‘shni davlat, qardosh xalq. Madaniyatimiz, an’analarimiz, urf-odatlarimiz va ta’mga bo‘lgan qarashlarimiz juda o‘xshash. Bundan tashqari, bu juda katta bozor. Biz faoliyatimizni aynan Toshkentga eng yaqin xalqaro shahar — Chimkentdan boshlashga qaror qilganmiz.

Agar biroz ortga qarasak, hali 2019-yildayoq bizda xorijga chiqa olmasak kerak, degan qo‘rquv bor edi. Hatto O‘zbekiston ichidagi hududlarga ham borishni o‘ylamagandik, chunki saqlash muddati 24 soat bo‘lgan “ultrafresh” mahsulotlar sotamiz. Yevropa va Amerikada ko‘p novvoyxonalar faqat bitta shaharda ishlaydi va kengaymaydi, chunki bu murakkab. Bizda ham shunday stereotip bor edi.

Ammo sinab ko‘rishga qaror qildik — Andijonga chiqdik. Hech qanday aniq rejasiz, tavakkal qildik. Muammolarga duch kelib, ularni jarayon davomida hal qildik. Chimkentda ham xuddi shunday bo‘ldi. Bu shaharni tanlaganimizdan juda xursandman: aynan shu qadam bizga O‘zbekistondan tashqarida ham o‘sishimiz mumkinligiga ishonch berdi.

Hozir Qozog‘istonda nechta filialingiz bor va ular qaysi shaharlarda joylashgan?

Hozirda Qozog‘istonda 11 ta filialimiz bor: 6 tasi Olmaotada va 5 tasi Chimkentda. Yil oxirigacha butun Qozog‘iston bo‘ylab savdo nuqtalarimiz sonini 25 taga yetkazmoqchimiz — Olmaotaning o‘zida yana 9 ga yaqin filial ochishni rejalashtiryapmiz.

Shuningdek, bugungi kunda Tojikistonda ham faoliyat yuritayapmiz.

Lekin Tojikistonda sizlar franshiza asosida ishlaysiz, Qozog‘istonda esa barcha nuqtalar o‘zingizning boshqaruvingizda. Nega bunday yondashuv tanlagansiz?

Umuman, dunyoda 30−50 ming savdo shoxobchasiga ega qandolatchilik tarmoqlari juda kam. Shunchaki olib, nusxa ko‘chirish mumkin bo‘lgan tayyor benchmarklar yo‘q. Burgerlar uchun McDonald’s, qahvaxonalar uchun Starbucks bor. Qandolatchilik uchun esa yo‘q. Shu sababli haligacha to‘g‘ri biznes-modelini izlayapmiz: o‘z nuqtalarimizni ochishimiz kerakmi yoki franshiza modeli bo‘yicha borishmi.

Tojikistonda biz gibrid modelni sinab ko‘rdik bu franshizadan ko‘ra ko‘proq hamkorlikka o‘xshaydi. Hamkor nuqtani to‘liq boshqaradi, lekin barcha mahsulotlarni o‘zimiz ishlab chiqaramiz. Qozog‘istonda esa o‘zimiz mustaqil rivojlanyapmiz. Hozircha bularning barchasini sinab, har ikki modelning qanday ishlashini kuzatyapmiz. Shundan keyingina qanday harakat qilishni hal qilamiz.

Ochig‘ini aytsam, “franshiza” so‘zidan biroz qo‘rqamiz. Mahsulotlarimizning saqlash muddati qisqa, shu bois ularga xuddi yosh bolaga qaragandek e’tibor beramiz. Bu bizning obro‘miz, brendimiz va mijozlar ishonchi. Shu sababli bugungi strategiyamiz shunday: nuqtalarni o‘zimiz ochamiz va xomashyo tanlashdan tortib, mahsulotni mijozga yetkazishgacha bo‘lgan barcha jarayonni o‘zimiz nazorat qilamiz.

Shunday bo‘lishi kerakki, siz Toshkent, Olmaota yoki boshqa istalgan shahardagi xohlagan Safia filialiga kirsangiz, hamma yerda bir xil xizmat, muhit va ta’mni his qilishingiz lozim.

Qozog‘iston bozoriga kirganingizda, Safia’ni mahalliy xaridorga noldan qanday tanishtirdingiz?

Bu oson bo‘lmagan. Olmaotada ochilganimizda bizni hech kim tanimasdi. O‘zim o‘g‘lim bilan shu yerda turib, flayerlar va bepul mahsulotlar tarqatganman. Savdo bo‘lmayotganidan xafa bo‘lardik. Ammo asta-sekin, kichik qadamlar bilan odamlar bizni taniy boshladi.

Marketing jamoamiz katta yordam berdi. Shakllangan bozorga kirish oson emas: kelib, ochilib, mijozlar o‘zlari kelishini kutib bo‘lmaydi. Har bir muvaffaqiyat ortida kundalik katta mehnat bor.

Intervyuga tayyorgarlik ko‘rayotganimizda Qozog‘istonning Safiya qandolatxonasini topdik — nomi deyarli siznikiga o‘xshash, faqat “y” harfi bilan yozilar ekan. Bozorga kirayotganingizda ular haqida bilarmidingiz? Bu holat chalkashliklarga sabab bo‘lmayaptimi?

Ha, bu brendni ko‘rganman. Ularning firma rangi boshqacha — binafsharang, nomi ham boshqacha yoziladi. Tushunishimcha, ular ham asli chimkentlik o‘zbek tadbirkorlari. Balki, mijozlarda chalkashliklar bo‘lib turar, lekin har kimning o‘z yo‘nalishi bor. Men bunda katta muammo ko‘rmayapman.

Biroq Qozog‘istonda bozorida raqobat katta bu yerda Starbucks, Costa Coffee singari yirik xalqaro ishtirokchilar hamda ko‘plab mahalliy loyihalar ham faoliyat yuritmoqda. Bunday kuchli raqobat sharoitida qanday ajralib turish mumkin?

Ishtirokchilar o‘n yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritayotgan shakllangan bozor yangi o‘yinchi uchun murakkab muhit ekanligini tan olaman. Lekin biz har kuni yanada yaxshiroq bo‘lishga harakat qilyapmiz.

Avvalo, mahsulot. Sifatli mahsulotsiz biror jiddiy ish qilish qiyin. So‘ngra, servis, dizayn, muhit, tizim. Joylashuv ham juda muhim: biz odamlar gavjum joylarga, turar-joy dahalariga kirishga harakat qilamiz.

Biznesimiz mayda detallar ustiga qurilgan. Mehmon sezmaydigan yoki e’tibor bermaydigan minglab mayda tafsilotlar ortida juda katta mehnat va puxta tashkil etilgan jarayonlar yotadi. Ayniqsa, har kuni eng yangi mahsulotlarni yetkazib berishimiz va har oqshom ularni hisobdan chiqarishimizni inobatga olsak. Aynan shu jihat bunday biznesni keng ko‘lamda rivojlantirishni ancha murakkablashtiradi.

Safia’ning o‘zbek brendi ekani tanilish va mijozlar ishonchini qozonishda yordam berdimi?

Ha, albatta. Ko‘plab qozog‘istonliklar Toshkent, Samarqand yoki Buxoroga sayohat qilgan va Safia bilan aynan O‘zbekistonda tanishgan. Ular filiallarimizga kirib: “Ha, bu Safia-ku, men Toshkentda kirganman”, deb aytishadi.

Bundan tashqari, biz Toshkent xalqaro aeroportida ham faoliyat yuritamiz. Ko‘plab mehmonlar O‘zbekistondan qaytishdan oldin aynan shu yerda Safia bilan tanishadi yoki brendni yana bir bor eslaydi. Shu jihatdan o‘zbek brendi ekanimiz bizga muhim ustunlik berdi.

Olmaota va Chimkentda Safia’ning birinchi filiallarining ochilishi

Toshkentda ayrim savdo nuqtalari issiq taomlar taklif qiladigan to‘laqonli kafe sifatida ishlaydi. Qozog‘istonda ham shundaymi?

Ha, biz gibrid formatda ishlaymiz. Besh yil avval biznesimizning asosiy qismi tort va pishiriqlar savdosidan iborat edi. Odamlar asosan tug‘ilgan kun yoki bayramlar oldidan, ya’ni oyiga bir marta kirishardi. Keyinchalik esa Starbucks kabi xalqaro tarmoqlar tajribasidan ilhomlanib, biznesimizni turmush tarzi konsepsiyasi asosida rivojlantirdik. Endi mijozlarimiz bizga faqat bayram uchun emas, balki har kuni nonushta qilish, tushlik qilish, qahva ichish, o‘zlari bilan taom olib ketish yoki uchrashuv o‘tkazish uchun ham kelishadi.

Ko‘rsatkichlarimizga qarasak, mehmonlarimiz o‘rtacha hisobda haftasiga uch marta tashrif buyurishadi. Ilgari bu ko‘rsatkich oyiga bir-ikki martani tashkil etardi.

Qozog‘istonda ham aynan qahvaxona formatini rivojlantiryapmiz. Bu yerga kelib o‘tirish, qahva ichish, nonushta yoki tushlik qilish mumkin. Bar, sendvichlar va salatlar kabi yo‘nalishlarni ham aynan shu layfstayl konsepsiyasi doirasida faol rivojlantira boshladik.

Hozir bizda to‘rtta format mavjud. Birinchisi, flagman filiallar. Bular Toshkentdagi kabi katta, ikki qavatli shoxobchalar. Ikkinchisi, qahvaxona formati. Maydoni 150−200 kv.m. bo‘lib, to‘laqonli bar va qulay o‘tirish hududiga ega. Uchinchisi, ixcham qandolat do‘konlari. Ularning maydoni 60−80 kv.m. bo‘lib, asosan mahsulotni olib ketish uchun mo‘ljallangan. Va to‘rtinchisi aralash format.

Qozog‘istondagi faoliyatimizni flagman filialdan boshladik. Buning uchun Olmaotadagi eng yaxshi joylardan birini tanladik. Uning yonida Starbucks, shahardagi eng yirik Mega savdo markazi va BI kompaniyasining yangi turarjoy majmuasi joylashgan. Brend tanilib, ommalashganidan so‘ng esa kamroq sarmoya va ijara haqi talab qiladigan kichikroq shoxobchalar ochsa ham bo‘ladi.

Qozog‘iston bozoriga jami qancha sarmoya kiritilgan?

Olmaotadagi faoliyatimizning boshida xatolarga ham yo‘l qo‘ydik bu tabiiy hol. Masalan, muzlatish kamerasi uchun joy olganimizda biznes bunchalik tez o‘sishini kutmagandik. Natijada joy yetishmay qolib, kattaroq binoga ko‘chishga majbur bo‘ldik. Ishlab chiqarish sexida ham xuddi shunday holat kuzatildi.

Har bir savdo nuqtasiga taxminan $100-$150 ming ketdi.

Qozog‘istonda savdo nuqtasini ochish Toshkentdagidan qimmatroqqa tushadimi?

Bu yerda narxlar taxminan 20−30% qimmatroq. Ishchi kuchi ham qimmat, ijara haqi yuqori, uskunalarning bir qismini esa O‘zbekistondan olib kelishga to‘g‘ri keladi.

Bitta filial qancha vaqt ichida o‘zini oqlaydi? Filiallar daromadga kirdimi?

Chimkentdagi biznesimiz allaqachon foydaga chiqqan va rentabellik ko‘rsatkichlari ham yaxshi. Olmaotada esa ikki yildan beri faoliyat yuritayotgan bo‘lsak-da, hozircha minusdamiz. Nolga chiqishimiz uchun hajmni oshirishimiz kerak. Yil oxirigacha Olmaotani break-even darajasiga olib chiqishni rejalashtiryapmiz. Umuman, Qozog‘iston bo‘yicha oladigan bo‘lsak, foydadamiz, chunki Shimkent xarajatlarni qoplayapti.

Biznesda o‘zini oqlash nuqtasidan ko‘ra dinamika muhimroq. Agar zarar $10 mingni tashkil etib, har oy oshib borayotgan bo‘lsa bu yomon signal. Bordi-yu, ongli ravishda minusga kirgan bo‘lsangiz, lekin cheklar soni ko‘payib, mijozlar mamnun bo‘lsa bu normal holat.

Shu bois bu yerda masshtab muhim. Sizda 5 ta yoki 15 ta shoxobcha borligidan qat’i nazar o‘zgarmaydigan xarajatlar bor: ofis ijarasi, logistika, ishlab chiqarish sexi, saqlash kameralari. Bu doimiy xarajatlarni qoplash uchun hajm kerak. Shuning uchun ham hozir Olmaotada faol ravishda yangi shoxobchalar ochyapmiz.

bekzod samigjanov, qozog‘iston, safia

Foto: Ma’murjon Obraxmatov / Spot

Qozog‘istondagi Safia jamoasi qanday shakllantirilgan?

O‘zbekistonda, ham Qozog‘istonda operatsion direktor akam Mirsaid Samigjanov. Olmaotaga chiqish tashabbusi ham asosan undan chiqqan. Bugungi kunda u bino tanlashdan tortib, jamoani shakllantirish va Qozog‘istondagi barcha operatsion jarayonlarni boshqarish bilan shug‘ullanadi. Uning jamoasida ikkita operatsion direktor bor: Laziz Sodiqov Olmaota, Sardor Nazarov esa Chimkent yo‘nalishiga mas’ul. Ikkalasi ham Safiada olti-yetti yildan beri ishlaydi va kompaniyaning o‘zida yetishib chiqqan mutaxassislar. Ular kassirlikdan boshlab, filial boshqaruvchisi, keyin esa Toshkentdagi hududiy menejer lavozimigacha ko‘tarilgan. Yigitlar juda iqtidorli. Ulardan ba’zilari oilasi bilan Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan.

Umuman olganda, butun kompaniyani xalqaro bozorlar, jumladan, ishlab chiqarish va logistikani bosh direktor Sardor Mirzaxmedov boshqaradi. Uning rahbarligi ostida kompaniya sezilarli darajada o‘sib, ichki jarayonlar tizimlashtirildi va biznes barqaror rivojlanish bosqichiga chiqdi. Bugun ham kompaniya o‘sish, operatsion jarayonlarni takomillashtirish va jamoani rivojlantirish ustida izchil ishlamoqda. Qozog‘iston yo‘nalishida esa mening shaxsiy ishtirokim hozircha minimal. Barcha operatsion jarayonlarni jamoaning o‘zi mustaqil boshqaryapti.

Bizning asosiy tamoyilimiz — rahbarlarni kompaniyaning o‘zida yetishtirish. Biznesimiz o‘ziga xos bo‘lgani uchun barcha jarayonlarni amalda o‘rganib, quyi pog‘onalardan bosqichma-bosqich o‘smagan inson uchun bu tizimni samarali boshqarish oson emas.

Hozir Qozog‘istonda qancha kishi ishlaydi?

Taxminan 200 kishi. Ularning aksariyati sotuvchilar, kassirlar, barmenlar, ofitsiantlar. Bundan tashqari, marketing, HR, aloqa markazi jamoalari, servis-menejerlar, merchandayzerlar, operatsion direktorlar, hududiy menejerlar va filiallar boshqaruvchilari bor.

Ular, asosan, mahalliy xodimlarmi?

Ha, asosan, mahalliy.

Xodimlarni o‘qitish jarayoni qanday tashkil etilgan? Bilishimcha, murabbiylar va o‘quv dasturlaringiz Toshkentda joylashgan. Demak, jamoaning barchasi tayyorgarlikdan o‘tish uchun O‘zbekistonga kelganmi?

Birinchi-ikkinchi nuqtani ochganimizda, ha, butun jamoani Toshkentga olib kelganmiz. U yerda o‘quv markazimiz bor: barmenlar, kassirlar va boshqaruvchilarni o‘qitamiz. Parvoz, turar joy va o‘qish xarajatlarini to‘laganmiz.

Ammo bizda bir nechta nuqtalar ochilib, mahalliy jamoa shakllangandan so‘ng, keyingi xodimlarni shu yerning o‘zida o‘qitdik — bu endi kamroq mablag‘ talab qilardi.

Mahsulotni to‘liqligicha O‘zbekistondan olib kelasizmi yoki Qozog‘istonda ham o‘zingizning ishlab chiqarishingiz bormi?

Bu yerda ham 400 kv.metr maydonga ega kichik sex mavjud.

Tez buziladigan va Toshkentdan yetkazib bo‘lmaydigan ayrim mahsulotlarni Qozog‘istonda noldan tayyorlaymiz. Masalan, quymoq yoki “Napoleon” torti shular jumlasidan. Kruassan, somsa va qatlama kabi xamirdan tayyorlanadigan pishiriqlarni esa filiallarning o‘zida, Italiyaning Unox pechlarida pishiramiz. Bu nafaqat mahsulotning doimo yangi bo‘lishini ta’minlaydi, balki ertalab filiallarni qamrab oladigan yoqimli pishiriq ifori orqali o‘zgacha muhit ham yaratadi.

Qozog‘iston bozori uchun narxlar yoki mahsulotlaringizni moslashtirdingizmi? Masalan, mahalliy iste’molchilarning didi va ta’miga qarab retseptlarga o‘zgartirishlar kiritishga to‘g‘ri keldimi?

Qozog‘istonda narxlar biroz balandroq — bu yerda ish haqi qimmatroq, ijara narxi yuqoriroq, logistika xarajatlari ko‘proq. Lekin retseptlarni hech o‘zgartirmaganmiz.

Ta’mni moslashtirish juda qiyin — butun ishlab chiqarishni qayta sozlashni talab etadi, bizda esa deyarli hamma narsa qo‘l mehnati. Uning o‘lchami yoki dizaynini moslashtirishimiz mumkin. Masalan, O‘zbekistonda katta tortlarni xush ko‘rishadi, Qozog‘istonda esa oilalar kichikroq, shuning uchun u yerda kichikroq hajmdagi tortlar tayyorlay boshladik. Ammo hozircha har bir hudud uchun ta’mni butunlay o‘zgartirishning imkoni bo‘lmayapti.

Qiziq bir fakt: “Sutli qiz” tortini biz assortimentimizga aynan Qozog‘iston bozoriga kirganimizdan so‘ng qo‘shganmiz. U yerda bu tort juda ommabop ekan, bizga ham ma’qul keldi va uni O‘zbekistonda ham sota boshladik. Yoki “Toshkent” choyini olaylik — bunday choy borligini men Qozog‘istonga kelibgina bildim. Aslida bu o‘zimizning limon va yalpizli oddiy choyimiz. Uni ham menyuga kiritdik.

Shu bois yangi bozorlarga chiqish muhim ahamiyatga ega, bu jarayon esa ikki tomonlama natija beradi — o‘zaro tajriba almashish muhim ahamiyatga ega.

Sutli qiz torti. Foto: Safia.

Qozog‘istonda o‘rtacha hisob qancha?

Qozog‘istonda taxminan $10−15 atrofida. Olmaota va Chimkentda biroz farq qiladi, lekin o‘rtacha shu raqamga yaqin.

Qozog‘istonlik xaridor o‘zbekistonlik xaridordan nimasi bilan farq qiladi?

Umuman olganda, biz bir xalqmiz va o‘rtamizda deyarli farq yo‘q. Ammo ayrim nozik jihatlari bor. Qozog‘istonliklar uydan tashqarida nonushta qilishni va kechki ovqatni tanovul qilishni ko‘proq yoqtirishadi, sayrga ham tez-tez chiqib turishadi. Bu yerdagi asosiy auditoriyamiz — yoshlar.

Yana bir muhim jihatni payqadik: qozog‘istonliklar fikr-mulohazalarni juda faol o‘qiydi va yozadi. Qaysi muassasaga borishni tanlashda ham ular sharhlar va reytinglarga katta e’tibor beradi. Biz bu tajribani O‘zbekistonda ham joriy qildik. Bugungi kunda har bir operatsion direktorning Yandex Xaritalar va 2GIS platformalaridagi o‘rtacha reyting bo‘yicha alohida KPI ko‘rsatkichi mavjud.

Buning uchun Safia haqidagi barcha ma’lumotlarni bir platformaga jamlaydigan Rocket tizimi mavjud. Biz kalit so‘zlar va iboralarni belgilab qo‘yganmiz — agar kimdir ularni internetda ishlatsa, bizga avtomatik ravishda bildirishnoma keladi. Biz deyarli hech bir izohni javobsiz qoldirmaymiz.

Sifat borasidagi shikoyatlarni shaxsan o‘zim o‘qib chiqaman — men uchun eng nozik masala. Har bir filialimizda shikoyatlar daftari bor: har bir yozuv ro‘yxatga olinib, qayta ko‘rib chiqiladi. Zarur bo‘lsa, mehmonning ko‘nglini olamiz, uzr so‘raymiz. Bizning nuqtai nazarimiz shunday: har bir shikoyat — bu bizning ko‘zimiz. Har qanday taklifga juda ochiqmiz, chunki aynan ular bizni yaxshiroq qiladi.

Qozog‘istonda yetkazib berish xizmati bormi? Bu o‘zingizning ichki kuryerlik xizmatingizmi yoki agregatorlar bilan integratsiyami?

Ha. Umuman olganda, Qozog‘iston yetkazib berish va naqdsiz to‘lovlar borasida juda rivojlangan — bu allaqachon madaniyatning bir qismiga aylangan. Biz Wolt va Yandex bilan ishlaymiz, bundan tashqari, o‘zimizning shaxsiy yetkazib berish xizmatimiz ham bor.

Elektron tijorat — juda faol rivojlantirayotgan yo‘nalish. O‘z segmentimizda yetakchi hisoblanamiz. Ikki yil oldin kuniga 50−60 ta buyurtma yetkazib bergan bo‘lsak, hozir bu ko‘rsatkich 2 mingdan oshgan. Bugungi kunda elektron tijoratning umumiy aylanmadagi ulushi qariyb 6% ni tashkil etadi va bu bizning sohamiz uchun juda yaxshi natija.

Ilgari Safia’da kofe-avtomatlar turardi, hozir esa barista ishlaydigan to‘laqonli bar bor. Bu biznesni qanday o‘zgartirdi?

Bu operatsion direktorimiz Mirsaidning katta xizmati — u barni deyarli noldan yo‘lga qo‘ydi. Hozirda biz O‘zbekistonda kofe sotish hajmi bo‘yicha yetakchimiz. 180 ta filialimiz bor va har birida qahvaxona mavjud. Biz Italiyaning Lavazza’sidan, sifatli siroplardan foydalanamiz, menyuni doimiy yangilab turadigan kuchli bar-menejer Vladimirni ishga yollaganmiz. Bar tufayli tushum sezilarli darajada o‘sdi.

Biz sifat masalasiga sinchkovlik bilan yondashamiz. Barcha mahsulotlarga ochilgan sanasi ko‘rsatilgan tamg‘a qo‘yiladi: sabzi — tozalangan va qadoqlangan holda, sut — ochilgan sanasi bilan, bunkerdagi qahva — solingan sanasi bilan. Agar mahsulotning belgilangan saqlash muddati tugasa, uni hech ikkilanmay hisobdan chiqaramiz. Bu biz qat’iy amal qiladigan tamoyil.

Mahsulotlaringizning saqlash muddati 24 soat. Bunday sharoitda hisobdan chiqariladigan mahsulotlar ulushi qanchani tashkil qiladi?

Agar tizimlashtirish va nazorat qilishni bilsangiz, yo‘qotishlar kam bo‘ladi. Biz har bir mahsulot turidan kuniga taxminan qancha ketishini bilamiz va shunga yarasha yetkazib beramiz. Lekin qatlama va sariyog‘li pishiriqlarni har kecha hisobdan chiqaramiz — ular saqlanmaydi. Bu tabiiy hol, butun dunyo shunday ishlaydi. Asosiysi, prognozlash tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish.

Zaharlanish holatlari bo‘lganmi?

Ommaviy holatlar bo‘lmagan. 180 ta savdo shoxobchangiz bo‘lib, oziq-ovqat bilan shug‘ullansangiz, bu juda katta mas’uliyat degani. Biz ISO 22000 xalqaro sertifikatini oldik. Bunga ikki yil tayyorgarlik ko‘rib, laboratoriyalar qurdik.

Oziq-ovqat xavfsizligi biz uchun birinchi raqamli ustuvor vazifa. Farzandlarim, mehmonlarimizning farzandlari, mehmonlarning o‘zlari ham mahsulotlarimizni iste’mol qilishadi. Bu borada hech qanday murosaga o‘rin yo‘q.

Agar kimdir yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotni qayta markirovka qilsa, darhol ishdan bo‘shatamiz. Bizda hisobdan chiqarish uchun jarimalar yo‘q: mahsulot aynigan bo‘lsa, hisobdan chiqarasiz — vassalom. Buning uchun hech qanday jazo ko‘zda tutilmagan.

Kelajakda franchayzing ochishni ko‘rib chiqyapsizmi?

Ha, ko‘rib chiqyapmiz. Aynan shu maqsadda Tojikistonda loyihani sinov tariqasida ishga tushirdik. U yerda gibrid sxemadan foydalanamiz: hamkorlarimiz do‘konlar va jamoalarni boshqaradi, biz esa barcha mahsulotni Toshkentda ishlab chiqaramiz. Hozirda konsalting kompaniyasi yollangan, shartnomalar tuzilmoqda.

Lekin strategiyamiz quyidagicha: avval yangi mamlakatda 5−10 ta o‘zimizning shoxobchani ochamiz, biznes modelining daromadliligini ko‘rsatamiz va shundan keyingina franchayzing taklif qilamiz. Brend ma’lum bir bozorda tanilmaguncha, bizning holatimizda yuz foizlik franchayzing ish bermaydi. Keyingi rejalarimizda Ozarbayjon, so‘ngra Turkiya va Yaqin Sharq bor. Franchayzing albatta bo‘ladi, lekin barcha jarayonlarni yo‘lga qo‘yish uchun bunga yana 2−3 yil kerak.

Nima uchun keyingi davlat sifatida aynan Ozarbayjonni tanladingiz? Axir u yerda til ham, bozor ham butunlay boshqacha.

Biz uchun Kaspiy dengizi orqali o‘tadigan logistika yo‘lagi muhim. Yetkazib berish masofasi asosiy mezon: biz Yaponiyaning Chateraise kompaniyasi tajribasini o‘rgandik, uning vitse-prezidenti bilan uchrashdik. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday yetkazib berishning maksimal masofasi taxminan 1,5−2 kmni tashkil etadi. Bu radiusda biz uchun Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon joylashgan. Lekin shu sababli biz, masalan, Dubayda ochila olmaymiz. Turkmanistonni ham rejalashtirganmiz, ammo u yerdagi bozor kichik.

Har bir mamlakatda kichik ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yish osonroq emasmi? Shunda biznesingiz O‘zbekistondagi ishlab chiqarishga hududiy jihatdan bog‘lanib qolmaydi.

Bizda 400 xil turdagi mahsulot bor va ularning deyarli barchasi qo‘l mehnati bilan tayyorlanadi. Xuddi shunday zavodni boshqa mamlakatda qurib, o‘sha darajadagi nazoratni ta’minlashning jismonan iloji yo‘q. Ayni paytda fabrikamizda 2,5 mingga yaqin kishi ishlaydi.

Bu yerda avtomatlashtirish masalasi ham bor. Agar uskunalarni to‘liq sotib oladigan bo‘lsak, ular o‘zini faqat 10 yildan keyin oqlaydi. Chunki ulardan oyiga atigi bir-ikki kun foydalanilgan bo‘lardi. 400 xil turdagi mahsulot uchun 400 ta ishlab chiqarish liniyasini o‘rnatib bo‘lmaydi.

Hozirda biz O‘zbekistonda, Yangihayot tumanidagi EIZ hududida yangi yirik zavod qurmoqdamiz. Bu yerdan butun Markaziy Osiyo va Ozarbayjonga mahsulot yetkazib berishni rejalashtiryapmiz. Agar kelajakda Yaqin Sharqda bozor paydo bo‘lsa, u yerda kichikroq sex ochishimiz mumkin. Lekin har bir mamlakatda to‘laqonli zavod qurish rejasi yo‘q.

Siz Safia besh yilda $50 mlnlik eksport hajmiga chiqishni rejalashtirayotganini aytgandingiz. Bu qaysi davlatlar hisobiga amalga oshiriladi?

Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va, ehtimol, Yaqin Sharq mamlakatlari. Hozirda eksportimiz qariyb $8-$10 mlnni tashkil etadi. Besh yil bu ancha uzoq muddat. Agar Qozog‘iston va Tojikistonda o‘z modelimizni to‘g‘ri sinovdan o‘tkazib olsak, keyin ishlarimiz tezlashib ketadi.

Kompaniya xalqaro bozorga chiqishga tayyor ekanini qanday anglashi mumkin?

Qozog‘istonga 2022-yilda kirib bordik va umumiy ovqatlanish sohasida birinchilardan bo‘ldik. Birinchilarga doim qiyinroq kechadi. Ammo kimdir birinchi qadamni qo‘yib, buning iloji borligini ko‘rsatishi bilanoq qolganlardagi psixologik to‘siq ham yo‘qoladi.

Xorijga chiqish uchun asosiy signal o‘z ichki bozoringni to‘yintirganingni his qilishdir: barcha hududlarni qamrab olingan, chakana savdo, bozorlar, supermarketlarga kirib borgani. Mamlakat ichidagi keyingi o‘sish cheklanganini tushunsangiz, demak, yangi bozorlarni izlash vaqti kelgan.

Lekin nima uchun kompaniyalar tavakkal qilib, chet elga chiqishi kerak? O‘zingiz aytdingiz-ku, bu — xatolar, tavakkalchilik, moliyaviy yo‘qotishlar deb.

Bu o‘zing uchun chaqiriq.

Shaxsiy vazifam — asli o‘zbekistonlik bo‘lgan xalqaro kompaniyani barpo etish. London, Parij va Nyu-Yorkda ham Safia’ni tanishlarini istayman. Bu menga g‘ayrat bag‘ishlaydi.

Yana bir muhim jihat: yangi bozorga chiqqaningizda, o‘z yurtingizda hech qachon ololmaydigan tajribaga ega bo‘lasiz. Mamlakatlar qancha ko‘p bo‘lsa, butun tarmoq bo‘ylab qo‘llaydigan bilimlaringiz ham shuncha ortadi.

Bu O‘zbekiston nufuzi uchun ham foydali: brendlarimiz xalqaro brendlardan hech bir jihatdan qolishmaydi. Biz bemalol raqobat qila olamiz.

Qozog‘iston bozoriga kirmoqchi bo‘lgan o‘zbek kompaniyalari uchun 5 ta maslahat bera olasizmi?

Birinchidan, bu yo‘lni bosib o‘tganlar bilan gaplashing. Muammolar, nozik jihatlar, soliqqa tortish, bojxona, madaniy o‘ziga xosliklar haqida so‘rang. Bu ancha vaqt va pulingizni tejaydi.

Ikkinchidan, qo‘rqmang. Harakat qilib ko‘rmaguncha, natijasini bilmaysiz. Ba’zida ish o‘xshamay qolishi tabiiy hol. Do‘konni yopish fojia emas. Sinab ko‘rish kerak.

Uchinchidan, bozorni professional darajada o‘rganing. Biz 2022-yilda ko‘proq sezgimizga tayanib ish tutgandik. Hozir bo‘lganda, marketing kompaniyasini yollab, qaysi joylar, qanday formatlar va auditoriyaning qiziqishlari qanaqaligi borasida tadqiqot o‘tkazgan bo‘lardim.

To‘rtinchidan, mahsulotni moslashtiring. Turli bozorlarda hamma narsa bir xil ishlayvermaydi. Koreyaning Paris Baguette misoliga qarang: ular har bir mamlakatda mahalliy mahsulot turlarini ishlab chiqadi, halol sertifikatini oladi. Bu juda muhim.

Beshinchidan, tartibsizlikni kengaytirmang. Agar o‘z ishlaringizda tizim hali yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, xorijiy bozorga chiqishga hali erta. Yangi bozorga kirish diqqatni jamlashni talab qiladi va ichki jarayonlar izdan chiqqan bo‘lsa, ahvol faqat yomonlashadi. Avval, O‘zbekistonda tizimni yo‘lga qo‘ying, shundan keyingina yangi bozorlarga chiqing.

O‘zbekistonda talabalar uchun yakuniy imtihonlar videokuzatuv ostida o‘tkazilishi mumkin

0

O‘zbekiston oliygohlarida 2026/27-o‘quv yilidan boshlab talabalar uchun yakuniy imtihonlar videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilishi mumkin. Bu ko‘zda tutilgan qaror loyihasi 12-avgustga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihada qayd etilishicha, oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash jarayonining shaffofligini ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini xolis va adolatli baholash, ularning ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish hamda xalqaro tajribaga asoslangan zamonaviy baholash tizimini joriy etish maqsad qilingan.

Yakuniy nazoratni onlayn kuzatish imkoniyati

Unga ko‘ra, 2026/27-o‘quv yilidan boshlab o‘tkaziladigan yakuniy nazorat turlarini keng jamoatchilik uchun oliy ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb saytidagi havola orqali bevosita onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 3 oy muddatda yakuniy nazorat imtihonlarini bevosita onlayn kuzatish hamda yakuniy nazorat imtihonlarini kompyuter texnikasida topshirish imkonini beruvchi maxsus platformalarni ishlab chiqishi va oliy ta’lim tashkilotlarining ushbu platformalarga integratsiyasini ta’minlashi lozim.

Imtihonlar yozma va test shaklida topshiriladi

Yakuniy nazorat asosan talabalarning mustaqil fikrini bayon etish imkoniyatini yaratadigan 3-5 tagacha topshiriqlardan (savollardan) iborat yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. Fanning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, yakuniy nazorat boshqa shaklda ham o‘tkazilishi mumkin.

Yakuniy nazorat imtihonlari yozma va test shaklida bo‘lganda — mazkur imtihonlar maxsus jihozlangan kompyuter sinfxonalarida kompyuter texnikasida topshiriladi. Talabalarga yakuniy nazorat imtihonida foydalaniladigan kompyuter dasturi va uning interfeysi bilan imtihon boshlangunga qadar oldindan tanishish imkoniyati yaratiladi. Barcha yakuniy nazorat imtihonlari, shu jumladan, baholash jarayoni bo‘yicha videoyozuvlar kamida bir yil davomida saqlanadi.

Yakuniy nazorat imtihoni yozma shaklda o‘tkazilganda, talabalarga berilgan topshiriqlarga (savollarga) javob yozishlari uchun 2 000 tagacha so‘z chegarasi qo‘yiladi. Yakuniy nazorat imtihoni test shaklida o‘tkazilganda savollar soni ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) xususiyatidan kelib chiqib 25-50 tagacha belgilanadi. Yakuniy nazorat uchun ajratiladigan vaqt fanning xususiyati va imtihon shaklidan kelib chiqib, oliy ta’lim tashkiloti tomonidan belgilanadi.

Imtihonlarga shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali kiritiladi

Yakuniy nazorat imtihonlariga talabalarni kiritish shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta, talabalik guvohnomasi, haydovchilik guvohnomasi) ko‘rsatilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat imtihonlari vaqtida talabalarning auditoriyadan uzrli sabablarsiz chiqishi taqiqlanadi va ruxsatsiz auditoriyadan chiqqan talabalar ushbu imtihonga qayta qo‘yilmaydi. Imtihon jadvalida belgilangan imtihon vaqti rasman boshlangandan so‘ng kechikib kelgan talabalar imtihonda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

Talabalar imtihondan chetlashtirilishi

Yakuniy nazorat imtihonlariga talabalar tomonidan turli xil vositalar, jumladan, uyali aloqa vositalari, mikroquloqchin, kompyuter hamda ko‘chirmachilikka sabab bo‘ladigan har qanday vositalarning olib kirilishi va foydalanilishi qat’iyan taqiqlanadi. Yuqorida qayd etilgan holatlar aniqlanganda, talaba imtihondan chetlashtiriladi. Ushbu holat imtihon jarayonlari yakunlangandan so‘ng aniqlangan (kuzatuv kameralaridagi tasvirlar orqali aniqlangan) taqdirda talabaning imtihon natijasi bekor qilinadi.

Yakuniy imtihonlarni talabalarga dars bermagan professor-o‘qituvchilar baholaydi

Joriy va oraliq nazorat bo‘yicha talabalar bilimini baholash tegishli fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat imtihoni bo‘yicha talabalar bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini muayyan guruh (talaba) uchun olib bormagan professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim tashkilotlarining tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin.

Professor-o‘qituvchilarga yozma shaklda o‘tkaziladigan yakuniy nazorat imtihonida talabalar bilimini baholash jarayonida har bir talabaga qo‘ygan bahosini asoslab berish maqsadida har bir savol bo‘yicha kamida 2-3 ta gapdan iborat izoh (feedback) yozish talab etiladi. Bunda, professor-o‘qituvchilar tomonidan talaba tegishli ball diapazoni bilan baholanganining sabablari hamda nazorat ishida talabaning eng muhim yutuq va kamchiliklari aks ettirilishi lozim.

Noto‘g‘ri qo‘yilgan baholarni o‘zgartirishga ruxsat beriladi

Professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga baholar noto‘g‘ri qo‘yilgan hollarda, baholarni qo‘ygan professor-o‘qituvchilar tomonidan oliy ta’lim tashkiloti rahbari nomiga yozilgan tushuntirish xati hamda fakultet dekanining (Registrator ofisi boshlig‘ining) bildirishnomasi asosida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) noto‘g‘ri qo‘yilgan baholarni o‘zgartirishga ruxsat beradi.

Baholarni asossiz o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Baholarni tuzatish bildirishnoma kelib tushgan sanadan boshlab 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshirilishi lozim. Talaba muayyan nazorat turi bo‘yicha baholash muddati yakunlangan vaqtdan boshlab 48 soat davomida aniqlangan xatolik bo‘yicha murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Bundan avval maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartirilishi haqida xabar berilgandi. Endilikda ustuvorlik mezonlari 19 tadan 10 taga qisqartirilib, asosiy e’tibor o‘qituvchining kasbiy salohiyati, natijalari va milliy yoki xalqaro sertifikatlariga qaratiladi.

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

0

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda tutilgan.

Loyihaga ko‘ra, 100 ballik baholash tizimi saqlanib qoladi. Bunda joriy nazorat uchun 30 ball, oraliq nazorat uchun 20 ball va yakuniy nazorat uchun 50 ball ajratiladi. Tibbiyot yo‘nalishlarida esa ballar alohida tartibda taqsimlanadi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar har bir baholangan topshiriq bo‘yicha talabaga kamida ikki-uch gapdan iborat izoh (fidbek) yozishi shart etib belgilanmoqda.

Yakuniy imtihonlar ovozli va videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilishi, videoyozuvlar esa kamida bir yil saqlanishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, imtihonlarni oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlari orqali onlayn kuzatish imkoniyati ham yaratiladi.

Qaror loyihasida uch oy ichida onlayn kuzatuv va kompyuterda imtihon topshirish platformalarini ishlab chiqish, shuningdek, har semestr yakunida talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish ham nazarda tutilgan. Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun esa Brayl alifbosi, ovozli o‘qish va assistent yordami kabi moslashtirilgan imtihon shakllarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

0

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Davlat rahbari dastlab Yangi Toshkentni barpo etish direksiyasiga tashrif buyurib, shahar maketi va raqamli xaritasi asosida qurilishlarning umumiy borishi, yirik obyektlarning o‘zaro joylashuvi hamda keyingi rejalar bilan tanishdi.

Taqdimotda transport va muhandislik infratuzilmasini qurilishlar bilan uyg‘un rivojlantirish, yashil hududlar va jamoat makonlarini o‘zaro bog‘lash, Yangi Toshkentni amaldagi poytaxt hududi bilan uzviy integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Prezident barcha obyektlarni yagona shaharsozlik konsepsiyasi asosida, yuqori sifat va me’moriy uyg‘unlik asosida qurish zarurligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng davlat rahbari Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining Yangi Toshkentda bunyod etilayotgan yangi kampusini ko‘zdan kechirdi. Yangi Toshkent qurilishining birinchi bosqichi doirasida barpo etilayotgan majmuaning rektorat va ayrim fakultetlar binolarida yakuniy qurilish hamda pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Yangi kampus tarkibida o‘quv binolari, ilmiy laboratoriyalar, axborot-resurs markazi, elektron kutubxona, talabalar turar joylari, sport va madaniyat inshootlari joylashadi. Bu yerda ta’lim, ilmiy tadqiqot va talabalar hayotini yagona muhitda uyg‘unlashtirish rejalashtirilgan.

Universitetda xalqaro ta’lim standartlarini bosqichma-bosqich joriy etish va boshqaruv tizimini “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida transformatsiya qilish ko‘zda tutilgan.

Prezident, shuningdek, Yangi Toshkentda qurilayotgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasining yangi binosidagi ishlar bilan tanishdi. Ma’lum qilinishicha, qurilish va pardozlash ishlarining qariyb 90% yakunlangan bo‘lib, kutubxonani joriy yil foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Maydoni 30 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan to‘rt qavatli kutubxona bir vaqtning o‘zida 1 420 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Unda kitob fondlarini saqlash va zararsizlantirish uchun naxsus texnologiyalar, xalqaro elektron kutubxona bazalaridan foydalanish imkoniyati, ko‘zi ojiz fuqarolar uchun maxsus o‘quv muhiti yaratiladi.

Shuningdek, 300 o‘rinli kafe, galereya va dam olish hududlari tashkil etiladi. Prezident qurilish, jihozlash va raqamli xizmatlarni sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Tashrif davomida Yangi O‘zbekiston universitetining yangi kampusi ham ko‘zdan kechirildi. 50 gektar maydonda qurilayotgan majmua 10 ming nafar talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, unda fakultet va rektorat binolari, kutubxona, muzey, multimedia zallari, sport majmuasi, suzish havzasi hamda talabalar turar joylari barpo etiladi. Loyihada ta’lim, ilmiy tadqiqot va innovatsiya va talabalar hayotini yagona muhitda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Prezident Yangi Toshkentda qurilayotgan 55 ming o‘rinli futbol stadioni qurilishini ham ko‘zdan kechirdi. Arena qurilishi 2025-yil noyabrida boshlangan bo‘lib, hozirga qadar ishlarning 65% bajarilgan.

Stadion 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining asosiy arenasi sifatida foydalaniladi. Bu yerda musobaqaning yarim final va final uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. 6 qavatli sport majmuasi FIFA talablariga muvofiq barpo etilmoqda. Unda sportchilar, muxlislar va OAV uchun sharoitlar yaratiladi.

Tomoshabinlarning qulay harakatlanishi uchun 10 dan ortiq eskalator o‘rnatiladi. Stadion hududida 3 ta mashg‘ulot maydoni va 5500 o‘rinli avtoturargoh, aena yaqinida metro bekati barpo qilinadi. Qurilishda “yashil energiya”, “aqlli boshqaruv” va ekologik barqarorlik tamoyillariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlat rahbari qurilish ishlarini belgilangan muddatda va yuqori sifat bilan yakunlash, stadionni transport tizimi hamda Yangi Toshkentning umumiy shaharsozlik muhiti bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

0

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi.

Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari so‘nggi o‘n yilda energetika sohasida juda katta islohotlar amalga oshirilganini ta‘kidladi. Qonun va qarorlar qabul qilinib, sohada xususiy sektor va xorijiy investorlar uchun yo‘l ochildi.

Prezident investorlar bilan bir necha bor shaxsan uchrashib, ularning takliflarini eshitganini qayd etdi. Har bir yirik loyihani amalga oshirish uchun sharoit yaratilib, zarur kafolatlar berildi.

Natijada energetika sohasiga $23 mlrd xorijiy investitsiya kiritildi, joylarda 9,5 gigavattli elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shu tariqa generatsiya bo‘yicha ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydigan quvvatlar yaratildi.

So‘nggi yillarda elektr va gaz tarmoqlari, podstansiyalar, transformatorlar va gaz taqsimlash qurilmalarini yangilash uchun 30 trln so‘m ajratildi. Bu oldingi 25 yilda yo‘naltirilgan mablag‘dan 6 karra ko‘p.

“Ochiq aytish kerak. Energetikada muammo mablag‘da emas, chunki qancha kerak bo‘lsa, topib beryapmiz. Muammo tizimning boshqaruvida!” — dedi prezident.

Barcha hududlarda deyarli bir xil tarmoq bo‘lgani bilan ayrim tumanlar yaxshi ishlayotgani, boshqalarida esa doim avariya sodir bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu talab nazorat va intizomning har xilligi bilan bog‘liq.

Energetika vazirligi va uning quyi bo‘g‘inlaridagi rahbarlarda ijro va mas‘uliyat yetishmayotgani tanqid qilindi. Shu bois, odamlar ham, tadbirkorlar ham tizimga mas‘ul rahbarlarning hozirgi ishidan mutlaqo norozi.

“Takror aytaman: tizimdagi har bir rahbarning qilayotgan ishi, eng avvalo, odamlarning hayotida, turmush tarzida sezilishi, tadbirkorlarning mushkulini oson qilishi kerak”, — dedi davlat rahbari.

Har yili yoz va qishda o‘nlab podstansiyalarda avariya bo‘lib, yuzlab transformatorlar yonib ketmoqda. Iyun-iyul oylarining o‘zida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lib, aholi va tadbirkorlar 8−10 soatgacha elektrsiz qolgan.

So‘nggi besh yilda Shirin shahri, Yangihayot, Yakkasaroy va Ohangaron tumanida elektr iste‘moli 2 karradan ziyod oshgan. Biroq mas‘ullar va hokimlar tarmoqlarning bunday yuklamani ko‘tara olmasligini oldindan hisobga olmagan.

Prezident har bir uzilish tadbirkorlar va iqtisodiyotga qancha zarar keltirgani hisoblab chiqilmaganini tanqid qildi. Hokimlar energiya iste‘moli balansini aniq bilmagani uchun milliardlab mablag‘ havoga ketayotganini ko‘rsatib o‘tdi.