Matbuot xizmatiYangiliklarEnergetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi.

Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari so‘nggi o‘n yilda energetika sohasida juda katta islohotlar amalga oshirilganini ta‘kidladi. Qonun va qarorlar qabul qilinib, sohada xususiy sektor va xorijiy investorlar uchun yo‘l ochildi.

Prezident investorlar bilan bir necha bor shaxsan uchrashib, ularning takliflarini eshitganini qayd etdi. Har bir yirik loyihani amalga oshirish uchun sharoit yaratilib, zarur kafolatlar berildi.

Natijada energetika sohasiga $23 mlrd xorijiy investitsiya kiritildi, joylarda 9,5 gigavattli elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shu tariqa generatsiya bo‘yicha ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydigan quvvatlar yaratildi.

So‘nggi yillarda elektr va gaz tarmoqlari, podstansiyalar, transformatorlar va gaz taqsimlash qurilmalarini yangilash uchun 30 trln so‘m ajratildi. Bu oldingi 25 yilda yo‘naltirilgan mablag‘dan 6 karra ko‘p.

“Ochiq aytish kerak. Energetikada muammo mablag‘da emas, chunki qancha kerak bo‘lsa, topib beryapmiz. Muammo tizimning boshqaruvida!” — dedi prezident.

Barcha hududlarda deyarli bir xil tarmoq bo‘lgani bilan ayrim tumanlar yaxshi ishlayotgani, boshqalarida esa doim avariya sodir bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu talab nazorat va intizomning har xilligi bilan bog‘liq.

Energetika vazirligi va uning quyi bo‘g‘inlaridagi rahbarlarda ijro va mas‘uliyat yetishmayotgani tanqid qilindi. Shu bois, odamlar ham, tadbirkorlar ham tizimga mas‘ul rahbarlarning hozirgi ishidan mutlaqo norozi.

“Takror aytaman: tizimdagi har bir rahbarning qilayotgan ishi, eng avvalo, odamlarning hayotida, turmush tarzida sezilishi, tadbirkorlarning mushkulini oson qilishi kerak”, — dedi davlat rahbari.

Har yili yoz va qishda o‘nlab podstansiyalarda avariya bo‘lib, yuzlab transformatorlar yonib ketmoqda. Iyun-iyul oylarining o‘zida 4 mingga yaqin avariya sodir bo‘lib, aholi va tadbirkorlar 8−10 soatgacha elektrsiz qolgan.

So‘nggi besh yilda Shirin shahri, Yangihayot, Yakkasaroy va Ohangaron tumanida elektr iste‘moli 2 karradan ziyod oshgan. Biroq mas‘ullar va hokimlar tarmoqlarning bunday yuklamani ko‘tara olmasligini oldindan hisobga olmagan.

Prezident har bir uzilish tadbirkorlar va iqtisodiyotga qancha zarar keltirgani hisoblab chiqilmaganini tanqid qildi. Hokimlar energiya iste‘moli balansini aniq bilmagani uchun milliardlab mablag‘ havoga ketayotganini ko‘rsatib o‘tdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...