Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda talabalar uchun yakuniy imtihonlar videokuzatuv ostida o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonda talabalar uchun yakuniy imtihonlar videokuzatuv ostida o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekiston oliygohlarida 2026/27-o‘quv yilidan boshlab talabalar uchun yakuniy imtihonlar videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilishi mumkin. Bu ko‘zda tutilgan qaror loyihasi 12-avgustga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihada qayd etilishicha, oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash jarayonining shaffofligini ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini xolis va adolatli baholash, ularning ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish hamda xalqaro tajribaga asoslangan zamonaviy baholash tizimini joriy etish maqsad qilingan.

Yakuniy nazoratni onlayn kuzatish imkoniyati

Unga ko‘ra, 2026/27-o‘quv yilidan boshlab o‘tkaziladigan yakuniy nazorat turlarini keng jamoatchilik uchun oliy ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb saytidagi havola orqali bevosita onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 3 oy muddatda yakuniy nazorat imtihonlarini bevosita onlayn kuzatish hamda yakuniy nazorat imtihonlarini kompyuter texnikasida topshirish imkonini beruvchi maxsus platformalarni ishlab chiqishi va oliy ta’lim tashkilotlarining ushbu platformalarga integratsiyasini ta’minlashi lozim.

Imtihonlar yozma va test shaklida topshiriladi

Yakuniy nazorat asosan talabalarning mustaqil fikrini bayon etish imkoniyatini yaratadigan 3-5 tagacha topshiriqlardan (savollardan) iborat yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. Fanning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, yakuniy nazorat boshqa shaklda ham o‘tkazilishi mumkin.

Yakuniy nazorat imtihonlari yozma va test shaklida bo‘lganda — mazkur imtihonlar maxsus jihozlangan kompyuter sinfxonalarida kompyuter texnikasida topshiriladi. Talabalarga yakuniy nazorat imtihonida foydalaniladigan kompyuter dasturi va uning interfeysi bilan imtihon boshlangunga qadar oldindan tanishish imkoniyati yaratiladi. Barcha yakuniy nazorat imtihonlari, shu jumladan, baholash jarayoni bo‘yicha videoyozuvlar kamida bir yil davomida saqlanadi.

Yakuniy nazorat imtihoni yozma shaklda o‘tkazilganda, talabalarga berilgan topshiriqlarga (savollarga) javob yozishlari uchun 2 000 tagacha so‘z chegarasi qo‘yiladi. Yakuniy nazorat imtihoni test shaklida o‘tkazilganda savollar soni ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) xususiyatidan kelib chiqib 25-50 tagacha belgilanadi. Yakuniy nazorat uchun ajratiladigan vaqt fanning xususiyati va imtihon shaklidan kelib chiqib, oliy ta’lim tashkiloti tomonidan belgilanadi.

Imtihonlarga shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali kiritiladi

Yakuniy nazorat imtihonlariga talabalarni kiritish shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta, talabalik guvohnomasi, haydovchilik guvohnomasi) ko‘rsatilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat imtihonlari vaqtida talabalarning auditoriyadan uzrli sabablarsiz chiqishi taqiqlanadi va ruxsatsiz auditoriyadan chiqqan talabalar ushbu imtihonga qayta qo‘yilmaydi. Imtihon jadvalida belgilangan imtihon vaqti rasman boshlangandan so‘ng kechikib kelgan talabalar imtihonda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

Talabalar imtihondan chetlashtirilishi

Yakuniy nazorat imtihonlariga talabalar tomonidan turli xil vositalar, jumladan, uyali aloqa vositalari, mikroquloqchin, kompyuter hamda ko‘chirmachilikka sabab bo‘ladigan har qanday vositalarning olib kirilishi va foydalanilishi qat’iyan taqiqlanadi. Yuqorida qayd etilgan holatlar aniqlanganda, talaba imtihondan chetlashtiriladi. Ushbu holat imtihon jarayonlari yakunlangandan so‘ng aniqlangan (kuzatuv kameralaridagi tasvirlar orqali aniqlangan) taqdirda talabaning imtihon natijasi bekor qilinadi.

Yakuniy imtihonlarni talabalarga dars bermagan professor-o‘qituvchilar baholaydi

Joriy va oraliq nazorat bo‘yicha talabalar bilimini baholash tegishli fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat imtihoni bo‘yicha talabalar bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini muayyan guruh (talaba) uchun olib bormagan professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim tashkilotlarining tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin.

Professor-o‘qituvchilarga yozma shaklda o‘tkaziladigan yakuniy nazorat imtihonida talabalar bilimini baholash jarayonida har bir talabaga qo‘ygan bahosini asoslab berish maqsadida har bir savol bo‘yicha kamida 2-3 ta gapdan iborat izoh (feedback) yozish talab etiladi. Bunda, professor-o‘qituvchilar tomonidan talaba tegishli ball diapazoni bilan baholanganining sabablari hamda nazorat ishida talabaning eng muhim yutuq va kamchiliklari aks ettirilishi lozim.

Noto‘g‘ri qo‘yilgan baholarni o‘zgartirishga ruxsat beriladi

Professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga baholar noto‘g‘ri qo‘yilgan hollarda, baholarni qo‘ygan professor-o‘qituvchilar tomonidan oliy ta’lim tashkiloti rahbari nomiga yozilgan tushuntirish xati hamda fakultet dekanining (Registrator ofisi boshlig‘ining) bildirishnomasi asosida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) noto‘g‘ri qo‘yilgan baholarni o‘zgartirishga ruxsat beradi.

Baholarni asossiz o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Baholarni tuzatish bildirishnoma kelib tushgan sanadan boshlab 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshirilishi lozim. Talaba muayyan nazorat turi bo‘yicha baholash muddati yakunlangan vaqtdan boshlab 48 soat davomida aniqlangan xatolik bo‘yicha murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Bundan avval maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartirilishi haqida xabar berilgandi. Endilikda ustuvorlik mezonlari 19 tadan 10 taga qisqartirilib, asosiy e’tibor o‘qituvchining kasbiy salohiyati, natijalari va milliy yoki xalqaro sertifikatlariga qaratiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...