Matbuot xizmatiYangiliklarYangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Davlat rahbari dastlab Yangi Toshkentni barpo etish direksiyasiga tashrif buyurib, shahar maketi va raqamli xaritasi asosida qurilishlarning umumiy borishi, yirik obyektlarning o‘zaro joylashuvi hamda keyingi rejalar bilan tanishdi.

Taqdimotda transport va muhandislik infratuzilmasini qurilishlar bilan uyg‘un rivojlantirish, yashil hududlar va jamoat makonlarini o‘zaro bog‘lash, Yangi Toshkentni amaldagi poytaxt hududi bilan uzviy integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Prezident barcha obyektlarni yagona shaharsozlik konsepsiyasi asosida, yuqori sifat va me’moriy uyg‘unlik asosida qurish zarurligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng davlat rahbari Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining Yangi Toshkentda bunyod etilayotgan yangi kampusini ko‘zdan kechirdi. Yangi Toshkent qurilishining birinchi bosqichi doirasida barpo etilayotgan majmuaning rektorat va ayrim fakultetlar binolarida yakuniy qurilish hamda pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Yangi kampus tarkibida o‘quv binolari, ilmiy laboratoriyalar, axborot-resurs markazi, elektron kutubxona, talabalar turar joylari, sport va madaniyat inshootlari joylashadi. Bu yerda ta’lim, ilmiy tadqiqot va talabalar hayotini yagona muhitda uyg‘unlashtirish rejalashtirilgan.

Universitetda xalqaro ta’lim standartlarini bosqichma-bosqich joriy etish va boshqaruv tizimini “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida transformatsiya qilish ko‘zda tutilgan.

Prezident, shuningdek, Yangi Toshkentda qurilayotgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasining yangi binosidagi ishlar bilan tanishdi. Ma’lum qilinishicha, qurilish va pardozlash ishlarining qariyb 90% yakunlangan bo‘lib, kutubxonani joriy yil foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Maydoni 30 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan to‘rt qavatli kutubxona bir vaqtning o‘zida 1 420 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Unda kitob fondlarini saqlash va zararsizlantirish uchun naxsus texnologiyalar, xalqaro elektron kutubxona bazalaridan foydalanish imkoniyati, ko‘zi ojiz fuqarolar uchun maxsus o‘quv muhiti yaratiladi.

Shuningdek, 300 o‘rinli kafe, galereya va dam olish hududlari tashkil etiladi. Prezident qurilish, jihozlash va raqamli xizmatlarni sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Tashrif davomida Yangi O‘zbekiston universitetining yangi kampusi ham ko‘zdan kechirildi. 50 gektar maydonda qurilayotgan majmua 10 ming nafar talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, unda fakultet va rektorat binolari, kutubxona, muzey, multimedia zallari, sport majmuasi, suzish havzasi hamda talabalar turar joylari barpo etiladi. Loyihada ta’lim, ilmiy tadqiqot va innovatsiya va talabalar hayotini yagona muhitda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Prezident Yangi Toshkentda qurilayotgan 55 ming o‘rinli futbol stadioni qurilishini ham ko‘zdan kechirdi. Arena qurilishi 2025-yil noyabrida boshlangan bo‘lib, hozirga qadar ishlarning 65% bajarilgan.

Stadion 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining asosiy arenasi sifatida foydalaniladi. Bu yerda musobaqaning yarim final va final uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. 6 qavatli sport majmuasi FIFA talablariga muvofiq barpo etilmoqda. Unda sportchilar, muxlislar va OAV uchun sharoitlar yaratiladi.

Tomoshabinlarning qulay harakatlanishi uchun 10 dan ortiq eskalator o‘rnatiladi. Stadion hududida 3 ta mashg‘ulot maydoni va 5500 o‘rinli avtoturargoh, aena yaqinida metro bekati barpo qilinadi. Qurilishda “yashil energiya”, “aqlli boshqaruv” va ekologik barqarorlik tamoyillariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlat rahbari qurilish ishlarini belgilangan muddatda va yuqori sifat bilan yakunlash, stadionni transport tizimi hamda Yangi Toshkentning umumiy shaharsozlik muhiti bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...