Bosh sahifa Blog Sahifa 194

“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturidan foydalangan tadbirkor

0

2019-yilda Eshqulov Jasur Normuminovich Surxandaryo viloyati Boysun tumanida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 100 mln. so‘m imtiyozli kredit mablag‘i olib “Jasurbek Educanian” o‘quv markazini tashkil etgan va 8 nafar ish o‘rnini yaratgan. Bugungi kunda 300 nafarga yaqin yoshlar ona tili-adabiyot, tarix, matematika, fizika, ingliz tili, kimyo va biologiya fanlaridan chuqurlashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida Boysun tumani yoshlarini oliy ta’lim muassasalariga kirishi uchun katta imkoniyatlar yaratishi tabiiy.

 

Yosh tadbirkorlarga imtiyoz va imkoniyatlar yaratilmoqda (Farg‘ona)

0

Mamlakatimizning barqaror taraqqiyotini ta’minlash maqsadida «Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi», degan tamoyildan kelib chiqib, bugungi kunda yurtimizda ishbilarmonlik va tadbirkorlik muhitini tubdan yaxshilash uchun yangi imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda.

Quyidagi videoda ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan yosh tadbirkor Otaxon Xayrullayevning faoliyati bilan tanishishingiz mumkin!

Qozogʻistonning markaziy gazetalarida Shavkat Mirziyoyevning intervyusi chop etildi

0

Qozog‘istonning ikki markaziy gazetasi sahifalarida Shavkat Mirziyoyevning intervyusi chop etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi arafasida ushbu mamlakat markaziy gazetalari — “Егемен Қазақстан” va “Казахстанская правда” sahifalarida davlatimiz rahbarining katta intervyusi chop etildi.

Keltirilishicha, mazkur intervyu bugungi O‘zbekiston taraqqiyoti, ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda Markaziy Osiyodagi hamkorlikka bag‘ishlangan.

Sukerberg dunyoning TOP-10 milliarderi roʻyxatidan chiqdi

0

3-fevral kuni Mark Sukerberg Meta aksiyalari pasayishi tufayli dunyoning eng boy 10 nafar kishisi roʻyxatidan tushib qoldi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Meta (sobiq Facebook) asoschisining boyligi 27,1 milliard AQSh dollariga (23,67 foizga) kamaygan va hozirda 87,4 mlrd. dollarni tashkil qilmoqda. Sukerberg Forbes talqiniga koʻra roʻyxatda 12-oʻrinni egallab turibdi.

Hisobot eʼlon qilinayotganida Meta aksiyalarining pasayishi tufayli Sukerberg oʻz kapitalining bir qismini yoʻqotgan. Joriy yilning 2-fevralidagi kengaytirilgan savdolar chog‘ida kompaniya qogʻozlari 23 foizga qisqargan. Meta toʻrtinchi chorakda Facebook’ning faol foydalanuvchilari soni nafaqat oʻsmagani, balki avvalgi uch oyga nisbatan kamaygani haqida bergan xabari investorlarning hafsalasini pir qilgan.

Bundan tashqari, kompaniyaning chorak yillik daromadi kutilganidan ancha past boʻlgani maʼlum qilingan. Meta’dan keyin Pinterest (deyarli 10 foiz), Snap (18 foizdan ortiq) va Twitter (taxminan 8 foiz) aksiyalari ham pasayishni boshlagan.

Shuningdek, 3-fevral kuni AQShdagi savdolar davomida Meta aksiyalari pasayishda davom etdi va 25,46 foizga qisqarib, 240,78 dollardan sotildi.

Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, kapitalning bu qisqarishi tarixdagi bir kun ichida boylikning eng katta pasayishi boʻlgan.

Bunga qadar, yanvar oyida dunyoning eng badavlat odami Ilon Mask Tesla aksiyalari tushib ketishi tufayli 24,5 milliard dollar yoʻqotgan edi.

Qayd etish mumkin, 2021-yilning noyabr oyida esa u Twitter foydalanuvchilaridan kompaniya aksiyalarini sotish haqida soʻrov oʻtkazgach, 50 mlrd. dollardan koʻproq yoʻqotgan. Biroq, oʻshanda ham uning boyligi bir necha kun ichida pasaygandi.

“Apple” yangi iPhone’ni qachon taqdim etadi?

0

Dunyoga mashhur Apple kompaniyasi yangi iPhone va iPad planshetini taqdim etadi. Bloomberg agentligining xabar berishicha, gadjetlar 2022-yilning mart oyidayoq namoyish etilishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, qurilmalar hozirgi iPhone SE va iPad Air seriyalarini almashtiradi. Ikkala model ham beshinchi avlod simsiz tarmoqlari (5G) va yanada tezkor protsessorga ega bo‘ladi. Ushbu yangiliklardan tashqari, yangi iPhone’da yanada mukammallashgan kameradan foydalaniladi.

Bundan tashqari, iOS operatsion tizimi uchun yangilanish taqdim etiladi, unga tibbiy niqobdagi foydalanuvchilarning yuzini tanib olish funksiyasi qo‘shiladi. Bunday funksiyaning rivojlanishi o‘tgan hafta davomida ma‘lum bo‘ldi.

Shuningdek, ishlab chiqarish kechikishi yoki kompaniya ichidagi boshqa o‘zgarishlar tufayli relizlar sanasi ham o‘zgarishi mumkin. Biroq mahsulotlar 2022-yilning mart oyidayoq namoyish qilinishini hisobga olsak, yangi qurilmalar soni boʻyicha Apple o‘z rekordini yangilashi mumkin.

Eslatib o‘tish mumkin, kompaniyaning 2021-yilning oktyabrdan dekabrigacha boʻlgan chorakdagi daromadi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 11 foizga oʻsib, 123,9 mlrd., foydasi esa 25 foizga oʻsib, 34,6 mlrd. dollarni tashkil qildi.

Mahallada yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan seminar-trening

0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qo‘ngʻirot tumanida hududlarda faoliyat yuritayotgan mahallalardagi yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari uchun mahallada yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan seminar-trening boʻlib oʻtdi. Qatnashchilar biznes bo‘yicha yuqori bilim, ko‘nikma hamda tajribaga ega bo‘lgan spikerlar bilan muloqot qilib, soha bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.