Bosh sahifa Blog Sahifa 195

O‘zbekistonlik migrantlar Rossiyada berilgan patentlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi

0

Bu Rossiya Ichki ishlar vazirligining migratsiya holati bo‘yicha ko‘rsatkichlaridan ma’lum bo‘ldi.

O‘tgan yili Rossiyada berilgan ishlash uchun patentlarning yarmidan ko‘pi O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ri keladi. Ularning soni 1 316 569 taga yetdi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida 2 million 221 ming 826 ta mehnat patenti berilgan, shundan 1 million 316 ming 569 tasi O‘zbekiston fuqarolari, 787 mingtasi Tojikiston fuqarolari, qariyb 65 mingtasi Ozarbayjon fuqarolari tomonidan olingan.

Bundan tashqari, Ukraina (37 ming) va Moldova (17 ming) fuqarolari ham patentlarni rasmiylashtirgan.

2021 yilda Rossiyada migrantlar uchun berilgan mehnat patentlari soni deyarli ikki baravar ko‘paydi. Bundan tashqari, o‘tgan yili chet el fuqarolariga ishlash uchun berilgan ruxsatnomalarni rasmiylashtirish soni ham oshdi.

Mahallada yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan seminar-trening

0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida hududlarda faoliyat yuritayotgan mahallalardagi yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari uchun mahallada yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan seminar-trening boʻlib oʻtdi. “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi, Mfaktor loyihasi va “Thompson school” o‘quv markazi hamkorligida jarayonda faol ishtirok etgan yoshlarga maxsus vaucherlar va sertifikatlar taqdim etildi.

 

Ilon Maskning kun tartibi qanday? Tadbirkordan ish kunini rejalashtirishga oid 6 tavsiya

0

Ilon Maskning hayot tarzi koʻpchilikni hayron qoldiradi, shunisi ham aniqki, uning qanchalar ishchan ekanligiga havas qilsa arziydi. U bir vaqtning oʻzida bir nechta kompaniyani boshqarish, ixtirolar bilan shugʻullanish, global muammolar va buyuk gʻoyalar ustida ish olib borishga qanday ulguradi?

Asosiy ishlarni aniqlab olish

Bu sizga siyqasi chiqqan gapdek eshitilishi mumkin, ammo ish jarayonidagi eng muhim narsa – haqiqatdan ham asosiy ishlarni aniqlab olish va ularni barchasidan oldinroq bajarishdir. Mask muhandislik va ixtirochilikni oʻzining asosiy ishi deb biladi, ish vaqtining 80 foizini aynan mana shu ishlarga sarflaydi, qolgan 20 foizini esa biznes hamkorlar bilan uchrashuvlar, boshqa turdagi vazifalar uchun qoldiradi.

5 daqiqali bloklar

Bu Mask ish jarayonida qoʻllaydigan va bor diqqat-eʼtiborni bitta narsaga qaratishga yordam beradigan texnika. Ilon Maskaning kun tartibi daqiqalarga qadar aniqlik bilan yozib chiqilgan. U oʻz vaqtini 5 daqiqalik bloklarga boʻlgan va ularning har birini boshqa-boshqa vazifalar uchun sarflashi ham mumkin. Ayrim ishlar uchun bitta emas, bir nechta blok vaqtni sarflash talab etiladi. Ilon Maskaning har kunlik rejasiga odatiy ishlar – nonushta tanovuli yoki dush qabul qilish ham kiritiladi. Bir soʻz bilan aytganda, ishingizda unumdorlik darajasi yuqori boʻlishini istasangiz, kunlik rejasiz yurmang.

Bir nechta ishni bir vaqtda bajarish

Ilon Mask bir vaqtda bajarish mumkin boʻlgan bir nechta ishni birlashtirishga harakat qiladi. U xatlarga nonushta vaqtida javob berishi, loyihaga oid rejalarni ishga ketayotgan vaqtda muhokama qilishi mumkin. Tadbirkor mazkur usul yordamida vaqtni imkon qadar tejashga harakat qiladi.

Tezkor yondashuv

Parkinsonning birinchi qonuni haqida eshitganmisiz? Ushbu qonunga koʻra, ish uning uchun ajratilgan vaqtni toʻldiradi. Bu qonun teskarisiga ham ishlaydi. Agar maʼlum bir ish uchun qisqa vaqt belgilab qoʻyilsa, u nisbatan tezroq bajariladi. Toʻgʻri, vazifalarning barchasini ham rekord darajadagi qisqa vaqt ichida bajarib boʻlmaydi, ammo aniq belgilangan vaqt ish unumdorligini oshiradi. Buning uchun oʻzingizga vazifa belgilagach, uni aynan qachonga tugatishingizni ham yozib qoʻying.

Uchrashuvlar uchun koʻp vaqt belgilamang

Ilon Mask ish boʻyicha uchrashuvlar uchun koʻp vaqt ajratishni yoqtirmaydi. Uning aytishicha, qanchalar ish berishi nomaʼlum boʻlgan va bir nechta kishi ishtirok etadigan majlislardan imkon qadar qochish kerak. Buning ilojisi boʻlmagan taqdirda majlislar vaqtini qisqartirishga harakat qiling. Agar majlisda ishtirok etishingiz uning qiymatini oshirmasa, unda shunchaki ishtirok etmang. “Ketish – xunuk koʻrinadigan ish emas, kimnidir qolishga majburlash va oʻz vaqtingizni behudaga sarflash – xunuk ishdir”, deydi Ilon Mask.

Mask bir sutkada necha soat uxlaydi?

Ilon Maskaning aytishicha, bir sutkada 6 soat vaqtini uyqu uchun ajratadi. “Men undan ham kamroq uhlashga harakat qilganman, ammo bunday holatda ish samaradorligi tushib ketgan”, deydi tadbirkor. “Juda koʻp ishlayman. Odatda tungi soat 1-2 ga qadar ishda qolib ketaman. Baʼzida shanba va yakshanba kunlari ham ishda boʻlaman”.

Endilikda O‘zbekistonda fuqarolar o‘z nomiga tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin

0

O‘zbekistonda barcha shaxslarning o‘z nomiga tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin bo‘ldi. Bu haqida Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Intellektual mulk ob’yektlari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun Prezident tomonidan imzolangan.

Qonun bilan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar kiritilgan. Unga ko‘ra, Sanoat mulki obyektlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani to‘lash tartibi belgilangan.

Shunga asosan, tegishli patentlangan sanoat mulki obyektini o‘z ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish kabi harakatlarni sodir etgan yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha jarima solinishi mumkin.
Xususan, jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi bo‘yicha alohida belgilanadi.

Jarima summasi miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan bir oy ichida ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini to‘lashdan ozod etiladi.
Ta’kidlanishicha, qonun bilan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, barcha yuridik yoki jismoniy shaxs o‘z nomiga tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin (ilgari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan shaxslar).

Qayd etilishicha, tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani to‘lash tartibi belgilangan.

Shunga ko‘ra, tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada o‘xshash bo‘lgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, “Firma nomlari to‘g‘risida”gi qonunda firma nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani to‘lash tartibi mustahkamlangan.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Baliqchilik uchun berilgan soliq imtiyozlari sohaga 6,5 mlrd so‘mlik foyda keltirgan

0

O‘tgan yilda 9 ta baliqchilik klasteri soliqlardan ozod etilishi natijasida 6,5 mlrd so‘m imtiyozga ega bo‘ldi. Bu “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021-yilda baliqchilikni rivojlantirish maqsadida 364 ta baliqchilik loyihalari amalga oshirilib, 2 310 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Ushbu loyihalar doirasida lichinka ishlab chiqarish quvvati 470 mln. dona bo‘lgan 10 ta inkubasiya korxonalari ishga tushirilib, 4,1 mlrd. dona baliq lichinkalari ishlab chiqarilgan va  baliq chavoqlarini yetishtirishga ixtisoslashgan 873 gektar maydonda quvvati 52 mln. dona bo‘lgan reproduktor havzalar barpo etilgan.

Shuningdek, quvvati 15 ming tonna bo‘lgan yuqori sifatli omuxta yem ishlab chiqaruvchi 3 ta korxona hamda quvvati 4000 tonna bo‘lgan baliqni qayta ishlovchi 8 ta korxona ishga tushirilib, quvvati 4,5 ming tonna bo‘lgan 110 gektar maydonda intensiv suv havzalari barpo qilingan.

Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Vetnam, Eron va Tojikiston davlatlariga 8,9 mln. dollar qiymatdagi 2,2 ming tonna baliq va baliq mahsulotlari eksport qilingan.

Yuqoridagi ishlarni tashkil etilishi hisobiga 2021-yilda jami 400 ming tonna baliq yetishtirilgan hamda 9 ta baliqchilik klasteri soliqlardan ozod etilishi natijasida 6,5 mlrd. so‘m imtiyozga ega bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2022-yilda ham baliq yetishtiruvchilarning foyda, yer va mol-mulk soliqlari 50 foizga kamaytirildi.

O‘zbekistonda aholi ta’minoti uchun qancha qishloq xo‘jaligi mahsuloti jamg‘arilgani ma’lum qilindi

0
Young fresh potatoes (Food and Drink) potatoes,vegetables,food,fresh,healthy,organic,harvest

O‘zbekistonda bahor oyida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun qariyb 627 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsuloti jamg‘arilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo‘jayeva ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil qish va 2022-yil bahor oylarida respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash maqsadida jami 626,6 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shundan 294 ming tonna kartoshka, 86,8 ming tonna piyoz, 163,6 ming tonna sabzi hamda 82,1 ming tonna guruch jamg‘arilgan.

Toshkent shahrining 12 ta asosiy dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etilib, viloyatlar tomonidan bozorlarga keltirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi uchun barcha shart-sharoitlar (bepul rastalar, tarozi, saqlash omborxonalari) yaratib berilgan.

Ushbu bozor yarmarkalari 2022-yil 1-mayga qadar davom ettirilib, 75,5 ming tonna mahsulot bozorlarga yetkazib berilishi kutilmoqda.

Respublikada kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha 40 ta tuman kartoshka yetishtirishga, shundan, 23 tasi urug‘lik kartoshkaga ixtisoslashtirilgan. Xorijdan 47,2 ming tonna kartoshka olib kelish maqsadida 21,7 mln dollar (imtiyozli) moliyalashtirilgan. Shuningdek, kartoshkachilik yo‘nalishida 9 ta klasterlari tashkil etilib, ularga 3,6 ming ga yer ajratilgan. Respublika bo‘yicha 5 ta in-vitro laboratoriyalari tashkil etilgan.

O‘zbekistonda belgilangan tibbiy me’yorga (52,6 kilogramm) muvofiq, aholining kartoshkaga 1 yillik ehtiyoji 1,9 million tonnani tashkil etadi. JSST me’yori (96,7 kilogramm) bo‘yicha aholi iste’moli qariyb ikki barobar ko‘p.

Ta’kdilanishicha, bugungi kungacha importyorlar tomonidan 1042 tonna kartoshka bozorlarga olib kelinib, 3700 so‘mdan 4200 so‘mgacha sotilmoqda. Shu kungacha hududlardagi 27 ta bozorda 985,7 tonna kartoshka sotilgan. Ushbu intervensiya hisobiga kartoshkaning bozorlardagi chakana narxi 1000-2500 so‘mga (25—28 foizga) pastlab, arzon bo‘lishiga erishilgan.

O‘zbekiston 2021-yilda rekord darajada ko‘p — yarim million tonnadan ortiq kartoshka import qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. EastFruit ma’lumotlariga ko‘ra, agar Pokiston yoki Erondan kartoshka olib kirishga taqiq qo‘yilsa, ularning o‘rnini boshqa yirik yetkazib beruvchi mamlakatlar — Rossiya va Qozog‘iston bilan almashtirish qiyin bo‘ladi. Chunki, Rossiya va Qozog‘istonda ushbu mahsulot narxi tez o‘sib bormoqda.