Nukus shahrida “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish va ular bilan ochiq muloqot tashkil etish uchun “Yoshlar markazida”, “Tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusidagi seminarning 2-kunidan jarayonlar.

Nukus shahrida “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish va ular bilan ochiq muloqot tashkil etish uchun “Yoshlar markazida”, “Tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusidagi seminarning 2-kunidan jarayonlar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash maqsadida mahallalarda xatlov ishlari amalga oshirilmoqda. Xatlov davomida “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar orasida o‘z startap g‘oyalari, dastlabki biznesni boshlash va tadbirkorlik o‘quv kurslarida ishtirok etish istagini bildirganlar ham aniqlandi.



Nukus shahrida “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish va ular bilan ochiq muloqot tashkil etish uchun “Yoshlar markazida”, “Tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusida 3 kunlik o‘quv seminar treningi tashkil etildi. Seminarda umumiy hisobda 4 ta sektor hududidan 215 ta yoshlar ishtirok etdi.



Seminar trening davomida Savdo sanoat palatasi, Loyihalar fabrikasi, Innovastiya boshqarmasi yoshlarga biznes g‘oyalarni qanday qilib tuzish, startaplar ustida izlanishlar va boshqa tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarining tushunchalarini berib o‘tishdi.




Markaziy bank tomonidan “Xalq banki”, “Agrobank” ATB, “Mikrokredit bank” ATB Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallari tomonidan biriktirilgan bir qator malakali mutaxassislar o‘zlari faoliyat yuritayotgan banklardagi imtiyozlar, yoshlar uchun imkoniyatlar haqida ma’lumotlarni berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining favqulodda holatning amal qilishini muddatidan avval tugatish to‘g‘risidagi murojaatini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jamoat tartibi tiklanganligini va ko‘rilgan choralar natijasida fuqarolarning xavfsizligi, ularning huquq va erkinliklari himoyasi ta’minlanganligini inobatga olib, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 11-moddasiga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida”gi PF‒164-son Farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holatning amal qilishi 2022-yil 21-iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatilsin.
2. Mazkur Farmon 2022-yil 21-iyul kuni soat 05:00 dan e’tiboran kuchga kiradi va ommaviy axborot vositalarida darhol e’lon qilinishi shart.
3. Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun yuborilsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOEV
Toshkent shahri,
2022-yil 20-iyul
“Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-sentabrdan:
oilaviy nodavlat bog‘chalarda:
davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bog‘chalarda, oilaviy bog‘chalarda:
O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri 2022/2023-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlanganini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:
transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;
my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan.
Qabul 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Kerakli hujjatlar:
ariza (onlayn tarzda)
transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
Eslatib o‘tamiz, 2022-yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki “perevod” uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.
Vazirlik xabarida ta’kidlanishicha, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshiriladi. Agarda ushbu jarayonda soxta hujjatlar aniqlangan, oliy ta’lim muassasasida qarzdorliklar mavjud bo‘lsa, talaba o‘tish balidan yuqori ball to‘plagan taqdirda ham unga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
Mana shu fayzli damlarda Yer yuzidagi jami musulmon ummati qatori qalbi shukuhga to‘lib turgan siz, azizlarni – nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka va opa-singillarimizni, navqiron yoshlarimizni, iymon-e’tiqodli xalqimizni ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman.
Ushbu saodatli onlarda hammamiz avvalo Iyd al-adho bayramiga el-yurtimiz bilan birgalikda tinchlik-omonlik va sihat-salomatlikda yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytishimiz tabiiydir.
Barchamizga ayonki, islom dini avvalo tinchlik, ezgulik va insoniylik dinidir.
Muqaddas Qur’oni karimning yuzdan ortiq oyatlarida tinchlikka chaqirilgan, xususan, “Baqara” surasida: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!” – deya marhamat qilingan.
Hozirgi g‘oyat murakkab va tahlikali zamonda tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash va mustahkamlashdek o‘tkir talablar yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min-musulmon, har bir inson uchun har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turibdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Ishonamanki, bu ezgu va muqaddas vazifa O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning qalb da’vati va insoniy burchiga aylanib, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotini, farzandlarimizning yorug‘ kelajagini ta’minlash yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Hurmatli do‘stlar!
Alloh taolo tomonidan aziz va mukarram qilib yaratilgan insonni, uning sha’ni, qadr-qimmati va hurmatini ulug‘lash kabi muqaddas tushunchalarni o‘zida aks ettirgan ushbu bayram yurtimizda inson qadrini yuksaltirish, xalqimizni hayotdan rozi qilish borasida olib borayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning ma’no-mazmuniga har tomonlama uyg‘un va hamohang ekani bilan ham ayniqsa e’tiborlidir.
Keyingi yillarda mamlakatimizda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirishga har tomonlama e’tibor qaratilmoqda. Tabarruk ziyoratgoh va qadamjolar, ko‘hna masjid va madrasalarni obod qilish, buyuk ajdodlarimizning bebaho ma’naviy-ma’rifiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish borasida olib borayotgan ishlarimiz xalqimiz va dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilayotgani barchangizga yaxshi ma’lum.
Ayniqsa, fuqarolarimizning diniy e’tiqod borasidagi huquq va erkinliklari to‘la ta’minlanib, mo‘min-musulmonlarimiz ibodat amallarini emin-erkin bajarmoqdalar.
Bu haqda so‘z yuritganda, ikki yillik koronavirus pandemiyasi cheklovlaridan so‘ng bu yil 12 ming vatandoshimiz muqaddas haj amallarini bajarish imkoniga ega bo‘lgani, keyingi 6 oyda 40 mingga yaqin yurtdoshimiz umra ziyoratini ado etganini ta’kidlash lozim.
So‘nggi yillarda shakllangan ezgu an’anamizga muvofiq, Qurbon hayiti munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlari yurtdoshlarimizga bu ayyomni o‘z oilasi va yaqinlari bag‘rida yanada mazmunli o‘tkazish, go‘zal va betakror yurtimiz bo‘ylab ko‘ngilli sayohatlarni amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi.
Biz tabarruk dinimiz va o‘lmas qadriyatlarimiz, o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlab kelayotgan muborak Qurbon hayitining barhayot an’analari asrlar osha insonlarni, turli xalqlar va elatlarni birlashtiruvchi beqiyos ma’naviy kuch bo‘lib xizmat qilayotganidan faxrlanamiz.
Fursatdan foydalanib, dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida yashayotgan musulmon do‘st va birodarlarimizni, xorijiy hamkorlarimizni ushbu mo‘’tabar ayyom bilan qutlab, ularga bardavom tinchlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.
Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor tabriklayman.
El-yurtimizning bu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!
Alloh taolo go‘zal diyorimizni, olijanob va bag‘rikeng xalqimizni hamisha o‘z panohida asrasin!
Aziz Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom bo‘lsin!
Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning O‘zi doimo madadkor bo‘lsin!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti