Bosh sahifa Blog Sahifa 155

Biznes gʻoya: Tadbirlar uchun keytering xizmatlarini tashkil etish. Bu biznesdan qancha daromad olish mumkin

0

Spot “Biznes gʻoya” rukni ostida oʻz daromadli faoliyatini boshlamoqchi boʻlganlar uchun zamonaviy biznes gʻoyalarni berdi.

Tadbirkorlikni boshlamoqchi boʻlgan insonlarning aksariyat qismida umumiy ovqatlanish yoʻnalishiga qiziqish katta boʻladi. Bir tomondan bugungi kunda restoran ochish juda qimmat va xavflidek koʻrinsa ham, mazkur yoʻnalishga boʻlgan talab har doim aktual hisoblanadi. Bozorda esa qanchalik raqobatchilar koʻp boʻlmasin, oʻz oʻrningizni topishga har doim imkon bor. Agar kattaroq kafe yoki tamaddixona ochishga mablagʻ boʻlmasa, eng yaxshi yechim bu — keytering.

Eʼtibor bering: Keltirib oʻtilayotgan narxlar oʻrtacha qiymatdan olingan boʻlib, real narxlar bilan farqlanishi mumkin.

Xarajat va foyda

Keytering kompaniyasining ishi ikki yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkin:

  1. Oʻz oshxonasi va oshpazlariga ega shoxobcha shakli
  2. Restoran va mijozlar oʻrtasidagi vositachilik.

Birinchi holda ish oshxonani jihozlash va sanitariya-epidemiologiya meʼyorlariga muvofiqligi bilan bogʻliq. Ikkinchi variant esa kichik sarmoyalar bilan biznesni boshlash niyyatidagilar uchun koʻproq mos keladi. Spot ham ikkinchi usulni koʻrib chiqadi.

 

Loyihaga dastlabki sarmoyalar taxminan $2800 ni tashkil etadi. Sof foyda — $700 dan iborat.

Boshlangʻich xarajatlar

Xarajatlar Narxlar ($ birligida)
Roʻyxatdan oʻtkazish 50
Ofis uskunalari 550
Veb-sayt 400
Reklama kampaniyasi 300
Boshqa xarajatlar 50

Oylik xarajatlar

Ofis ijarasi 300
Xodimlar uchun ish haqi 850
Avtomobil ijarasi 300

Keytering korxonasida kamida ikkita bino boʻlishi kerak. Asosiy talab shaharning transport tuzilmasiga yaqinligi. Ofis jihozlari uchun asbob-uskunalarni masalasida pulingizni tejashingiz mumkin, boshlanishiga buyurtmalarni restoran va kafelarning oshxonalaridan bajarib turasiz. Bu kam miqdordagi kapital bilan biznes boshlash uchun yoʻl hisoblanadi. Minimal ravishda, ushbu jihozlarni olish tavsiya etiladi:

  • kompyuter
  • printer va boshqa ofis uskunalari
  • telefon
  • xodimlar va mijozlar uchun mebel.

Xaridorning buyurtma manziliga oziq-ovqat va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni oʻz vaqtida yetkazib berish uchun Sizga avtomobil kerak boʻladi. Shaxsiy avtomashina boʻlmasa, uni ijaraga olishni tavsiya etamiz. Siz transport kompaniyasi bilan xizmatlar koʻrsatish uchun doimiy shartnoma tuzishingiz mumkin.

 

Narx va tariflar

Bu eng qiziqarli nuqta. Turli xil narx segmentlari uchun takliflar tuzib chiqing: masalan, premium, biznes-klass, ekonom klass va boshqalar.

Shuningdek, turli tadbirlar uchun: toʻy, bolalar, korporativ va boshqa menyularni tayyorlab qoʻyish kerak. Har bir taklifning byudjeti asosida ushbu toifadagi ovqatni tayyorlaydigan shoxobchalar bilan bogʻlaning. Hamkorlarni topish oson boʻlmaydi, ammo doimiy shartnomaviy munosabatlar sizning umumiy keytering ishingizda muvaffaqiyat garovidir.

Xodimlar

Kompaniyaning xodimlari uning koʻlamiga bogʻliq. Sizga kamida quyidagi ishchilar kerak:

  1. menejer (koordinator)
  2. buxgalter
  3. ofitsiantlar va xizmat koʻrsatuvchilar (kamida 4 ta)
  4. haydovchi.

Odatda, ofitsiantlar soni maʼlum bir tadbirda mehmonlar soniga bogʻliq boʻladi. Kompaniya egasi boshlanishiga mijozlarni qidirish, shartnomalar tuzish va butun jarayonni muvofiqlashtirishni oʻz zimmasiga olishi kerak. Kelajakda sizga qoʻshimcha xodimlar, shuningdek, yurist yordami kerak boʻlishi mumkin.

Reklama kampaniyasini tashkil etish

Keytering xizmatlarini reklama qilish uchun minimal darajada sizga quyidagi tadbirlar kerak:

  • mijozlarga chegirmalar berish tizimi
  • veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlarda sahifangizni ishlab chiqish va targʻib qilish
  • qoʻshimcha chegirma uchun mijozlar fikri tizimi
  • bosma reklamarni tashkilotlarga tarqatish.

Xulosa

Barqaror buyurtmalar soni bilan doimiy xizmat koʻrsatish guruhini shakllantirish sizga foydali boʻladi. Logotip va korporativ qoidalarni ishlab chiqish, xodimlar uchun markali idishlar va libos buyurtma qilish lozim. Ushbu usullarning barchasi kompaniyaning imidjini yaratadi.

Eng muhimi — boshlab koʻrishdan qoʻrqmaslik kerak. Agar Sizda mazkur yoʻnalishga qiziqish uygʻongan boʻlsa, oʻzingizni sinab koʻrishni tavsiya etamiz.

O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yordam berish ishlari yangi tizim asosida tashkil etiladi

0

O‘zbekistonda xotin-qizlar faollari tomonidan muhtoj oila va fuqarolarning muammolarini kompleks o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga maqsadli yordam berish ishlari yangi tizim asosida tashkil etiladi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilishiga ko‘maklashiladigan ijtimoiy xizmatlar ro‘yxati tasdiqlanadi. Ro‘yxatdagi ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish uchun masʼul bo‘lgan vazirlik va idoralar xizmatlarni elektron shaklda ko‘rsatish bo‘yicha maʼmuriy reglamentlar ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali amalga oshiriladi.

Xotin-qizlar faoli telefon orqali muloqot, elektron manzil yoki ijtimoiy tarmoqqa kelib tushgan xabar, yashash joyiga borgan holda yoxud shaxsiy uchrashuv orqali, mutasaddi xodimlar tavsiyalari asosida xizmat oluvchining murojaatini modul orqali ro‘yxatga oladi.

Ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoj xizmat oluvchilarni birlamchi baholash va kompleks baholash orqali aniqlanadi. Birlamchi baholash jarayonida xatar darajasi (xatar yo‘q, past, o‘rta, yuqori) aniqlanadi.

Xotin-qizlar faoli murojaat sababini hamda xizmat oluvchining sharoitlarini o‘rganib, qiyin vaziyatga tushib qolish sabablarini  aniqlaydi. Birlamchi baholash shakliga zarur qaydlar kiritib boriladi hamda xizmat oluvchining holatida mavjud xatar va himoya omillari belgilab boriladi.

Birlamchi baholash davomida xizmat oluvchining hayoti, faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan xatar omillari aniqlangan bo‘lsa, bu xatarning past darajasi hisoblanadi. Bunda xizmatlar qisqa muddatli yoki bir martalik bo‘lishi, mas’ul tashkilotga yo‘naltirish bilan hal etilishi mumkin.

Xizmat oluvchining hayoti, faoliyati, sog‘lig‘i, oilasi, ishi yoki o‘qishi va ijtimoiy munosabatlarida ikki yoxud undan ortiq muammoli vaziyatlar mavjud bo‘lsa, o‘rta darajadagi xatar hisoblanadi.

Xizmat oluvchining hayotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi to‘rt va undan ortiq sohaga oid muammolar, maishiy zo‘ravonlik, shafqatsiz muomala yoki bola bilan shafqatsiz munosabat, alkogol yoki giyohvand vositalarga tobelik, axloqidagi muammolar, qonunbuzilishlari, og‘ir psixik buzilishlar, turar-joyini yo‘qotish, oilaviy nizo va notinchliklar kabi holatlar mavjud bo‘lsa, xizmat oluvchini yuqori darajadagi xatar vaziyatida deb hisoblash uchun asos bo‘ladi.

Yuqori xavf aniqlangan holda murakkab hayotiy vaziyatdagi xizmat oluvchi ehtiyojlari xotin-qizlar faoli tomonidan elektron moduldagi shakl asosida kompleks baholash orqali o‘rganiladi.

Ijtimoiy xizmatlar birinchi navbatda quyidagi toifadagi shaxslarga ko‘rsatiladi:

  • keksalar;
  • harakat faolligi cheklangan, xotirani qisman yoki to‘liq yo‘qotganlar;
  • og‘ir xastalik, davolanishi uzoq muddat talab qiladigan xastalar;
  • ruhiy kasallik va xulq-atvorning buzilishi, jumladan psixoaktiv moddalarni iste’mol qilayotgan shaxslar;
  • nogironligi mavjudlar;
  • uy-joyga muhtojlar;
  • ishsizlar;
  • kam ta’minlanganlar;
  • ota-onalarning ajralishi tufayli xulq-atvoridagi buzilishlar aniqlangan bolalar;
  • ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan tarbiyalashdan bo‘yin tovlangan voyaga yetmaganlar;
  • ijtimoiy aloqalarni yo‘qotgan, jumladan ozodlikdan mahrum etish joylarida bo‘lib qaytganlar;
  • tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganlar;
  • odam savdosi bilan bog‘liq vaziyatga tushib qolganlar;
  • yong‘in, tabiiy ofat, falokatdan jabrlanganlar.

Baholash natijalariga ko‘ra, xotin-qizlar faoli xizmat oluvchining normal hayot kechirishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish, unga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda ko‘maklashish uchun tegishli choralarni amalga oshiradi.

Ya’ni, xizmat oluvchining murojaati davomida aniqlangan muammolarni tahlil qiladi. U bilan birgalikda muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy xizmatlar rejasini ishlab chiqadi. Xizmat oluvchini ijtimoiy xizmatlardan foydalanishi uchun vakolatli tashkilotlarga yo‘naltiradi. Xizmat oluvchini muhim hayotiy va ijtimoiy ko‘nikmalarga o‘rgatadi, maslahatlar berib boradi.

Ushbu hujjat loyihasi muhokamasi 7-aprelgacha davom etadi. Xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilishiga ko‘maklashiladigan ijtimoiy xizmatlar ro‘yxati bilan quyidagi havolaorqali tanishish mumkin.

O‘zbekistonda biznesni qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin? Yetti bosqich

0

Spot Yaran konsalting hammuassisi Yevgeniya Son bilan birgalikda kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan yettita bosqich bilan bo‘lishadi.

Yevgeniya Son,

auditor, Yaran Consulting buxgalterlik kompaniyasi hammuassisi.

Kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish an’anaviy ravishda huquq va buxgalteriya firmalari tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, endi ushbu protsedura sezilarli darajada soddalashtirildi va siz kompaniyani o‘zingiz ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin.

Biz 2010-yildan beri kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishga yordam beramiz. Ro‘yxatga olish tez va to‘g‘ri o‘tishi va tadbirkorlikni endi boshlayotganlarga qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqarmasligi uchun nazorat ro‘yxatini tuzdik.

Kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini ikki bosqichga bo‘lish mumkin:

  • ma’lumotlarni dastlabki yig‘ish;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi.

Ma’lumotlarni dastlabki yig‘ish

  1. Faoliyatni tanlash

Tadbirkorlik faoliyati uchun qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan har qanday faoliyat turiga yo‘l qo‘yiladi. Ammo ularning ba’zilari litsenziya va ruxsatnomalarni talab qiladi. Masalan, kasb-hunar ta’limi xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya ochish uchun litsenziya, ommaviy tadbirlar o‘tkazish uchun esa ruxsatnoma olish kerak. Batafsil bu yerda o‘qish mumkin.

  1. Huquqiy-tashkiliy shaklni tanlash

Eng dolzarb tashkiliy-huquqiy shakllar — bu o‘zini o‘zi band qilganlik, yakka tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) va mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ).

Ro‘yxatdan o‘tishdan oldin har bir shaklning barcha ijobiy va salbiy tomonlari bilan tanishish kerak. Masalan, yakka tartibdagi tadbirkor xodimlarni yollay olmaydi va agar siz sherik bilan biznes ochishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, u holda YaTT mos kelmaydi.

Faoliyat turi shaklni tanlashga ham ta’sir qilishi mumkin, o‘zini o‘zi band qilganlik, YaTT uchun cheklangan faoliyat ro‘yxati taqdim etiladi. Bu haqda ko‘proq ma’lumotni bu yerdan va bu yerda olish mumkin.

Misol uchun, hozirda ijtimoiy tarmoqlar faol rivojlanmoqda, shu sabab internet-marketolog, kopirayter, targetolog kabi kasblar talabgir hisoblanadi. Agar siz mustaqil ravishda ishlasangiz, o‘zini o‘zi band qilganlikni ochish ancha foydali: minimal soliqlar va hisobot.

Ehtimol, sizda 2−3 kishidan iborat kichik jamoa bor bo‘lib, jismoniy shaxslarda ta’mirlash ishlarini amalga oshiryapsiz, bu holda yakka tartibdagi tadbirkorlik shakli mos keladi. Negaki buyurtmalar har doim ham barqaror emas va YaTTning texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari (buxgalteriya xizmatlari, soliqlar, ijara to‘lovlari va boshqalar) MChJga qaraganda ancha past.

  1. Soliq tizimini tanlash

Kichik biznes uchun soliqqa tortish tizimini tanlash imkoniyati mavjud: umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan. Faoliyat turiga qarab, ikkalasi ham kompaniya uchun foydali bo‘lishi mumkin. Hisob-kitoblarni amalga oshirish va ular asosida qaror qabul qilish kerak. (Bu haqda keyingi maqolada batafsil so‘z yuritamiz)

  1. Ta’sis hujjatlarini tayyorlash

MChJ uchun ta’sis hujjatlarining standart to‘plami o’z ichiga ustav va ta’sis shartnomasini oladi. Ustav jamiyat faoliyatining asosiy shartlari — faoliyat turlari, ustav fondi hajmi, jamiyat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

Ta’sis shartnomasi muassislarning birgalikdagi faoliyati, foydani taqsimlash, ta’sischilarning kirish va chiqish shartlarini belgilaydi.

“Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi qonunda ustav va ta’sis shartnomasining asosiy qoidalari tasdiqlandi, ta’sischilar ustav va ta’sis shartnomasiga mustaqil ravishda alohida kelishuv va shartlar kiritishi mumkin.

E’tibor qarating, ta’sis hujjatlari va ustav fondi MChJni ochgandagina kerak bo‘ladi. YaTT va o‘zini o‘zi band qilganlik uchun ta’sis hujjatlari va ustav fondi taqdim etilmaydi.

  1. Yuridik manzilni olish

Kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur shart — bu noturar joydagi yuridik manzildir. Yuridik manzil — ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan kompaniya faoliyatini amalda amalga oshirish joyi hisoblanadi.

YaTT va o‘zini o‘zi band qilganlik uchun standart yuridik manzil “propiska” bo‘yicha manzil hisoblanadi.

E’tibor qarating, yuridik manzilni o‘zgartirganda, kompaniya qayta ro‘yxatdan o‘tish tartibini amalga oshirishi shart.

Shuning uchun ro‘yxatdan o‘tishdan oldin bino egasidan ijara maydonini taqdim etish bo‘yicha kafolat xatini olishingizni tavsiya qilamiz.

Davlat ro‘yxatidan o‘tish

  1. YaTT va MChJni ro‘yxatdan o‘tkazish

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib-qoidalarini har qanday tuman Davlat xizmatlari markazlarida, shuningdek, davlat xizmatlari saytida onlayn ravishda o‘tish mumkin.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun elektron raqamli imzo (ERI) olish kerak. Shuningdek, uni har qanday tumandagi davlat xizmatlari markazida oflayn tarzda pasport va flesh-karta bilan borib olish mumkin. Shuningdek, ERI’ni E-imzo saytida onlayn tarzda olish mumkin.

ERIni olganingizdan va davlat xizmatlari veb-saytida ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, bosqichma-bosqich ro‘yxatdan o‘tish jarayonini boshlashingiz mumkin. Bu juda oddiy, matnli ko‘rsatma mavjud.

Roʻyxatdan oʻtish toʻlovi:

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar va MChJlar uchun oflayn rejimda — 1 BHM (maqola chop etilgan vaqtda 300 ming so‘m)
  • onlayn — BMHning 90%i (270 ming so‘m)

O‘zini o‘zi band qilganlarni ro‘yxatdan o‘tkazish. Buning uchun “Soliq” mobil ilovasi yoki my.soliq.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinet orqali davlat soliq xizmati organlarida hisobga olinadi.

Ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji olinmaydi.

  1. Dastlabki hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish

Kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng, dastlabki bir nechta hujjatlarni rasmiylashtirish kerak:

  • yuridik shaxsning muhrini olish (YaTTlar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun shart emas);
  • direktorni yollash, ya’ni ta’sischilar yig‘ilishini o‘tkazish, direktorni tayinlash to‘g‘risida bayonnoma, buyruq tuzish (YaTTlar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun shart emas, chunki ular o‘z bizneslarining vakillaridir);
  • bank hisobini ochish.

Siz bitta yoki bir nechta bankda milliy va xorijiy valyutada hisob ochishingiz mumkin. Bankni tanlashda xizmat ko‘rsatish narxiga, kredit siyosatiga va xizmat ko‘rsatishning umumiy darajasiga e’tibor bering.

Barcha 7 bosqichni 1−2 kun ichida bajarish mumkin.

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Nuriddin Nuriddinov

0

Nuriddin Nuriddinov o’z laboratoriyasini ochish uchun 300 million so‘m kredit olgan. Loyiha sarmoyadorlarning ham e’tiborini tortgan.

Hozirda “Hayat” ko‘p tarmoqli poliklinikalar tarmog‘i 2030 yilgacha Toshkent shahrining barcha tumanlari va O‘zbekistonning barcha viloyatlarini qamrab olishni rejalashtirgan.

“Klinika tashkil etish g‘oyasi 2013 yil boshida Toshkent tibbiyot akademiyasi magistratura yo‘nalishida kardiologiya bo‘yicha tahsil olayotgan va bir vaqtning o‘zida tez tibbiy yordam shifokori bo‘lib ishlagan paytimda paydo bo‘lgan. Menga xususiy klinikada ishlash taklif qilingan — o‘shanda xususiy sektorning imkoniyatlari va afzalliklarini tahlil qila boshlab, ular ulkan ekanini angladim”, — deydi tadbirkor.

O‘zbekiston hududiga ba’zi tovarlarni olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanadi – farmon

0

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon imzolandi.

Farmon bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini respublika hududiga olib kirishda davlat nazoratidan o‘tkazish jarayonining samaradorligini oshirish hamda uni xavfni tahlil qilish tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish va import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan kundalik iste’mol tovarlari ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish vazifasi yuklandi.

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Sadoqat Mirzayeva

0

Fargʻonalik hunarmand Sadoqat Mirzayeva 2016-yildan buyon ekologik toza, zamonaviy va milliy qoʻgʻirchoqlar tayyorlaydi. “Art house sadosh” MCHJ Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Yaponiyaga buyurtma asosida oʻyinchoqlar yetkazib beradi. Mahsulotlarini esa xalqaro onlayn savdo platformalari orqali xorijliklar sotib olishmoqda.

Yumshoq qoʻgʻirchoqlar zamonaviylik va milliylikni mujassamlashtirgan. Ularga “Sadosh” nomini berilgan. Internet orqali xorijdan, shuningdek, viloyatlardagi tadbirkorlardan yiliga 2 mingdan ortiq buyurtma tushadi.

“Dastlab qattiq qogʻozga qoʻgʻirchoqning andazasi chiziladi. Andaza mato ustiga qoʻyilib, oʻntadan yigirmatagacha bichim qirqib olinadi. Keyin chetlari tikilib, ichiga sintepon solinadi. Xaridor istagiga qarab, milliy matolarimizdan libos kiydiriladi. Mazkur mahsulotimiz arzon va sifatli. Bu bilan pulsiz ham biznes boshlash mumkinligini aytmoqchiman”, — deydi tadbirkor.