Foydali manbalarBiznes haqidaBiznes gʻoya: Tadbirlar uchun keytering xizmatlarini tashkil etish. Bu biznesdan qancha daromad...

Biznes gʻoya: Tadbirlar uchun keytering xizmatlarini tashkil etish. Bu biznesdan qancha daromad olish mumkin

Spot “Biznes gʻoya” rukni ostida oʻz daromadli faoliyatini boshlamoqchi boʻlganlar uchun zamonaviy biznes gʻoyalarni berdi.

Tadbirkorlikni boshlamoqchi boʻlgan insonlarning aksariyat qismida umumiy ovqatlanish yoʻnalishiga qiziqish katta boʻladi. Bir tomondan bugungi kunda restoran ochish juda qimmat va xavflidek koʻrinsa ham, mazkur yoʻnalishga boʻlgan talab har doim aktual hisoblanadi. Bozorda esa qanchalik raqobatchilar koʻp boʻlmasin, oʻz oʻrningizni topishga har doim imkon bor. Agar kattaroq kafe yoki tamaddixona ochishga mablagʻ boʻlmasa, eng yaxshi yechim bu — keytering.

Eʼtibor bering: Keltirib oʻtilayotgan narxlar oʻrtacha qiymatdan olingan boʻlib, real narxlar bilan farqlanishi mumkin.

Xarajat va foyda

Keytering kompaniyasining ishi ikki yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkin:

  1. Oʻz oshxonasi va oshpazlariga ega shoxobcha shakli
  2. Restoran va mijozlar oʻrtasidagi vositachilik.

Birinchi holda ish oshxonani jihozlash va sanitariya-epidemiologiya meʼyorlariga muvofiqligi bilan bogʻliq. Ikkinchi variant esa kichik sarmoyalar bilan biznesni boshlash niyyatidagilar uchun koʻproq mos keladi. Spot ham ikkinchi usulni koʻrib chiqadi.

 

Loyihaga dastlabki sarmoyalar taxminan $2800 ni tashkil etadi. Sof foyda — $700 dan iborat.

Boshlangʻich xarajatlar

Xarajatlar Narxlar ($ birligida)
Roʻyxatdan oʻtkazish 50
Ofis uskunalari 550
Veb-sayt 400
Reklama kampaniyasi 300
Boshqa xarajatlar 50

Oylik xarajatlar

Ofis ijarasi 300
Xodimlar uchun ish haqi 850
Avtomobil ijarasi 300

Keytering korxonasida kamida ikkita bino boʻlishi kerak. Asosiy talab shaharning transport tuzilmasiga yaqinligi. Ofis jihozlari uchun asbob-uskunalarni masalasida pulingizni tejashingiz mumkin, boshlanishiga buyurtmalarni restoran va kafelarning oshxonalaridan bajarib turasiz. Bu kam miqdordagi kapital bilan biznes boshlash uchun yoʻl hisoblanadi. Minimal ravishda, ushbu jihozlarni olish tavsiya etiladi:

  • kompyuter
  • printer va boshqa ofis uskunalari
  • telefon
  • xodimlar va mijozlar uchun mebel.

Xaridorning buyurtma manziliga oziq-ovqat va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni oʻz vaqtida yetkazib berish uchun Sizga avtomobil kerak boʻladi. Shaxsiy avtomashina boʻlmasa, uni ijaraga olishni tavsiya etamiz. Siz transport kompaniyasi bilan xizmatlar koʻrsatish uchun doimiy shartnoma tuzishingiz mumkin.

 

Narx va tariflar

Bu eng qiziqarli nuqta. Turli xil narx segmentlari uchun takliflar tuzib chiqing: masalan, premium, biznes-klass, ekonom klass va boshqalar.

Shuningdek, turli tadbirlar uchun: toʻy, bolalar, korporativ va boshqa menyularni tayyorlab qoʻyish kerak. Har bir taklifning byudjeti asosida ushbu toifadagi ovqatni tayyorlaydigan shoxobchalar bilan bogʻlaning. Hamkorlarni topish oson boʻlmaydi, ammo doimiy shartnomaviy munosabatlar sizning umumiy keytering ishingizda muvaffaqiyat garovidir.

Xodimlar

Kompaniyaning xodimlari uning koʻlamiga bogʻliq. Sizga kamida quyidagi ishchilar kerak:

  1. menejer (koordinator)
  2. buxgalter
  3. ofitsiantlar va xizmat koʻrsatuvchilar (kamida 4 ta)
  4. haydovchi.

Odatda, ofitsiantlar soni maʼlum bir tadbirda mehmonlar soniga bogʻliq boʻladi. Kompaniya egasi boshlanishiga mijozlarni qidirish, shartnomalar tuzish va butun jarayonni muvofiqlashtirishni oʻz zimmasiga olishi kerak. Kelajakda sizga qoʻshimcha xodimlar, shuningdek, yurist yordami kerak boʻlishi mumkin.

Reklama kampaniyasini tashkil etish

Keytering xizmatlarini reklama qilish uchun minimal darajada sizga quyidagi tadbirlar kerak:

  • mijozlarga chegirmalar berish tizimi
  • veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlarda sahifangizni ishlab chiqish va targʻib qilish
  • qoʻshimcha chegirma uchun mijozlar fikri tizimi
  • bosma reklamarni tashkilotlarga tarqatish.

Xulosa

Barqaror buyurtmalar soni bilan doimiy xizmat koʻrsatish guruhini shakllantirish sizga foydali boʻladi. Logotip va korporativ qoidalarni ishlab chiqish, xodimlar uchun markali idishlar va libos buyurtma qilish lozim. Ushbu usullarning barchasi kompaniyaning imidjini yaratadi.

Eng muhimi — boshlab koʻrishdan qoʻrqmaslik kerak. Agar Sizda mazkur yoʻnalishga qiziqish uygʻongan boʻlsa, oʻzingizni sinab koʻrishni tavsiya etamiz.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...