Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yordam berish ishlari yangi tizim asosida tashkil...

O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yordam berish ishlari yangi tizim asosida tashkil etiladi

O‘zbekistonda xotin-qizlar faollari tomonidan muhtoj oila va fuqarolarning muammolarini kompleks o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga maqsadli yordam berish ishlari yangi tizim asosida tashkil etiladi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilishiga ko‘maklashiladigan ijtimoiy xizmatlar ro‘yxati tasdiqlanadi. Ro‘yxatdagi ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish uchun masʼul bo‘lgan vazirlik va idoralar xizmatlarni elektron shaklda ko‘rsatish bo‘yicha maʼmuriy reglamentlar ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali amalga oshiriladi.

Xotin-qizlar faoli telefon orqali muloqot, elektron manzil yoki ijtimoiy tarmoqqa kelib tushgan xabar, yashash joyiga borgan holda yoxud shaxsiy uchrashuv orqali, mutasaddi xodimlar tavsiyalari asosida xizmat oluvchining murojaatini modul orqali ro‘yxatga oladi.

Ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoj xizmat oluvchilarni birlamchi baholash va kompleks baholash orqali aniqlanadi. Birlamchi baholash jarayonida xatar darajasi (xatar yo‘q, past, o‘rta, yuqori) aniqlanadi.

Xotin-qizlar faoli murojaat sababini hamda xizmat oluvchining sharoitlarini o‘rganib, qiyin vaziyatga tushib qolish sabablarini  aniqlaydi. Birlamchi baholash shakliga zarur qaydlar kiritib boriladi hamda xizmat oluvchining holatida mavjud xatar va himoya omillari belgilab boriladi.

Birlamchi baholash davomida xizmat oluvchining hayoti, faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan xatar omillari aniqlangan bo‘lsa, bu xatarning past darajasi hisoblanadi. Bunda xizmatlar qisqa muddatli yoki bir martalik bo‘lishi, mas’ul tashkilotga yo‘naltirish bilan hal etilishi mumkin.

Xizmat oluvchining hayoti, faoliyati, sog‘lig‘i, oilasi, ishi yoki o‘qishi va ijtimoiy munosabatlarida ikki yoxud undan ortiq muammoli vaziyatlar mavjud bo‘lsa, o‘rta darajadagi xatar hisoblanadi.

Xizmat oluvchining hayotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi to‘rt va undan ortiq sohaga oid muammolar, maishiy zo‘ravonlik, shafqatsiz muomala yoki bola bilan shafqatsiz munosabat, alkogol yoki giyohvand vositalarga tobelik, axloqidagi muammolar, qonunbuzilishlari, og‘ir psixik buzilishlar, turar-joyini yo‘qotish, oilaviy nizo va notinchliklar kabi holatlar mavjud bo‘lsa, xizmat oluvchini yuqori darajadagi xatar vaziyatida deb hisoblash uchun asos bo‘ladi.

Yuqori xavf aniqlangan holda murakkab hayotiy vaziyatdagi xizmat oluvchi ehtiyojlari xotin-qizlar faoli tomonidan elektron moduldagi shakl asosida kompleks baholash orqali o‘rganiladi.

Ijtimoiy xizmatlar birinchi navbatda quyidagi toifadagi shaxslarga ko‘rsatiladi:

  • keksalar;
  • harakat faolligi cheklangan, xotirani qisman yoki to‘liq yo‘qotganlar;
  • og‘ir xastalik, davolanishi uzoq muddat talab qiladigan xastalar;
  • ruhiy kasallik va xulq-atvorning buzilishi, jumladan psixoaktiv moddalarni iste’mol qilayotgan shaxslar;
  • nogironligi mavjudlar;
  • uy-joyga muhtojlar;
  • ishsizlar;
  • kam ta’minlanganlar;
  • ota-onalarning ajralishi tufayli xulq-atvoridagi buzilishlar aniqlangan bolalar;
  • ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan tarbiyalashdan bo‘yin tovlangan voyaga yetmaganlar;
  • ijtimoiy aloqalarni yo‘qotgan, jumladan ozodlikdan mahrum etish joylarida bo‘lib qaytganlar;
  • tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganlar;
  • odam savdosi bilan bog‘liq vaziyatga tushib qolganlar;
  • yong‘in, tabiiy ofat, falokatdan jabrlanganlar.

Baholash natijalariga ko‘ra, xotin-qizlar faoli xizmat oluvchining normal hayot kechirishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish, unga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda ko‘maklashish uchun tegishli choralarni amalga oshiradi.

Ya’ni, xizmat oluvchining murojaati davomida aniqlangan muammolarni tahlil qiladi. U bilan birgalikda muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy xizmatlar rejasini ishlab chiqadi. Xizmat oluvchini ijtimoiy xizmatlardan foydalanishi uchun vakolatli tashkilotlarga yo‘naltiradi. Xizmat oluvchini muhim hayotiy va ijtimoiy ko‘nikmalarga o‘rgatadi, maslahatlar berib boradi.

Ushbu hujjat loyihasi muhokamasi 7-aprelgacha davom etadi. Xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilishiga ko‘maklashiladigan ijtimoiy xizmatlar ro‘yxati bilan quyidagi havolaorqali tanishish mumkin.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...