Bosh sahifa Blog Sahifa 147

Silk Road Samarkand majmuasida XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi

0

2-3 noyabr kunlari Italiyaning «Yevroosiyoni anglaymiz» notijorat uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi tashkil qilinadi. Tadbir Silk Road Samarkand sayyohlik markazida bo‘lib o‘tadi.

Forum biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tadbirkorlar o‘rtasida erkin muloqot, biznes aloqalar va muzokaralar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Uchrashuvlar doirasida o‘nlab mamlakatlarning xususiy va davlat kompaniyalari vakillari keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha fikr almashish imkoniga ega bo‘ladilar. Hozirgi kunda bu kabi dialoglar juda o‘rinli va muhimdir.

Ikki kun davomida mavzuviy sessiyalarda Yevropa va Osiyoning yirik kompaniyalari va moliya institutlarining yuqori lavozimdagi hodimlari, siyosat va jamoat arboblari, mutahassislar, diplomatlar, turli xalqaro va hududiy tashkilot vakillari qatnashadilar.

Forumning madaniy dasturi doirasida N.I.C.E. yangi italyan kinosi kinofestivali bo‘lib o‘tadi. U orqali tomoshabinlar 30 yil davomida Italiya kinematogrofining yangiliklari bilan tanishib kelmoqdalar. Mashhur italiyalik ijrochilar «San-Remo yulduzlari» konsertida qatnashadilar. Shuningdek, tarihiy ikki aka-uka shaharlar Florensiya va Samarqandning keramika ko‘rgazmasi tashkil qilinadi. Konsertga kirish bepul.

O‘nlab mamlakatlardan mingga yaqin odam, xususan, O‘zbekiston bilan biznes aloqalarini olib borish, o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan aloqa o‘rnatishdan manfaatdor bo‘lgan Italiyadan kelgan yirik tadbirkorlar delegatsiyasi ishtirok etishi kutilmoqda.

Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi Italiyada (Verona) 2007 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2022 yilda Ozarbayjon (Baku) tadbirning mezbon mamlakati edi. 2023-yilda esa tarixiy Samarqand shahri XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi o‘tkaziladigan joy sifatida tanlandi. U asrlar davomida Ipak yo‘lining tan olingan markazi, madaniyatlar chorrahasi, Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi bog‘lovchi rishta bo‘lib xizmat qilgan.

Forumning veb-saytida ro‘yxatdan o‘tib, bepul ishtirok etish mumkin: https://reg.forumverona.com/ru/registration

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan yosh tadbirkor Abubakr Saidov

0

Abubakr Saidov 17 yoshda. U kichkinaligidan tadbirkor bo‘lishga intilib, o‘zini biznesning turli sohalari — saqich olib sotishdan kiyim savdosigacha sinab ko‘radi.

Yosh tadbirkor maktabni bitirgach, 300 ming so‘m bilan qurt biznesiga kirib keladi. Shu tarzda 2022-yil “QurtTaw” paydo bo‘ladi.

Hammasiga qurtni yaxshi ko‘rishim sabab bo‘lgan

Qurt biznesi bilan shug‘ullanishni maktab paytlarida sinfdoshlarim bilan o‘rtoqlashib yurardim. Maktabni tugatish arafasida o‘ylab ko‘rib, ushbu biznesni boshlashga qat’iy qaror qilganman.

Yoshligimdan qurtni sevib iste’mol qilganligim uchun, odamlar unga oddiy qaytimga beriladigan narsa sifatida qarashlarini xohlamaganman. Asosiy maqsadim, odamlarni ushbu mahsulotga nisbatan fikrlarini o‘zgartirish, qurtni dunyo miqyosida tanovul qilinadigan mahsulot sifatida tanitishni xohlayman.

Oldiniga ish boshlash uchun otamdan olgan $200 pulni ishlatib qo‘yganligim sababli, qo‘shimcha dars to‘loviga berilgan pulning bir qismi — 300 ming so‘mni olib, harakat boshlashimga to‘g‘ri kelgan.

Dastlab ishni video olishdan boshlaganman. Qurtlarni assortiment qilib, chiroyli qutida, fon bilan havaskor video tayyorlab, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganman.

biznes, qurt

“QurtTaw»ni tanlashim oson bo‘lmagan. Nom yoki logotip tanlashda ko‘p o‘ylanib o‘tirmayman. Hayolimga ilk bor kelganini tanlab kelganman, ammo, noodatiy narsalarni qancha o‘ylasangiz ham topilmaydi, aksincha tasodifan, qo‘qqisdan keladi.

Oldiniga bir qancha variantlarni ko‘rib chiqdim, do‘stlarim “Tashkent Qurt” bo‘ladimi, kabi savollarni berishdi. Shunda o‘yladimki, qurt iste’mol qilish uchun insonlar ijtimoiy tarmoqlarga “qurt” deya yozib qidirishadi, odatda.

Shu sabab, birinchi so‘zga “Qurt” ni qo‘ydim, keyin Toshkent so‘zi qo‘shilsa uzunlik qiladi, uni o‘rniga qisqartma qilib “QurtTaw” deb nomlaganman. Va bu tanlovimdan hech ham afsuslanmayman.

Xodimlar. Hozirda “QurtTash»da 9 ta xodim — targetolog, sotuvchi, onlayn buyurtmalar bilan ishlovchi xodim, 2ta mobilograf, 2ta operator va 2ta kuryer faoliyat yuritadi. Ularni ish va xodim izlashga mo‘ljallangan platformadan topdim.

Operatorlarga haftasiga 800 ming so‘mdan 1,2 mln so‘mgacha, oflayn nuqtadagilarga esa 3−4 mln so‘m atrofida ish haqi to‘layman. Umuman olganda, ular foizga ishlashadi — qancha ko‘p sotishsa shuncha ko‘p pul topishadi.

Xatoyim — ularni yozib yurmasligimda

Odatda barcha ishlarimni rejali qilishga harakat qilaman, lekin hisob-kitob qilishni yoqtirmaganman. Dastlab ish boshlayotganimda ham hisob-kitob qilmasdim, buning natijasida noto‘g‘ri sarf-xarajatlar qilgan vaqtlarim ham bo‘ldi. Pul yetishmasligi, bir-birini qoplamaslik holatlari ham kuzatildi.

Bu kabi vaziyatlar, ayniqsa, biznes boshlagach 3−4 oydan so‘ng sezila boshladi. Oqibatda, biznesimni tugatishimgacha olib bordi. Bu menga katta dars bo‘lib, rejali, hisob-kitobli harakat qila boshladim. Sekin-asta hammasi o‘z yo‘liga tushib ketdi.

Ish bor joyda albatta xato va kamchiliklar bo‘ladi. Menda ham muammolar kuzatilib turadi, ularni joyida tez va oqilona hal qilishim meni ustun jihatim deb bilaman.

Ammo, xatoyim shundaki, aynan qaysi joyida qanday xato qildim va qanday yechim topganimni eslab qolmayman va bu men uchun katta minus bo‘ladi. Chunki, keyinchalik, yana shu muammoga duch kelganda, yana shu xato va yechimlarni takrorlayman.

Bu esa yomon odat, sababi, bundan dars olinmaydi va takrorlanaveradi. Biroq, katta hayotimdagi katta biznesim uchun bu xatoyimni to‘g‘irlashga harakat qilib kelmoqdaman.

biznes, qurt

Barcha qurtlarni oldin o‘zim tatib ko‘raman

Men uchun mahsulot sifati birinchi o‘rinda turadi. Shu sabab, tabiiy va toza qurtlarni anchagina so‘rab-surishtirganman. Sifatli, ishonchli, toza va yangi qurtlarni topishda bir qancha muammolarga duch kelardim.

Qurtning toza va sifatlisi eng yaxshi suzmadan tayyorlanadi. Uzoq izlanishlardan so‘ng ishonchli tayyorlab beruvchilarni topganimizdan keyin, ular bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik.

Hozirda qurtlarimizning 33 ta turi mavjud bo‘lib, doimiy ravishda 24 turiga buyurtma olib kelmoqdamiz. Bizda asosan 70% tayyor mahsulot va 30% qo‘lbola qurtlardan foydalaniladi.

Shuningdek, 4 xil sovg‘a to‘plami tayyorlanadi, narxlari — 49, 99, 120 va 150 ming so‘m. Har xil hajmdagi qutilardan mavjud: 300 gr, 500 gr, 700 gr, 1100 gr. Hozirda o‘zim turli eksperimentlar asosida qurtning yana bir qancha turlarini o‘ylab topmoqdaman.

Do‘konimiz test rejimida ishlamoqda. 2023-yil boshida sinov tarzida do‘kon ochishga qaror qildik. Joylashuv haqida uzoq o‘ylab, aholi va savdo qilishga qulay bo‘lgan savdo markazini tanladik. Hozirda bizning nuqtamiz Chilonzor tumanidagi “Atlas»da joylashgan bo‘lib, agar natija samaradorligi yaxshi bo‘lsa, yana yangi filiallar ochamiz.

Shuni aytishim kerakki, qurt savdosida joylashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, u mijozlar oqimi ko‘p — ya’ni talabalar, turli yoshdagi xaridorlar tashrif buyuradigan manzilda bo‘lishi kerak. Buning uchun auditoriyani yaxshilab o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi.

biznes, qurt

Daromadim miqdori bir xil emas

Qurt biznesi bir muncha murakkab. Bir yarim yillik faoliyat davomida shuni anglab yetdimki, bu biznesda siz nafaqat xaridor, balki, mahsulot talabiga qarab ham harakat qilish kerak bo‘ladi. Qurtlar yog‘li va yog‘siz bo‘ladi.

Qurigani sari hajmi tushib boradi va narxi ham oshadi, asosan yog‘li qurtlar hajmi sekin tushadi. Shunga qarab bizda ham narxlar oshishi va pasayishi belgilanadi, ya’ni daromadimiz doimiy bir xil emas. Misol uchun haftasiga bizda pul aylanmasi 10 mlndan 15 mlngacha boradi.

Bir oyda umumiy miqdori 800 kgdan 1 tonnagacha qurt mahsulotlari sotiladi. Buyurtmalarni asosan, sovg‘aga berish uchun, chet davlatga olib ketish va, albatta, iste’mol qilish uchun berishadi.

Ijtimoiy tarmoqlar biznesimda katta o‘rin egalladi.
Biznes boshlash oson ish emasligini, ammo, chiqqan yo‘limdan ham ortga qaytmasligim kerakligini o‘zimga bot-bot eslatib turdim. Biznesni boshlash uchun pulni sarflab qo‘yganim uchun ortiqcha mablag‘im bo‘lmagan.

Hattoki, videomaterial tayyorlash uchun qutini ham vaqtinchalikka olib turishga to‘g‘ri kelgan. Qo‘l telefonim bilan muammo yuzaga kelgan va onamning telefonlarida materiallarimni tasvirga olganman.

Video olish jarayonida ham bir qancha qiyinchiliklar bilan qarshilashganman, lekin maqsadga erishish uchun bahona emas, yechim qidirib, harakat qilganman. Shu tariqa, “Instagram” ijtimoiy tarmog‘iga 6ta videoni joyladim. “TikTok«ka joylagan ilk videomaterialim bir kunda ikki ming marta ko‘rildi va kutganimdan ko‘ra ko‘proq natija berdi. Ishimni yoqtirganim, o‘zgacha mehrim sabab barcha ishlarni nazorat qilib, ko‘nglim to‘lgunga qadar, ideal bo‘lishi uchun harakat qilaman.

Ertasi kuni videolar 37−40 ming marta ko‘rilgan. Va shu kunni o‘zidayoq qurtga 30ta buyurtma qabul qilganman. Shundan so‘ng, ishimga to‘liq ishonch hosil qila boshladim. Bugungi kunda targetdan foydalanishimiz, reklama qilishimizga qarab, bir kunda eng kamida 20ta, eng ko‘pida 45−50 tagacha buyurtmalar olinadi.

Marketingga bir kunlik foydaning 30%ini sarflaymiz. Chunki, sifatli reklama mahsulotimizni kengroq targ‘ib qilishimizda katta yordamchi bo‘lib kelmoqda. Bunda asosan, target yoqishimiz yoki blogerlar bilan hamkorlikda biznesimizni reklama qilishimiz mumkin.

biznes, qurt

Rejalar

Kelajakdagi rejalar.

Bugungi kunda videolarimiz formatini o‘zgartirish haqida o‘ylayapmiz. Chunki, hozirda dofamin ortgan, odamlar ovqat haqida video ko‘p ko‘rishadi va talab qilishadi. Shuning uchun ham ishtahani ochadigan, ko‘rganda odamni yegisi keladigan qurt haqidagi media materiallar tayyorlashni rejalashtirmoqdamiz.

Hozirda butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yganmiz. Yaqin kelajakda dunyo miqyosida ham yetkazib berishni rejalashtirganmiz, chunki, boshqa davlatlardan, Turkiya, Koreyadan ham ko‘plab buyurtmalar kelib tushmoqda.

Tengdoshlarimga. Biznes boshlamoqchi bo‘lganlarga shuni maslahat beramanki, hech qachon birinchi qadamni bosishdan, tavakkal qilishdan qo‘rqmaslik kerak. Shunchaki boshlash kerak. Qolgan narsalar, yo‘llar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib, bir-birini ulab ketaveradi.

Bu gapni oldinlari ko‘p marotaba eshitardim-u, ammo, o‘zimda sinab ko‘rmaguncha ishonch hosil qilmagan edim. Biznesda yana bir muhim narsani anglab yetdimki, inson dastlab o‘zini rivojlantirishi, o‘sishdan to‘xtab qolmasligi, qoliplashmasligi kerak. O‘zini yangilasa, biznesi ham yangilanadi. Eng asosiysi, o‘zingizga bo‘lgan ishonchingizni mustahkam qiling — barchasini uddalaysiz.

Humans Group asoschisi Vladimir Dobrinin tavsiya etgan 9ta kitob

0

Tadbirkor o‘zining notinchlikka moslashishiga va hatto eng qiyin biznes dilemmalariga yechim topishiga yordam beradigan sevimli kitoblarini Spot bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekistonda fintex-superappini ishga tushirish, AQShda HR platformasini yaratish, “YOTA” kompaniyasini boshqarish, telekommunikatsiya mahsulotlarining global tarmog‘ini ilgari surish — Vladimir Dobrinin doimo texnologiya, marketing va kommunikatsiyalar tutashgan loyihalarga qiziqib kelgan.

U noldan boshlab telekom startaplarini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi va kamida 13ta mamlakatda sanoat rivojiga poydevor yaratdi.

“Humans” asoschisi va rahbari yangi bozorlarni o‘rganishda davom etmoqda va kompaniya ofislari butun dunyo bo‘ylab — Varshavadan Toshkentgacha tarqalgan. Sayohatlar davomida o‘qish uchun ko‘p vaqt bo‘lmaydi, shuning uchun ham Dobrinin kitob tanlashda diqqat bilan yondashadi.

“Men kitoblarning elektron versiyasini afzal ko‘raman. Smartfonimga bir nechta kitoblarni yuklab olganman. O‘zim bilan og‘ir jildlarni olib yurishdan foyda yo‘q — yengil sayohat qilaman. Bu mantiqan va ekologik jihatdan qulay”, — deydi Vladimir.

“Bir oyda bir yoki ikkita kitob o‘qishga harakat qilaman — ko‘pincha vaqtim bo‘lmaydi. Shu bilan birga, nobadiiy adabiyotga ham murojaat qilaman — klassik asarlar ba’zan biznesdagi qiyin dilemmalarni hal qilishga va odamlarning motivlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. O‘zimni o‘qishga majburlamayman va kun tartibimga „50 sahifa o‘qish“ vazifasini qo‘shmayman. Asosiysi, kitob har doim qo‘lingizda va vaqt ham topiladi”, — ta’kidlaydi u.

Vladimir o‘zining har qanday faunderning turbulentlikka moslashishiga va hatto eng qiyin biznes dilemmalariga yechim topishida yordam bera oladigan sevimli kitoblarini “Spot” bilan bo‘lishdi.


“Bu ishlamaydi. Asoschisi tomonidan so‘zlab berilgan Netflixning yaratilish tarixi”, Mark Rendolf

“Netflix»ning muvaffaqiyatga erishish yo‘lini oddiy deb atash mumkin emas va bu nafaqat kitobning nomi, balki uning boblari bilan ham ochib berilgan: “Falokat”, “Men o‘zimga ishonchni yo‘qotyapman”, “Kamarlarni mahkamlagan holda” — bu his-tuyg‘ularni biznesini endi boshlagan har bir kishi juda yaxshi tushunadi.

Randolf quruq “muvaffaqiyatli muvaffaqiyat” darajasiga tushmasdan, qiymati $200 mlrdga yaqin bo‘lgan kompaniyaning muvaffaqiyat tarixini aytib berishga erishgan.

Ammo, shu bilan birga, muallif ranglarni bo‘rttirib yoki oshirib ko‘rsatishga harakat qilmaydi. Nima uchun? “Netflix” hikoyalari shundoq ham yetarli dramaga ega edi. Avvaliga hech kim sizning fikringizga ishonmaydi va uni mutlaqo kulgili deb biladi, undan keyin, bozorni raqobatchilar bosadi va har kuni omon qolish uchun kurash bo‘ladi.

Bugungi kunda bunga ishonish qiyin, lekin “Netflix” ko‘p jihatdan o‘z vaqtidan oldinda edi — foydalanuvchilarning obuna striming xizmatidagi kontent uchun pul to‘lashga odatlanishlari uchun bir necha yil kerak bo‘ldi.

“Humans»da yangi odatlarni rivojlantirish ustida ham ishlayapmiz — O‘zbekistonda fintex sanoati endigina jadal rivojlanmoqda, mahalliy bozor realligida superapp modeli eksperimental va innovatsion hisoblanadi. Shu sabab ham Randolf kechinmalarini tushunaman va o‘sish bosqichidagi barcha startap asoschilariga kitobni tavsiya qilaman.

humans uz, kitoblar tavsiyasi


“O‘rmon qiroli”, Mishel Turnye

Bunda ikkinchi jahon urushi davridagi fransuz kollaboratsionisti Avel Tiffoj hikoya qilinadi. Aqldan ozgan “missiya” tomonidan asirlangan va ko‘r bo‘lgan bosh qahramon ketma-ket ravishda axloqiy yo‘nalishni yo‘qotadi — bularning barchasi tizimdagi ahamiyatsiz vint emas, balki tarix va taqdirlarni hal qiluvchi kabi his qilish uchun sodir etiladi.

Roman, ayniqsa, arzimagan bo‘lsa ham, kuch-qudrat ato etilganda, insonga tanlov qilish qanchalik qiyinligini yana bir bor eslatib turadi.

“O‘rmon qiroli»ni har bir rahbar o‘qishi kerak. Bu bizni muayyan qarorlar qabul qilishga nima majbur qilishi, qanday motivlar va ular qanday oqibatlarga olib kelishi haqida yana bir bor o‘ylab ko‘rishga undaydi. Turnyening jimjimador yozish uslubini ta’kidlamasdan ilojim yo‘q — bosh qahramon olamiga sho‘ng‘ish qiyin, ammo undan o‘zingizni olib chiqa olmaysiz.

humans uz, kitoblar tavsiyasi


“Umumiy xatoliklar kitobi”, Jon Lloyd, Jon Mitchinson

“Umumiy yanglishliklar kitobi” faqat bir qarashda do‘stlar bilan suhbatda ko‘rsatish uchun qiziqarli faktlar to‘plamiga o‘xshaydi. Biroq, bu ensiklopediya emas — mualliflar biz javobini bilamiz deb o‘ylantiradigan oddiy savollarni to‘plashgan.

Ammo har bir yangi bobda siz o‘zingizning johillik ko‘lamingizni tushunasiz va bu ilhomlantiradi. Siz o‘zingizning “ojiz nuqtalaringizni” ko‘proq seza boshlaysiz va umumiy e’tiqodlarni shubha ostiga qo‘yasiz.

 


“1984”, Jorj Oruell

“Molxona” muvaffaqiyatidan so‘ng, Oruell “Yevropadagi so‘nggi odam” antiutopik asarini oldi (dastlab “1984″ni shunday nomlamoqchi bo‘lgan). 40-yillarda ingliz yozuvchisiga Cherchill, Ruzvelt va Stalinlar dunyoni bo‘lish rejasini tuzayotgandek tuyulardi. Tarixiy kontekst Oruell romanida tasvirlagan koinot — hamma narsa unda ko‘ringani kabi bo‘lmaydigan to‘liq kuzatuv va nazorat dunyosini shakllantirdi.

Katta og‘a, fikr politsiyasi, yangi nutq — bu tushunchalar hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ehtimol, so‘nggi 70 yil ichida romanni o‘qigan har bir kishi beixtiyor kitobdagi voqealarni o‘sha davrdagi voqelik bilan bog‘lab, o‘xshashliklarni payqamay qolmagan.

Ishonchim komilki, antiutopiyani hamma, ayniqsa menejerlar o‘qishi kerak — u hushyor qiladi va tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Shuningdek, asar vazifalarni topshirish va ba’zan nazoratni qo‘yib yuborish qanchalik muhimligini eslatib turadi, aks holda kompaniya “1984″dagi totolitar davlatning bosh direktori “Katta og‘a” obrazidagi miniatyuraga aylanadi.

humans uz, kitoblar tavsiyasi


“Atirgul ismi” hoshiyalaridagi eslatmalar» Umberto Eko

“Atirgul ismi” kitobi izidan nashr etilgan mazkur izohlar kitobi postmodern romanni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Umberto Eko syujet ustida qanday ishlagani, asarni qanday tuzgani, nega o‘rta asrlarni voqealar markazi sifatida tanlagani va nima uchun detektiv hikoyani olgani (spoyler — “metafizik dahshat” tuyg‘usini yaxshiroq yetkazish uchun) haqida gapirib beradi.

“Atirgul ismi»ga ajoyib ilova nafaqat asl romanni yaxshiroq tushunishga yordam beradi, balki Ekoning o‘zi — mantiqiy zanjirlarni qanday qurishi, qanday falsafiy tushunchalarga tayanishi, nimaga ishonishi va nimani shubha ostiga qo‘yishi haqida fikr yuritadi.

Asarda yozuvchi va muallif o‘rtasidagi dinamika mavzusidagi mulohazalar tasvirlangan — ular o‘rtasidagi munosabatlar kompaniya va iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir — b2c’ga o‘xshaydi. Va Eko o‘yin-kulgi va sifat o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida gapiradi — ommaviy mahsulot sifatli bo‘lishi mumkinmi? Agar dastur millionlab odamlar tomonidan yuklab olinsa, lekin keyin voz kechilsa, uni muvaffaqiyat deb atash qiyin. Ammo ma’lum bir muammoni hal qilish uchun unga qayta-qayta qaytsalar, siz maqsadingizga erishgan bo‘lasiz.


“Frikonomika. Bezori iqtisodchi va jasur jurnalist dunyodagi hamma narsaning yashirin sabablarini o‘rganishmoqda” Stiven J. Dubner, Stiven Levitt

“Frikonomika” iqtisod darsligidan ko‘ra “Umumiy xatoliklar kitobi” bilan ko‘proq o‘xshashlikka ega. Mualliflar ushbu sohaga hech qanday aloqasi bo‘lmagan masalalarda “iqtisodiy iz»ni o‘rganishadi. Masalan, Ku-kluks-klan va rieltorlar o‘rtasida qanday o‘xshashlik bor? Klikbeyt savol aslida bozor va reputatsiyaning qanday ishlashi haqida chuqur fikr yuritishni yashiradi.

“Frikonomika” sizni aniq bo‘lmagan munosabatlarni ko‘rishni o‘rgatadi. Mualliflar biznesda har bir kichik narsa muhim ekanligini eslatib turadi. Jonli til, ixchamlik, boy o‘ziga xoslik — kitob bir nafasda o‘qiladi.

Asarni tadbirkor va atrofdagi dunyoni biroz yaxshiroq tushunishni va narsalar mohiyatiga chuqurroq kirib borishni istagan har bir kishi uchun o‘qish foydalidir.

humans uz, kitoblar tavsiyasi

 


“Bozor boshqaruvi: iste’molchidan marketing” Rojer Best

Talabga ega bo‘lgan mahsulotlarni yaratishga intilayotgan va o‘z noto‘g‘ri tushunchalari tuzog‘iga tushib qolishni istamaydigan har bir tadbirkor uchun qo‘l ostidagi kitob hisoblanadi. Rojer Best kitobda bitta g‘oyani ilgari suradi — biznes muammoni topadigan yechimni yaratmaydi. Aksincha, foydalanuvchining ehtiyojlari, istaklari va odatlaridan kelib chiqib harakat qilish zarur. Kitobda — ijtimoiy tarmoqlarda kompaniya haqidagi salbiy sharhlar bilan qanday kurashish, kraudsorsing va qiruvchi-brendlarning ishlashi haqida marketing keyslari va chellenjlar jamlangan.

Best yosh va tajribasiz mutaxassislar uchun atamalar, o‘lchovlar va mexanika bilan tanishtiruvchi marketing darsligini yozgan, ammo hatto tajribali menejer ham “iste’molchidan marketing»dan juda ko‘p foydali narsalarni o‘rganishi mumkin. Masalan, muallif mahsulot “asirlari” — turli sabablarga ko‘ra raqobatchiga o‘tmaydigan norozi foydalanuvchilar haqida gapiradi.

Yangi formatdagi raqamli banklarni “chellenjerlar” deb atashlari bejiz emas — ular o‘z iste’molchilarini “asir” qilib, yillar davomida o‘zgarmagan raqobatchilarning kuchini sinab ko‘rishadi. Fintexda foydalanuvchiga juda kam erkinlikka ega bo‘lgan sohada tanlash huquqini berish uchun eski mahsulotlar va o‘rnatmalarga qarshi kurashamiz.


“O‘lik jonlar”, Nikolay Gogol

Bu kitob menga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, shubha va ma’no izlash lahzalarida nima muhimligini eslatadi va bu boqiy klassikaning qudrati — o‘tgan davrlar romanlaridagi kechinmalar va saboqlar bugungi voqelikka osongina ko‘chiriladi. “O‘lik jonlar” realizm va ramziylikni o‘zida mujassam etgan, o‘z davridan qat’i nazar, Rossiya aholisining xarakteri va munosabatini aniq tasvirlab bergan.

Bosh qahramon: ayyor tadbirkor Chichikov axloqiy biznes bilan shug‘ullanmaydi: u yer egalaridan taftish ma’lumotlariga ko‘ra tirik deb hisoblan o‘lik dehqonlarni oladi. Bu foyda beruvchi murakkab sxema, ammo qanday qiymatda? Ruhlarni sotib olish va garovga qo‘yish mumkinmi?

Tadbirkorlik drayvi va ambitsiyalari mahluqlarni yaratishi mumkin. Gogolning boshqa asarlari singari roman bir o‘lchovli emas — u ziddiyatlar, sirlar, tasavvuf va metaforalarga to‘la bo‘lib, hozirgacha ular haqida bahsli munozaralar mavjud. Shuning uchun, “O‘lik jonlar»ni yangi nyuans va ma’nolarni topish uchun qayta o‘qish zavq bag‘ishlaydi.

humans uz, kitoblar tavsiyasi


“Antimo‘rtlik. Xaosdan qanday foyda olish mumkin”, Nassim Taleb

2000-yillarning boshlarida Nassim Taleb “qora oqqushlar” g‘oyasi — to‘satdan odatiy jarayonni buzadigan, oldindan aytib bo‘lmaydigan hodisalarni ommalashtirdi. Vaqt o‘tishi bilan biz cheksiz “qora oqqushlar” davrida yashayotganimiz ma’lum bo‘ldi va yangi voqelikka moslashish vaqti keldi.

Antimo‘rtlik — taqdirning yana bir zarbasini olishga tayyorlik — bozorning qulashi, pandemiya yoki global miqyosdagi harbiy mojaro hisoblanadi.

Taleb turbulentlik davrida kompaniyaning barqaror bo‘lishiga yordam beradigan taktikalarni ketma-ketlikda tahlil qiladi. Larzalarga tezda javob berish va ularda afzalliklarni topish qobiliyati mo‘rtlikka qarshi kurashning asosiy tamoyilidir. Bu global falokatlardan foyda olish bilan bog‘liq emas, aksincha, biznes faunderi zavqlanishni o‘rganishi kerak bo‘lgan bozor “roller coaster»i haqida. Taleb aytganidek, yaqinlashib kelayotgan o‘limning eng yaxshi bashoratchisi judayam barqaror yurak ritmidir.

Biznes-rejani qanday to‘g‘ri tuzish mumkin? Qo‘llanma

0

Yaran Consulting buxgalterlik kompaniyasi hammuassisi Yevgeniya Son Spot’ga ichki foydalanish uchun biznes-rejani mustaqil ravishda qanday tuzish, bunda nimalarga e’tibor berish va u qaysi bo‘limlardan iborat bo‘lishi kerakligi haqida so‘zlab berdi.

Biznes-rejalar turli xil bo‘ladi: ba’zilari tadbirkorning o‘zi uchun, boshqalari investorlar, yana biri esa bankdan kredit yoki subsidiya olish uchun tuziladi. Biznes-reja oddiy yoki batafsil tuzilgan bo‘lib, bir necha o‘nlab sahifalardan iborat bo‘lishi mumkin.

Internetda ko‘plab bepul tayyor hujjatlarni topish mumkin, ammo ulardan asosan shablon yoki biznesning notanish sohasini o‘rganish uchun foydalanish mumkin.

“Yaran Consulting”buxgalterlik kompaniyasi hammuassisi Yevgeniya Son “Spot»ga ichki foydalanish uchun biznes-rejani mustaqil ravishda qanday tuzish, bunda nimalarga e’tibor berish va u qaysi bo‘limlardan iborat bo‘lishi kerakligi haqida so‘zlab berdi.

Yevgeniya Son,

auditor, “Yaran Consulting” buxgalterlik kompaniyasi hammuassisi.

Biznes-reja nafaqat biznesni tushunishga va o‘ylab topishga yordam beradi, balki tizimli tarzda harakat qilish va fikrlashga undaydi.

Biznes-reja yo‘qligi sababli tadbirkorlar ko‘pincha bir vaqtning o‘zida bir nechta narsalarni o‘z zimmalariga oladilar va izchil harakat qilmaydilar.

Natijada yuzta kompaniyadan faqat bittasi o‘zining birinchi yilida omon qoladi.

Biznes-rejada nima albatta bo‘lishi kerak:

  • mahsulot tavsifi va biznes modeli;
  • bozor va raqobatchilar tahlili;
  • mijozlarni tahlil qilish, maqsadli auditoriya;
  • targ‘ib va sotish rejasi;
  • xodimlar;
  • moliyaviy reja;
  • tashkiliy ish rejasi.

Mahsulot tavsifi va biznes modeli

Ushbu qismda siz ishlab chiqarishni rejalashtirgan mahsulot yoki xizmatni iloji boricha batafsil tavsiflashingiz kerak. Asosiy, o‘ziga xosliklarni tavsiflash tavsiya etiladi: tarkibi, o‘rami va boshqalar. Shuningdek, biznes modelining o‘zi, ya’ni siz mahsulotni qanday ishlab chiqarasiz va undan daromad ko‘rishingizni tavsiflashingiz kerak.

Misol uchun, agar men buxgalter bo‘lsam, bir necha usulda pul ishlashim mumkin:

  • boshqa kompaniyalar uchun buxgalteriya xizmatlarini ko‘rsatish;
  • buxgalteriya hisobini o‘rgatish;
  • soliq masalalari bo‘yicha buxgalterlarga maslahat berish.

Ushbu faoliyat turlarining har biri butunlay boshqacha maqsadli auditoriyaga, sotish usullari va xodimlarni talab qiladi.

Va agar aniq nima qilish kerakligi haqida shubha bo‘lsa, har bir faoliyat turi uchun biznes-rejani tuzish mumkin.

Bozor va raqobatchilar tahlili

Avvalo, mahsulotingiz uchun bozor, raqobatchilar bor-yo‘qligini, odamlar sizning mahsulotingizni sizning narxingiz bo‘yicha sotib olishga tayyor yoki yo‘qligini tahlil qilish kerak.

Ba’zida tadbirkorlikka endi kirib kelayotganlar mahsulotning o‘xshashlari, raqobatchilar yo‘qligini aniqlashlari mumkin.

Ammo bu ham tashvishli signaldir: ehtimol mahsulot bozorga kerak emasdir. Va agar mahsulot bozorda yangi bo‘lsa, kelajakdagi mijozlarni mahsulot bilan tanishtirish uchun marketing xarajatlariga ko‘proq pul sarflash kerak bo‘ladi.

Ikkinchidan, raqobatchilaringiz bilan tanishing: ular kim, biznes modeli qanday, ularning “fishkasi” nimada va siz ulardan qanday yoki nima bilan farq qilasiz. Ehtimol, bu yetkazib berish, buyurtma berish uchun qulay dastur, maxsus xizmat va boshqalardir.

Mijozlarni tahlil qilish va maqsadli auditoriya

Ushbu bo‘limda siz kimning muammosini hal qilayotganingiz va ular sizga haq to‘lay olishini tushunishingiz kerak.

Keling, misolimizni olaylik: biz buxgalteriya hisobi bo‘yicha kurslarni ochdik. Maqsadli auditoriyani ko‘rib chiqish mumkin, ular — kasb bo‘yicha asosiy bilimlarni olishni xohlaydigan talabalar, maktab va kollej bitiruvchilari. Bu unchalik to‘lov qobiliyatiga ega auditoriya emas, lekin ular juda ko‘p.

Yoki maqsadli auditoriya sifatida moliyaviy hisobot haqida ko‘proq tushunishi kerak bo‘lgan rahbarlarni ko‘rib chiqish mumkin. Bu auditoriya ancha to‘lov qobiliyatiga ega.

Ikkala holatda ham mutlaqo boshqa kurslar bo‘ladi: turli xil materiallar taqdimoti, turli darajadagi o‘qituvchilar, turli marketing strategiyalari.

Targ‘ib va sotuv rejasi

Loyihani yoyish rejasini tuzish bosqichida siz nima qilish, undan qanday pul ishlash va mijozlaringiz kimligini tushunasiz.

Shuni hisobga olib, siz reklamani qayerga joylashtirishingiz, u shakl va mazmunan qanday bo‘lishi kerakligi haqida o‘ylab chiqasiz.

Keling, o‘zimizni misol qilib olaylik: maqsadli auditoriyamiz talabalar bo‘lsa, jamoat transportida reklama joylashtirishimiz mumkin, va’damiz esa kasb-hunar egallash bo‘ladi.

Agar auditoriya rahbarlardan iborat bo‘lsa, unda biz biznes markazlari va biznes-klublarda faolroq bo‘lamiz va bizning va’damiz — puxta o‘ylangan boshqaruv qarorlari orqali daromadni oshirishdir.

Ushbu bo‘limda qachon va qancha mijozlarni jalb qilish mumkinligini rejalashtirish ham juda muhimdir. Savdo rejasi nafaqat tartiblaydi, balki moliyaviy rejalashtirish bo‘limida hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi.

Xodimlar

Xodimlar qismida quyidagilar haqida o‘ylash kerak:

  • sizga aynan kim kerak: lavozimlar, ish vazifalari, malaka darajasi;
  • kim doimiy asosda ishlaydi va kerak bo‘lganda kimni jalb qilasiz yoki ishning bir qismini autsorsga topshirasiz;
  • ish haqi, soliqlar, ish joylarini tartibga solish xarajatlari.
  • Agar siz sheriklar bilan biznes boshlayotgan bo‘lsangiz, unda mas’uliyatni o‘zaro taqsimlash muhimdir: kim qaysi sohalar uchun javobgar, kutilgan natijalar va ish uchun to‘lov.

Moliyaviy reja

Har bir bosqichda siz investitsiya qilishni rejalashtirgan miqdorlar haqida ma’lumot to‘plash kerak.

Keling, misolimizni olaylik: biz biznes modeli — o‘quv markazi haqida qaror qabul qilganimizda hisob-kitob qilishimiz kerak:

  • bino, mebel, jihozlarni sotib olamizmi yoki ijaraga olamizmi;
  • bizga qanday tarqatma materiallar kerak va ular qancha turadi.

Barcha ma’lumotlar to‘plangandan so‘ng, biz bir nechta hisob-kitoblarni amalga oshirishimiz kerak:

  • kurs, soat, konsultatsiya, mahsulot narxini hisoblash — bizga narxlarni belgilashda yordam beradi;
  • moliyaviy natijalar rejasi — biz birinchi foydani qachon kutayotganimizni ko‘rsatadi;
  • pul oqimi rejasi — oylar va haftalar kesimida bizga qancha pul kerakligini ko‘rsatadi.

Tashkiliy ish rejasi

Ushbu bosqichda siz barcha kerakli ma’lumotlarni to‘pladingiz, biznesingiz qanday va qayerga rivojlanishini, loyihaga qancha pul sarmoya qilish kerakligini tushunasiz.

Va bu, ehtimol, eng qiyin va qiziqarli bosqich, chunki siz tadqiqotdan harakatga o‘tasiz.

Tashkiliy ish rejasi har bir kun, oy, chorak va yil uchun bosqichma-bosqich rejadir — biznesingizni boshlash va rivojlantirish uchun siz qiladigan hamma narsa.

Biznes-rejaga ega bo‘lish biznesning muvaffaqiyatini kafolatlamaydi, lekin u, albatta, omon qolish imkoniyatini bir necha o‘nlab marta oshiradi.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora qabul qilinadi

0

Prezidentning “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

2024 yildan boshlab bir yil davomida eksperiment tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan paxta va g‘alla maydonlari lazerli qurilmaga ega tekislash agregatlari bilan tekislanganda har bir gektar yer maydonga O‘zbekiston respublika budjetidan 3 mln so‘mdan subsidiya mablag‘lari ajratiladi.

Bunda, respublika budjetidan lazer uskunali yer tekislagichlar bilan tekislash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya mablag‘lari har bir konturga faqat bir marta ajratiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024 yildan boshlab davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi korxonalari lazerli qurilmaga ega tekislash agregatlari bilan yerlarni tekislash tadbirlarini moliyalashtirish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi budjetida tegishli mablag‘larni rejalashtiradi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi korxonalariga lazerli qurilmaga ega tekislash agregatlari bilan yerlar tekislanganda har bir gektar yer maydonga 3 mln so‘mdan subsidiya ajratish tartibini ishlab chiqib tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 2023 yil 1 noyabrga qadar lazer uskunali yer tekislagichlar bilan 2024 yilda amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari va yer maydonlarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlaydi.

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan qirg‘izistonlik tadbirkor Olga Vidishcheva

0

Nyu-Yorkdagi “Shoptiques” kompaniyasining asoschisi Olga Vidishcheva 2003-yilda 17 yoshida Qirg‘izistondan AQShga ko‘chib boradi. Dastlab yapon restoraniga ofitsiant sifatida ishga kiradi.

AQShga borgan vaqtida umuman ingliz tilini bilmagan Olga yarim yildan so‘ng TOEFL imtihoniga tayyorlanishni boshlaydi. Restoranda uch oy ishlab topgan 4000 dollarini o‘qish uchun sarflaydi.

Ikkinchi yilda Uellsli kollejida o‘qiydi va bir vaqtning o‘zida model sifatida ishlaydi. Iqtisodiyot va matematika sohasida diplomga ega bo‘lgach, “Goldman Sachs” kompaniyasida investitsiya tahlilchisi sifatida ishlay boshlaydi.

Keyinchalik Garvard biznes maktabida biznes boshqaruvi bo‘yicha o‘qiydi. 2009-yilda Olga internetda topib bo‘lmaydigan butiklarning buyumlarini sotish bo‘yicha loyiha ustida ishlay boshlaydi va 2011-yilga kelib o‘z loyihasini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lib, hamma joyda ham topib bo‘lmaydigan buyumlarni sotuvchi saytni ishga tushiradi.

2013-yilda “Shoptiques”ning daromadlari 300 ming dollarni, 2014-yilda esa 3 million dollarni tashkil qiladi. 2017-yilda saytda o‘z buyumlarini sotuvchi butiklar soni Nyu-York va Bostondagi 25 tadan 12 ta mamlakatdagi 5000 taga oshadi.