Bosh sahifa Blog Sahifa 148

Asaxiy va Asaxiy Books asoschisi Firuz Allayev tavsiya qilgan 5ta kitob

0

Firuz Allayev fikrlashni o‘zgartiruvchi, dunyoga boshqacha nazar bilan qarashga undovchi, murakkab iqtisodiyotni sodda tilda tushuntiruvchi, tadbirkorlikda muhim hisoblanadigan kitoblarni Spot bilan bo‘lishdi.

Firuz Allayev 1989-yil Buxoroda, o‘qituvchilar oilasida tavallud topadi. Avval O‘zbekiston jahon tillari universitetining tarjimonlik fakultetida, so‘ngra Fransiyadagi Xalqaro siyosiy tadqiqotlar institutida ta’lim oldi.

U O‘zbekistonga qaytgach 2014-yil “Asaxiy”, 2018-yilda esa kitoblarga bo‘lgan muhabbati sababli “Asaxiy Books” loyihasini yo‘lga qo‘yadi.

Firuzning kitobga mehri bolaligidan uyg‘ongan. Buni u uyda doim hamma mutolaa bilan mashg‘ul bo‘lgani uchun deb hisoblaydi. Bu odat bugungi kungacha davom etib kelmoqda.

“Ochig‘i, kitob o‘qimaydigan kunim yo‘q — bu o‘sib rivojlanishimizda juda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga „Asaxiy Books“ loyihasi uchun ham kitob o‘qishga majburman, desam ham bo‘ladi”, deydi u.

Hozirda tadbirkorning ishi, asosan, ilmiy ommabop, biznesga doir asarlar o‘qishni talab qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, biznesga doir kitoblarni o‘qiganda tadbirkor o‘z ishiga chetdan qarab, fikrlar olishni boshlaydi, vaziyatni solishtiradi. Shuningdek, biznesdagi yechimlarni ko‘rib, ishdagi muammolarni hal qilishga g‘oya tug‘iladi.

“Shuning uchun ham har bir tadbirkor bu kabi kitoblarni o‘qishi kerak. Bu fikrlarni tartibga solish, o‘zini, biznesini yaxshiroq tushunish, mushohada qilish uchun ham juda muhim”, deydi Allayev.


“Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab fanning sodda qiyofasi”, Charlz Uilan

Jamiyatimizda iqtisodiyotga doir fundamental bilimlardan ko‘ra, stereotiplar ko‘p. Masalan, dollar ishlab chiqarib, dunyoni boshqarish mumkin, yoki valyuta miqdori (kursi)ni kimdir belgilashi, yoki ko‘pchilikning narx-navo oshishiga sabablarni noto‘g‘ri tushunishlari haqida.

Bu kitobda esa Charlz Uilan iqtisodiyotga doir bilimlarni birma-bir asoslab, juda sodda tilda mantiqan tushuntirgan. Uni o‘qigan odam dunyodagi iqtisodiy o‘zgarishlarga boshqacha ko‘z bilan qarashni hamda boshqacha tahlil qilishni boshlaydi va yaxshiroq tushunadi.

Iqtisodiyot hayotimizning asosi. Hayotimiz iqtisodiyotdan iborat bo‘lganligi uchun ham hammaga: talabalar, iqtisodiyot universiteti talablari, mutaxassislarga, umuman, barchaga bu kitobni tavsiya qilaman.

Ayniqsa, hozirgi moliyaviy piramidalarga ishonadigan, moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladiganlar iqtisodiy tomondan bilimlarga ega bo‘lishi uchun ham bu kitob muhim.

books, firuz allayev, kitoblar, kitoblar tavsiyasi


“Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin”, Piter Til

Bu kitobni startap yaratmoqchi bo‘lgan va startap amalga oshirgan odamlar o‘qib, dunyoning eng yaxshi investorlaridan, boshqaruvchilardan, tadbirkorlaridan birining bilimlarini oladi.

Ya’ni kitob startaplarni yaratish, boshqarish, zamonaviy biznesga asos solish va uni rivojlantirish tomondan juda yaxshi, asosli tushunchalar bergan. Biznesda keskin burilish yasagan voqealar hayotiy misollar bilan tunushtirib berilgan.

Va bu kitobda aytilgan narsa hatto, Stenford universitetida ma’ruza qilib o‘qilgan. Tadbirkorlikka qiziqqan hammaga ushbu asarni tavsiya qilib qolaman.


“FactFulNess”, Hans Rosli

O‘quvchini faktlar asosida fikrlashga o‘rgatadigan ushbu kitob, dunyo biz o‘ylaganimizdan yaxshiyammas, yomon ham emas, aslida faktlarga asoslanib ishlab, fikr yuritsak, reallikka asoslanib yashasak hayotimiz yanada yaxshi bo‘lishi haqida.

Bu kitobni Bill Geyts ham tavsiya qilgan. O‘zim asarni o‘qib tugatgandan keyin, ba’zi davlatlar haqida, o‘zimizdagi muammolar haqida fikrlarim o‘zgargan. Haqiqatdan ham, dunyoga, atrofga, voqealarga, OAV da ketayotgan ma’lumotlarga boshqa ko‘z bilan qarashni boshlaganman.

O‘qigandan keyin dunyoga boshqa ko‘z bilan qarata oladigan kitob deb ayta olaman va tavsiya qilaman.

books, firuz allayev, kitoblar, kitoblar tavsiyasi


“Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do‘kon tarixi”, Toni Shey

“Asaxiy” O‘zbekistonda ilk marotaba ochilgan internet do‘kon, o‘zimizni tilda aytganda, otaxon internet do‘konmiz. Va bu kitobni faoliyatimiz uchun ham juda muhim, desak bo‘ladi.

Chunki, uni qayta qayta o‘qib, kompaniya qanday rivojlanishi, moliyaviy muammolarni qanday yechishimiz, jamoani qanday shakllantirish kerak, qanday qilib korporativ madaniyatni rivojlantiramiz, xodimlarning rivojlanishi nima uchun muhim va shu kabi savollarga javob topamiz.

“Asaxiy” internet do‘konini Buxorodan kelib, shu darajaga chiqargan bo‘lsak, ushbu kitob Osiyolik migrant bola Toni Shey milliard dollarlik internet do‘kon yaratib, oxirida “Amazon»ga sotilishi bilan tugaydi.

Afsuski, Toni Sheyning umri uzoq bo‘lmaydi — 2020-yilda olamdan o‘tadi. Lekin u asos solgan menejment, boshqaruv tizimi hozirgacha dunyoning ko‘plab kompaniyalari uchun namuna bo‘lib kelmoqda. Chunki hozirgacha uni dunyoning eng kuchli menejerlaridan biri, deb bilishadi.


“Stiv Jobs”, Uolter Ayzekson

Uolter Ayzekson biografiya yozish bo‘yicha AQShda va dunyoda eng kuchlilardan bittasi hisoblanadi. Yozuvchining Benjamin Franklin, Eynshteyn, Kissinjer, Stiv Jobslar haqida kitoblari chop etilgan va yaqinda Ilon Mask haqida yozgan biografik asari chiqdi.

Uolter Ayzekson Stiv Jobsning shaxsiyatini turli xil tomondan o‘rgangan. uning yaxshi, yomon tomonlari haqida gapirgan. Kitobni o‘qish jarayonida otasi, onasi tashlab ketgan bola qanday qilib dunyoning eng katta kompaniyasiga asos solgani ko‘rsatib berilgan.

O‘qib o‘rganib, tahlil qilinsa, inson o‘zi uchun juda ko‘p narsalarni oladigan, qiziqarli kitob. Hayotning qanday murakkab ekanligini, biz ko‘rgan reklamadagi voqealar aslida boshqachaligini, hech narsa o‘z o‘zidan bo‘lib qolmasligini, kompaniya yillab mehnat, yillab kurashlar asosida shakllanishini tushuntiradigan asarlardan biri.

Boshqa tomondan ushbu biografik asar tadbirkorlarga shaxsiyat beradigan kitoblardan hamdir.

Stiv Jobsni ham, “Apple»ni hamma biladi, u qilgan texnik revolyutsiyalarni hech kim rad etmaydi. Shu tomondan jahondagi eng mashhur tadbirkorlardan, innovatorlardan biri haqidagi kitobni xolisona o‘qish barcha juda qiziqarli bo‘ladi, deb o‘ylayman.

books, firuz allayev, kitoblar, kitoblar tavsiyasi

Biznes tarixi: 20 yevro bilan boshlangan Zara brendining yaratilishi

0

Mazkur materialda brendning qanday paydo bo‘lgani, uni rivojlanish tarixi hamda bugungi kundagi faoliyati haqida ma’lumotlar berilgan.

Har qanday biznes loyihaning, turli brendlarning o‘z tarixi bor. Bugungi kungacha bosib o‘tilgan yo‘l, loyihadagi keskin burilishlar hamda muvaffaqiyatli qadamlar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.

“Spot” “Biznes tarixi” sahifasini davom etadi. Bu gal moda olamida o‘z nomiga, o‘z o‘rniga ega — “Zara” brendining tarixiga nazar tashlaymiz.

Uning bugungi kungacha qanday shakllangani, qanday jarayon va yo‘llardan o‘tgani ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi mumkin.

Brend asoschisi

Amansio Orteganing 1936-yil 28-martda tug‘ilganIspaniyaning kichik Busdongo de Arbas shahrida yashagan.

biznes tarixi, zara

Amansiodan tashqari oilada yana uchta farzand bor edi. Ular zo‘rg‘a kun kechirishardi, chunki otasi temir yo‘lda oddiy xodim bo‘lib ishlagan va onasi nemis moliyachilarining boy oilasida xizmatkor bo‘lgan.

Ba’zan oila hatto mahalliy do‘kondan kreditga oziq-ovqat sotib olishga majbur bo‘lardi.

Keyin Ortega vaziyatning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaror qildi va oilasiga yordam berish uchun maktabni tashladi.

Buning uchun u ko‘ylak tikish atelyesiga yetkazib beruvchi bo‘lib ishga kirdi.

Amansio 13 yoshga to‘lganda, oilasi bilanLa Korunyaga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi. U erda Amansio “La Mala” attoriya do‘koniga ishga kirishga muvaffaq bo‘ldi, u yerda akasi Antonio va singlisi Pepita ishlar edi.

Avvaliga Ortega matolarni bukish vazifasini bajarardi, keyin italiyalik moda dizayneriga shogird bo‘ldi. Bu erda u o‘zining sevgilisi va bo‘lajak rafiqasi Rosaliya Mera bilan uchrashdi.

“Zara»ning yaratilishi

“Men akam Antonio bilan “GOA” kompaniyasini tashkil qildim va 2500 pesetaga hisob ochdik (bugungi kunda 20 yevro). Tikishni biladigan singlim va Rosaliya mashhur to‘qilgan choponlarni o‘sha paytlarda juda modaga aylantirgan edi”, — dedi Amansio.

biznes tarixi, zara

1975-yilda “GOA” mijozlaridan biri katta buyurtmani bekor qildi, uni bajarish uchun Amansio barcha pullarini materiallar sotib olishga va tikuvchilarning darsdan tashqari ishlariga to‘lashga sarfladi.

Biroq, hozirgi sharoitda tadbirkor o‘zi uchun yangi istiqbol — chakana savdoni rivojlantirishni ko‘rdi va o‘z do‘konini ochdi.

Ortega uni Gollivudning “Zorba yunon” filmidagi qahramon sharafiga Zorba deb nomlamoqchi edi, lekin u bu nomdan foydalanish huquqini qo‘lga kirita olmadi, shuning uchun uning o‘rniga “Zara” paydo bo‘ldi.

1979-yilda Amansio o‘zining barcha kompaniyalarini “Inditex” bayrog‘i ostida birlashtirdi.

1980-yillarda u Ispaniyaning barcha shaharlarida do‘konlar ochdi va Parij va Nyu-Yorkda butiklar ochish orqali dunyoning moda poytaxtlarini zabt etish rejasini tuzdi.

Tadbirkor bu bitta brend uchun etarli bo‘lmasligini tushundi va 1991-yilda “Pull & Bear»ni yaratdi, u yoshlar uchun kundalik kiyimlarni namoyish etdi, shuningdek “Massimo Dutti” aksiyalarining 65%ini, besh yil ichida u “Massimo Dutti” huquqlarini to‘liq sotib oldi.

1998-yilda Ortega “Bershka” do‘konlar tarmog‘ini yaratdi, uning maqsadli auditoriyasi zamonaviy uslubda va kam pul evaziga kiyinishni xohlaydigan qizlar uchun edi.

biznes tarixi, zara

1999-yilda u “Bershka»ni to‘ldirish uchun “Stradivarius»ni sotib oldi va shu tariqa o‘smirlar bozorida ikkita asosiy brend ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi.

Ajoyib muvaffaqiyat tadbirkorni mast qilmadi, aksincha, uni yangi loyihalarni izlashga undadi. Bozorda o‘z ishtirokini kengaytirish uchun “Inditex” 2001-yilda IPO o‘tkazdi va 25% ulushini $2,3 mlrdga sotdi. Shu bilan birga, “Oysh»o ichki kiyim brendi paydo bo‘ldi.

Rahbarning almashishi

Amansio Ortega 2011-yilda “Inditex” boshqaruvi raisi lavozimini tark etib, xolding vitse-prezidenti Pablo Islaga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.

biznes tarixi, zara

Tanlov to‘g‘ri bo‘ldi va 2017-yil oxiriga kelib Isla xoldingning eng ko‘p sotiladigan zanjirini (daromadning 70%i) — “Zara»ni ikki baravar oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

“Inditex” “Reuters” ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda 93 mlrd yevroga baholangan.

Pablo Islaning yana bir yutug‘i bu savdoni onlayn rejimga muvaffaqiyatli o‘tkazish bo‘ldi.

“Zara” bugungi kunda

“Inditex Group»ning 2020−2021 moliyaviy yilidagi sof foydasi 3,3 barobarga kamaydi va 1,106 mlrd yevroga yetdi. Daromad 1,4 baravarga qisqarib, 20,402 mld yevroga yetdi.

2021-yilning may oyida “Inditex” rahbariyati “Zara Beauty” brendi ostida sotiladigan o‘zining kosmetika liniyasini yo‘lga qo‘yganini e’lon qildi.

Kompaniya butun Yevropa, AQSh, Xitoy, Yaponiya va Avstraliyada yuz, tirnoq va lablar uchun kosmetika ishlab chiqarishni rejalashtirdi.

Kompaniyaning 2022 yil uchun ochiq yillik hisobotida ta’kidlanishicha, do’konlar differensiallanishi natijasida do’konlar oqimi va savdosi sezilarli darajada oshgan.

Sotish 32,6 mlrd yevroga yetib, onlayn savdo hajmi 7,8 mlrd yevroni, sof foyda esa 4,1 mlrd yevroni tashkil etdi.

“Zara” kompaniyaning asosiy brendi bo‘lib qolmoqda. Uning tarmog‘ida barcha rivojlangan mamlakatlarda 3000 ga yaqin do‘kon mavjud.

Assortimentda erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari, poyabzal, ichki kiyim, aksessuarlar va kosmetika mavjud.

biznes tarixi, zara

“Zara” har yili 40 mingga yaqin dizaynni yaratadi, ulardan 12 mingtasi ommaviy ishlab chiqarish uchun tanlanadi. Brend har yili 450 mlndan ortiq mahsulot ishlab chiqaradi.

O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasblarni o‘rganishni xohlayotgani ma’lum bo‘ldi

0

O‘zbekistonliklar orasida dasturlash va marketing bo‘yicha onlayn kurslar kamroq ommalashmoqda. Bu haqda “Lerna” EdTech kompaniyasi hisobotida qayd etilgan.

Yilning birinchi yarmida 5 mingdan sal kamroq platforma foydalanuvchisi dasturlash tillarini o‘rganish bo‘yicha takliflar bilan qiziqdi. O‘tgan yilning ikkinchi yarmiga nisbatan ularning soni 16%dan ko‘proqqa kamaydi.

Operatsion menejment va xodimlarni boshqarish bo‘yicha ekspert Viktoriya Tokova o‘tgan yillarda IT-sanoati kadrlar yetishmovchiligiga duch kelganini ta’kidladi. Biroq, mamlakatda mutaxassislarning yangi avlodi yetishib chiqdi va boshqa mamlakatlardan IT-mutaxassislarining relokatsiyasi bozorni to‘ldirishga hissa qo‘shdi.

IT sohasidagi eng ommabop yo‘nalishlar, avvalgidek, Python va 1C dasturlarini ishlab chiqish hamda kiberxavfsizlik bo‘ldi. Biroq, oldingi davrga nisbatan ularning ommaviyligi mos ravishda 12%, 21% va 15% ga kamaydi.

Veb-dasturlash va Java’ga bo‘lgan talab taxminan uchdan biriga, JavaScript va Android’da kodlash 40%dan ko‘proqqa kamaydi. Shu bilan birga, DevOps kurslari 1,5 barobardan ortiq o‘sishni ko‘rsatdi.

Marketing sohasida so‘rovlar soni 18,8%ga kamayganini ko‘rsatdi. Ayniqsa, Internet-marketing (-49%) va kopirayterlik (-33%) o‘z talabgirligini yo‘qotdi. SMM kurslari ommaviyligi 17,5%ga kamaydi, shunga o‘xshash dinamika target-reklama bo‘yicha qayd etildi (-16,9%).

Shu bilan birga, xizmat marketing menejerlari bo‘yicha yo‘nalish o‘sishini qayd etdi. IKaryerani rivojlantirish markazining psixolog-proforientologi Madina Abdumanapova buni iste’molchilar o‘rtasida onlayn-tijorat platformalariga bo‘lgan talab va ularning yuqori indeksatsiyasi bilan izohladi.

Talab bo‘yicha yetakchilikni ma’muriy yo‘nalishdagi kurslar egallaydi — 11,5% o‘sishni ko‘rsatdi. Eng ommabop soha buxgalteriya hisobi bo‘lib qolmoqda (+4,3%), undan keyingi o‘rinda esa treyding (+20,7%) turibdi. Investitsiyalar (+68%) va iqtisodchilar bo‘yicha (+130%) kurslarning o‘sishi kuzatilmoqda.

Shuningdek, foydalanuvchilarning ko‘pchiligi “1C: Buxgalteriya” hisobi (+44%), biznes-tahlil (+14,4%) va HR (+9,6%) kurslariga qiziqishmoqda. Shu bilan birga, savdo menejmenti ta’limiga bo‘lgan talab pasaydi (-27,5%).

Dizayn 5,4% o‘sish bilan ikkinchi eng talabgir ta’lim sohasi bo‘lib qolmoqda. Interyer dizaynerlik (-18,4%) bo‘yicha o‘qitish ommabopligining pasayishi bichish va tikish (+17,4%), shuningdek, grafik dizayn (+22,1%) bo‘yicha kurslar bilan yumshatildi.

Shu bilan birga, veb-dizayn (-10,5%) va AutoCAD (-1,6%) uchun talab biroz kamaydi, lekin 3D Max uchun ko‘rsatkich ikki baravar oshdi. Shu bilan birga, chizmachilik (+133%), vizajist (+26%) va kiyim-kechak dizayni (+20%) kurslariga qiziqish ortgan.

O‘yin ishlab chiqishga talab biroz o‘sgan (+1,1%) — asosan 3D modellashtirish sabab. Video tahrirlash kurslari tufayli multimediyaga qiziqish biroz barqarorroq (+3%) oshdi.

Abdumanapovaning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pincha yoshlar game-dizaynga qiziqishadi. O‘yinlarga bo‘lgan muhabbat va ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish istagi kasbni o‘zgartirishga sabab bo‘ladi.

Mutaxassislar nomzodlarga raqamli texnologiyalarni, xususan, tahliliy vositalarni o‘zlashtirishni va materialni tizimlashtirishni o‘rganishni tavsiya qildi. Ularning fikricha, yaqin kelajakda sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalari talabgir bo‘ladi.

Biznes Marafonning 4.0 mavsumi final bosqichi bo`lib o`tdi

0

Biznes Marafonning 4.0 mavsumi final bosqichi bo`lib o`tdi  

Joriy yilning, 6-oktabr kuni Samarqand shahridagi Yoshlar markazida Biznes Marafon 4.0 mavsumining final bosqichi bo`lib o`tdi.

Samarqandlik yoshlar va spikerlar suhbati qizg’in kechdi. Fikrlar xilma-xilligi marafonga o’zgacha fayz bag’ishladi.

Eng yaxshi savol egalari va faol yoshlarga kitoblar topshirildi.

“Biznes marafon” treninglari yurtimiz va xorijda muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlarimiz, tajribali tadbirkorlar va biznes trenerlar – Hasan va Husan Mamasaidovlar (“Deli.uz”, “Dekos.uz”, “Mfaktor” loyihalari asoschilari), Umid Ishmuhamedov (“Edu-Action” asoschisi), Murod Nazarov (“Nest One”, “NRG”, “Murad Buildings” asoschisi), Laziz Adhamov (“SAP Uzbekistan” mintaqaviy direktori,), Feruz Allaev (“Asaxiy.uz” internet do‘koni asoschisi), Sherzod Beknazarov (“Yaskanamu”, “Alvon” tekstil brendlari asoschisi), Muhammad Ali Eshonqulov (“Yuksalish” maktablari asoschisi), Temur Adhamov (“Najot Ta’lim” NTM asoschisi), Raxmad Sobirov (“Sobirovs Law firm” (Kanada) yuridik firma asoschisi) va boshqalar tomonidan olib borildi.

O‘tkazilgan motivatsion treninglarda 20 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etib, 2100 nafardan ortiq yoshlar va yosh tadbirkorlarning qiynab kelayotgan muammolar hamda savollariga konsultatsiya va maslahatlar berildi.

“Biznes marafon” loyihasi davomida “Asaxiy books” mobil ilovasi orqali 5 nomdagi biznes va shaxsiy rivojlanishga oid “bestseller” kitoblar barcha ishtirokchilarga elektron va audio formatda, faol ishtirokchilarga esa bosma shaklda taqdim etildi.

Tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlar uchun Biznes sayohat tashkil etildi

0

Tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlar uchun Biznes sayohat tashkil etildi

«Yoshlar – kelajagimiz» jamg’armasi Buxoro viloyat filiali tomonidan grant loyihalari doirasida Shofirkon tumani Dorigar mahallasining tikuvchilikka qiziqadigan yoshlari uchun hozirgi kunda Turkiya texnologiyasi asosida barpo etilgan, 1500 nafar xotin – qizlarni ish bilan ta`minlagan «Amirtex» tikuv korxonasiga Biznes sayohat tashkil etildi.

Yoshlar ishlab chiqarish jarayonlari, tikuvchilik sir-asrorlaridan boxabar bo`lishdi hamda «Amirtex» tikuv korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning Respublika bo’ylab yetkazib berilishi haqida ham qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

«Biznes Marafon» ning navbatdagi manzili Sirdaryo viloyati bo`ldi

0

«Biznes Marafon» ning navbatdagi manzili Sirdaryo viloyati bo`ldi

«Biznes Marafon» ko’tarinki ruhda davom etadi

📍 Navbatdagi manzil Guliston shahri bo`ldi . Sirdaryolik yoshlar va spikerlar suhbati qizg’in kechdi. Fikrlar xilma-xilligi marafonga o’zgacha fayz bag’ishladi.

📚 Eng yaxshi savol egalari va faol yoshlarga kitoblar topshirildi.