Bosh sahifa Blog Sahifa 109

Chet tilini biladigan talabalarga maktab, kollej va texnikumlarda ishlashga ruxsat etiladi

0

Buning uchun talabalar OTMlarning xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishida 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi kerak.

Avvalroq yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

Hujjat bilan, joriy yilning 1-oktabridan Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy o‘quv markazlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi. Uning natijalari esa rasmiy agentlikning veb-saytida e’lon qilib boriladi.

Reyting natijalariga ko‘ra olis va chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yuqori ko‘rsatkichga ega 100ta xususiy o‘quv markazining ta’lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi. 2024−2026 yillarda OTMlarning xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida o‘qituvchi sifatida ishlashlariga ruxsat etiladi.

2024−2025 o‘quv yilidan ota-onalar va o‘quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

2025-yilgacha ingliz tili, keyingi yillarda boshqa xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rgatish bo‘yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, ularning xalqaro ta’lim standartlariga mos ta’lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi.

Aynan “Ustoz” loyihasi doirasida 250 ming nafar yoshlar marketing, reklama, elektron savdo, IT-dizayner kabi 30ta kasbga o‘rgatilishi belgilangan.

Yoshlarga til sertifikatini olishda o‘qish xarajatlarini qoplashga 1 mln so‘mgacha beriladi

0

2027-yilgacha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish uchun to‘planishi lozim bo‘lgan sertifikat darajasining minimal ko‘rsatkichi pasaytiriladi.

27-iyun kuni yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi:

  • yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo‘lgan chet tillarini mukammal o‘zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish;
  • xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YTTlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari (xususiy o‘quv markazlari), bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi boshqa NNTlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • xususiy o‘quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o‘rinni egallaganlarni rag‘batlantirish;
  • yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib qilish, bu yo‘nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko‘rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish. Hujjat bilan, imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlar moddiy rag‘batlantiriladi.

Ularga imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha o‘qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari — 1,02 mln so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi.

Joriy yilning 1-sentabridan 2027-yilgacha nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish uchun to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi.

Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi. Bunda o‘quv markazlari sinf xonalarini kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida olishlari mumkin.

Shuningdek, tegishli maktablar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Fevral oyida prezident ishtirokidagi yig‘ilishda joriy yil sertifikat olishdagi imtihon xarajati bilan birga, 6 oylik o‘qish puli ham to‘lab berilishi ma’lum qilingandi. Maktablardagi bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun bepul ijaraga beriladi.

1-martdan boshlab xalqaro IT-sertifikatlar xarajatlarini qoplab berish miqdori oshirildi. Bunda IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish hamda sertifikatlarni olish xarajatlarining 60%gacha qismi qoplab beriladi. Agar ingliz tili darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa, xarajatlar to‘liq qoplanadi.

Prezident Zomin texnoparkidagi birinchi investitsiya loyihalari qurilishiga start berdi

0

Xitoy kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan sanoat texnoparkida 30dan ortiq loyihalar shakllantirilib, ularga investor tomonidan $1,2 mlrd yo‘naltiriladi.

Prezident Zomin texnoparkidagi birinchi investitsiya loyihalari qurilishiga start berdi

27-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatining Zomin tumanida barpo etilayotgan sanoat texnoparkida Xitoy investitsiyalari ishtirokidagi ilk loyihalarga start berdi.

Jizzax viloyatida so‘nggi besh yilda qayta ishlash sanoati hajmi 1,6 barobarga ko‘payib, o‘tgan yilning o‘zida 19 trln so‘mni tashkil qilgan. Eksport hajmi 2,2 barobarga oshib, $202 mlnga yetgan. Xorijiy investitsiyalar miqdori ham yil sayin o‘sib bormoqda. 2018-yilda viloyatda bor-yo‘g‘i $18 mln xorijiy investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu raqam salkam $700 mlnga yetgan. Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 260tani tashkil qilmoqda.

Zomin tumanida investitsiya dasturlari doirasida so‘nggi besh yilda 1,8 trln so‘mlik 300ga yaqin loyiha amalga oshirilgan va uch mingdan ortiq ish o‘rni ochilgan. Qulay biznes muhiti tufayli tumandagi kichik tadbirkorlar soni 4 barobarga ko‘paygan.

Turzmni xizmatlar sohasini ko‘paytirish maqsadida Zomin turistik zonasi tashkil etildi. Bundan tashqari, sanoatni rivojlantirishga kirishilgan.

Xitoyning “Mingyuan” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Texnopark” maxsus sanoat zonasi barpo etilmoqda. Buning uchun 400 gektar yer maydoni ajratilgan.

Uni infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanib, 160 mlrd so‘m yo‘naltirildi. 30dan ortiq loyihalar shakllantirilib, ularga xitoylik investorlar tomonidan $1,2 mlrd investitsiya yo‘naltiriladi. Mazkur zonada tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar chiqaruvchi korxonalar tashkil etiladi. Xususan, elektrotexnika, mashinasozlik, qurilish materiallari, mebelsozlik, oziq-ovqat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishdagi loyihalar amalga oshiriladi.

Natijada 5 mingdan ortiq ish o‘rinlari paydo bo‘ladi, 4,7 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi hamda $70 mlnlik eksport salohiyati yaratiladi.

Texnopark hududida Xalqaro tajriba almashinuv injenerlik markazi tashkil etilib, sanoat korxonalari uchun shu yerning o‘zida malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, mazkur hududda ofis markazi, turar joylar, ekobog‘, ko‘rgazmalar zali va savdo markazi barpo etiladi. Marosimda davlat rahbari ramziy tugmani bosib, texnoparkdagi ilk investitsiya loyihalari qurilishini boshlab berdi.

Joriy yilning aprel oyida xitoylik investorlar Jizzaxda qurilish materiallari, kimyo, energetika, elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik va farmatsevtikada $4 mlrdlik 22ta loyihani boshlashga tayyor ekani ma’lum qilingandi. Ular orasida Zomin sanoat texnoparki ham bor.

O‘zbekistonda 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

0

Hukumatning tegishli qarori bilan yuridik shaxslar elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni 100% oldindan amalga oshiradi.

2017-yilning iyul oyidan yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va gazga 100% avans to‘lovi joriy qilingan. 2019-yilning fevral oyida biznesga energiya iste’moli uchun avans to‘lovi miqdori 50%gacha pasaytirildi.

“Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlarining chiptalar narxi 20%ga oshiriladi. “Toshkent-Qarshi” yo‘nalishidagi poyezd chiptasi ekonom tarifida — 178 250 so‘m, biznes tarifida — 262 805 so‘m qilib belgilanmoqda.

Yo‘llarda foto va video radarlar yangi tartibda o‘rnatiladi

“Xavfsiz ko‘cha” jamg‘armasi shafeligida quyidagi joylarda bosqichma-bosqich avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlarini o‘rnatishni boshlash rejalashtirilgan:

  • ta’lim muassasalari yaqinida;
  • 4 va undan ortiq qatorli yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida;
  • temir yo‘l kesishmalari oldidan;
  • yo‘l-transport hodisalari tez-tez sodir bo‘ladigan joylarda (yiliga 3 martadan ortiq).

Kameralarni o‘rnatishning aniq joylari Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilanadi.

Qurilmalar “Xavfsiz shahar” markazi, shuningdek, “O‘zbektelekom” va mahalliy obodonlashtirish boshqarmalari bilan kelishilgan holda o‘rnatilishi va ishlatilishi kerak. Ularni o‘rnatishda bir qator talablarga rioya qilish kerak.

Ular elektr ta’minoti uzilib qolganda 8 soatgacha bo‘lgan ish muddati bilan avtonom elektr ta’minoti tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, ulanish bo‘lmaganda 48 soat davomida ma’lumotlarni saqlash uchun saqlash qurilmasi talab qilinadi.

Aholiga kredit berish talablari kuchaytiriladi

Markaziy bank aholining qarz yuki ko‘rsatkichini joriy etadi, u o‘rtacha kredit to‘lovlarining qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati bilan hisoblanadi. Mikrokreditlar berish qarz oluvchi daromadining yarmi bilan cheklangan. Joriy yilning 1-iyulidan kredit (mikroqarz) ajratishda qarz yuki 60%ni tashkil etadi va 2025-yildan 50%ga tushiriladi.

O‘rtacha oylik daromad so‘nggi 6 oydagi ko‘rsatkichlarni hisobga oladi:

  • ish haqi;
  • pensiya to‘lovlari va jamg‘arma hisobvarag‘iga badallar;
  • bank hisobvarag‘iga olingan daromadlar;
  • to‘langan soliqlar;
  • foizlar, dividendlar va ijara to‘lovlari.

Shuningdek, agar kreditni to‘lash muddati 36 oydan oshsa, o‘rtacha oylik to‘lovlar miqdori hisob-kitobida kredit (mikroqarz) bo‘yicha barcha to‘lovlar xuddi shu davr uchun hisoblanadi. Ipoteka kreditlarini berishda Markaziy bank kredit muddatini dastlab e’lon qilingan 120 oy emas, balki 180 oy (15 yil) qilib belgiladi.

Shu bilan birga, yangi talablar banklar kredit portfelining 85%iga ta’sir qiladi. Kredit tashkilotlari kredit to‘lovlari qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadining yarmidan oshmasligi to‘g‘risidagi talabga rioya qilmasdan, qolgan 15% hajmni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishlari mumkin.

To‘lov tashkilotlari va xizmatlari aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritadi

Prezidentning tegishli 1-iyulidan to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, kelasi yilning 1-iyulidan to‘lov tizimi operatorlarining ustav kapitali 50 mlrd so‘m, to‘lov tashkilotlariniki esa 10 mlrd so‘mni tashkil etadi.

2025-yilning 1-iyulidan boshlab to‘lov tashkilotlarining ustav fondi 20 mlrd so‘mni tashkil etishi belgilandi.

Sug‘urta polisi bo‘lmagan qurilishlarni davlat tomonidan moliyalashtirish taqiqlanadi

Hujjat bilan, joriy yilning 1-iyulidan qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi (to‘liq qurilish davri uchun) mavjud bo‘lmaganda, davlat budjeti mablag‘lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga quriladigan obyektlarni moliyalashtirish taqiqlanadi.

Tovar-transport yuk xatlari elektron rasmiylashtiriladi

Barcha xo‘jalik yurituvchilar uchun O‘zbekiston hududida tovar-transport yuk xatlarini elektron rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi. Yuk tashish yuk jo‘natuvchi, oluvchi, ekspeditor yoki yuk tashish shartnomasi asosida xizmat ko‘rsatuvchilar tomonidan o‘zining yoki ijaraga olingan transport vositasida amalga oshiriladi.

Elektron tovar-transport yuk xati (ETTYuX) ERIdan foydalangan holda, elektron hujjat aylanish tizimi operatorlarining axborot tizimida shakllantiriladi. ETTYuX orqali yukni yuborish, yetkazib berish va qabul qilish jarayonlari raqamli imzo bilan tasdiqlanadi yoki sababi ko‘rsatilib, rad etiladi.

Yo‘l, ichimlik suvi va ko‘prik qurilishi loyihalarida “resurs usuli»dan voz kechilib, “hajm usuli»ga o‘tiladi. Qurilishni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish maqsadida tuziladigan barcha shartnomalar raqamlashtiriladi.

Obyektlarning smeta qiymati “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda qiymati 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan loyihalar bo‘yicha jalb qilinadigan yordamchi pudrat tashkilotlari ro‘yxatga olinadi.

Tender savdolari oferentlari tomonidan takliflar to‘liq raqamlashtirilgan holda kiritiladi. Har oyda kamida bir marotaba davlat dasturlariga kiritilgan obyektlardagi qurilish jarayonining joriy holati bo‘yicha fotosuratlar joylashtirib boriladi.

Fuqarolarga ipoteka va avtokreditlar berish talablari kuchaytirilmoqda

1-iyuldan qarz yuki 60%dan past bo‘lgan jismoniy shaxslarga 100% kredit tavakkalchiligi belgilanadi. Agar ko‘rsatkich belgilangan chegaradan oshsa, xatar darajasi mos ravishda 150%gacha oshadi.

O‘zgarishlar ipoteka kreditlari, avtomobil sotib olish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va ta’lim dasturlari asosida ajratiladigan kreditlarga ta’sir qilmaydi. Ipoteka va avtokreditlarni berishda kreditorlarning tavakkalchilik darajasi bir vaqtning o‘zida ikkita komponentni — kreditorning qarz yuki ko‘rsatkichi va kredit/garov nisbatini taqqoslash asosida aniqlanadi.

Qarz yuki ko‘rsatkichi barcha kreditlar va qarzlar, shu jumladan yangi kredit bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar miqdorini qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadiga bog‘lash orqali hisoblanadi.

Kredit/garov nisbati va qarz yuki ko‘rsatkichi qanchalik yuqori bo‘lsa, kredit xatari ham shu darajada yuqori bo‘ladi.

Regulyator avtomobil kreditlari uchun kredit/garov nisbatini 75%gacha cheklaydi.

o'zgarishlar, qonunchilikAvtomobil kreditlarida eng past xatar darajasi qarz yuki 60%dan past bo‘lgan va kredit/garov nisbati 75%dan kam bo‘lgan qarz oluvchilarga beriladi. Ikki qiymat qanchalik yuqori bo‘lsa, kredit xatari shunchalik katta bo‘ladi.

O‘z navbatida, ipoteka kreditlari bo‘yicha Markaziy bank qarz oluvchilarning kredit tavakkalchiligini baholash darajasini ham ishlab chiqdi.

o'zgarishlar, qonunchilikAgar kredit/garov nisbati 50%dan oshmasa va qarz yuki ko‘rsatkichi 60% bo‘lsa, u holda kreditorga 35% qarz yuki ko‘rsatkichi belgilanadi. Ikkala komponentning ortishi bilan qarz oluvchilarning kredit xatari oshadi.

Ichimlik va kanalizatsiya ta’minoti xususiy sektorga o‘tkaziladi

1-iyuldan tajriba tarzida Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ichimlik va oqova suv ta’minoti DXSh asosida xususiy sektorga beriladi.

Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish kompozit shaklda amalga oshiriladi Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga ko‘ra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini DXM orqali rasmiylashtirishda kompozit shaklda amalga oshiriladi.

Avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlangan) va hozir amaldagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn davlat reyestriga kiritish va bu haqida ko‘chirma berish bepul amalga oshiriladi.

Noturar joylarni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi.

Paynet orqali bank kartalaridan naqd pul yechish xizmati qayta ishga tushiriladi

“Uzpaynet” kompaniyasining to‘lov agentlik tarmog‘i orqali naqd pul yechish xizmati sinov tarzida qayta ishga tushiriladi. Bunda barcha agentlar orqali “Uzcard” va “Humo” kartalaridan naqd pul yechib olish mumkin.

Urganch xalqaro aeroporti 8-avgustgacha yopiladi

20-iyuldan 7-avgustgacha Urganch xalqaro aeroporti faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.

Uchish-qo‘nish yo‘lagining uzoq muddatdan beri ishlashi hamda havo kemalarining qo‘nishi va uchishi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Uzunligi 3000 metr va eni 16 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini butunlay almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Ikkinchi va uchinchi yurish yo‘laklari kapital ta’mirlanadi.

Rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi, yo‘lovchilar Nukus va Urganch aeroportlari o‘rtasida transferlar bilan ta’minlanadi.

Hukumat Yangi Toshkent birinchi tumani qurilishining bosh rejasini tasdiqladi

0

Unda egizak minoralar, ikkita universitet kampusi, davlat idoralari va qirg‘oq joylashgan bo‘ladi.

Iyun oyida hukumat “Yangi Toshkent” birinchi tumani qurilishining bosh rejasini tasdiqladi. Bu haqda bosh dizayner va yetakchi maslahatchi vazifasini bajaruvchi Britaniyaning “Cross Works” kompaniyasi ma’lum qildi.

bosh reja, yangi toshkent

“Cross Works” boshchiligidagi kompaniyalar konsorsiumi loyihaning bosh rejasini ishlab chiqish ustida ishladi. Ular orasida “Buro Happold”, “Gillespies”, “KPMG Uzbekistan”, “BuroAtlas”, “Hartek Muhendislik”, “DOME+PARTNERS”, “SKAB, Synthesis”, “Udevs”, “CAMC Engineering”, “ATCHAIN”, “SNT Visual” va boshqa ishtirokchilar bor. Yangi Toshkentda 25 ming gektar maydonga 2,5 mlndan ortiq aholini joylashtirish rejalashtirilgan. Hudud bo‘ylab Qorasuv va Chirchiq daryolari oqib o‘tadi. Birinchi tuman maydoni 6 ming gektardan oshadi.

Hududning qariyb yarmi turar-joy ko‘chmas mulki uchun, uchdan biroz kamroq qismi esa tijorat ko‘chmas mulki uchun ajratiladi. Shuningdek, hududning 20%i yashil maydonlarga, 18%i davlat obyektlariga, 6%i madaniyat muassasalariga ajratiladi.

Birinchi bo‘limda “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kampuslari, egizak minoralar, davlat muassasalari, piyodalar uchun mo‘ljallangan “Silk City”, madaniyat, tibbiyot va media zonasi hamda texnopark maydonchasi joylashadi.

Toshkent va “Yangi Toshkent” timsoli bo‘lgan egizak minoralarda hashamatli savdo nuqtalari, terassali restoran, tom ustidagi bog‘, ko‘rgazmalar, galereyalar va turli madaniy tadbirlar uchun maydonlar joylashadi. Egizak minoralarning balandligi 575 metrni tashkil etadi va bu poytaxt osmono‘par binosini dunyodagi eng baland 12-binoga aylantiradi.

Bundan tashqari, “Yangi Toshkent»da piyodalar uchun ko‘chalar, integratsiyalashgan suv yo‘llari, kontekstual arxitekturaga ega binolar, jamoat joylari va savdo do‘konlari joylashgan tor yo‘laklarni qurish rejalashtirilmoqda.

bosh reja, yangi toshkent

Yangi Toshkent loyihasi

O‘tgan yilning mart oyida Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishiga tamal toshi qo‘ydi. Birinchi bosqichda 6 ming gektarda bunyodkorlik qilish rejalashtirilgan. Yangi Toshkent konsepsiyasi va bosh rejasini ishlab chiqish 4 bosqichda amalga oshiriladi.

Tuman administratsiya, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat kabi 5ta negiz asosida quriladi. 2023-yilning iyul oyida Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

bosh reja, yangi toshkent

Yuqori Chirchiq tumanidan 17,3 ming gektar va O‘rta Chirchiq tumanidan esa 2,4 ming gektar yer ajratiladi. Bunda, Yuqori Chirchiq tumanidagi 33ta mahalla (20tasi to‘liq, 13tasi qisman) va O‘rta Chirchiq tumanidagi 7ta mahalla (4tasi to‘liq, 3tasi qisman) poytaxt tarkibidagi Yangi Toshkentga o‘tkaziladi.

Joriy yilning mart oyida viloyatdagi qariyb 20 ming gektar yer maydoni Yangi Toshkentga o‘tkazilishi ma’qullandi. Aprelga kelib, dastlabki binolar qurilishi boshlandi. Birinchi bosqichda ikkita OTM kampuslari, kutubxona, teatr, muzey hamda ijod maktablari barpo etiladi.

Noqonuniy mayning-fermalar, $1 mlrddan ortiq aylanma — ILMA o‘rinbosari O‘zbekistondagi kriptovalyuta bozori haqida

0

2022-yil 27-aprelda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Istiqbolli loyihalar bo‘yicha milliy agentlikka (ILMA) aylantirildi, unga kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklandi.

O‘sha yili ILMA mayning-pullar va kripto-birjalarga litsenziyalar berish talablarini ishlab chiqdi, kripto-do‘konlar ishlashi qoidalarini belgilab berdi, kripto-aktivlarini chiqarish va muomalaga kiritish tartibini qabul qildi, shuningdek kriptovalyutalar bilan ishlaydigan kompaniyalar uchun yig‘imlar miqdorini tasdiqladi.

“Spot” ILMA direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak bilan mahalliy kripto-bozorining hozirgi holati va aylanmasi, O‘zbekistonda kriptovalyutani qonuniy mayning qilishdagi qiyinchiliklar, kripto-aktivlar bilan xorijiy platformalarda savdo qilishdagi taqiq haqida suhbatlashdi.

Agar kriptovalyuta sotib olishni yoki sotishni xohlasam, buni qayerda va qanday amalga oshirishim mumkin?

O‘zbekistonda siz o‘zingizni qiziqtirgan kripto-aktivni kripto-birja yoki kripto-do‘kondan bemalol sotib olishingiz mumkin. Bunda, har qanday sohada, shu jumladan savdo-sotiqda bo‘lgani kabi, mijoz va tovar yetkazib beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar allaqachon mavjud.

Agar siz kripto-aktivni minimal murakkablik bilan sotib olishni istasangiz, shunchaki kripto-do‘konga kirasiz. U yerda KYC jarayoni (“o‘z mijozingizni biling” — Spot) amalga oshiriladi, kerakli miqdor belgilanib, shunga mos ravishda sizga kripto-aktivni sotishadi. Agar siz buni onlayn yoki elektron tarzda qilishni xohlasangiz, ro‘yxatdan o‘tib, istalgan kripto-aktivni sotib olishingiz mumkin bo‘lgan kripto-birjalar mavjud.

Xorijiy kripto-birjadan kriptovalyuta sotib olsam, bu qonuniy boladimi yoki buning uchun menga qandaydir jazo qo‘llaniladimi?

Prezident qaroriga muvofiq, 2023-yildan boshlab O‘zbekistonning barcha fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni milliy provayderlar orqali amalga oshirishlari lozim. Bunga ko‘ra, xorijiy platforma orqali kripto-aktiv sotib olish yoki unga bo‘lish orqali siz huquqbuzarlikka qo‘l urgan bo‘lasiz.

Bundan tashqari, qonun talablarini buzgan holda kripto-aktivlarning noqonuniy muomalasi, shu jumladan, oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganlik uchun tegishli jazolar belgilanadi. Hajmiga qarab, sizning harakatlaringiz ma‘muriy yoki jinoiy huquqbuzarlik sifatida tasniflanadi.

Hozir O‘zbekistonda nechta qonuniy mayning-fermalar faoliyat yuritmoqda? O‘tgan yili ular qancha mayning qilishdi?

Birinchi navbatda aytishim kerakki, qonuniy mayning-fermalar yo‘q. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq o‘tgan yilning sentabr oyida mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlagandi. Nizom kuchga kirganidan buyon bizga faqat bitta murojaat bo‘ldi, u ham faqat bu yil kelib tushdi. Ko‘rib chiqdik, arizachi belgilangan hujjat talablariga javob bermaganligi sababli, mayning litsenziyasini berishdan bosh tortdik. Hozircha, bugungi kunda, bitta ham qonuniy mayning-ferma mavjud emas.

Vyacheslav Yuriyevich, o‘zingiz ham kriptovalyuta egasimisiz?

Tabiiyki, menda kriptovalyuta bor, chunki bularning barchasi qanday ishlashini tushunishim va bilishim kerak, axir bitta ham operatsiya o‘tkazmagan bo‘lsangiz, jarroh bo‘lolmaysiz, to‘g‘rimi? Demak, bularning barchasi qanday ishlashini tushunish uchun siz buni o‘rganishingiz, kuzatishingiz va yangi texnologiyalarga moslashishingiz kerak.

O‘zbekiston kripto-bozorining bugungi holatini qanday baholaysiz? U boshlang‘ich davrini boshdan kechirayaptimi yoki bu bosqichdan o‘tib bo‘lganmi?

Mahalliy kripto-bozor “embrional” bosqichdan o‘tib, hozirda rivojlanish va shakllanishning dastlabki bosqichiga o‘tmoqda.

Kripto-bozorimizda soglom raqobat shakllanganmi?

Sog‘lom yoki nosog‘lom raqobat bir-biri bilan raqobatlashadigan ko‘plab o‘yinchilar mavjud bo‘lgan sharoitda sodir bo‘ladi. Biz hozir ishtirokchilar shakllanish bosqichidan o‘tayotgan vaziyatni ko‘rmoqdamiz, shuning uchun hozir ular raqobat haqida o‘ylashmaydi. Ular o‘z bizneslarini qurishlari, platformalarini ishga tushirishlari va strategik rivojlanish yo‘nalishini tanlashlari kerak. Rivojlanib olishgachgina, o‘rtalarida shunday raqobat bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab foydalanuvchilar mahalliy kripto-birjalar funksionallik, operatsiyalar va tangalar mavjudligi nuqtai nazaridan juda noqulay ekanligidan shikoyat qilishmoqda. Bir tomondan, ILMA xorijiy kripto-birjalarga kirishni cheklasa, boshqa tomondan, mahalliy platformalar to‘liq ishlab chiqilmagan bo‘lib chiqmoqda. Bu muammoning yechimini qanday ko‘rmoqdasiz?

Mahalliy provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlardan ma‘lum bir darajada norozilik borligini ko‘rayapmiz. Biz bu borada ishlayapmiz va ushbu ma‘lumotlarni provayderlarga yetkazmoqdamiz.

Shu bilan birga, ular o‘z rivojlanish strategiyasi va qarashlariga ega bo‘lgan tadbirkorlar ekanligini tushunishimiz kerak. Biz tartibga soluvchi sifatida ularga ma‘lum xizmatlarni ochishni aytolmaymiz. Agar ular aholi tomonidan talab qilinsa, u holda amalga oshiriladi. Afsuski, so‘nggi paytlarda jamiyatimizda shunday tendensiya paydo bo‘ldiki, agar menga biror narsa yoqmasa, “bu noto‘g‘ri”, “nima uchun hamma narsani cheklash kerak” va hokazo mazmundagi tanqidlar to‘lqini boshlanadi. Biroq, bu yerda anarxiya, tartibsizlik, ruxsat berish va qoidalarga rioya qilish o‘rtasida juda nozik chiziq bor. Men doim hukumat ham yaxshi, ham yomon qoidalarni ishlab chiqishi mumkinligi, ammo fuqarolar ularning barchasiga rioya qilishlari kerakligini aytaman.

Aytaylik, Toshkentda tezlik chegarasi 60 km/soat bo‘lishi sizga yoqmayapti, lekin siz qonunga bo‘ysunuvchi shaxs sifatida mashina haydashda qoidalarga amal qilasiz. Nega bu yerda ham shunday bo‘lmasligi kerak? Agar sizga biror narsa yoqmasa-yu, lekin davlat shunday talablarni belgilab qo‘ygan bo‘lsa, siz shikoyat qilib, ularga kamchiliklarni ko‘rsatgandan keyin, ular oxir-oqibat sizni eshitishadi va siyosatini o‘zgartirishadi. Menga darhol hammasiga ruxsat berilishi va bu men uchun nimaga kerak degan qarashga o‘tish kerak emas.

kripto-aktivlar, kripto-do‘kon, mayning, vyacheslav pak

Hozirda bozorda 14ta xizmat ko‘rsatuvchi provayder faoliyat yuritmoqda. Sizningcha, ularning hozirgi soni yetarlimi va kelajakda bu ko‘payadimi?

Kelajakda xizmat ko‘rsatuvchilar soni tabiiy ravishda ko‘payadi. Ularning soni yetarli emasligini ko‘rayapmiz, lekin o‘zimiz litsenziya berish bo‘yicha qat‘iy talablar qo‘yganmiz. Bunda biz ushbu faoliyat aholi uchun ham, investorlar uchun ham ma‘lum darajadagi xavflar bilan bog‘liqligini tushunamiz, bu juda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, shuning uchun ushbu litsenziyani olish oson bo‘lmasligi kerak va hammamiz tushunganimizdek, miqdor har doim ham sifatga aylanmaydi.

Shuning uchun, ular hozircha oz bo‘lsa ham, agar bozor evolyutsion bosqichdan o‘tib olsa, ya‘ni yangi provayderlar paydo bo‘lishi bilan rivojlanish bosqichidan o‘tsa, keyinchalik ular o‘rtasida raqobat paydo bo‘ladi.

Ularning soni ortishi aniq. O‘ylaymanki, biz tez orada yana bitta kripto-depozitariy litsenziyasini beramiz. Biz vaqti-vaqti bilan kripto-do‘konlar uchun kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqamiz. O‘ylaymanki, kelajakda bunday provayderlar soni albatta ortib boraveradi.

20-iyundan boshlab ILMA kripto-birjalar va kripto-do‘konlar uchun oylik yig‘imlarni oshirishga qaror qildi. Ushbu qarorni asoslashda agentlik “mahalliy xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning yetarlicha rentabelligini” ta‘kidladi. Sizningcha, bu yechim bunday rentabellikni kamaytirmaydimi? Biznes bilan muhokamalar yoki munozaralar bo‘lganmi?

Tabiiyki, biz bularning barchasini mavjud provayderlar vakillari bilan muhokama qildik. Biz hisobotlarni qabul qilamiz, ularning moliyaviy holatini ko‘rib chiqamiz va shunga ko‘ra, biroz yuklama bo‘lishini tushunamiz, lekin shuni ham tushunish kerakki, bizda — O‘zbekistonda kripto-aktivlar bilan operatsiyalar va ulardan olingan daromad butunlay soliqdan ozod qilingan va soliq solinadigan bazaga kiritilmagan. Bu yig‘im barcha soliqlar yig‘indisi evaziga to‘lanadi, shuning uchun birinchi bosqichda ular bir yil ishlashdi, biz biznes haqiqatan ham normal, daromadli ekanligini, shuning uchun uni oshirish ularning faoliyatiga alohida salbiy ta‘sir ko‘rsatmasligini ko‘rdik.

O‘tgan yili kripto-aktivlar sohasida maxsus “tartibga soluvchi qumsoat” rejimi ishga tushirildi. Birinchi yilda uchta ishtirokchi ro‘yxatga olingan. Ishning birinchi yilida ular ko‘rsatgan natijalarni qanday baholaysiz?

Xo‘sh, baholashga hali erta, chunki bularning barchasi pilot loyihalar. Bugungi kunda respublikada bor-yo‘g‘i ikkita “qumsoat” — ILMA va Markaziy bankda faoliyat ko‘rsatmoqda. Yaqinda Vazirlar Mahkamasining qumsoat rejimi ko‘zda tutilgan qarori chiqdi, unda elektron tijorat va boshqa bir qator sohalar nazarda tutilgan, ammo bilishimcha, u yerda hali bitta ham loyiha yo‘q.

Shu o‘rinda aytish mumkinki, bizda uchta loyiha amalga oshirilayotganidan va ular natija berayotganidan xursandmiz. Agar bunga shaxs sifatida qarasam, shaxsan meni hozirgi natijalar hech ham qoniqtirmaydi. Albatta, men bundan ham kattaroq natijalarni istardim, lekin masala bularni qanday rivojlantirish mumkinligi, bu loyihalarni qaysi yo‘nalishda olib borish kerakligi bilan, hamda ularni qanday takomillashtirish, muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun nima qilish kerakligi haqidagi savollarga bog‘liq.

kripto-aktivlar, kripto-do‘kon, mayning, vyacheslav pakQonuniy mayning-fermalarga qo‘yiladigan talablardan biri quyosh panellari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalanishdir. Nima uchun bunday qaror qabul qilindi va bizning hozirgi sharoitimizda buni amalga oshirish imkoniyatini qanday baholaysiz?

Bu talab prezidentning tegishli qarorini tayyorlashda Energetika vazirligining pozitsiyasini hisobga olgan holda joriy etilgan, biroq bunda energetika sohasida respublikada yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqiladi. O‘zbekistonda elektr energiyasi taqchilligini hammamiz bilamiz va his qilamiz, shuning uchun quyosh energiyasidan, ya’ni quyosh stansiyalaridan olinadigan elektr energiyasidan foydalangan holda faqat yuridik shaxslar mayning qilishlari mumkinligi borasida talab qo‘yildi. Umuman olganda, talabni bajarish mumkin, lekin bu loyihani amalga oshirish xarajatlarini ko‘paytiradi. Har bir investor bu yerda o‘zi oladigan foydani hisoblashi kerak va hokazo. Biroq, yana bir bor ta‘kidlaymanki, biz, albatta, tartibga soluvchi sifatida: “ha, hamma, bemalol, ulaninglar va kim xohlasa, mayning qilaversin” deyishni xohlaymiz. Ammo biz mamlakatdagi hozirgi vaziyatdan kelib chiqamiz.

Shu bilan birga, maynerlar yagona elektr tarmogiga ulanishi mumkin.

Agar biz faqat quyosh energiyasi yordamida mayning qilishga ruxsat beradigan bo‘lsak, mayning qurilmasining ishlashi uchun barqaror, doimiy elektr ta‘minoti kerakligini tushunamiz. Ular uni kechasi qayerdan olishadi? Shunga ko‘ra, biz buni yagona energiya tarmog‘idan olish mumkinligini belgilab qo‘ydik, biroq bu oshirilgan tariflar asosida bo‘lishi va Energetika vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi va tasdiqlanishi kerak.

2023-yil 1-oktabrdan tadbirkorlar uchun elektr energiyasi tariflari oshirildi. Demak bu maynerlar uchun bundan ham yuqoriroq bo‘lishini anglatadimi?

Ha, ularning tariflari bundan-da yuqori bo‘lishi kerak, shuning uchun ham biz hozirgi sharoitda odamlar tunu-kun elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan o‘zlarining yopiq energetika tizimini o‘rnatishi va yaratishi kerakligini ta’kidlaymiz.

Demak, quyosh panellari va elektr energiyasini saqlash tizimlarini o‘rnatish kerak, shundaymi?

Ha, kunduzi ishlab chiqariladigan elektr energiyasidan kechasi hamma narsani quvvatlantirishda foydalanish uchun.

Nima uchun, sizningcha, O‘zbekistonda haligacha birorta ham qonuniy mayning-ferma yo‘q?

Aslida, talablarni amalga oshirish qiyin emas. Bu shunchaki odamlarning hammasini taroziga solib ko‘rishi bilan bog‘liq: men buning uchun hech narsa to‘lamayman va elektr energiyasini o‘g‘irlayman yoki bunga sarmoya kiritib, buni 5−10 yilda qoplab olaman, deb tanlov qilishadi. Tabiiyki, xalqimiz, asosan, birinchi variantni tanlaydi.

kripto-aktivlar, kripto-do‘kon, mayning, vyacheslav pakEhtimol, qonuniy mayning-fermalarining yo‘qligi, hozirgi talablardan kelib chiqqan holda, ularning o‘z sarmoyalarini qoplashi uchun uzoq vaqt talab qilishi bilan bog‘liqdir?

Shuning uchun men bu yerda, birinchi navbatda, fuqaroning huquqiy ongi haqida gapirayapman. Aytaylik, menda pul, kapital bor va men uni biror joyga qo‘ymoqchiman, sarmoya kiritmoqchiman. Agar bu uzoq vaqt davomida o‘zini oqlaydi deb o‘ylasam, qonuniy ravishda yana qayerga sarmoya kiritishim mumkinligini ko‘rishim kerak.

Bu menga mayning-fermasini ochishga, noqonuniy ulanishga, elektr energiyasini o‘g‘irlashga va umuman 5−10 baravar tezroq pul ishlashga ruxsat bermaydi.

2022-yil avgustidan boshlab yirik xalqaro kripto-birjalar, jumladan “Binance” kabi saytlar O‘zbekistonda bloklangan. Bu nima uchun qilingan? Qaysi hollarda ularning ishlashiga ruxsat berishi mumkin?

Agar davlat va qonun talablar qo‘ygan bo‘lsa, ularga rioya qilish kerak. Shunga ko‘ra, agar barcha xalqaro kripto-birjalar bajarilishi kerak bo‘lgan hukumat talablari borligini bilib, lekin ular ularga rioya qilmasa, bu sababga ko‘ra biz ularga kirishni bloklaymiz.

Misol uchun AQShda ham cheklovlar mavjud. “Binance” amerikaliklarga xizmat ko‘rsatish uchun Binance US`ni yaratdi. Biz bunday platformalardan noqonuniy xizmat ko‘rsatish holatlariga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqmoqdamiz. Bunga ko‘ra, har qanday xalqaro guruh O‘zbekistonda ishlash istagini bildirsa, qonunchilikda ular uchun barcha shart va talablar aniq ko‘rsatilgan.

Asosiy talab — barcha serverlarning O‘zbekistonda mavjud bo‘lishi. Agar kompaniya hamma narsa talablarga javob bersa, biz litsenziya beramiz. Bu yerda hech qanday muammo yo‘q. Biz tayyormiz.

O‘zbekistonda o‘tgan yil yoki joriy yil boshidan buyon kripto-aktivlar aylanmasi haqida maʼlumot bera olasizmi?

Albatta, bizda bunday ma‘lumotlar mavjud. Biz hammasini kuzatib turibmiz, lekin men ularni ochiqlashni xohlamasdim, chunki ayrim kriptodo‘konlarning tijorat sirlari bilan bog‘liq muammo bor.

Umuman o‘sish bormi? Dinamika qanday?

Dinamika juda ijobiy, aytaylik, o‘sish juda katta va hayratlanarli.

$1 mlrddan ortiqmi yoki undan kammi?

Albatta, bundan ko‘proq, lekin hozircha aniq raqamlarni ayta olmayman.