Bosh sahifa Blog Sahifa 10

Oliygoh bitiruvchilarini ishga olgan tadbirkorlar uchun 1%lik soliq stavkasi joriy etiladi

0

Yoshlar uchun mini-franshiza dasturi ishga tushirilib, 300 mln so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.

Avvalroq prezident yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.

Davlat rahbari oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorga yosh mutaxassis uchun daromad va ijtimoiy soliq bir yil ichida 1% etib belgilanishini e‘lon qildi. Bu 200 mingga yaqin oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorlar uchun katta rag‘batga aylanadi.

Hozirda ijtimoiy reyestrga kirmagan, lekin ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, harbiy xizmat, migratsiya va jazoni o‘tab qaytgan, jismoniy imkoniyati cheklangan yana 1 mln yoshlar bor. Bunday yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Kafolatlangan birinchi qadam paketi joriy etiladi.

Bu jarayonda ustoz-talaba dasturi asosida uyushmagan yoshlarni o‘qitib, oliygohga kirishiga ko‘maklashgan talabalarga magistraturaga kirishda qo‘shimcha ball, davlat stipendiyalarini olishda ustuvorlik beriladi.

Hozirda savdo, servis, ishlab chiqarish sohalarida o‘z brendiga ega minglab yoshlar bor. Prezident ularni uyushmagan tengdoshlariga biznesni o‘rgatishga, o‘z brendi asosida ishlashga sharoit yaratib, daromad topishiga ko‘maklashishga chaqirdi.

Shu maqsadda Yoshlar mini-franshizasi dasturi ishga tushiriladi. Ularga faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli shartlarda yer va kredit beriladi.

Mahalliy brendlar franshizasini oladigan yigit-qizlarga Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasidan 300 mln so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi. Mazkur dasturlarni moliyalashtirish uchun 500 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

100 ta eng yaxshi yoshlar loyihasiga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya ajratiladi

0

Vazirlik va hokimliklar huzurida kamida 10 mlrd so‘mlik venchur jamg‘armalari tashkil etiladi.

Avvalroq prezident yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Hozirda yillik aylanmasi 500 mlrd so‘mdan oshgan yosh tadbirkorlar soni 15 nafarga, 100 mlrd so‘mdan oshgani 194 nafarga, 50 mln so‘mlik marradan o‘tganlari esa 68 nafarga yetgani taʼkidlandi.

Endilikda yoshlarni muvaffaqiyatli biznes sari yetaklaydigan yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Bank-moliya akademiyasi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha aql markazi sifatida belgilanadi. Bundan buyon akademiya tinglovchilari hududlarda yoshlar va tadbirkorlar bilan uchrashadi va tayyor biznes loyihalarni shakllantiradi.

Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi tayyor loyihani biznes rejasi bilan qulay shartda yoshlarga taklif qiladi. Jamg‘arma yoshlarning yuqori daromad keltirib, ko‘plab ish o‘rni yaratadigan loyihalariga 5 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritadi.

Eng yaxshi loyihalar akademiya tinglovchilarining magistrlik dissertatsiyasi sifatida qabul qilinadi. Bunday loyiha mualliflari hududiy bank rahbari va hokimlarning iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga eng birinchi nomzod bo‘ladi.

Ushbu tizim kamida 300 ming yoshga o‘z biznesini boshlashi uchun yo‘l ochadi.

“Biz 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini $240 mlrddan oshirishni reja qilganmiz. Bunga erishish uchun barcha sohalarga yangi g‘oya olib kiradigan innovatsion startaplar kerak”, — dedi davlat rahbari.

So‘nggi to‘qqiz yilda mahalliy startap ekotizimi 15 barobar o‘sib, $4 mlrddan oshdi. Venchur jamg‘armalar soni 23 taga, ularning umumiy kapitali $200 mlnga yetdi. O‘tgan davrda 1 200 dan ziyod istiqbolli startap loyihalar paydo bo‘ldi. Ayni yo‘nalishda 3 mingdan ziyod yoshlar yuqori daromad topyapti.

Hali bu sohada juda katta imkoniyatlar borligi taʼkidlandi. Endi har bir vazir, tarmoq rahbari va hokimlar 1 mingta masalaga — yoshlardan 1 mingta yechim loyihasini ishga tushiradi.

Bunda har bir rahbar o‘z tizimidagi dolzarb muammolarni ochiq platformada joylashtirib, eng yaxshi yechimlar uchun mukofot eʼlon qiladi. Buning uchun har bir vazir va hokim kamida 10 mlrd so‘mlik venchur jamg‘arma tashkil etadi.

Ushbu mablag‘lar g‘oliblarni mukofotlash va 20 tadan eng yaxshi startapni g‘oyadan amaliyotgacha barcha bosqichlarni moliyalashtirishga sarflanadi.

Yoshlar agentligi biznes, AT, kreativ iqtisodiyot yo‘nalishida 100 ta eng yaxshi loyihani tanlab, ularga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritadi.

Prezident qoraqalpog‘istonlik muhandis qizga Volkswagen sovg‘a qildi

0

Ayzada Asanova jamoasi yaratgan energiya tejamkor elektromobil loyihasini davlat rahbariga taqdim etdi.

Shavkat Mirziyoyev 30-iyun kuni Yoshlar kuni munosabati bilan Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan ko‘rgazmada faol va tashabbuskor yoshlar bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari mahalla hayoti, ekologiya, startaplar, muhandislik va kitobxonlik yo‘nalishidagi loyihalar bilan tanishib, ularning mualliflari bilan muloqot qildi.

Farg‘ona viloyatidagi Obod ta’lim loyihasi orqali 600 nafar yoshni yangi kasb va xorijiy tillarga o‘qitgan Islombek Muhammadjonov, ekologik startaplarni rivojlantirayotgan Gulira’no Mamirova, shuningdek, O‘qi va yuksal loyihasi muallifi Chinora G‘ulomova hamda rangtasvir tanlovi g‘olibi Odinaxon Ma’murjonovaning tashabbuslari taqdim etildi.

Prezident maktabi bitiruvchisi, Chikago universiteti talabasi Asilbek Ashurov 18 yoshida Makon AI startapini ta’sis etib, sun’iy intellektga asoslangan SAT/AP testlariga tayyorgarlik platformasini yaratgan. Loyiha AQSH va Yaqin Sharq hamda Shimoliy Afrika mintaqasida 100 mingdan ortiq foydalanuvchi va $380 ming investitsiya jalb qilgan hamda $3 mlnga baholangan.

Y Combinator dasturining ilk o‘zbekistonlik ishtirokchisi Sardorbek Rahmatulloyevning startapi ham namoyish etildi. Prezident bu kabi yuqori texnologiyali loyihalarni mamlakatda joriy etish va yosh tadbirkorlarga xorijiy bozorlarga chiqishda ko‘maklashish ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Muhandislik va innovatsiya sohasidagi taqdimotlar doirasida talabalarning sun’iy intellekt hamda robototexnika yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlari ko‘rib chiqildi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi, dronlar poygasi bo‘yicha mamlakat chempioni Biloliddin Ismoilov mahalliy antidron tizimlarini yaratish va takomillashtirishda ishtirok etayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Nukus davlat texnika universiteti talabasi, Nukus yoshlar texnoparki rezidenti Ayzada Asanovaning Yangi avlod avtomobillari yo‘nalishidagi loyiha taqdimot qilindi. O‘zbekiston 24 telekanali lavhasida Ayzadaning davlat rahbariga ta’kidlashicha, yosh muhandis qizlar jamoasi uzoq masofaga eng kam energiya sarflaydigan elektromobil yaratgan.

Uning aytishicha, ushbu elektromobil “Yangi avlod avtomobili” xalqaro tanlovida 10 km masofani atigi 40 vatt energiya sarflab bosib o‘tgan va g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, jamoa birinchi marta Belgiyada o‘tkaziladigan xalqaro tanlovda O‘zbekiston nomidan ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.

muhandis, prezident, startaplar, tadbirkorlik, texnologiyalar, volkswagen, yoshlar, yoshlar kuni

“[O‘zavtosanoat boshqaruvi raisi Ulug‘bek] Rozuqulovga hozir topshiriq bering, menga taqdimot qilgan Volkswagen’ning eng chiroyli, menga yoqqan modeli bor-ku, shuni prezident nomidan sovg‘a qiling”, — dedi davlat rahbari.

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev ushbu innovatsion ishlanmalarni turli tarmoqlarda joriy etish zarurligini qayd etdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ayzada Asanovaga prezident sovg‘asi — Volkswagen elektromobili topshirilganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, madaniy-ma’rifiy yo‘nalishda Mutolaa loyihasi rahbari Sirojiddin Olimov yaratgan mobil ilova qariyb 5 mln marta yuklab olingani va unda o‘qilayotgan kitoblar soni 18 mlndan oshgani ta’kidlandi.

Yoshlar uchun kasb vaucheri joriy etiladi, xususiy texnikumlarga davlat granti beriladi

0

Har yili 500 ming nafar yoshni zamonaviy kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan ekotizim yo‘lga qo‘yiladi.

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari bugungi kunning muvaffaqiyat formulasi va ertangi taraqqiyot zamini uchta ustunga tayanishini taʼkidladi. Bu — bilim, kasb va texnologiya.

“Mening niyatim — har bir yigit-qiz ana shunday imkoniyatga ega bo‘lib, hayotda munosib o‘rnini topsin”, — dedi prezident.

Shuning uchun har yili 500 ming yoshni zamonaviy kasbga ega bo‘lishini ta‘minlaydigan Kelajak bilimlari ekotizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Hududlarda “O‘quv markazi qurib, yoshlarga kasb va til o‘rgataman” degan yoshlar ko‘paymoqda. Endi bu maqsadlar uchun yer va davlat obyektlari imtiyozli narxda auksionga chiqariladi.

Yoshlar to‘lovni besh yilda foizsiz bo‘lib to‘laydi. Infratuzilmaga zarurat bo‘lsa, davlat qilib beradi. O‘quv markazini qurish va jihozlash uchun kredit stavkasining 7%i kompensatsiya qilinadi.

Yoshlar o‘quv markazlariga xorijiy ilg‘or o‘quv dasturlari va o‘qituvchilarni olib kelsa, davlat ushbu xarajatning yarmini qoplashga ham tayyor.

Qo‘lida kasbi bo‘lib, xalqaro talablar asosida yangi ko‘nikmalarni egallamoqchi bo‘lgan yoshlarga kasb vaucherini berish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu kasb vaucheri foizsiz ssuda shaklida bo‘lib, har yili 50 ming nafar yoshning zamonaviy kasblarni o‘rganish xarajatlari qoplab beriladi.

Ehtiyojmand oilalardagi 85 ming ishsiz yoshlar xususiy o‘quv markazida kasb egallashi uchun bepul vaucher taqdim etiladi.

Shu yilning o‘zida kasb vaucheri va bepul vaucher tizimi uchun 120 mlrd so‘m ajratiladi. Talab bo‘lsa, ushbu mablag‘ ko‘paytirib boriladi.

Xorijiy tilni puxta o‘rganib, yuqori natija bilan sertifikat olgan yoshlarga bu xarajatini qoplash tizimi o‘zini oqladi. Prezident buni xalqaro kasb sertifikatini olganlarga ham tatbiq qilishni taklif etdi.

Yoshlarga kasb o‘rgatishning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarda xususiy sektor ishtiroki yanada kengaytiriladi.

Buning uchun texnikum ochishdagi litsenziya sharti soddalashtirilib, 20 dan ortiq talab bekor qilinadi. Yangi o‘quv yilidan xususiy texnikumlarga ham kasbga o‘qitish bo‘yicha davlat granti beriladi.

Xalqaro kasb tanlovlarida g‘olib bo‘lgan davlat va xususiy texnikum o‘quvchilari 100 mln so‘mdan, ularni tayyorlagan ustozlari 50 mln so‘mdan mukofot oladi.

«Tashabbuslar marafoni» doirasida respublika bo’ylab «Biznes Marafon» katta shukuhda tashkil etildi

0

«Tashabbuslar marafoni» doirasida yoshlarni tadbirkorlikka faol jalb qilish, ularga biznes yuritish ko‘nikmalarini o‘rgatish, yoshlarning tadbirkorlik g‘oyalari va startap loyihalarini hayotga tatbiq etishlari uchun amaliy ko‘mak berishga maqsadida «Biznes Marafon» loyihasi respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab bosqicha-bosqich o‘tkazildi. Xususan:
1. 3 iyun sanasida Xorazm viloyati, Xiva shahrida;
Spikerlar:
Ibroxim Gulyamov — “Perfect Consulting Group” rahbari, biznes-trener;
Sobirov Shaxzod — “Data Union” MCHJ rahbari;
Baxtiyorov Hikmatillo — “AQLY” korxonasi rahbari;
Yuldoshov Yoldoshbek — “Finlite academy” o‘quv markazi asoschisi.
Mehmon tadbirkordar:
Karimov Kamolbek — “Oxford School” xususiy maktabi rahbari;
Qurbonboyev Asadbek — “Moveme” MCHJ rahbari;
Atamuratov Dilshod — “Xarvard English Team” MCHJ rahbari;
Abdusharipov Sanatbek — “Zulfiqor Savdo” rahbari;
Bekchanov Dostonbek — “uPro logistics” hamda “uPro learning center” rahbari.
Ishtirokchilar: 210 nafar
Barcha fotosuratlar: https://teletype.in/@raxaraxa/UymmMVsy4P8

2. 5 iyun sanasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida;
Spikerlar:
Sa’dullayev Alisher Zafarovich — (Oliy majlis senatining a’zosi, Yoshlar ishlari agentligi direktori va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari);
Sattarov Xayrulla Fayzullayevich — (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori);
Azim Bayonxonov — (“La Esmeralda”, “Shampur”, “Laghan” brendlari asoschisi);
Islam Pirimbetov — (“Oil time” avto-komplekslar tarmog‘i asoschisi);
Ishtirokchilar: 200 nafar
Barcha fotosuratlar: https://teletype.in/@raxaraxa/4b5N2oh9Szu

3. 7 iyun sanasida Buxoro viloyati, Buxoro shahrida;

Spikerlar:
Umidjon Ishmuhamedov — (“Millat umidi” universiteti asoschisi);
Azim Bayonxonov — (“La Esmeralda”, “Shampur”, “Laghan” brendlari asoschisi); Iqlima Shamsiyeva — (“Iklima boutique”, “Milliy_libos_by_iklima”, “tunlibos_byiklima”, “iklimatravel”, “iklima_gijduvon” brendlari asoschisi);
Mamlakat Sodiqova — (O‘zbekiston “Tadbirkorlar va ishbilarmon ayollar” birlashmasi boshqaruv raisi).
Ishtirokchilar: 420 nafar
Barcha fotosuratlar: https://teletype.in/@raxaraxa/SvmJ05-ZqkP
https://teletype.in/@raxaraxa/tC38xFCS87B

4. 8 iyun sanasida Navoiy viloyati, Navoiy shahrida;
Spikerlar:
Sa’dullayev Alisher Zafarovich — (Oliy majlis senatining a’zosi, Yoshlar ishlari agentligi direktori va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari);
Sattarov Xayrulla Fayzullayevich — (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori),
Umidjon Ishmuhamedov — (“Millat umidi” universiteti asoschisi)
Azim Bayonxonov — (“La Esmeralda”, “Shampur”, “Laghan” brendlari asoschisi);
Husan Mamasaidov — (“MFaktor” loyihasi, “Deli.uz” brendi asoschichi)
Ishtirokchilar: 450 nafar
Barcha fotosuratlar: https://teletype.in/@raxaraxa/q7BPmKF9CTn

5. 10 iyun sanasida Samarqand viloyati, Samarqand shahrida;
Spikerlar:
Sattarov Xayrulla Fayzullayevich — (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori);
Azim Bayanxonov — (“La Esmeralda”, “Shampur”, “Laghan” brendlari asoschisi);
Botir Djurayev — (“Fast Education” o‘quv markazi, “Oxford international school” asoschisi);
Anvar Temirov — (“Yuksalish group” asoschisi).
Ishtirokchilar: 440 nafar
Barcha fotosuratlar: https://teletype.in/@raxaraxa/SwJCfwqSBW-

6. 12 iyun sanasida Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida;
Spikerlar:
Sa’dullayev Alisher Zafarovich — (Oliy majlis senatining a’zosi, Yoshlar ishlari agentligi direktori va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari)
Sattarov Xayrulla Fayzullayevich — (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori),
Mirzayev Rahmatulla Kamoliddinovich — (“Romay 1001 mayda-chuyda” brendi asoschisi va rahbari, Savdo Sanoat palatasi a’zosi”);
Sharafutdinova Oydin Ximaytdinovna — (“Assom-Termiz xususiy korxonasi” rahbari, Xalq deputatlari Termiz shahar kengashi deputati, Tadbirkor ayol “Xalqaro ayollar assosiatsiyasi” Surxondaryo bo‘limi rahbari);
Ishtirokchilar: 360 nafar
Barcha fotosuratlar: https://teletype.in/@raxaraxa/LrSKVfY7RBl

7. 15 iyun sanasida Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida o‘tkazildi.
Spikerlar:
Muhammadali Eshonqulov — (“Yuksalish” xususiy maktablar tarmog‘i asoschisi);
Gulnora Odilova — (“Gulnoz art inc.” kompaniyasi rahbari).
Ishtirokchilar: 250 nafar
Barcha fotosuratlar: https://teletype.in/@raxaraxa/IvCxyDIV6nL

8. 16 iyun sanasida Jizzax viloyati, Jizzax shahrida o‘tkazildi.
Spikerlar:
Sattarov Xayrulla Fayzullayevich — (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori),
Elyor Zokirov — (“Jizzax qoplari” MCHJ, “Luxe shedevr garden” QK rahbari),
Abduazim Hamroqulov — (Ko‘p tarmoqli tibbiyot texnikumi rahbari),
Alisher Azimov — (“Bosim bobo” brendi asoschisi).
Ishtirokchilar: 275 nafar
Barcha fotosuratlar: https://teletype.in/@raxaraxa/rtzlCkGVgsL

9. 18 iyun sanasi Sirdaryo viloyati, Guliston shahri.
Spikerlar:
Sattarov Xayrulla Fayzullayevich — (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori),
Oybek Niyazov — (“Mebel city” asoschisi);
Rustam Bosimov — (“Rustam Bosimov international school” asoschisi);
Usmonova Dilnoza — (“Guliston limon export” brendi asoschisi).

10. 20 iyun sanasida Namangan viloyati, Namangan shahrida o‘tkazildi.
Spikerlar:
Sattarov Xayrulla Fayzullayevich  — (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori),
Begzod Turg‘unov — ( “Standftor LC” asoschisi),
Asadbek Urunov — (“Cosmos Innovation va Body Tester” asoschisi),
Mahmudjon Otaboyev — (“Zamonaviy kelajak ta’lim” va “Alfa Line”)
Ishtirokchilar: 210 nafar
Barcha fotosuratlar: https://teletype.in/@raxaraxa/aBBxZMfWU_6

11. 21 iyun sanasida Andijon viloyati, Andijon shahrida o‘tkazildi. 
Spikerlar:
Alisher Zafarovich — (Oliy majlis senatining a’zosi, Yoshlar ishlari agentligi direktori va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari)
Sattarov Xayrulla Fayzullayevich — (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori),
Sa’dullayev Bobur Musaboyev — (“Insan” biznes akademiyasi rahbari).
Ishtirokchilar: 355 nafar
Barcha fotosuratlar: https://teletype.in/@raxaraxa/10LjVwhsq47

12. 22 iyun sanasida Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida o‘tkazildi.
Spikerlar:
Sa’dullayev Alisher Zafarovich — (Oliy majlis senatining a’zosi, Yoshlar ishlari agentligi direktori va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari),
Sattarov Xayrulla Fayzullayevich — (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori),
Oybek Qosimov — (YouTube bloger),
Musaboyev Bobur — (“Insan” biznes akademiyasi rahbari).
Ishtirokchilar: 450 nafar
Barcha fotosuratlar: https://teletype.in/@raxaraxa/Iwybic-7D8_

13. 26 iyun sanasida Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida o‘tkazildi.
Spikerlar:
Sattarov Xayrulla Fayzullayevich — (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori);
Umidjon Ishmuhamedov — (“Millat umidi” universiteti asoschisi);
Davron Turdiyev — (“Super miya” asoschisi).
Ishtirokchilar: 350 nafar
Barcha fotosuratlar: https://teletype.in/@raxaraxa/pR1JwAtVND

14. 28 iyun sanasida poytaxt — Toshkent shahrida o‘tkazildi.
Spikerlar:
Sattarov Xayrulla Fayzullayevich — (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori);
Husan Mamasaidov — (“MFaktor” loyihasi, “Deli.uz” brendi asoschichi)
Aziz Babaniyazov (“Best audit accounting company” asoschisi);
Feruz Allayev — (“Asaxiy” asoschisi).
Ishtirokchilar: 310 nafar
Barcha fotosuratlar: https://teletype.in/@raxaraxa/7HZxazQEdkC

O‘tkazilgan ushbu tadbirlar orqali 4 000 nafarga yaqin tadbirkorlar, bitiruvchi yoshlar, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlar jamoasi qamrab olindi.

O‘zbekiston aholisi ilk bor 39 mlndan oshdi — aholini ro‘yxatga olish natijalari

0

Dastlabki natijalariga ko‘ra, aholi soni amaldagi statistik ko‘rsatkichlardan 810,6 ming kishiga ko‘paydi.

Aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi ilk bor 39 mln kishidan oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati Spot’ga xabar berdi.

Aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 mln 47 ming 321 kishini tashkil etib, joriy statistik hisob-kitoblardan 810 ming 617 kishiga oshgan.

Mamlakatda aholini ro‘yxatga olish 15-yanvardan 28-fevralgacha o‘tkazildi. 1989-yilgi aholini ro‘yxatga olish bilan taqqoslaganda mamlakat aholisi deyarli 2 baravar ko‘paydi.

Aholi orasida erkaklar 19 mln 766 ming 166 nafar, ayollar 19 mln 281 ming 155 nafarni tashkil etadi. Aholini ro‘yxatga olishda mamlakat hududida bir yildan ortiq yashayotgan 56,9 ming nafar chet el fuqarolari — asosan Hindiston, Rossiya va Qozog‘iston fuqarolari ham hisobga olingan.

Aholining milliy tarkibida o‘zbeklar 89,4%, tojiklar 3,3%, qoraqalpoqlar 2,2%, qozoqlar 1,8%, ruslar 1,6%, qirg‘izlar 0,6%, turkmanlar 0,5%, boshqa millat vakillari 0,6% ni tashkil etgan. O‘zbek tilini ona tili sifatida mamlakat aholisining 91,3%i (35,7 million kishi) ko‘rsatgan, bu etnik o‘zbeklar ulushidan 1,9 foiz punktga yuqori.

aholini ro'yxatga olish, statistika qo‘mitasiAholini ro‘yxatga olish qishloq xo‘jaligida ham o‘zgarishlarni qayd etdi: joriy hisob-kitoblarga nisbatan bir yillik ekin maydonlari 23,%ga, bog‘ va tokzorlar 18,8% ga, issiqxonalar 2,2%ga, baliqchilik suv havzalari 15% ga ko‘paydi. Shu bilan birga, qoramollar soni 14,9% ga, qo‘y va echkilar soni 6,2% ga, otlar soni 11,2% ga kamaydi, parrandalar soni esa 12,7% ga oshdi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, aholining 82,3%i onlayn ro‘yxatga olingan. Qolgan aholi “mahalla yettiligi” vakillari tomonidan planshetlar yordamida uyma-uy yurish orqali so‘rovdan o‘tkazildi — bu ishda 55 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.

Aholini ro‘yxatga olishdan keyingi kuzatuv natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisining 97,3%i ro‘yxatga olindi, bu xalqaro me’yorlarga mos keladi, unga ko‘ra qamrab olinmagan aholi ulushi 10% va undan ortiq bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, bir kishini ro‘yxatga olish xarajatlari $0,12 ni tashkil etdi.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida 8,2 mlndan ortiq obyekt bo‘yicha geolokatsiya ma’lumotlari shakllantirildi, OneID tizimida esa 2,1 mln yangi foydalanuvchi ro‘yxatga olindi. Aholi murojaatlariga tezkor javob berish uchun koll-markaz tashkil etilib, u orqali kuniga 2 mingdan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Ro‘yxatga olish natijalari demografik o‘zgarishlarni tahlil qilish va infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyojni baholash, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik va ijtimoiy himoya sohalarida davlat dasturlarini manzilli tashkil etish imkonini beradi. Aholini ro‘yxatga olishning dastlabki ma’lumotlari muntazam ravishda Milliy statistika qo‘mitasi saytida e’lon qilib boriladi.