Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston aholisi ilk bor 39 mlndan oshdi — aholini ro‘yxatga olish natijalari

O‘zbekiston aholisi ilk bor 39 mlndan oshdi — aholini ro‘yxatga olish natijalari

Dastlabki natijalariga ko‘ra, aholi soni amaldagi statistik ko‘rsatkichlardan 810,6 ming kishiga ko‘paydi.

Aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi ilk bor 39 mln kishidan oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati Spot’ga xabar berdi.

Aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 mln 47 ming 321 kishini tashkil etib, joriy statistik hisob-kitoblardan 810 ming 617 kishiga oshgan.

Mamlakatda aholini ro‘yxatga olish 15-yanvardan 28-fevralgacha o‘tkazildi. 1989-yilgi aholini ro‘yxatga olish bilan taqqoslaganda mamlakat aholisi deyarli 2 baravar ko‘paydi.

Aholi orasida erkaklar 19 mln 766 ming 166 nafar, ayollar 19 mln 281 ming 155 nafarni tashkil etadi. Aholini ro‘yxatga olishda mamlakat hududida bir yildan ortiq yashayotgan 56,9 ming nafar chet el fuqarolari — asosan Hindiston, Rossiya va Qozog‘iston fuqarolari ham hisobga olingan.

Aholining milliy tarkibida o‘zbeklar 89,4%, tojiklar 3,3%, qoraqalpoqlar 2,2%, qozoqlar 1,8%, ruslar 1,6%, qirg‘izlar 0,6%, turkmanlar 0,5%, boshqa millat vakillari 0,6% ni tashkil etgan. O‘zbek tilini ona tili sifatida mamlakat aholisining 91,3%i (35,7 million kishi) ko‘rsatgan, bu etnik o‘zbeklar ulushidan 1,9 foiz punktga yuqori.

aholini ro'yxatga olish, statistika qo‘mitasiAholini ro‘yxatga olish qishloq xo‘jaligida ham o‘zgarishlarni qayd etdi: joriy hisob-kitoblarga nisbatan bir yillik ekin maydonlari 23,%ga, bog‘ va tokzorlar 18,8% ga, issiqxonalar 2,2%ga, baliqchilik suv havzalari 15% ga ko‘paydi. Shu bilan birga, qoramollar soni 14,9% ga, qo‘y va echkilar soni 6,2% ga, otlar soni 11,2% ga kamaydi, parrandalar soni esa 12,7% ga oshdi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, aholining 82,3%i onlayn ro‘yxatga olingan. Qolgan aholi “mahalla yettiligi” vakillari tomonidan planshetlar yordamida uyma-uy yurish orqali so‘rovdan o‘tkazildi — bu ishda 55 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.

Aholini ro‘yxatga olishdan keyingi kuzatuv natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisining 97,3%i ro‘yxatga olindi, bu xalqaro me’yorlarga mos keladi, unga ko‘ra qamrab olinmagan aholi ulushi 10% va undan ortiq bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, bir kishini ro‘yxatga olish xarajatlari $0,12 ni tashkil etdi.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida 8,2 mlndan ortiq obyekt bo‘yicha geolokatsiya ma’lumotlari shakllantirildi, OneID tizimida esa 2,1 mln yangi foydalanuvchi ro‘yxatga olindi. Aholi murojaatlariga tezkor javob berish uchun koll-markaz tashkil etilib, u orqali kuniga 2 mingdan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Ro‘yxatga olish natijalari demografik o‘zgarishlarni tahlil qilish va infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyojni baholash, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik va ijtimoiy himoya sohalarida davlat dasturlarini manzilli tashkil etish imkonini beradi. Aholini ro‘yxatga olishning dastlabki ma’lumotlari muntazam ravishda Milliy statistika qo‘mitasi saytida e’lon qilib boriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...