Matbuot xizmatiYangiliklar100 ta eng yaxshi yoshlar loyihasiga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya ajratiladi

100 ta eng yaxshi yoshlar loyihasiga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya ajratiladi

Vazirlik va hokimliklar huzurida kamida 10 mlrd so‘mlik venchur jamg‘armalari tashkil etiladi.

Avvalroq prezident yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Hozirda yillik aylanmasi 500 mlrd so‘mdan oshgan yosh tadbirkorlar soni 15 nafarga, 100 mlrd so‘mdan oshgani 194 nafarga, 50 mln so‘mlik marradan o‘tganlari esa 68 nafarga yetgani taʼkidlandi.

Endilikda yoshlarni muvaffaqiyatli biznes sari yetaklaydigan yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Bank-moliya akademiyasi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha aql markazi sifatida belgilanadi. Bundan buyon akademiya tinglovchilari hududlarda yoshlar va tadbirkorlar bilan uchrashadi va tayyor biznes loyihalarni shakllantiradi.

Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi tayyor loyihani biznes rejasi bilan qulay shartda yoshlarga taklif qiladi. Jamg‘arma yoshlarning yuqori daromad keltirib, ko‘plab ish o‘rni yaratadigan loyihalariga 5 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritadi.

Eng yaxshi loyihalar akademiya tinglovchilarining magistrlik dissertatsiyasi sifatida qabul qilinadi. Bunday loyiha mualliflari hududiy bank rahbari va hokimlarning iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga eng birinchi nomzod bo‘ladi.

Ushbu tizim kamida 300 ming yoshga o‘z biznesini boshlashi uchun yo‘l ochadi.

“Biz 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini $240 mlrddan oshirishni reja qilganmiz. Bunga erishish uchun barcha sohalarga yangi g‘oya olib kiradigan innovatsion startaplar kerak”, — dedi davlat rahbari.

So‘nggi to‘qqiz yilda mahalliy startap ekotizimi 15 barobar o‘sib, $4 mlrddan oshdi. Venchur jamg‘armalar soni 23 taga, ularning umumiy kapitali $200 mlnga yetdi. O‘tgan davrda 1 200 dan ziyod istiqbolli startap loyihalar paydo bo‘ldi. Ayni yo‘nalishda 3 mingdan ziyod yoshlar yuqori daromad topyapti.

Hali bu sohada juda katta imkoniyatlar borligi taʼkidlandi. Endi har bir vazir, tarmoq rahbari va hokimlar 1 mingta masalaga — yoshlardan 1 mingta yechim loyihasini ishga tushiradi.

Bunda har bir rahbar o‘z tizimidagi dolzarb muammolarni ochiq platformada joylashtirib, eng yaxshi yechimlar uchun mukofot eʼlon qiladi. Buning uchun har bir vazir va hokim kamida 10 mlrd so‘mlik venchur jamg‘arma tashkil etadi.

Ushbu mablag‘lar g‘oliblarni mukofotlash va 20 tadan eng yaxshi startapni g‘oyadan amaliyotgacha barcha bosqichlarni moliyalashtirishga sarflanadi.

Yoshlar agentligi biznes, AT, kreativ iqtisodiyot yo‘nalishida 100 ta eng yaxshi loyihani tanlab, ularga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...