Bosh sahifa Blog Sahifa 85

Xiva shahrida «Biznes marafon»ning 5-mavsumi start oldi

0

Yoshlarni tadbirkorlikka faol jalb qilish, ularning biznes g‘oyalari va loyihalarini hayotga tadbiq etishlariga ko‘mak berish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan «Biznes marafon»ning 5-mavsumiga star berildi. Ilk manzil 18-sentabr kuni Xorazm viloyati bo‘ldi.

Yoshlar va tadbirkorlar o‘rtasidagi uchrashuv viloyatning Xiva shahridagi Ichan Qal’a me’moriy yodgorligida bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, tajribali tadbirkorlar tomonidan yoshlarga biznes rejalarni tayyorlash hamda tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar berildi. Biznesni rivojlantirishda qo‘l keladigan dunyodagi ilg‘or tajriba va zamonaviy vositalar bilan tanishtirildi.

Marafon davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiynab kelayotgan xatarlarni qanday boshqarish, raqobat muhitida bozorda oʻz oʻrnini topish, xodimlar bilan ishlashdagi usullar, ruhiy va iqtisodiy bankrotlik, biznesdagi barqarorlikka erishish, biznesga investitsiya kiritish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi savollarga javoblar olishdi.

O’zbekistonda qaysi sohalarda tadbirkorlar ko‘proq faoliyat yuritayotgani ma’lum bo’ldi

0

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yil 1-avgust holatiga 396 448 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

savdo sohasida – 150 319 ta;

sanoat sohasida – 63 049 ta;

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 33 668 ta;

qurilish sohasida – 30 080 ta;

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 28 123 ta;

tashish va saqlash sohasida – 16 521 ta;

axborot va aloqa sohasida – 9 915 ta;

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 9 584 ta;

boshqa sohalarda – 55 189 ta.

23-sentabrdan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabuli boshlanadi

0

Endilikda ariza beruvchi xohishi bilan uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlari kiritilishi mumkin.

Joriy yilning 23-sentabridan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabulining ikkinchi bosqichi boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli parametrlari doirasida fuqarolar arizalarni 23-sentabr kuni soat 09:00dan boshlab jo‘natishlari mumkin.

Navbatdagi bosqichda ijtimoiy mezonlarga muvofiq, subsidiya olish uchun fuqarolarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida ularning daromadlarini inobatga olish tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Endilikda ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin.

Ariza beruvchi yoki uning turmush o‘rtog‘ining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) o‘rtacha daromad miqdori quyidagicha bo‘lishi zarur:

  • Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2,83 mln — 8,4 mln so‘m);
  • Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2,83 mln so‘m — 9,66 mln so‘m).

Subsidiya nima beradi?

Subsidiya uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich to‘lov va foizlarning bir qismi budjetdan qoplanishini nazarda tutadi.

Joriy yilda mamlakat bo‘yicha jami 27 mingta subsidiya ajratilishi belgilangan. Shundan 20 mingtasi yangi uy-joy sotib olish, 7 mingtasi esa uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga yo‘naltiriladi. Hujjatlar 15-maydan 1-noyabrgacha qabul qilinadi. Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich to‘lovni qoplashga qat’iy belgilangan 30 mln so‘m ajratiladi.

Kreditlarning 12%dan oshgan qismiga foiz to‘lovlari 5 yil davomida qoplab beriladi. 2025-yildan esa Markaziy bankning asosiy stavkasidan yuqori foizlarning bir qismi subsidiyalanadi.

Ariza qanday jo‘natiladi?

Ipoteka subsidiyasi uchun arizalarni Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali mustaqil ravishda onlayn jo‘natish mumkin.

Onlayn ariza topshirishda portalga kirgach, qidiruv tizimiga “ipoteka krediti” kalit so‘zlarini kiritish zarur. Undan so‘ng kerakli sahifa paydo bo‘ladi hamda “Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosish orqali jarayon boshlanadi. Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi va arizachi haqidagi ma’lumotlar portalda avtomatik ravishda shakllanadi.

Birinchi qadamda ariza yuboruvchi tanlanadi. Agar nomzod o‘z nomidan ariza topshirmoqchi bo‘lsa, “arizachining o‘zi” toifasini tanlashi kerak.

“Spot” subsidiya uchun arizalarni qanday jo‘natish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanma taqdim etgandi.

Arizalar 19 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Agar u tasdiqlansa, Iqtisodiyot va moliya vazirligi to‘rt oy davomida amal qiladigan sertifikat (xabarnoma) taqdim etadi. Undan o‘z vaqtida foydalana olmaganlar esa subsidiya olish uchun qayta ariza topshirishlari mumkin. Lekin joriy yil uchun bu oxirgi arizalar qabuli hisoblanadi.

Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.

Subsidiya uchun arizalarni qabul qilishning birinchi bosqichi 15-maydan boshlangan. Birinchi kunning o‘zidayoq soat 18:00gacha 64 mingdan ortiq fuqaro ariza topshirgan. 15-maydan 21-may kunigacha — bir hafta ichida esa jami 150 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan.

O‘zbekiston va Germaniya 9 mlrd yevrolik sarmoyaviy loyihalar ustida ishlamoqda

0

Qayd etilishicha, tomonlar 8ta shartnoma, jumladan migratsiya, transport va muhim foydali qazilmalar sohasida shartnomalar imzoladilar.

Shavkat Mirziyoyev 15-sentabr kuni Samarqandda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 2023-yil uchun tovar ayirboshlash 1 mlrd yevrodan oshdi, joriy yil boshidan buyon nemis kompaniyalari O‘zbekistonga 800 mln yevroga yaqin sarmoya kiritdi.

“KfW” banki va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining moliyaviy-texnik ko‘mak loyihalariga yuqori baho berildi.

Joriy yil yozda Samarqand shahrida Ibn Sino va Genrix Shipperges nomidagi Tibbiyot fanlari oliy maktabi ochilgani ham mamnuniyat bilan qayd etildi. Uchrashuvda Sanoat va texnologiyalar bo‘yicha strategik sheriklik dasturi tayyorlangani qayd etildi. Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan umumiy qiymati qariyb 9 mlrd yevro bo‘lgan hamkorlik loyihalari ishlab chiqilmoqda.

Ular “yashil” energetika, kimyo sanoati, o‘ta muhim xomashyoni o‘zlashtirish, mashinasozlik, to‘qimachilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab oladi.

“Siemens Energy” kompaniyasi bilan mamlakatimiz hududlarida bug‘-gaz elektr stansiyalarini qurish, “Linde Group” kompaniyasi bilan “metanol oroli” barpo etish va “yashil” ammiak ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

“KfW-Ipex Bank” “Giga Fiber” ishtirokida qazib olish va qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladigan mis konini o‘zlashtirishga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, nasos tizimlarini mahalliylashtirish, qayta tiklanuvchi energetika, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish, logistika markazlarini tashkil etish bo‘yicha bir qator yangi loyihalar mavjud.

Ushbu loyihalarni tezlashtirish va qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni rag‘batlantirishning samarali vositalarini joriy etishga kelishildi. Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning “Lufthansa” aviakompaniyasining O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarini qayta yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

O‘zbekiston nemis modeli bo‘yicha dual ta’limga qiziqish bildirdi, Germaniyada qo‘shma fakultet va universitetlarning filiallarini ochish uchun sharoit yaratish taklifini bildirdi. Bundan tashqari, nemis tilini o‘qitishni kengaytirish rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha 8ta shartnoma imzolandi, jumladan:

  • migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama sheriklik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • veterinariya va chorvachilik sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo deklaratsiya;
  • “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi doirasida suv resurslaridan barqaror foydalanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo deklaratsiya;
  • o‘ta muhim minerallar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya;
  • transport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Parij bitimi doirasida iqlim o‘zgarishi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum.

“Shakl. Funksiya. Qulaylik. Uyg‘unlik”: Dilnoza Ahmad Perfect Design ARH falsafasi va muvaffaqiyati haqida

0

O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi arxitektura va dizayn sohasida o‘zini yetakchi kompaniyalardan biri sifatida ko‘rsatgan Perfect Design ARH byurosini taqdim etmoqda. Ushbu maqolada biz Perfect Design ARH va uning asoschisi, xalqaro tajribaga ega taniqli arxitektor Dilnoza Ahmad haqida gaplashamiz. Dilnoza Ahmad arxitekturaga o‘ziga xos yondashuvi va mukammallikka intilishi bilan mashhur bo‘lib, bu unga o‘zining mukammalligi va innovatsion g‘oyalarini ta’kidlaydigan muhim loyihalarni ishlab chiqish imkonini berdi.

“Bizning arxitektura sohasiga qo‘shgan hissamizni e’tirof etgani uchun O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi va O‘zbekiston arxitektorlar uyushmasiga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bizning tajribamiz, sifat va loyiha xavfsizligiga e’tiborimiz yuqori baholanganidan faxrlanamiz. O‘zbekiston bozoridagi yetakchi kompaniyalar qatoridan joy olish biz uchun katta sharafdir. Maqsad va vazifamiz, shuningdek, yutuqlarimiz bilan o‘rtoqlashishdan mamnunmiz”, — dedi Dilnoza Ahmad.

perfect design arh, reklamaZamonaviy arxitektura olamida bir nechta kompaniyalar nafaqat o’z mijozlarining funksional ehtiyojlarini qondirish, balki har bir ijodini ilhomlantiruvchi va atrof-muhit bilan uyg’un bo’lgan noyob narsaga aylantirish qobiliyati bilan maqtana oladi. 2005-yilda asos solingan Perfect Design ARH nafaqat meʼmor, balki shakl, funksiya, qulaylik va uyg‘unlik o‘zaro bog‘langan butun dunyoni yaratuvchi usta sifatida ham shuhrat qozondi.

perfect design arh, reklamaKompaniya asoschisi Dilnoza Ahmad bolaligidan me’mor bo‘lishni orzu qilgan. Uning arxitekturaga bo‘lgan muhabbati yoshligidan boshlangan, u bir necha soatlab binolarni chizib, ularning haqiqatda qanday amalga oshirilishini tasavvur qilar edi. Yillar o’tib, u o’zining mukammallikka erishish ishtiyoqi va noyob qarashlarini o’zida mujassam etgan kompaniyaga asos solib, orzusini amalga oshirishga muvaffaq bo’ldi.

perfect design arh, reklamaDilnoza Ahmad kompaniya muvaffaqiyati ortida nima turgani, uning ishini qanday falsafiy tamoyillar va qadriyatlar boshqarayotgani, arxitektura san’ati cho‘qqilariga chiqish yo‘lida qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishi haqida gapirib berdi.

perfect design arh, reklamaPerfect Design ARH shiori bo‘lmish “Shakl. Funksiya.Qulaylik. Uyg‘unlik” qanday paydo bo’ldi? Shioringiz sizning ish falsafangizni qanday aks ettiradi?

Bizning shiorimizni tasodifan tanlamaganmiz. Bu ko’p yillik mehnatimiz va me’morchilikka bo’lgan ishtiyoq natijasi edi. Shakl, funksiya, qulaylik va uyg’unlik integratsiyasisiz arxitekturani amalga oshirish mumkin emas deb hisoblaymiz. Bu elementlar bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo‘lib, har bir binoni o’ziga xos va taniqli qiladi. “Shakl. Funksiya.Qulaylik. Uyg‘unlik” shiori bizning falsafamizni aks ettiradi hamda biz taqdim etgan me’moriy yechimlarimizning egalariga bu tushunarli.

perfect design arh, reklamaKuni kecha sizning boy tajribangiz, muvaffaqiyatli loyihalaringiz, ijtimoiy mas’uliyatingiz va taqdim etayotgan yuqori sifatingiz tufayli kompaniyangiz O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan arxitektura sohasining yetakchilaridan biri sifatida e’tirof etildi. Ushbu e’tirofni siz qanday qabul qilasiz va bunday yutuqlar kompaniyangiz rivojiga qanday ta’sir qiladi?

Biz 20 yildan ortiq mehnat faoliyati davomida ko’plab mukofotlar, diplomlar va sertifikatlarga sazovor bo’lganimizdan faxrlanamiz. Biz uchun bu e’tiroflar shunchaki yutuqlar ro‘yxatidagi belgi emas, balki to‘g‘ri yo‘lni tanlaganimizning tasdig‘idir. Har bir yangi e’tirof bizni yanada ko’proq ishlashga ilhomlantiradi.

Bu tajriba va professional hamjamiyatdagi e’tirof bizning rivojlanishimizda muhim bosqich bo’ldi. Biz uchun bu nafaqat maqomimizni tasdiqlash, balki loyihalarimizning o‘ziga xosligi va sifatini saqlab qolgan holda yangi marralarni zabt etishga intilishdir.

perfect design arh, reklamaPerfect Design ARH 2005-yilda tashkil etilganidan beri arxitektura dizayniga yondashuv qanday o’zgardi? Har bir loyiha mijozlar uchun noyoblikni ta’minlab, funksionallik va estetika o’rtasidagi muvozanatni qanday topasiz?

Birinchi loyihamiz UzOman — kompaniyaning rivojlanish yo‘nalishini belgilab bergan boshlang‘ich nuqta bo‘ldi. O’shandan beri qariyb yigirma yil o’tdi va har bir yangi loyiha chuqur bilim va boy tajriba samarasiga aylanib keldi. Biz zamonaviy standartlarga javob beradigan, kelajak avlod ehtiyojlarini inobatga olgan loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. Biz doimo yangi sharoitlarga moslashamiz va ko’p yillar davomida dolzarb bo’lib qoladigan tegishli yechimlarni ishlab chiqamiz.

Arxitektura qulaylik va vizual joziba o’rtasidagi muvozanatni topish qobiliyatini talab qiladigan san’atdir. Har bir loyihada biz uyg’unlikni qidiramiz, bu binoni nafaqat qulay, balki vizual jozibador qiladi. Biz ko‘zni quvontiradigan va ko‘p yillar davomida o‘z maqsadiga xizmat qiladigan loyihalarni yaratish uchun nafaqat mijozning talablarini, balki atrof-muhit va hozirgi arxitektura yo‘nalishlarini ham hisobga olamiz.

Har bir loyihamiz noyob bo‘lib, biz har biriga alohida yondashamiz. Biz loyihalarni takrorlamaymiz va mijozning talablariga javob beradigan va boshqa binolar orasida ajralib turadigan noyob yechim topishga harakat qilamiz. Ushbu yondashuv har bir binoning nafaqat funksional, balki o’ziga xosligini ham ta’minlaydi.

perfect design arh, reklamaSiz eng faxrlangan loyihangiz qaysi? Uning ishlab chiqilishida qanday qiyinchiliklarga duch kelgansiz?

Men shahar me’morchiligi muhitida o’z o’rnini egallagan har bir loyiha bilan faxrlanaman. Turli yo’nalishlarda ko’plab qiziqarli loyihalarni amalga oshirganmiz:

  • UzOman va Oazis biznes markazlari;
  • BeFit One fitness klubi;
  • Orient Finance Bank bosh ofisi;
  • “Maxtumquli” biznes parki;
  • va ko’plab turar-joy majmualari.

Novza turar-joy majmualaridan biri shu qadar yuqori baholandiki, u Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari uchun o‘quv dasturiga kiritilgan. Bu loyiha biz uchun shunchaki ish emas, balki haqiqiy katta tajriba bo‘ldi. Biz amalga oshirgan taniqli sharqona dizayn g’oyalarimiz shahar makonini qanday o’zgartirishi, hatto eng qiyin sharoitlarda ham o’ziga xos va funksional bo’lib qolishi mumkinligini namoyish etadi.

perfect design arh, reklamaYangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda mijozlarning fikr-mulohazalari qanday rol o’ynaydi?

Biz mijozlar bilan o’zaro munosabatlarga katta ahamiyat beramiz, chunki faqat mijoz bilan muloqot qilish orqali biz loyihani mukammallikka olib kelishimiz, ularning xohish-istaklarini diqqat bilan tinglashimiz va ularning umidlariga javob beradigan yechimlarni taklif qilishimiz mumkin. Misol uchun, xuddi shu “Novza” loyihasida ular bizga yevro-klassiklar so’rovi bilan kelishdi, ammo barcha tafsilotlarni muhokama qilgandan so’ng, biz sharqona zamonaviy uslubni taklif qildik, keyinchalik u yanada foydali bo’ldi. Shu sababli, biz, professionallar uchun nafaqat istaklarni ko’r-ko’rona amalga oshirish, balki loyiha tugashi bilan binoning maksimal imkoniyatlarini ochishni ta’minlash ham muhimdir. Aksariyat mijozlarimiz tavsiyalar orqali keladi va, albatta, doimiy mijozlarga aylanishadi, bu ham o‘z navbatida kompaniyamizga bo‘lgan ishonchning yuksakligini tasdiqlaydi. Loyihalarimizni birma-bir amalga oshirayotgan mijozlarimizga chin dildan minnatdormiz.perfect design arh, reklamaSizningcha, Perfect Design ARH raqobatchilaridan nimasi bilan ajralib turadi? Muvaffaqiyatingiz siri nimada?

Raqobatchilarimiz bor deb hisoblamaymiz, chunki har bir loyiha shunchaki ish emas, balki biz tomondan qaralgan shaxsiy mas’uliyatdir. Biz har bir loyihaga o’z ishimizdek, maksimal fidoyilik bilan yondashamiz. Muvaffaqiyat sirimiz doimo mukammallikka intilish va yangi narsalarni o’rganishdadir. Biz faqat doimiy rivojlanish va takomillashtirish orqali loyihalarimizning yuqori sifati va o’ziga xosligini ta’minlashimiz mumkinligiga ishonamiz. Ana shu maqsad yo‘lida har yili xalqaro anjuman va ko‘rgazmalarda qatnashib, o‘tgan yili hamkasblar bilan tajriba va ma’lumot almashish maqsadida shaxsiy ko‘rgazma tashkil etdik.

Biz uchun ishimiz shunchaki kasb emas, balki mehr va fidoyilik bilan bajariladigan haqiqiy vazifadir. Mening ishim — mening vazifam va men arxitektura tarixida iz qoldiradigan loyihalarni yaratishga imkon beruvchi jarayonning har bir jihatiga chuqur sodiqlikni his qilaman.

546 nafar yoshlar «Yosh tadbirkor» tanlovining hududiy bosqichiga yoʻllanma oldi

0

2024-yil 24-iyunda Yoshlar ishlar agentligi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi, Savdo-sanoat palatasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan
“Yosh tadbirkor” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qaror imzolangan edi.

“Yoshlarportali.uz” manzili orqali jami 11,5 ming yoshlar “Yosh tadbirkor” tanlovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtdi. Roʻyxatdan oʻtgan yoshlarning 9,5 ming nafari 2024-yil 1-5-avgust kunlari “Oilakredit.uz” manziliga ariza qoldirdi hamda ulraning 2 ming nafari elektron skoring tizimi hamda mahallalardagi hokim yordamchilarining ijobiy xulosasini olgan holda tanlovning test bosqichiga oʻtkazildi.

Joriy yilning 23-28-avgust kunlari 208 ta tuman (shahar)larda tanlovining “tuman” bosqichi oʻtkazilib, ishtirokchilarning iqtisodiy-moliyaviy bilimlari tekshirildi.

Oʻtkazilgan test natijalariga koʻra, 546 nafar ishtirokchilar tanlovning hududiy bosqichiga yoʻllanma oldi.

Respublika bosqichida g’olib bo’lgan yoshlarga grant mablag’lari va imtiyozli kredit olish uchun sertifikatlar taqdim etiladi.