Matbuot xizmatiYangiliklar23-sentabrdan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabuli boshlanadi

23-sentabrdan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabuli boshlanadi

Endilikda ariza beruvchi xohishi bilan uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlari kiritilishi mumkin.

Joriy yilning 23-sentabridan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabulining ikkinchi bosqichi boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli parametrlari doirasida fuqarolar arizalarni 23-sentabr kuni soat 09:00dan boshlab jo‘natishlari mumkin.

Navbatdagi bosqichda ijtimoiy mezonlarga muvofiq, subsidiya olish uchun fuqarolarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida ularning daromadlarini inobatga olish tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Endilikda ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin.

Ariza beruvchi yoki uning turmush o‘rtog‘ining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) o‘rtacha daromad miqdori quyidagicha bo‘lishi zarur:

  • Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2,83 mln — 8,4 mln so‘m);
  • Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2,83 mln so‘m — 9,66 mln so‘m).

Subsidiya nima beradi?

Subsidiya uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich to‘lov va foizlarning bir qismi budjetdan qoplanishini nazarda tutadi.

Joriy yilda mamlakat bo‘yicha jami 27 mingta subsidiya ajratilishi belgilangan. Shundan 20 mingtasi yangi uy-joy sotib olish, 7 mingtasi esa uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga yo‘naltiriladi. Hujjatlar 15-maydan 1-noyabrgacha qabul qilinadi. Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich to‘lovni qoplashga qat’iy belgilangan 30 mln so‘m ajratiladi.

Kreditlarning 12%dan oshgan qismiga foiz to‘lovlari 5 yil davomida qoplab beriladi. 2025-yildan esa Markaziy bankning asosiy stavkasidan yuqori foizlarning bir qismi subsidiyalanadi.

Ariza qanday jo‘natiladi?

Ipoteka subsidiyasi uchun arizalarni Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali mustaqil ravishda onlayn jo‘natish mumkin.

Onlayn ariza topshirishda portalga kirgach, qidiruv tizimiga “ipoteka krediti” kalit so‘zlarini kiritish zarur. Undan so‘ng kerakli sahifa paydo bo‘ladi hamda “Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosish orqali jarayon boshlanadi. Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi va arizachi haqidagi ma’lumotlar portalda avtomatik ravishda shakllanadi.

Birinchi qadamda ariza yuboruvchi tanlanadi. Agar nomzod o‘z nomidan ariza topshirmoqchi bo‘lsa, “arizachining o‘zi” toifasini tanlashi kerak.

“Spot” subsidiya uchun arizalarni qanday jo‘natish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanma taqdim etgandi.

Arizalar 19 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Agar u tasdiqlansa, Iqtisodiyot va moliya vazirligi to‘rt oy davomida amal qiladigan sertifikat (xabarnoma) taqdim etadi. Undan o‘z vaqtida foydalana olmaganlar esa subsidiya olish uchun qayta ariza topshirishlari mumkin. Lekin joriy yil uchun bu oxirgi arizalar qabuli hisoblanadi.

Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.

Subsidiya uchun arizalarni qabul qilishning birinchi bosqichi 15-maydan boshlangan. Birinchi kunning o‘zidayoq soat 18:00gacha 64 mingdan ortiq fuqaro ariza topshirgan. 15-maydan 21-may kunigacha — bir hafta ichida esa jami 150 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...