Matbuot xizmatiYangiliklarToshkent shahri 2045-yilgacha 7,5 mln aholiga mo‘ljallangan megapolisga aylantiriladi

Toshkent shahri 2045-yilgacha 7,5 mln aholiga mo‘ljallangan megapolisga aylantiriladi

Bosh reja bilan poytaxtni aglomeratsiya asosida rivojlantirish hamda uchta zonaga ajratish rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi kunda shahar hududi 43 822 gektarni, aholi soni esa 3 mlndan ortiqni tashkil etadi. Kelgusida bu ko‘rsatkich oshib borishi kutilmoqda. Shundan kelib chiqib, Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi loyihalashtirildi.

Davlat rahbari bu boradagi ilk ishlanmalar bilan 2022-yilda tanishgandi. Loyiha “ToshkentboshplanLITI” korxonasida tomonidan Singapur, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya, Xitoy va Niderlandiya kompaniyalari bilan hamkorlikda ish chiqilgan.

Loyihaga ko‘ra, Toshkent quyidagi 3ta zonaga ajratiladi:
  • konservatsiya zonasida madaniy meros binolari, tarixiy joylar, uylar va yashil hududlar o‘zgarishsiz qoladi;
  • rekonstruksiya zonasida master-rejalar asosida qo‘shimcha qurilishlar qilish mumkin bo‘ladi;
  • renovatsiya zonasida eskirgan uy-joy, binolar o‘rnida yangi qurilishlar va ta’mirlash amalga oshiriladi.
  • Yangi bosh rejada ekologiya va transport muammolari hisobga olingan. Jumladan, Toshkent va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytirilib, 25 ming gektarga yetkazilishi belgilanmoqda. Bu orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil maydon 6 kv.metrga oshiriladi.

Bundan tashqari, jamoat transporti tarmog‘i kengaytiriladi. Buning uchun bog‘lamlar va bekatlar ko‘paytiriladi, yangi yo‘llar qurilib, metrobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Natijada, aholi o‘z yashash joyidan eng yaqin bog‘cha, maktab, shifoxona, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalariga ko‘pi bilan 15 daqiqada yetib borishi ta’minlanadi.

Bosh reja loyihasida elektr energiyasi, suv va oqova infratuzilmasi quvvatlarini oshirish manbalari ham hisob-kitob qilingan. Loyiha tasdiqlangach, uning xaritalari Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida hamda poytaxt hokimligi saytida ochiq joylashtiriladi. Davlat rahbari Toshkent shahrini kamida 7,5 mln odam yashashi va ishlashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantirish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq va Toshkent tumanlarini poytaxt bilan yaxlit aglomeratsiya asosida rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...