Bosh sahifa Blog Sahifa 67

Bill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 4ta kitob va to’rtinchisi

0

Microsoft asoschisi o‘z blogida yangi yil bayramida mutolaa qilish uchun o‘zi o‘qigan kitoblari ro‘yxatini taqdim etdi.

“Yaqinlashayotgan to‘lqin”, Mustafo Sulaymon

Mustafo ilm-fan tarixini chuqur tushunadi va sun’iy intellekt — genlarni tahrirlash kabi boshqa ilmiy yutuqlar bilan birgalikda — jamiyatning har bir jihatini qayta shakllantirishga qodir ekanligini men ko‘rgan eng yaxshi tarzda tushuntiradi. U biz tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak bo‘lgan xavf-xatarlarni va ushbu texnologiyalarning afzalliklaridan bexatar foydalanishimiz uchun yengishimiz lozim bo‘lgan qiyinchiliklarni bayon etadi. Agar siz sun’iy intellektning yuksalishini anglamoqchi bo‘lsangiz, bu o‘qishingiz kerak bo‘lgan eng yaxshi kitobdir.

bill geyts, kitoblar, kitoblar tavsiyasi

1-fevraldan Tashabbusli budjetning birinchi mavsumi boshlanadi

0

Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etib, mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2,6 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yilgi ilk mavsumiga 1-fevraldan start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bunda loyihalarni kiritish 1−20-fevral kunlari amalga oshiriladi. Undan keyin, 21-fevraldan 7-martgacha loyihalarni saralash o‘tkaziladi.

Keyingi bosqich — targ‘ibot — 8−10 mart kunlari. Ovoz berish jarayoni esa 11−20-mart kunlari davomida o‘tkaziladi.

Joriy yildagi birinchi mavsum g‘oliblari 21-mart kuni e’lon qilinadi.

Mazkur mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2,6 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Shunga ko‘ra, tuman va shahar budjetidan ajratiladigan mablag‘larning eng kam miqdori 15 mlrd so‘m, eng yuqori miqdori esa — 45 mlrd so‘m.

2023-yilgi oxirgi mavsum jarayonida “Tashabbusli budjet” doirasida xodimlarni majburiy ovoz yig‘ish ishlariga jalb qilganlik uchun qanday jazo mavjudligi haqida ma’lumot berilgandi.

Qanday kasblarga vaucher asosida bepul o‘qish mumkin? Ro‘yxat

0

O‘qish to‘lovlari yosh chegarasi va o‘qish davomiyligidan qat’i nazar, to‘liq qoplab beriladi. Fuqarolar 35 ta til va kasblarga bepul o‘qishlari mumkin.

Avvalroq kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etilishi haqida xabar berilgand i.

Ushbu tizim 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o‘tkaziladi, 1-maydan esa barcha hududlarda joriy qilinadi.

Tizim doirasida ishsiz aholi davlat va nodavlat o‘quv markazlarida vaucher asosida bepul o‘qishlari mumkin bo‘ladi. Bunda kambag‘al oilalar a’zolariga ustuvorlik beriladi. O‘qish to‘lovlari yosh chegarasi va o‘qish davomiyligidan qat’i nazar, to‘liq qoplab beriladi. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tomonidan to‘lovning dastlabki 50%i o‘qish boshlanganida, qolgan yarmi esa o‘qish tugagach — fuqaro sertifikat olganidan so‘ng, o‘quv markaziga yo‘naltiriladi.

Vaucherni olish uchun fuqaro tuman yoki shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilishi kerak. Fuqaro telefoniga havola yuboriladi, u orqali vaucherni yuklab olish va uni o‘quv markaziga olib borish mumkin bo‘ladi.

Hisob-kitob ishlari o‘quv markazi va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi o‘rtasida amalga oshiriladi. Vaucher qaysi viloyatdan olingan bo‘lsa, o‘sha hududdagi o‘quv markazlari uchun amal qiladi.

Vaucher asosida quyidagi 35 ta til va kasblarga bepul o‘qitiladi:

  1. Kompyuter grafikasi mutaxassisi;
  2. Kompyuter texnikasi montajchisi;
  3. Interer dizayner;
  4. Marketing bo‘yicha mutaxassis;
  5. Merchendayzer (reklama qiluvchi);
  6. Kontent-menejer;
  7. AutoCad dasturi;
  8. Logistika markazlari texnik-operatori;
  9. Call-center operatori;
  10. Videomontaj;
  11. Buxgalteriya (o‘rta malakali);
  12. Kadrlar va maxsus ishlar bo‘yicha inspektor;
  13. Ayollar sartaroshi;
  14. Erkaklar sartaroshi;
  15. Fotograf;
  16. Kinooperator;
  17. Gid-sayohatchi;
  18. Surdotarjimon;
  19. Ofitsiant;
  20. Karving san’ati ustasi;
  21. Zargar (modeler);
  22. Vizajist (stilist-kosmetolog);
  23. Massajchi;
  24. Navbatchi mexanik;
  25. Kran mashinisti;
  26. Konditsiyalash va shamollatish sistemasini ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chilangar;
  27. Qozonxona ishchisi;
  28. Maishiy texnikalar chilangar-yig‘uvchisi;
  29. Payvandlovchi (3-MT bo‘yicha barcha turdagilar);
  30. Chilangar-santexnik;
  31. Tokar;
  32. Elektromontyor;
  33. Betonchi;
  34. Avtomobillarni ta’mirlovchi chilangar;
  35. Nemis tili.
  36. Bunda ayrim kasblarga ish beruvchi tomonidan buyurtma berilganida o‘qitiladi. Bundan tashqari, nodavlat o‘quv markazlari vaucher tizimida o‘qitish uchun havola orqali ariza jo‘natishlari mumkin.

Endi quruvchi tashkilotlar 12 oygacha yer solig‘idan ozod etiladi

0

Fuqarolarga qurilishi bitmagan uylar uchun ham ipoteka va subsidiya olish imkoni beriladi, shu bilan birga, ular uy bitmasdan turib ham boshqaga sotishi mumkin bo‘ladi.

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 23-yanvar kuni davlat rahbari raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

2024-yilda 100 mingdan ziyod xonadonga ega 2 044 ta ko‘p qavatli uy barpo etildi. Jon boshiga uy-joy hajmi 19 kv.metrdan oshdi (2020-yilda 16 kv.metr bo‘lgan). O‘tgan yili 21,4 mln kv metr turar joy va 19,1 mln kv.metr noturar obyektlar, jami 40,5 mln kv.metr bino-inshoot qurildi. Qurilgan 100 ming xonadon hisobiga mebel, elektrotexnika, to‘qimachilik, qurilish materiallari sohalarida qo‘shimcha 11 trillion so‘mlik bozor paydo bo‘ldi. 2024-yilda 17 trln so‘m ipoteka krediti ajratildi, quruvchi va developerlarga aylanma uchun jami 3 trln so‘m berildi.

Yig‘ilishda hamma hokimlar ham qurilishning iqtisodiyot va aholi farovonligi uchun muhimligini tushunib yetmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. O‘tgan yili uy-joy qurilishida Toshkent shahri, Navoiy, Buxoro, Xorazm va Samarqandda ishlar yaxshi tashkil qilingan. Lekin “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi ishlarning borishi qoniqarsiz ekani qayd etildi.

Qoraqalpog‘iston, Jizzax va Sirdaryoda esa infratuzilma va quruvchilar bilan ishlash o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Xorazmda 98 ta, Buxoroda 65 ta, Jizzaxda 19 ta, Navoiyda 12 ta auksionda sotib olingan yerda qurilish boshlanmagan. Ba’zi xonadonlar aholi va infratuzilmadan uzoq, talab bo‘lmagan joyda qurilgani uchun bir yildan beri sotilmayapti. Endi mazkur massivlarga berilgan yer bo‘yicha loyihalashni 2 oydan, qurilishni boshlashni 3 oydan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu talab buzilsa, yer qaytarib olinib, qayta auksionga chiqariladi. Loyiha ekspertizasini 15 kundan o‘tkazib yuborgan tashkilotlar litsenziyasi to‘xtatiladi.

Qurilishda “eskrou” tizimi joriy qilinmoqda. Bu tizim developerlarga pastroq stavkada mablag‘ jalb qilish imkonini beradi. Moliyalashtirish uy qurish bilan birga boshlanadi. Fuqarolar qurilish boshidan ipoteka va subsidiya olish hamda uy bitmasdan turib ham boshqaga sotishi mumkin bo‘ladi. Uy sotib oluvchilar kafolatli himoyalanadi.

Endi developerlar tomonidan obyektning 50%i qurilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olishi mumkin bo‘ladi. Bu tartib imtiyozli kredit bilan birga tijorat ipotekasi uchun ham tatbiq etiladi. Quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, ko‘pi bilan 12 oy davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi. Biroq obyekt muddatida topshirilmasa, yer solig‘i 2 baravar ko‘p to‘laydi.

“Yangi O‘zbekiston” massivi uchun berilgan yerlarning 10%i developerlarga tijorat binolarini qurishi uchun yagona lot sifatida savdoga chiqariladi. Bu uylarni pastki qavatida xususiy bog‘cha tashkil qilishga ruxsat berilishi, ular mulk solig‘idan ham ozod qilinishi ta’kidlandi.

Hokimlarga bu massivlarga ko‘chib keladigan aholining talabini hisobga olib pastki qavatlarda bog‘cha tashkil qilishni boshlash topshirildi.

Yangi uy xarid qilgan fuqarolarga to‘lagan pullarining bir qismi keshbek qilib qaytarilishi mumkin

0

Shuningdek, daromadi yuqori bo‘lmagan oilalarga ipoteka kreditining boshlang‘ich badali uchun budjetdan subsidiya to‘lanishi rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev yangi uy-joy oladigan fuqarolarga o‘zi to‘lagan mablag‘ining bir qismini keshbek qilib qaytarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni topshirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yilda uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga budjetdan 15,5 trln so‘m resurs berilmoqda.

Banklar bunga qo‘shimcha 10 trln so‘m yo‘naltirishni maqsad qilgan. “Ipoteka kompaniyasi” ham bu maqsadlarga 2,3 trln so‘m resurs yo‘naltiradi.

Mutasaddilarga 2025-yilda kamida 70 mingta xonadon uchun ipoteka krediti taqdim etish, shundan 30 mingi uchun kreditni boshlang‘ich badal uchun budjetdan subsidiya to‘lab, daromadi yuqori bo‘lmagan oilalarga berish vazifasi qo‘yildi. Sohada yashirin iqtisodiyotni yanada qisqartirish uchun yangi uy-joy oladigan fuqarolarga o‘zi to‘lagan mablag‘ining bir qismini keshbek qilib qaytarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Uy-joy qurishda asosiy e’tiborni eskirgan uylar o‘rnida renovatsiya asosida zamonaviy ko‘p qavatli uylarni ko‘paytirishga qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, renovatsiya hisobiga yerdan foydalanish samaradorligi 4−5 karra oshadi, kommunikatsiya xarajati 2 karra kamayadi. “Asosiysi, bu orqali shu hududdagi odamlarning dunyoqarashi o‘zgaradi, turmush tarzi tubdan yaxshilanadi, savdo-servis, ish o‘rni ko‘payib, iqtisodiyot rivojlanadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu borada Jizzax, Marg‘ilon, Qo‘qon, Shahrisabz, Qarshi shaharlari, Do‘stlik va poytaxt tumanlarida ishlar yaxshi boshlangani qayd etildi.

Ularning tajribasini barcha hududda ommalashtirish kerakligi, avariya holatidagi eskirgan uylarda yashayotgan odamlar buni kutayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Renovatsiya asosida bu yil 20 ming xonadon qurilishini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.

Biznes tarixi: Chanel modalar uyi — “Kokoni kim ko‘rdi?”

0

Maqolada Gabriel Bonyor o‘zining qo‘shiqlari bilan mashhur bo‘lgani, qanday qilib erkaklar kiyimiga foydalaniladigan matodan ayollar liboslarini tikib, moda olamida inqilob yasagan Chanel modalar uyiga asos solgani haqida so‘z boradi.

Har qanday biznes loyihalar va turli brendlarning o‘z tarixi bor. Bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, loyihadagi keskin burilishlar hamda muvaffaqiyatli qadamlar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.

“Coco Chanel” nomi bilan dunyoga tanilgan mashhur “Chanel” modalar uyi asoschisi Gabriel Bonyor (Gabrielle Bonheur) onasidan ayrilganidan so‘ng monastirda tikuvchilik sirlarini o‘rgana boshlaydi. Taqdir shamoli uni Parijga yetakladi va u yerda qizaloq birinchi tikuvchilik ustaxonasini ochdi.

114 yil avval shlyapa tikishdan boshlangan biznes bugungi kunda 300dan ortiq mamlakatda o‘zining do‘koniga ega bo‘lib, oddiylikni yillar davomida moda olamida trendga aylantirib kelmoqda.

Maqolada brendning bugungi kungacha qanday shakllangani hamda uning kengayish jarayonlari haqida so‘z boradi.

“Chanel” modalar uyining paydo bo‘lishi

Moda olamida o‘zining o‘rniga ega bo‘lgan “Chanel” brendi asoschisi Gabriel Bonyor hisoblanib, moda ixlosmandlari uni “Coco Chanel” nomi bilan eslab qolgan.

Gabrielning onasi kir yuvuvchi, otasi ko‘cha savdogari bo‘lib ishlagan. Oiladagi olti farzand ota kasbi sabab turar-joylarini tez-tez o‘zgartirib turishardi. U 11 yoshni qarshi olgan kezlari onasi vafot etadi — yaqinlari Bonyorning tarbiyasi bilan shug‘ullanishni istamagach, uni monastirga berib yuborishadi.

biznes tarixi, coco chanel, gabrielle bonheur

Foto: Gabriel Bonyor Shanelning yoshligi. Dzen.ru

Hayotining aynan mana shu sahifasi uning moda olamiga kirib kelishga turtki bo‘lib, u yerda Gabriel tikuvchilik bo‘yicha bilimlarni egallagan. 18 yoshida Mulen shahrida joylashgan katolik qizlar pansionatiga ko‘chib o‘tib, kichik atelyeda tikuvchi bo‘lib ishlay boshlaydi.

Biroq tikuvchilikdan topgan daromadi yashashi uchun yetarli bo‘lmagan va ishi bilan birga kabaredaqo‘shiq ham kuylagan. Gabriel qo‘shiq kuylashni yoqtirar va o‘zini moda olamida emas, qo‘shiqchi sifatida ko‘rgan. Biroq uning ovozi musiqa aytishga mos kelmagan va sahnani tark etgan. Musiqalari orasida “Kokoni kim ko‘rdi?” qo‘shig‘i mashhur bo‘lgan. Aynan mana shu qo‘shiqdagi “Koko” nomi keyinchalik uning moda olamidagi nomining yaratilishiga turtki bo‘lgan.

Ko‘p o‘tmay, fransuz aristokratlaridan biri Chanelni ko‘rib qoladi va Parijga taklif qiladi. U yerda Gabriel o‘zining birinchi shlyapalarini tikib sotishni boshlaydi. Bosh kiyimlar o‘sha davrdagi modaga umuman o‘xshamas — qop-qora toshlar-u patlar o‘rniga u minimal dekoratsiyalardan foydalangan. Bu xaridorlarga ma’qul kelgan va mahsulot ommalashgan.

biznes tarixi, coco chanel, gabrielle bonheurErkaklar kiyim javonidagi matolar orqali ayollar liboslarida “hashamatli oddiylik” ni yaratish o‘sha davr moda olami uchun misli ko‘rilmagan yangilik bo‘lgan. Liboslar nafaqat nafis, balki qulayligi bilan xaridorlar ko‘nglidan joy olgan va uning ommalashishiga sabab bo‘lgan.

1910-yilda Parij shahrining Ryu Kambon ko‘chasida “Chanel” moda uyining ilk tikuvchilik ustaxonasi ochilib, shlyapa sotuvi boshlangan.1913-yilga kelib esa “Chanel” do‘konlari soni ikkitaga yetgan.

Brend logotipi: ikkita “C” nimani anglatadi?

Brend logotipidagi ikkita “C” harfi qanday ma’noni anglatishi xususida bahslar mavjud. Ba’zilar buni uning ism va familiyasining qisqartmasi deb sanasa, boshqalar “Aubazine»cherkovining naqshlaridan ilhomlangan holda yaratilgan, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, logotip rus rassomi Mixail Vrubel ga tegishli bo‘lib, undagi “C” harflari taqa ramzini anglatib, bu omad keltirish ma’nosida qo‘llanilgan, degan qarashlar ham mavjud.

Chanel 100 yillik faoliyati davomida logotipiga bir necha marotaba o‘zgartirish kiritgan. 20-asrning qirqinchi yillarida brend logotipi Chanelning to‘liq familiyasiga o‘xshash bo‘lgan. O‘n yil o‘tgach, ikkita “C” ga o‘zgargan va bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Logoda “Couturier” shriftidan foydalanilgan.

Fransiya moda uylarining tovar belgisi dunyodagi eng ko‘p soxtalashtirilgan markalar qatoriga kiradi.

“Chanel” moda uyi, nomini himoya qilish orqali mahsulot belgisi ostida turli qalbaki tovarlarni ishlab chiqarilishni oldini oladi.

Misol uchun, Italiya zargarlik kompaniyasi “Golden Rose 999 Srl” va “Chanel” o‘rtasida shunga o‘xshash voqea yuz bergan. Italiyaning zargarlik kompaniyasi logotipini “Chanel»ning logotipiga o‘xshash tarzda tanlagan. Sud, ikki brend logotiplari bir-biriga juda o‘xshashligi tan olib, xaridorlar aldanib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin, deb hisoblagan. Natijada, voqeadan so‘ng italyan kompaniyasi kompensatsiya to‘lashga majbur bo‘lgan.

Yana bir da’vo Amerikaning “Innovative Cosmetic Concepts” kompaniyasiga qarshi qo‘yilgan. Kompaniya “INCOCO” deb nomlangan tirnoq uchun qoplama ishlab chiqargan va uni xalqaro miqyosda ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Biroq, sud bu holatni ham xaridorlarni aldanib qolishiga sabab bo‘ladi, deb baholagan.

Brendning ommalashishi: “Kichik qora libos” hikoyasi

Bosh kiyimlardan so‘ng shu uslubda ko‘ylak, paltolar tiklib, sotuvga chiqarildi. 1915-yilga kelib, Gabriel tomonidan tikilgan mahsulotlar dovrug‘i butun Fransiyaga yoyildi.

Shanel Ernest Beauxdan o‘sha davr uchun noanʼanaviy bo‘lgan gul yoki meva hidli, biroq hozirgacha hech qayerda uchramagan, nafislikni o‘zida mujassam etgan atir yaratishni so‘ragan.

1921-yilning 5-mayida mashhur “Chanel №5” parfyumi ommaga taqdim etildi. Parfyum oldiga “ayollar iforini” o‘zida mujassamlash vazifasi qo‘yilgan. Ernes parfyum ustida bosh qotirib, bir necha turdagi ifor na’munalarini yaratgan. Chanel ular orasidan beshinchi raqamli iforni tanlagan va parfyumga “Chanel №5” nomi qo‘yilgan. Atir o‘zida 80dan ortiq mahsulot hidini mujassamlagan. Shisha qadoq ustiga birinchi marta mahsulot belgisi tushirildi — bu mahsulotning birinchi bredlash jarayoni hisoblanadi. Biroq tovar belgisi to‘rt yildan so‘ng ya’ni 1925-yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Shundan so‘ng Gabriel 1926-yilda ommaga “kichik qora libos»ni taqdim etdi. Bu libosning paydo bo‘lishi uning yaqin insoni Artur Keypelning vafoti bilan bog‘liq. Chanel uning qonuniy rafiqasi bo‘lmagani sabab motam tuta olmas — jamiyat nikoh qayd etilmagan erkak uchun motam tutishni maʼqullamas edi. Lekin u chizamalarida buni aks ettirib, liboslarida ko‘rsata oldi.

biznes tarixi, coco chanel, gabrielle bonheur

Shundan so‘ng, u “kichik qora libos»ning eskizini chizdi. Libosning o‘ziga xos jihati shunda ediki, uni kuni bo‘yi istalgan joyga kiyib yurish mumkin bo‘lgan, birgina aksessuar orqali oddiy qora libosni kechki shohona bazm libosiga aylantirish mumkin bo‘lgan. Bu ayollar garderobidagi eng sevimli libosiga aylandi va tez ommalashdi. 1926-yilda Amerikaning “Vogue” jurnali bu libosni qulayligi va mashhurligi jihatidan “Ford T” avtomobili bilan tenglashtirgan.

Ikkinchi jahon urushining Chanel faoliyatiga ta’siri

Liboslar rangi qoraga, insonlar hayoti esa urushning o‘chog‘iga aylandi. 1939-yil “Ikkinchi jahon urushi” boshlanishi bilan “Chanel” modalar uyining barcha do‘konlari yopilgan.

Shanelning jiyani Andre Palase nemislar tomonidan asir olingandan so‘ng, unga yordam berish maqsadida Gabriel Germaniya elchixonasiattashesiXans Gyunter fon Dinklakkadan yordam so‘ragan. Bu uning siyosiy maydonga kirib kelishiga sabab bo‘lgan. Vinsenda saqlanadigan hujjatlarga ko‘ra, Shanel 1942−1943-yillarda Xans Gyunter fon Dinklagning maʼshuqasi va agenti bo‘lgan.

Urush tugagandan so‘ng, Shanel hamkorlikda ayblangan va hibsga olingan. 1944-yilda Ser Uinston Leonard Spenser Cherchillning aralashuvi bilan u faqatgina Fransiyani tark etishi sharti bilan ozod qilingan va 1953-yilgacha Shveysariyada yashagan.

1954-yilda 71 yoshli Bonyor o‘zining yangi to‘plamini taqdim etib, moda olamiga qaytgan. Aynan shu yili Chanel moda olamida yana bir inqilobga sabab bo‘ldi.

biznes tarixi, coco chanel, gabrielle bonheurUning mashhurtvidmatodan tikilgan liboslari ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Tikuvchi birinchi marta bu matodan ayollar kiyimlarini tikish uchun foydalangan. Avvallari faqat erkaklar paltosini tikishda ishlatilgan. Bu matodan tikilgan kiyimlarni Jaklin Kennedi, Margaret Tetcher, Malika Diana va Nensi Reygan kabi mashhur insonlar maʼqul ko‘rgan.

Shlyapa, parfyum va kiyimlardan so‘ng “Chanel” moda uyi “Chanel 2.55” sumkasini sotuvga chiqargan.

Gabrieldan so‘ng “Chanel” modalar uyining taqdiri

1971-yilda Bonyor vafot etdi. Uning farzandi, umr yo‘ldoshi bo‘lmagan. Vafotidan so‘ng: Yvonna Dyudel, Jan Kazobon va Filipp Gibourjelar “Chanel” modalar uyiga raxbarlik qilgan.

Biroq kompaniya uzoq vaqt davomida ijodiy direktor topishda qiyinchiliklar uchragan, bu esa “Chanel” modalar uyini jar yoqasiga olib kelgan. Ammo nemis dizayneri Karl Lagerfeldning “Chanel” modalar uyiga kelishi bilan vaziyat o‘zgargan. U Chanelning uslubini yangi zamonaviy to‘plam bilan qorishtirib o‘zgacha uslub yaratgan.

1980-yillarda butun dunyo bo‘ylab 40dan ortiq Chanel butiklari ochilgan. 1980-yillarning oxiriga kelib “Chanel” modalar uyi do‘konlarida qiymati $225lik raqs uchun maxsus poyabzal, $11 mlnlik ko‘ylak va $2000 charm sumkalar sotuvga chiqarilgan.

biznes tarixi, coco chanel, gabrielle bonheur

1994-yilda “Chanel” modalar uyi €570 mlnlik kiyim sotuvidan €67 mlnga teng sof foyda ko‘rdi va eng daromadli fransuz moda uyiga aylandi.

Biznes ommalashgani sari uning tarmoqlari ham kengayib bordi. 2002-yilda moda uyi “Chance” parfyumeriyasini ishga tushirdi, undan avval esa soatlar ishlab chiqarish ustida ham ish olib borgan edi. 30 yil davomida “Chanel” modalar uyi rivojiga hissa qo‘shgan Lagerfeld 2019-yilda vafot etdi. Bu voqeadan so‘ng, uning yordamchisi Virjiniya VIar ijodiy direktor lavozimini egallagan.

Hozirda “Chanel” modalar uyining “Chanel culture fund»i mavjud bo‘lib, uning asosiy maqsadi — barcha insonlar ovozi teng ekanligi, bu dunyoni boshqa tomondan ko‘radigan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.

“Chanel” ning mashhurligi tobora ortib bordi. Bugungi kunga kelib kompaniyaning dunyo bo‘ylab 300dan ortiq do‘konlari mavjud. Ularning 128tasi Shimoliy Amerika, 94tasi Osiyoda va 70tasi Yevropada joylashgan.