Matbuot xizmatiYangiliklarEndi quruvchi tashkilotlar 12 oygacha yer solig‘idan ozod etiladi

Endi quruvchi tashkilotlar 12 oygacha yer solig‘idan ozod etiladi

Fuqarolarga qurilishi bitmagan uylar uchun ham ipoteka va subsidiya olish imkoni beriladi, shu bilan birga, ular uy bitmasdan turib ham boshqaga sotishi mumkin bo‘ladi.

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 23-yanvar kuni davlat rahbari raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

2024-yilda 100 mingdan ziyod xonadonga ega 2 044 ta ko‘p qavatli uy barpo etildi. Jon boshiga uy-joy hajmi 19 kv.metrdan oshdi (2020-yilda 16 kv.metr bo‘lgan). O‘tgan yili 21,4 mln kv metr turar joy va 19,1 mln kv.metr noturar obyektlar, jami 40,5 mln kv.metr bino-inshoot qurildi. Qurilgan 100 ming xonadon hisobiga mebel, elektrotexnika, to‘qimachilik, qurilish materiallari sohalarida qo‘shimcha 11 trillion so‘mlik bozor paydo bo‘ldi. 2024-yilda 17 trln so‘m ipoteka krediti ajratildi, quruvchi va developerlarga aylanma uchun jami 3 trln so‘m berildi.

Yig‘ilishda hamma hokimlar ham qurilishning iqtisodiyot va aholi farovonligi uchun muhimligini tushunib yetmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. O‘tgan yili uy-joy qurilishida Toshkent shahri, Navoiy, Buxoro, Xorazm va Samarqandda ishlar yaxshi tashkil qilingan. Lekin “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi ishlarning borishi qoniqarsiz ekani qayd etildi.

Qoraqalpog‘iston, Jizzax va Sirdaryoda esa infratuzilma va quruvchilar bilan ishlash o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Xorazmda 98 ta, Buxoroda 65 ta, Jizzaxda 19 ta, Navoiyda 12 ta auksionda sotib olingan yerda qurilish boshlanmagan. Ba’zi xonadonlar aholi va infratuzilmadan uzoq, talab bo‘lmagan joyda qurilgani uchun bir yildan beri sotilmayapti. Endi mazkur massivlarga berilgan yer bo‘yicha loyihalashni 2 oydan, qurilishni boshlashni 3 oydan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu talab buzilsa, yer qaytarib olinib, qayta auksionga chiqariladi. Loyiha ekspertizasini 15 kundan o‘tkazib yuborgan tashkilotlar litsenziyasi to‘xtatiladi.

Qurilishda “eskrou” tizimi joriy qilinmoqda. Bu tizim developerlarga pastroq stavkada mablag‘ jalb qilish imkonini beradi. Moliyalashtirish uy qurish bilan birga boshlanadi. Fuqarolar qurilish boshidan ipoteka va subsidiya olish hamda uy bitmasdan turib ham boshqaga sotishi mumkin bo‘ladi. Uy sotib oluvchilar kafolatli himoyalanadi.

Endi developerlar tomonidan obyektning 50%i qurilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olishi mumkin bo‘ladi. Bu tartib imtiyozli kredit bilan birga tijorat ipotekasi uchun ham tatbiq etiladi. Quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, ko‘pi bilan 12 oy davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi. Biroq obyekt muddatida topshirilmasa, yer solig‘i 2 baravar ko‘p to‘laydi.

“Yangi O‘zbekiston” massivi uchun berilgan yerlarning 10%i developerlarga tijorat binolarini qurishi uchun yagona lot sifatida savdoga chiqariladi. Bu uylarni pastki qavatida xususiy bog‘cha tashkil qilishga ruxsat berilishi, ular mulk solig‘idan ham ozod qilinishi ta’kidlandi.

Hokimlarga bu massivlarga ko‘chib keladigan aholining talabini hisobga olib pastki qavatlarda bog‘cha tashkil qilishni boshlash topshirildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...