Bosh sahifa Blog Sahifa 207

Alibaba bozor qiymati pasayishi bo‘yicha antirekord qayd qildi

0

Xitoylik milliarder Jyek Maning Alibaba Group Holding kompaniyasi bir yil ichida 344 mlrd dollarga arzonlashdi. Kompaniya bu borada antirekord qayd qildi. Xitoy hukumati Alibaba’ga nisbatan talablarni qat’iylashtirgani ortida oktyabr boshida kompaniyaning aksiyalari Hongkong birjasida rekord darajada arzonlashdi. Oy oxiriga kelib esa aksiyalar narxi 30 foizga ko‘tarilgan, biroq 2020 yil oktyabriga nisbatan 43 foiz kamroqni tashkil qilmoqda.

Kapitallashuvi eng ko‘p darajada pasaygan kompaniyalar beshtaligiga Xitoyning yana uchta va AQShning bitta kompaniyasi kirgan: Kuaishou Technology (104 mlrd dollar yo‘qotgan), Ping An (-66,1 mlrd dollar), Tencent (-65,4 mlrd dollar) va AQShning Zoom (-63 mlrd dollar) kompaniyasi.

TENDER SAVDOLARI O‘TKAZILISHI TO‘GʻRISIDA E’LON

0

Tender nomi: Yoshlar orasida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni o‘rgatishga qaratilgan onlayn platformani keng miqyosda ommalashtirish maqsadida mashhur shaxslar ishtirokida motivasion ruhdagi mahorat darslari targ‘iboti, yo‘riqnoma va hisobot videoroligi ishlab chiqish hamda audiovizual xizmatlar ko‘rsatish.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan Davlat xaridlari maxsus axborot portali (https://dxarid.uzex.uz/) orqali Yoshlar orasida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni o‘rgatishga qaratilgan onlayn platformani keng miqyosda ommalashtirish maqsadida mashhur shaxslar ishtirokida motivasion ruhdagi mahorat darslari targ‘iboti, yo‘riqnoma va hisobot videoroligi ishlab chiqish hamda audiovizual xizmatlar ko‘rsatish uchun tanlov e’lon qiladi.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 11-uy.

Tel.: +998 99 001-71-73, +998 99 001-70-34 Mas’ul kotib: A.Xolmatov

Xitoylik bloger 12 soatlik jonli efir chog‘ida 340 mln dollar ishlab topdi

0

3 haftadan so‘ng Xitoyda 11 noyabrdagi Bo‘ydoqlar kuniga bag‘ishlangan chegirmali savdolar mavsumi boshlanadi. Ostin Li Tszyatsi Alibaba va Taobao ilovasida boshlanadigan savdolarga bag‘ishlangan mavsumoldi jonli efiri chog‘ida 10,7 mlrd yuanlik mahsulot sotishga muvaffaq bo‘lgan. Bu 1,7 mlrd AQSh dollarini anglatadi.

Alibaba saydo maydoni odatda savdolarga doir natijalarni e’lon qilmaydi, biroq China Economic Daily nashri Hongren Dianji tahliliy markazi ma’lumotlarni joylashtirgan.

Ostin Li Tszyatsi so‘zlariga ko‘ra, uning jonli efirini 250 milliondan ortiq tomoshabin ko‘rgan. Bu esa Taobao ilovasi ishlashida muammolarga sabab bo‘lgan.

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!

0

Sizlarni, shuningdek, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolarini, faxriylarni 25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan chin dildan muborakbod etamiz.

O‘zbekiston – tinchlik va osoyishtalik mamlakati. Tinch yurtda esa rivojlanish va taraqqiyot bo‘lishi tabiiy. Shuning uchun ham tinchlikni ko‘z qorachig‘idek asrash yosh-u keksaning muqaddas burchiga aylangan.

Xalqimizning osoyishtaligini qo‘riqlashda ichki ishlar idoralari xodimlarining alohida xizmatlari borligi ham barchaga ma’lum.

Kunlarni tunga, tunlarni tongga ulab, Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shishdan hech qachon tolmang! Masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda esa ulkan zafarlar yor boʻlsin.

“Volontyorlar maktabi” a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

0

Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda  “Yoshlar — kelajagimiz ” jamg‘armasi faoliyati to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi. Kelajakdagi amalga oshiriladigan ishlar, muammolar taklif va kamchiliklar to‘g‘risida ochiq muloqot tashkil etildi.Shuningdek, muloqot davomida “E-kasb.uz” platformasi bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.

Sherzod Beknazarov: «Ishongan xodimlarim xiyonat qilishgan!»

0

«Qimmatga Tushgan Xatolar» ko’rsatuvining navbatdagi soni mehmoni Sherzod Beknazarov – Alvon va Yaskanumu brendlari asoschisi. Sherzod Beknazarov biznesida va hayotda kechirgan qiyinchiliklari va xatoliklari haqida so’zlab berdilar.