Matbuot xizmatiYangiliklarAlibaba bozor qiymati pasayishi bo‘yicha antirekord qayd qildi

Alibaba bozor qiymati pasayishi bo‘yicha antirekord qayd qildi

Xitoylik milliarder Jyek Maning Alibaba Group Holding kompaniyasi bir yil ichida 344 mlrd dollarga arzonlashdi. Kompaniya bu borada antirekord qayd qildi. Xitoy hukumati Alibaba’ga nisbatan talablarni qat’iylashtirgani ortida oktyabr boshida kompaniyaning aksiyalari Hongkong birjasida rekord darajada arzonlashdi. Oy oxiriga kelib esa aksiyalar narxi 30 foizga ko‘tarilgan, biroq 2020 yil oktyabriga nisbatan 43 foiz kamroqni tashkil qilmoqda.

Kapitallashuvi eng ko‘p darajada pasaygan kompaniyalar beshtaligiga Xitoyning yana uchta va AQShning bitta kompaniyasi kirgan: Kuaishou Technology (104 mlrd dollar yo‘qotgan), Ping An (-66,1 mlrd dollar), Tencent (-65,4 mlrd dollar) va AQShning Zoom (-63 mlrd dollar) kompaniyasi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...