Bosh sahifa Blog Sahifa 206

Qimmatga tushgan darslar: Husan Mamasaidovdan yoshlar uchun maslahatlar

0

Har birimiz biznes yuritar ekanmiz, albatta, xatolarga yo’l qo’yamiz. Bunday vaziyatlardan oqilona chiqib ketish esa muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili bo’lib xizmat qiladi.

 

TENDER SAVDOLARI O‘TKAZILIShI TO‘G‘RISIDA E’LON

0

Tender nomi: Xududlarda onlayn platformaning targ‘iboti va doimiy ishlashini monitoring qilish uchun zarur telekommunikatsiya qurilmalarini xarid qilish.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan Davlat xaridlari maxsus axborot portali (https://dxarid.uzex.uz/) orqali yoshlar orasida xududlarda onlayn platformaning targ‘iboti va doimiy ishlashini monitoring qilish uchun zarur telekommunikatsiya qurilmalarini xarid qilish uchun tanlov e’lon qiladi.

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 11-uy.

Tel.: +998 99 001-71-73, +998 99 001-70-34 Mas’ul kotib: A.Xolmatov

O‘zbekistonda talabalar soni yarim milliondan oshdi

0

2020/2021 — o‘quv yili boshiga respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar soni 571,5 mingtani tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ulardan:

? talaba yigitlar – 311,5 ming nafar;
? talaba qizlar – 260 ming nafarni tashkil etgan.

Targ‘ibot ishlari davom etmoqda!

0

28-oktyabr kuni «Yoshlar-kelajagimiz» jamg`armasi Toshkent shahar filiali tomonidan Uchtepa tumani 106-umumiy o`rta ta’lim maktabida yoshlarni kasb-hunarga onlayn o`qitish maqsadida ishlab chiqilgan E-kasb.uz kasb-hunarlar platformasining targ`ibotiga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tdi.

Ushbu seminarda bitiruvchi yoshlar bilan suhbat o`tkazildi qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi va seminarda faol ishtirok etgan o`quvchilarga «Yoshlar-kelajagimiz» jamg`armasi Toshkent shahar filiali tomonidan esdalik sovg`alari tarqatildi.

«Facebook» nomini o’zgartirdi

0

«Facebook» kompaniyasi nomini o’zgartirdi. Bugundan boshlab endi u «Facebook» emas, balki «Meta». Nomning o’zgarishiga asosiy sabab – kompaniya bir qator bir-biriga bog’liq virtual dunyo mahsulotlari ustida ishlamoqda, deb tushuntirdi kompaniya rahbari Mark Zukerberg.

«Bizning tizim kelasi 10 yil ichida mobil internet o’rnini egallaydi», – deya da’vo qildi u.

Aytmoqchiki, 10 yildan keyin telefoningizda internet bilan bog’liq nima ish qilsangiz, deyarli hammasi «Meta» bilan bog’liq bo’ladi.

«Meta»ning asosiy xizmati – «Facebook» o’z nomini saqlab qoladi. Demak, amalda nomning o’zgarishi sizning «Facebook»dagi faoliyatingizga hech qanday ta’sir o’tkazmaydi.

Aziz do‘stlar! Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatishga qaratilgan “e-kasb.uz” onlayn platformasi ishga tushirildi.

0

Ushbu onlayn platformadan ro‘yxatdan o‘ting. O‘z kasbining mohir ustalari tomonidan mahorat darslari va kasb-hunarga ixtisoslashgan yurtimizdagi ilg‘or o’quv markazlari darsliklarini o‘qing va o‘rganing.

Onlayn platformaning noqulayliklari va kamchiliklari bo‘lsa izohda qoldirishingizni so‘raymiz. Platformaning rivojlanishiga o‘z hissangizni qo‘shing.