Foydali manbalarTadbirkorlarIlon Maskning kun tartibi qanday? Tadbirkordan ish kunini rejalashtirishga oid 6 tavsiya

Ilon Maskning kun tartibi qanday? Tadbirkordan ish kunini rejalashtirishga oid 6 tavsiya

Ilon Maskning hayot tarzi koʻpchilikni hayron qoldiradi, shunisi ham aniqki, uning qanchalar ishchan ekanligiga havas qilsa arziydi. U bir vaqtning oʻzida bir nechta kompaniyani boshqarish, ixtirolar bilan shugʻullanish, global muammolar va buyuk gʻoyalar ustida ish olib borishga qanday ulguradi?

Asosiy ishlarni aniqlab olish

Bu sizga siyqasi chiqqan gapdek eshitilishi mumkin, ammo ish jarayonidagi eng muhim narsa – haqiqatdan ham asosiy ishlarni aniqlab olish va ularni barchasidan oldinroq bajarishdir. Mask muhandislik va ixtirochilikni oʻzining asosiy ishi deb biladi, ish vaqtining 80 foizini aynan mana shu ishlarga sarflaydi, qolgan 20 foizini esa biznes hamkorlar bilan uchrashuvlar, boshqa turdagi vazifalar uchun qoldiradi.

5 daqiqali bloklar

Bu Mask ish jarayonida qoʻllaydigan va bor diqqat-eʼtiborni bitta narsaga qaratishga yordam beradigan texnika. Ilon Maskaning kun tartibi daqiqalarga qadar aniqlik bilan yozib chiqilgan. U oʻz vaqtini 5 daqiqalik bloklarga boʻlgan va ularning har birini boshqa-boshqa vazifalar uchun sarflashi ham mumkin. Ayrim ishlar uchun bitta emas, bir nechta blok vaqtni sarflash talab etiladi. Ilon Maskaning har kunlik rejasiga odatiy ishlar – nonushta tanovuli yoki dush qabul qilish ham kiritiladi. Bir soʻz bilan aytganda, ishingizda unumdorlik darajasi yuqori boʻlishini istasangiz, kunlik rejasiz yurmang.

Bir nechta ishni bir vaqtda bajarish

Ilon Mask bir vaqtda bajarish mumkin boʻlgan bir nechta ishni birlashtirishga harakat qiladi. U xatlarga nonushta vaqtida javob berishi, loyihaga oid rejalarni ishga ketayotgan vaqtda muhokama qilishi mumkin. Tadbirkor mazkur usul yordamida vaqtni imkon qadar tejashga harakat qiladi.

Tezkor yondashuv

Parkinsonning birinchi qonuni haqida eshitganmisiz? Ushbu qonunga koʻra, ish uning uchun ajratilgan vaqtni toʻldiradi. Bu qonun teskarisiga ham ishlaydi. Agar maʼlum bir ish uchun qisqa vaqt belgilab qoʻyilsa, u nisbatan tezroq bajariladi. Toʻgʻri, vazifalarning barchasini ham rekord darajadagi qisqa vaqt ichida bajarib boʻlmaydi, ammo aniq belgilangan vaqt ish unumdorligini oshiradi. Buning uchun oʻzingizga vazifa belgilagach, uni aynan qachonga tugatishingizni ham yozib qoʻying.

Uchrashuvlar uchun koʻp vaqt belgilamang

Ilon Mask ish boʻyicha uchrashuvlar uchun koʻp vaqt ajratishni yoqtirmaydi. Uning aytishicha, qanchalar ish berishi nomaʼlum boʻlgan va bir nechta kishi ishtirok etadigan majlislardan imkon qadar qochish kerak. Buning ilojisi boʻlmagan taqdirda majlislar vaqtini qisqartirishga harakat qiling. Agar majlisda ishtirok etishingiz uning qiymatini oshirmasa, unda shunchaki ishtirok etmang. “Ketish – xunuk koʻrinadigan ish emas, kimnidir qolishga majburlash va oʻz vaqtingizni behudaga sarflash – xunuk ishdir”, deydi Ilon Mask.

Mask bir sutkada necha soat uxlaydi?

Ilon Maskaning aytishicha, bir sutkada 6 soat vaqtini uyqu uchun ajratadi. “Men undan ham kamroq uhlashga harakat qilganman, ammo bunday holatda ish samaradorligi tushib ketgan”, deydi tadbirkor. “Juda koʻp ishlayman. Odatda tungi soat 1-2 ga qadar ishda qolib ketaman. Baʼzida shanba va yakshanba kunlari ham ishda boʻlaman”.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...