Bosh sahifa Blog Sahifa 186

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun subsidiyalar ajratiladi

0

Hukumat qarori (95-son, 23.02.2021 y.) bilan Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun subsidiya Davlat budjetidan har bir konturga faqat bir marta ajratiladi.

  1. Subsidiyalar:
  • Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan paxta yetishtirishda joriy etilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasiga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun;
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, lazer uskunali yer tekislagichlar bilan tekislash hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun;
  • Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tomonidan mevali ekinlar va uzum (sanoat usulda yetishtiriladigan texnik navli uzum plantatsiyasidan tashqari) yetishtiriladigan hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan sanoatbop usulda yetishtiriladigan texnik navli uzum plantatsiyalari uchun joriy etilgan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalariga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun beriladi.

2. Suvni tejaydigan texnologiyasini joriy qilib subsidiya olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ushbu texnologiyani:
● birinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 100 foiz;
● ikkinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 80 foiz:
● uchinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 60 foiz:
● to‘rtinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 40 foiz:
● beshinchi yil foydalanmasa subsidiyaning 20 foiz qismini subsidiya bergan vazirlik va idoraga belgilangan tartibda qaytaradi.

Agar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ushbu texnologiyani besh yil davomida to‘liq foydalansa, berilgan subsidiya unda to‘liq qoldiriladi.

Shuningdek, jamoatchilik tomonidan suvni tejaydigan texnologiyalardan o‘rnatilgan tartibda foydalanmaslik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Rag‘batlantirish talabgorlardan undirilgan subsidiyaning 5 foizi miqdorida bir yilda bir marta amalga oshiriladi. Pul mukofoti ma’lumotni taqdim etgan shaxsning bank kartasiga o‘tkazib beriladi.

Manbaa: Huquqiy Axborot

Ikki va undan ortiq farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta’lim krediti beriladi

0

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga respublika tijorat banklari tomonidan imtiyozli ta’lim kreditlari berish tartibi joriy etiladi. Hukumatning tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Bunday oilalarga imtiyozli ta’lim kreditlari berish uchun tijorat banklariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maqsadli kredit resurslari ajratilsin.

Ta’lim kreditlari respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari — davlat, nodavlat, qo‘shma ta’lim dasturlari va xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari filiallarida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolariga, ularning ota-onalari yoki vasiylariga beriladi.

Kredit foizlari kredit ajratilgandan so‘ng keyingi oyning 1 sanasidan boshlab oyma-oy to‘lanadi, asosiy qarz esa talabaning o‘qishi rasman tugagach, uch oy o‘tgandan keyin to‘lash boshlanadi.

Ta’lim krediti, o‘qish davrini hisobga olgan holda, bakalavr uchun 15 yil, magistr uchun 10 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

Qarz oluvchi quyidagi ta’minlash shakllaridan birini bankka taqdim etish lozim, uning amalga oshirilishi unga qo‘yilgan asosiy talab hisoblanadi:

  1. mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish;
  2. bankning kafolati;
  3. uchinchi shaxsning kafilligi;
  4. sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Manba: @davletovuz

1-oktyabrdan tadbirkorlik sohasiga oid qanday o’zgarishlar amalga oshiriladi?

0

1. Tadbirkorlarga “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi” beriladi

Tadbirkorlarga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mosligini o‘rganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi”ni berish amaliyoti joriy qilinadi.

Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bo‘yicha 12 oy muddatgacha beriladi.

“Yashil” toifadagi belgiga ega bo‘lgan tadbirkorlar faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan o‘rganilishi va tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno).

2. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi.

Milliy geografik axborot tizimi yuridik va jismoniy shaxslarni kadastr ma’lumotlari bilan tezkor ta’minlash imkonini beradi.

3. Alkogol’ va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi iste’mol va texnik etil spirti, alkogol’ va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda alkogol’ mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning noqonuniy faoliyati haqida ma’lumot mavjud bo‘lganda, maxsus vakolatli organni xabardor qilgan holda tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

4. Byudjet va korporativ buyurtmachilar rahbarlari xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlar ro‘yxatini shakllantirishda ularni cooperation.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda o‘rganadi.

Bunda, korxonalar rahbarlari mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoni bo‘lmagan taqdirda, import orqali tovarlar xarid qilinishining maqsadga muvofiqligini kuzatuv kengashlariga asoslab beradi.

5. Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning, shuningdek ularning affillangan shaxslarining va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarining (mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik maqsadlarida bundan mustasno) ta’sis etilishiga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmaydi:

bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkor faoliyat yuritib kelayotgan sohalarda;
davlat organlari tomonidan o‘zlariga lisenziyalash, ro‘yxatga olish, akkreditasiyadan o‘tkazish va ruxsat berish vakolati berilgan sohalarda.

6. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘liq tarzda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ushbu tizim 2020 yil 1 iyuldan boshlab sinov tariqasida amalga oshirib kelinmoqda.

7. Tadbirkorlar uchun yana bir imtiyoz

Quvvati 140 kilovattgacha bo‘lgan elektr uskunalarini tarmoqqa ulashda sarflanadigan xarajatlar tadbirkorlarning xohishiga ko‘ra, davlat xizmatlari markazlariga texnik shartlarni olish uchun murojaat qilish bilan bir vaqtda berilgan so‘rovnomasiga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Mazkur mablag‘lar keyinchalik tadbirkorlar foydalangan elektr energiyasi qiymatiga qo‘shiladigan ustamalar hisobidan 1 yil davomida undirib olinadi.

8. Respublika byudjeti mablag‘lari va Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashr etishda narxlarni davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi.

9. Aholini don mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va narxlar keskin o‘zgarishining oldini olish maqsadida intervension xaridlar tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Bunda:

2021 yil hosilidan boshlab don uchun davlat buyurtmasi hajmlari bosqichma-bosqich kamaytiriladi, boshoqli don xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor mexanizmlari joriy etiladi;
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun davlat buyurtmasi tizimidan davlat zaxirasidan foydalanishga o‘tish bo‘yicha mexanizm ishlab chiqish nazarda tutiladi.

10. Aksiz solig‘i stavkalari miqdorlari o‘zgaradi

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan (xizmat ko‘rsatiladigan), aksiz solig‘i solinadigan tovarlar (xizmatlar)ning ayrim turlariga aksiz solig‘i stavkalari oshadi.

11. 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab:

nodavlat ta’lim tashkiloti lisenziya olganidan keyingi lisenziya talablari va shartlaridan biri – “Nodavlat ta’limni boshqarish axborot tizimi”ga kiritish uchun tegishli ma’lumotlarni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etish hisoblanadi;
mazkur tizimda nodavlat ta’lim tashkiloti, uning ta’lim oluvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotning lisenziya olingandan boshlab 30 kun davomida yo‘qligi – lisenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki tugatish uchun asos bo‘ladi;
kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat blankalari berganlik uchun BHMning 10 foizi miqdorida yig‘im joriy etiladi.

12. Ichimlik suvi xizmatlari uchun narxlar mahalliy Kengashlar tomonidan ko‘rib chiqiladi

Suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar monopoliyaga qarshi kurashish va narxlarni tartibga solish organlari xulosalari olinib, mahalliy Kengashlar qarori bilan ma’qullangandan so‘ng tasdiqlanadi.

Startap Tashabbuslari dasturining 5-mavsumiga ariza qabul qilish boshlandi!

0

⁉️ Sizga innovatsion startap g’oya bormi?

⁉️ Pandemiya davri bo’lishiga qaramay o’z loyihangizni amalga oshirmoqchimisiz?

⁉️ Tajribali ekspert va mashhur tadbirkorlardan qimmatli maslahatlar olmoqchimisiz?

⁉️ Siz avval ham bu kabi tanlovlarda qatnashgansiz, lekin yuqori o’rinlarni egallay olmaganmisiz?

✅ Agar siz ushbu savollardan birortasiga «HA» deb javob bergan bo’lsangiz, u holda hech ikkilanmay dasturda ishtirok eting!

? Joriy yilda dasturimiz:
? Butun O’zbekiston bo’ylab
? 100% ONLINE formatda
? Umumiy sovrinlar – $200,000
? Sovrinli o’rinlar – 40 ta

⏰ Shoshiling, arizalar – 2020-yil, 16-sentyabrga qadar qabul qilinadi.

Ariza topshirish bu yerda – http://startupinitiatives.uz

Siz karantin davrida o‘z ustingizda ishlab, biznes haqida bilimlarga ega bo‘lishni istaysizmi?

0

Unda navbatdagi Webinar’imiz aynan siz uchun.

Spikerimiz – «Cambridge learning center» o‘quv markazlari tarmog‘i asoschisi, 25 yoshdagi muvaffaqiyatli tadbirkor Jahongir Po‘latov «Karantin davrida o‘z ustida ishlash mavzusida ma’lumot beradi.

Webinar’да https://www.youtube.com/channel/UCPAQFzayXV2tF_Ox7… манзили орқали иштирок этишингиз мумкин.

Tadbirkorlarga sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi beriladi

0

2020 yil 1 oktabrdan boshlab tadbirkorlarga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini o‘rganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi”ni berish amaliyoti joriy qilinadi.

Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bo‘yicha 12 oy muddatgacha beriladi.

“Yashil” toifadagi belgiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan o‘rganilishi va tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno).

Belgi tadbirkorlik sub’ektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda davlat organlari tashabbusi bilan (majburiy) beriladi.