Matbuot xizmatiYangiliklar1-oktyabrdan tadbirkorlik sohasiga oid qanday o'zgarishlar amalga oshiriladi?

1-oktyabrdan tadbirkorlik sohasiga oid qanday o’zgarishlar amalga oshiriladi?

1. Tadbirkorlarga “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi” beriladi

Tadbirkorlarga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga mosligini o‘rganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi”ni berish amaliyoti joriy qilinadi.

Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bo‘yicha 12 oy muddatgacha beriladi.

“Yashil” toifadagi belgiga ega bo‘lgan tadbirkorlar faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan o‘rganilishi va tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno).

2. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi.

Milliy geografik axborot tizimi yuridik va jismoniy shaxslarni kadastr ma’lumotlari bilan tezkor ta’minlash imkonini beradi.

3. Alkogol’ va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi iste’mol va texnik etil spirti, alkogol’ va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda alkogol’ mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning noqonuniy faoliyati haqida ma’lumot mavjud bo‘lganda, maxsus vakolatli organni xabardor qilgan holda tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

4. Byudjet va korporativ buyurtmachilar rahbarlari xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlar ro‘yxatini shakllantirishda ularni cooperation.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda o‘rganadi.

Bunda, korxonalar rahbarlari mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoni bo‘lmagan taqdirda, import orqali tovarlar xarid qilinishining maqsadga muvofiqligini kuzatuv kengashlariga asoslab beradi.

5. Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning, shuningdek ularning affillangan shaxslarining va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarining (mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik maqsadlarida bundan mustasno) ta’sis etilishiga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmaydi:

bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkor faoliyat yuritib kelayotgan sohalarda;
davlat organlari tomonidan o‘zlariga lisenziyalash, ro‘yxatga olish, akkreditasiyadan o‘tkazish va ruxsat berish vakolati berilgan sohalarda.

6. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘liq tarzda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ushbu tizim 2020 yil 1 iyuldan boshlab sinov tariqasida amalga oshirib kelinmoqda.

7. Tadbirkorlar uchun yana bir imtiyoz

Quvvati 140 kilovattgacha bo‘lgan elektr uskunalarini tarmoqqa ulashda sarflanadigan xarajatlar tadbirkorlarning xohishiga ko‘ra, davlat xizmatlari markazlariga texnik shartlarni olish uchun murojaat qilish bilan bir vaqtda berilgan so‘rovnomasiga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Mazkur mablag‘lar keyinchalik tadbirkorlar foydalangan elektr energiyasi qiymatiga qo‘shiladigan ustamalar hisobidan 1 yil davomida undirib olinadi.

8. Respublika byudjeti mablag‘lari va Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashr etishda narxlarni davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi.

9. Aholini don mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va narxlar keskin o‘zgarishining oldini olish maqsadida intervension xaridlar tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Bunda:

2021 yil hosilidan boshlab don uchun davlat buyurtmasi hajmlari bosqichma-bosqich kamaytiriladi, boshoqli don xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor mexanizmlari joriy etiladi;
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun davlat buyurtmasi tizimidan davlat zaxirasidan foydalanishga o‘tish bo‘yicha mexanizm ishlab chiqish nazarda tutiladi.

10. Aksiz solig‘i stavkalari miqdorlari o‘zgaradi

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan (xizmat ko‘rsatiladigan), aksiz solig‘i solinadigan tovarlar (xizmatlar)ning ayrim turlariga aksiz solig‘i stavkalari oshadi.

11. 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab:

nodavlat ta’lim tashkiloti lisenziya olganidan keyingi lisenziya talablari va shartlaridan biri – “Nodavlat ta’limni boshqarish axborot tizimi”ga kiritish uchun tegishli ma’lumotlarni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etish hisoblanadi;
mazkur tizimda nodavlat ta’lim tashkiloti, uning ta’lim oluvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotning lisenziya olingandan boshlab 30 kun davomida yo‘qligi – lisenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki tugatish uchun asos bo‘ladi;
kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat blankalari berganlik uchun BHMning 10 foizi miqdorida yig‘im joriy etiladi.

12. Ichimlik suvi xizmatlari uchun narxlar mahalliy Kengashlar tomonidan ko‘rib chiqiladi

Suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar monopoliyaga qarshi kurashish va narxlarni tartibga solish organlari xulosalari olinib, mahalliy Kengashlar qarori bilan ma’qullangandan so‘ng tasdiqlanadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...