Bosh sahifa Blog Sahifa 170

Nazariya va amaliyot doim birga yuradi!

0

“Qimmatga Tushgan Xatolar” ko’rsatuvimizning navbatdagi soni mehmoni — “Index Business School” va boshqa bizneslar egasi Shohjahon Elmurodov.

Ko’rsatuv davomida mehmonimiz hayotida sodir bo’lgan voqealarni aytib beradi:

— mutaxassis bo’lmagan odamga pulni ishonib topshirib xato qilgani;

— dunyoda 74-chi o’rinda turadigan universitetga $100,000 “scholarship” yutgani;

— boshqa davlat bilan qilgan biznesidagi yo’qotishlar.

 

Tadbirkorlar uchun yangi axborot tizimi ishga tushirildi

0
Aerial view of a business team

Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bog‘liq katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi ishga tushirildi.

Ushbu axborot tizimida barcha nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan holda amalga oshirilishi belgilangan. 
 
Axborot tizimi bir qancha qulayliklarga ega. Jumladan, tadbirkorlar o‘z faoliyatida o‘tkazilgan yoki o‘tkazilishi rejalashtirilgan tekshiruvlar to‘g‘risidagi ma’lumotni internet tarmog‘i va mobil ilovalardan, telegram bot va sms-xabar tarzida oladi. 
 
Yuqori darajadagi shaffoflikni ta’minlash maqsadida tizimning personal kompyuterdan foydalanish uchun “govcontrol.uz” manzilida veb-sahifa hamda “IOS” va “Android” platformasida mobil ilovalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu ilovalarni tadbirkorlar “App store” va “Play market” orqali o‘z mobil telefonlariga yuklab olishlari mumkin. 
 
Endilikda barcha tadbirkorlar ushbu tizim orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda o‘zlarining faoliyatlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yoki o‘tkazilgan tekshiruvlar yuzasidan ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 
 
Tadbirkorlik sub’ektlari tekshiruv haqidagi ma’lumotlarni Telegram’dagi @tekshiruvinfo_bot orqali yoki SMS orqali 4064 qisqa raqamga STIR raqamini yuborish orqali bilib olishlari mumkin. 
 
Shuningdek, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi (“govcontrol.uz”) orqali tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlarining faoliyatlarida o‘tkazilgan har bir tekshiruv yuzasidan tekshiruvni o‘tkazgan nazorat organlari xodimlarining xatti-harakatlariga baho berish, g‘ayriqonuniy harakatlar, jumladan korrupsiya holatlari haqida shikoyat berish imkoniyati yaratildi. 
 
“Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi, yangi elektron formati yaratildi. 
 
Tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga qonunchilikdagi o‘zgarish va yangiliklarni o‘rgatishning oson va qulay uslubini ta’minlash maqsadida tadbirkorlikka aloqador qonunchilikdagi yangiliklar 5-10 daqiqalik videodarsliklar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimga yuklab boriladi. 
 
Barcha tadbirkorlar o‘zlarining faoliyatlarida nazorat organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarni “Yagona davlat nazorati” axborot tizmidan ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirib olishlari va ularning faoliyatida o‘tkazilgan noqonuniy tekshiruvlar yuzasidan Biznes ombudsmanga murojaat qilishlari mumkin. 

Besh yil sarhisobi: O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish

0

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) so‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston hududlarida tadbirkorlikning rivojlanish darajasini baholadi.

2021-yil 20-avgustda davlat rahbari birinchi marta tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Bu kun mamlakatimizda Tadbirkorlar kuni sifatida belgilangan bo‘lib, har yili shunday yig‘ilish o‘tkazishga qaror qilindi. Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti O‘zbekistonda bu kabi birinchi tajriba bo‘lib, iqtisodiy siyosatni optimallashtirish va tuzatish borasida o‘z samarasini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuv natijasida mamlakatda biznesni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab muhim qarorlar qabul qilindi.

Pandemiya davrida kichik biznes duch kelgan qiyinchiliklarga qaramay, tadbirkorlik ta’sirchan o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda. Shunday qilib, agar 2016-yilda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 268 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda 529 mingtaga yetdi (o‘sish 2 baravar). Agar 2016 yilda yangi tashkil etilgan korxonalar soni qariyb 33 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda ularning soni 103 mingtadan oshdi (o‘sish 3,1 baravar). Prezidentimiz biznes vakillari bilan uchrashuvda ta’kidlaganidek, so‘nggi 5 yil ichida tadbirkorlar soni uch baravar ko‘paydi va hozirda 1,5 mln. kishini tashkil etadi, xususiy sektor korxonalarida esa 5 millionga yaqin kishi mehnat qilmoqda.

2021-yilda kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi: sanoat (27%), qurilish (72%), YAIM (55%), bandlik (74%), eksport (22%).

2021-yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar soniga ko‘ra ko‘rinish quyidagicha: savdoda – 157 ming korxona, sanoatda – 91 ming, qishloq xo‘jaligida – 47 ming, qurilishda – 44 ming, turar joy va oziq-ovqatda – 33 ming, tashish va saqlashda – 18 ming, axborot-kommunikatsiyada – 11 ming, sog‘liqni saqlash sohasida – 10 ming va boshqalar – 118 ming.

Tadbirkorlarning murojaatlari va takliflari asosida Prezident yig‘ilishda biznesning to‘liq va samarali ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni hal etish bo‘yicha keyingi ishlar uchun 7 ta muhim yo‘nalishni – biznesni moliyalashtirish va moliya-kredit, soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirish, yer ajratish, infratuzilmani rivojlantirish, eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, transport-logistika, tadbirkorlikka oid tartib-taomillarni soddalashtirish kabilarni belgilab berdi.

2016-2021 yillar davomida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 24 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi esa 34 foizga o‘sdi. Markaz tomonidan har oyda hisoblab chiqilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarda, masalan, ishbilarmonlik faolligi indeksi va Germaniya IFO institutining analogi metodologiyasi bo‘lgan ishbilarmonlik muhiti indeksida ijobiy ta’sirlarni kuzatish mumkin. Shunday qilib, 2022-yil iyun oyida hududlar va poytaxtda IFI o‘tgan oyga nisbatan 6,2 foizga o‘sdi va 2021-yilda o‘rtacha yillik konsolidatsiyalangan ko‘rsatkich 60 punktni tashkil etdi (bu 2020-yilga nisbatan 18 punktga ko‘proq), bu mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitining holatini ijobiy deb baholaydi.

Respublikada soliq tushumlari hajmining ham barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. Shunday qilib, 2022-yil 1-yanvardan 27-iyungacha bo‘lgan davrda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,3 foizga o‘sdi. Tahlil qilingan davr uchun bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 2021-yilning shu davriga nisbatan 41,2 foizga oshdi. Joriy yil boshidan 27-iyungacha bo‘lgan davrda tovar eksport qilish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,4 foizga oshdi. Tahlil qilinayotgan davrda O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 42,8 foizga oshdi.

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida

0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish va innovatsiyalar joriy qilishda o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan biznes vakillarini rag‘batlantirish, shuningdek, 2021-yil 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:

1. “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni ta’sis etilsin.

2. Belgilansinki:

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish, yetuk mutaxassislar tayyorlash hamda biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘layotgan tadbirkorlar taqdirlanadi;

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni har yili 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, vazirlik, idora va jamoat birlashmalarining respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, bunga vakil qilingan boshqa shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi;

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar haqida har yili “Yilning ilg‘or tadbirkorlari” kitobi chop etib boriladi.

3. Quyidagilar:

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishonining tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Vazirlar Mahkamasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomalari belgilangan tartibda tayyorlanishini;

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar haqida har yili “Yilning ilg‘or tadbirkorlari” kitobi chop etib borilishini ta’minlasin.

5. Moliya vazirligi har yili “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonini berish, uni tayyorlash hamda “Yilning ilg‘or tadbirkorlari” kitobini chop etish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar uchun Savdo-sanoat palatasining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan tegishli mablag‘larni ajratish choralarini ko‘rsin.

6. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga bag‘ishlangan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U.Umurzakov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi

            Prezidenti                                            Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2022-yil 19-avgust

 

*                *                 *

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2022-yil 19-avgustdagi PQ–356-son qaroriga

1-ilova

 

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda – ko‘krak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.

2. Ko‘krak nishoni bilan mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish, yetuk mutaxassislar tayyorlash hamda biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘layotgan tadbirkorlar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

2-bob. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni
taqdim etish va ko‘rib chiqish

3. Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda, ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha takliflarni har yili 10 iyulga qadar Savdo-sanoat palatasiga (keyingi o‘rinlarda – Palata) taqdim etadi.

4. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarga nomzod haqida quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

nomzodning ma’lumotnomasi (obyektivka);

nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (fuqarolik pasporti yoki ID-karta);

nomzodning so‘nggi uch yil davomida tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati aks ettirilgan tavsifnoma.

5. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish uchun Palata raisi tomonidan 7 kishidan iborat tarkibda komissiya (keyingi o‘rinlarda – Komissiya) tashkil etiladi.

6. Komissiya tarkibi va Komissiya to‘g‘risidagi nizom Palata raisi tomonidan tasdiqlanadi.

7. Ko‘krak nishoniga nomzodlarni ko‘rib chiqish natijalari har yili 25-iyulga qadar Komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

8. Nomzodlarning ro‘yxati, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarning qisqacha tavsifi Komissiya bayonnomasining tegishli ilovasi bilan tasdiqlanadi va uning asosida taqdimnoma tayyorlanadi.

9. Taqdimnoma Palata raisi imzosi bilan har yili 1-avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaga kiritiladi.

3-bob. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi

10. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.

11. Ko‘krak nishoni har yili 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, vazirlik, idora va jamoat birlashmalarining respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, bunga vakil qilingan boshqa shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

12. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

13. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

14. Palata ushbu Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita mas’uldir.

15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

 

*                    *                     *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2022-yil 19=avgustdagi PQ–356-son qaroriga

2-ilova

 

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishonining

TAVSIFI

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi.

Ko‘krak nishonining o‘rta qismi diametri 25 millimetr bo‘lgan doira shaklidagi bo‘rtma gardish bilan o‘ralgan. Doiraning markazida belgi-tamg‘alar tasvirlangan bo‘lib, bunday tamg‘alar qadimgi usta-hunarmand tadbirkorlar tomonidan yasalgan va sotuvga chiqarilgan hamda O‘zbekiston hududida topilgan mahsulotlar namunalarida aks etgan. Ular azaldan yurtimiz hududida yashab kelgan tadbirkorlarning ramzlari bo‘lib kelgan.

Markazdagi belgi-tamg‘alar atrofida ularni ushlab turgan tadbirkor qo‘llarini ifodalovchi tasvirlar tilla rangda aks ettirilgan.

Ko‘krak nishonining ustki qismida aylana bo‘ylab “FAOL TADBIRKOR” yozuvi bitilgan. Harflarning balandligi – 2,2 millimetr.

Ko‘krak nishonining pastki qismida aylana bo‘ylab 5 qirrali 14 yulduz aks ettirilgan.

Ko‘krak nishonining orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.

Tasvirlar va yozuvlar bo‘rtmadir.

Ko‘krak nishoni ilmoq va halqa yordamida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ichga ulangan. Qadag‘ich bo‘yi – 19 millimetr, eni – 25 millimetr.

Qadag‘ich teng o‘lchamli ko‘k va och ko‘k rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan bo‘lib, uning eni 21 millimetrni tashkil etadi.

Qadag‘ichning orqa tomoniga ko‘krak nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan.

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida

0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi

Iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishini ta’minlash, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalarni joriy etish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, yetuk mutaxassislarni tayyorlashda alohida ibrat ko‘rsatayotgan, shuningdek, biznesdagi muvaffaqiyatlari hamda ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘layotgan quyidagi tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlansin:

1. Baxbergenov Bolatbek Urinbasarovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Arz universal servis” MCHJ rahbari

2 .Bekjanova Amina Karimbayevna – Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Muinak tour” MCHJ rahbari

3. Isaqbayev Ikrom Maxmudovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Golden pride Khudjeyli” MCHJ rahbari

4. Kuchkarov Kodamboy Sobirovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Ustyurt sodium sulfate” MCHJ rahbari

5. Panayev Baxtiyar Berdimuratovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Uy-Jay Qurilis” MCHJ rahbari

6. Shakirov Jamshid Abdugapparovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Kanteks invest” MCHJ ta’sischisi

7. Abduvosipov Muslimbek Ulug‘bek o‘g‘li – Andijon viloyatidagi “Oliy standart tex” MCHJ rahbari

8. Abdullayev Xamdambek Abduvoyid o‘g‘li – Andijon viloyatidagi “Asaka tekstil” MCHJ rahbari

9. Qodirov Botirjon Muxammadqodir o‘g‘li – Andijon viloyatidagi “Sayyora favvorasi” MCHJ rahbari

10. To‘lqinov Baxtiyorjon Akmaljon o‘g‘li – Andijon viloyatidagi “Nil-granit” MCHJ rahbari

11. Shaxabaliyev Azizbek Dilmurad o‘g‘li – Andijon viloyatidagi “Skorton tekstil” MCHJ rahbari

12. Shodmonaliyeva Muxayyo Baxodirovna – Andijon viloyatidagi “Liderlar maktabi” NTM rahbari

13. Abdullayev Saydulla Fayzullayevich – Buxoro viloyatidagi “Vobkent tola klaster” MCHJ rahbari

14. Bobojonov Dilshod Maxmudovich – Buxoro viloyatidagi “Buxoro zarhal teks” MCHJ rahbari

15. Jurabayev Omatjon Mamatkasimovich – Buxoro viloyatidagi “WBM Romitex” MCHJ rahbari

16. Jo‘rayeva Nozigul Buronovna – Buxoro viloyatidagi “Oqqosh-boʻron” fermer xo‘jaligi boshlig‘i

17. Rashidov Nasriddin Murodovich – Buxoro viloyatidagi “Aholitrans” MCHJ rahbari

18. Xamroyev Beshim Kurbonovich – Buxoro viloyatidagi “Buxara varnet” MCHJ rahbari

19. Aliqulov Farrux Rahmon o‘g‘li – Jizzax viloyatidagi “Newland” MCHJ rahbari

20. Mamatkulova Xosiyat Yusupovna – Jizzax viloyatidagi “Ostex Jizzakh” MCHJ rahbari

21. Mamatqulov Bekzod Akmalovich – Jizzax viloyatidagi “BMB trade group” MCHJ ta’sischisi

22. Nabixanov Fozilxon Amilxanovich – Jizzax viloyatidagi “Master bilding products” MCHJ rahbari

23. Tursunov Sardorjon Yusuf o‘g‘li – Jizzax viloyatidagi “Basalt and composite group” MCHJ rahbari

24. Yao Bingjun – Jizzax viloyatidagi “Huaxin cement Jizzakh” xorijiy korxonasi rahbari

25. Allamuradov Ibodulla Xolmuminovich – Qashqadaryo viloyatidagi “Qamashi tekstil” MCHJ rahbari

26. Aslanova Ruxsora Olim qizi – Qashqadaryo viloyatidagi “Dil Arx” MCHJ rahbari

27. Karimov Nurbek Karimovich – Qashqadaryo viloyatidagi “Sunny land export” MCHJ rahbari

28. Salomova Nargiza  Turdimurodovna – Qashqadaryo viloyatidagi “Sitora imkon plyus” NTM rahbari

29. Turanov Abdurasul Ashurovich – Qashqadaryo viloyatidagi “Dormers Co Ltd” MCHJ rahbari

30. Sharaxmedov Shokarim Sharasulovich – Qashqadaryo viloyatidagi “Shahrisabz textile” MCHJ rahbari

31. Djumayev Sherzod Shoniyazovich – Navoiy viloyatidagi “Navbahor tekstil” MCHJ rahbari

32. Mengi Sefa – Navoiy viloyatidagi “Mengi tekstil group” MCHJ rahbari

33. Namazov Shamsiddin Kurbanovich – Navoiy viloyatidagi “Navoiy milling” MCHJ rahbari

34. Salomova Zilola Rustamovna – Navoiy viloyatidagi “Favorit lyuks servis” MCHJ rahbari

35. O‘razov Umidjon Abdijamilovich – Navoiy viloyatidagi “Karmana asl don” MCHJ rahbari

36. Xolikov Jurabek Istamovich – Navoiy viloyatidagi “Tinchlik investmend group” uyushmasi rahbari

37. Abdullayev Kudrat Kosimjanovich – Namangan viloyatidagi “Namangan–Istiqlol bogʻi” MCHJ rahbari

38. Abdulxayev Anvar Abdumalikovich – Namangan viloyatidagi “Barkas–teks” MCHJ rahbari

39. Abduraimov Joxongir Erkinjon o‘g‘li – Namangan viloyatidagi “Fujoze teks” MCHJ rahbari

40. Akbarov Nosir Yunusxanovich – Namangan viloyatidagi “Namangan toʻqimachi” MCHJ rahbari

41. Gyumyush Maxfuza Malikjonovna – Namangan viloyatidagi “Runamtex” MCHJ rahbari

42. Tojimirzayeva Gulbaxor Baxodir qizi – Namangan viloyatidagi “Tai Chang special steel” MCHJ boshqaruvchisi

43. Boltayev Odiljon Olimjonovich – Samarqand viloyatidagi “Azia metall prof” MCHJ rahbari

44. Kuchkarova Gulbeka Allamuratovna – Samarqand viloyatidagi “Beka Charos” xususiy korxonasi rahbari

45. Niyazova Maryam Kadirovna – Samarqand viloyatidagi “Kumush tola” xususiy korxonasi rahbari

46. Omonova Nilufar Jo‘rabek qizi – Samarqand viloyatidagi “Grand capital developments” MCHJ rahbari

47. Urakov Xaydar Muxamadiyevich – Samarqand viloyatidagi “Navobod naslli parranda” fermer xo‘jaligi boshlig‘i

48. Xamdamov Shuxrat Sodikovich – Samarqand viloyatidagi “Sam Rafoat tekstil” MCHJ rahbari

49. Sharipov Shavkat Uktamovich – Samarqand viloyatidagi “Sharq sanoat” konserni rahbari

50. Darbishev Javlonbek Abduxalikovich – Sirdaryo viloyatidagi “Guliston gold yarn”  MCHJ rahbari

51. Komilov Shukurulloxon Voxidovich – Sirdaryo viloyatidagi “Boyovut techno cluster” MCHJ rahbari

52. Normatov Muxiddin Erkinovich – Sirdaryo viloyatidagi “Sirdaryo mega luks”  MCHJ rahbari

53. Nosir Sayid Zahiriddin Samidin o‘g‘li – Sirdaryo viloyatidagi “Elegant fiber textile” MCHJ rahbari

54. Obidova Hilola Ilhomjon qizi – Sirdaryo viloyatidagi “Beton sanoat” MCHJ rahbari

55. Saydazimov Dilshod Rabimovich – Sirdaryo viloyatidagi “Shoxrux Demirbek” MCHJ rahbari

56. Shafiq Alemi – Sirdaryo viloyatidagi “Yangiyer flour trading” MCHJ rahbari

57. Azizova Maftuna Raxmatullo qizi –  Surxondaryo viloyatidagi “Asilaxon terma gilamlari” ishlab chiqarish kooperativi rahbari

58. Malikov Shavkat Ibodullayevich – Surxondaryo viloyatidagi “Black plast”  xususiy korxonasi rahbari

59. Panjiyev Xasan Xushbaqovich – Surxondaryo viloyatidagi “Alpomish servis invest” xususiy korxonasi rahbari

60. Pardayev Jamshid Muzaffarovich – Surxondaryo viloyatidagi “Termiz golden city” MCHJ rahbari

61. Xudayarov Anvar Turdimuratovich – Surxondaryo viloyatidagi “Doʻstlik cooperation” MCHJ rahbari

62. Sharafutdinova Oydin Ximaytdinovna – Surxondaryo viloyatidagi “Asson-Termiz”  xususiy korxonasi rahbari

63. Shayakubov Ziyodulla Nurillayevich – Surxondaryo viloyatidagi “Passion work” MCHJ rahbari

64. Alimov Aziz Toirdjanovich – Toshkent viloyatidagi “Yuqorichirchiq energy system” MCHJ rahbari

65. Axmedjanova Dilbar Sharifjanovna – Toshkent viloyatidagi “Agro city” MCHJ rahbari

66. Vaxidov Islombek Nurullayevich – Toshkent viloyatidagi «Li da metal technology» MCHJ rahbari

67. Raxmanova Umida Adilovna – Toshkent viloyatidagi “Miss lighting” MCHJ rahbari

68. Tekenov Kanat Tungatarovich  Toshkent viloyatidagi “Enter steel” MCHJ rahbari

69. Tuxtaniyazov Botirjon Muxtarovich – Toshkent viloyatidagi “Toʻxtaniyoz-ota” fermer xo‘jaligi boshlig‘i

70. Ergasheva Sayyora Tashpulatovna – Toshkent viloyatidagi “Tashpulat stroy invest” MCHJ rahbari

71. A’zamov Xumoyun Azizjon o‘g‘li – Farg‘ona viloyatidagi “Bolajon orzusi” MCHJ rahbari

72. Bulatov Farxod Gayratovich – Farg‘ona viloyatidagi “Musavartex” MCHJ rahbari

73. Voxidov Ikromjon Abdumajidovich – Farg‘ona viloyatidagi “BS textile Fargona” MCHJ rahbari

74. G‘aniyeva Shaxnoza Ma’mirovna – Farg‘ona viloyatidagi “Farg’ona ibratli begim” MCHJ rahbari

75. Ilyasov Faxriddin Fayozovich – Farg‘ona viloyatidagi “Ilyasov” MCHJ rahbari

76. Meliko‘ziyev Xurshidjon Abdilmalikovich – Farg‘ona viloyatidagi “Lux yan tex” MCHJ rahbari

77. Mirzayeva Sadoqat Alisherovna – Farg‘ona viloyatidagi “Art house sadosh” MCHJ rahbari

78. Parpiyev Maxmudjon Muradjanovich – Farg‘ona viloyatidagi “Havvo group” MCHJ rahbari

79. Aqmuratov Erkinboy Yuldashevich – Xorazm viloyatidagi “Yangi Bozor textile agro cluster” MCHJ rahbari

80. Aminov Davlatboy Xajiyevich – Xorazm viloyatidagi “Red star oxus” MCHJ rahbari

81. Zokirov Obbosbek Shavkatbek o‘g‘li – Xorazm viloyatidagi “Xorazm shisha idishlari” MCHJ rahbari

82. Masharipova Manzura Karimovna – Xorazm viloyatidagi “Gurlan eksport” MCHJ rahbari

83. Osmanov Eldor Abdulxakovich – Xorazm viloyatidagi “Gurlan global teks” MCHJ rahbari

84. Yuldoshev Usmonbek Umarbek o‘g‘li – Xorazm viloyatidagi “Glass Pro” MCHJ rahbari

85. Abdullayev Raxmatjon Axmadovich – Toshkent shahridagi “Almerro group” MCHJ rahbari

86. Akbarov Nodir Irkinovich – Toshkent shahridagi “Aluminium Systems”  MCHJ rahbari

87. Akramova Muxlisaxon Mansurovna – Toshkent shahridagi “Oʻzimizniki” MCHJ rahbari

88. Axadov Sarvar Saidjaxonovich – Toshkent shahridagi “Texnopark” MCHJ rahbari

89. Gulamov Komron Abduzaxid o‘g‘li – Toshkent shahridagi “Akfa engineering and management” MCHJ rahbari

90. Deniz Maxir – Toshkent shahridagi “Zelal textile” MCHJ rahbari

91. Nasridinova Shoxida Taufikovna – Toshkent shahridagi “Milk foods trade” MCHJ rahbari

92. Ne’matov Miraziz Mirali o‘g‘li – Toshkent shahridagi “Tanlanganlar” MCHJ rahbari

93. Rashidov Mehroj Xurshed o‘g‘li – Toshkent shahridagi “O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi” NNT rahbari

94. Ruzemuxamedov Nurulla Sunnatullayevich – Toshkent shahridagi “N’medov” kompaniyalar guruhi asoschisi

95. Umirzakov Shahzod Baxtiyor o‘g‘li – Toshkent shahridagi “Tassvision” MCHJ rahbari

96. Xodjimatov Baxtiyar Vaxidovich – Toshkent shahridagi “Corrida food” oilaviy korxonasi rahbari

97. Xafizov Lutfulla Djarullayevich – Toshkent shahridagi “Rangli boʻyoq” MCHJ rahbari

98. Xashimov Furqat Shavkatovich – Toshkent shahridagi “New life medical” MCHJ rahbari

99. Shokirov Farxod Mansur o‘g‘li – Toshkent shahridagi “Qurilish industriya xajmli uy-joy” MCHJ rahbari

100. Ergashev Akmal Ilxomjon o‘g‘li – Toshkent shahridagi “Mega logistics service” MCHJ rahbari

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                   Sh. Mirziyoyev

Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

0

Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda tadbirkorlikka qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan keng imkoniyatlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ham yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish, dastlabki biznes g‘oyalarini rivojlantirishda ko‘maklashib, yoshlar va tadbirkorlar orasida munosib ko‘prik vazifasini bajarib kelmoqda.

 

 Davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan ilk bor ochiq muloqot o‘tkazgan edi. Bu sana mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” sifatida belgilandi. Bunday uchrashuvlarni an’anaviy tarzda, har yili tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda jami 10 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etdi. «Siz kabi ishning ko‘zini biladigan, ishbilarmon yurtdoshlarimiz timsolida biz tom ma’nodagi Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini ko‘ramiz», — deya ta’kidlagandi prezident.

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazadigan navbatdagi ochiq muloqoti oldidan 16-avgust kuni soat 16:00 da “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi  hamda “Yoshlar” telekanali hamkorligida “Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” mavzusida “Yoshlar press klubi” ning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi vakillari hamda Biznes ombudsman, shuningdek, muvaffaqiyatga erishgan yosh tadbirkorlar ishtirok etdi.

Press-klub davomida tadbirkorlik sub’yektlarining olis, chekka qishloqlar va mahallalarda rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish, tadbikorlik sub’yektlarining biznes g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kabi mavzular ko‘tarildi, ularga yechim bo‘la oladigan xulosalar berildi. Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar orasida tashabbuskorlik va ishbilarmonlik ruhini o‘stirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Muloqot davomida tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan to‘siqlar, qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilib, tadbirkorlarning tashabbuslari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli xulosalar berildi.