Bosh sahifa Blog Sahifa 162

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi barcha prokuratura organlari xodimlarini bugungi kasb bayrami — “Prokuratura organlari xodimlari kuni” bilan samimiy muborakbod etadi.

0

8-yanvarning prokuratura organlari xodimlari kuni sifatida nishonlanishi mamlakatimizda huquqiy davlat barpo etish borasidagi qatʼiyatimizning mustahkamligidan, mazkur jarayonda bu sharafli kasb egalarining faoliyati beqiyos ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

Jamiyatda qonun ustuvorligi, inson huquqlari, xalq manfaatlarini taʼminlash yoʻlidagi oʻta masʼuliyatli vazifani sidqidildan ado etishda kuch-quvvat, yangi marralar hamisha hamrohingiz boʻlishini tilab qolamiz.

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Shahzod Umrzoqov

0

Shahzod “TASS Vision” startap kompaniyasining bosh direktori va asoschisi. Kompaniya neyron tarmoqlar orqali trafikni hisoblash xizmatlarini taqdim etadi.

Hozirda “Basconi”, “Black Bear Kofi”, “GoodZone” va “Technomart” brendlari “TASS Vision” mijozlari qatoriga kiradi. 2019-yil fevral holatiga ko‘ra kompaniya 200 000 dollarga baholangan.

“Biz Qozog‘istondagi “DAR Lab” kompaniyasidan sarmoya olgan startap tanlovida g‘olib bo‘lganimizni katta muvaffaqiyat deb bilamiz. Shundan keyin vatanimizda mashhur bo‘ldik. Ko‘p muvaffaqiyatsizliklarga duch keldik, ammo taslim bo‘lmadik”, — deydi Shahzod.

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Sen Li

0

Vestminster universiteti bitiruvchisi Sen Li tovarlarni hisobga olish va sotish uchun “Wherebuy.uz” platformasini ishlab chiqqan. Ushbu g‘oya startap tanlovida 900 million so‘m grant yutib olgan. Hozir jamoa tizimni takomillashtirmoqda va unga kamida 500 ta do‘konni ulashni rejalashtirmoqda.

Ona shahri Angren bo‘lgan Sen Li Toshkentda o‘qigan. 2010-yilda Vestminster universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga kirgan, so‘ngra universitetni Biznes boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

“O‘qishni bitirgach o‘zim uchun ishlashga qaror qildim. Otam ham, amakim ham tadbirkor bo‘lgani bois bolaligimdan ularning izidan borishga ahd qilgandim, ammo biznesimni ochish unchalik ham oson kechmadi. Avvaliga “Nestle Uzbekistan” kompaniyasining marketing bo‘limiga ishga kirishga qaror qildim, ammo kutilmalar va haqiqat boshqa-boshqa narsa: meni call-markaz operatori sifatida ishga olishdi. Biroq, ko‘p o‘tmay rahbariyat ishni optimallashtirish va xizmatni yaxshilashga qaratilgan loyihalarimdan birini qo‘llab-quvvatlamagani bois u yerdan ketdim.

O‘zbekistonni to‘liq qamrab olishga umr yetmasa kerak. Biz hatto 10 foizga ham da’vo qilmaymiz, bizga 300–500 do‘kon yetarli bo‘ladi. Bundan tashqari, MDH mamlakatlariga ham kirish imkoniyati mavjud”, — deydi tadbirkor.

Anvar Abduqayum: «Inqiroz yoqasidan qanday chiqdim?»

0

Qimmatga tushgan xatolar» ko’rsatuvimiz davom etadi!

Navbatdagi mehmon — Anvar Abduqayum: tadbirkor, yirik «Toy bola toys» kompaniyasi asoschisi va rahbari.

 

Davlat tashkilotlarining qisqarishi budjet xarajatlarini qanchaga kamaytiradi?

0

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ma’muriy islohotlarni amalga oshirish hisobiga 2,8 trln so‘m mablag‘ tejaladi. Ushbu mablag‘larning ijtimoiy sohaga yo‘naltirilishi kutilmoqda.

Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov Xalqaro press-klub sessiyasida ma’muriy o‘zgarishlardan keyin qancha  miqdorda budjet mablag‘lari iqtisod qilinishi haqida ma’lumot berdi.

«Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ma’muriy islohotlarni amalga oshirish hisobiga 2,8 trln so‘m mablag‘ tejaladi. Jumladan, 2,4 trln so‘m vazirlik va idoralar shtat birliklarini 30 foizgacha qisqartirish hisobiga, tashkilot va idoralarni maqbullashtirish hisobiga bo‘shagan 300dan ortiq binolarni sotishdan 300 mlrd so‘m mablag‘ budjetga tushadi. Rahbar lavozimi qisqarishi tufayli 55ta avtomashinani auksionda sotishdan 16,5 mlrd so‘m, hududlarga xizmat safarlarini kamaytirish, onlayn qabul tizimini qo‘llash hisobiga esa qariyb 17 mlrd so‘m mablag‘ tejalishi kutilmoqda. Davlat boshqaruvi apparatini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga 22 mlrd so‘m iqtisod qilinadi. Rasmiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha maksimal narxlarni o‘z ichiga oluvchi me’yorlarni belgilash orqali xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga 18 mlrd so‘m tejalishi rejalashtirilgan. Ushbu mablag‘lar ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi», – dedi Odilbek Isoqov.

Ma’lumot uchun, “Yangi O‘zbekistonning ma’muriy islohotlari” deb atalgan o‘zgarishlar natijasida vazirliklar soni 25 tadan 21 taga kamaydi. Agentliklar, qo‘mitalar va inspeksiyalarning aksariyati saqlanib qoldi, lekin mustaqilligidan ayrilib, vazirliklar tarkibiga o‘tkazildi. Jami 9 ta agentlik va 3 ta idora yopildi.

Til o‘rganish diqqatni jamlashga yordam beradi

0

Mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bir nechta tillarni bilish keksalikda kognitiv pasayishning oldini oladi. 

York universitetining falsafa professori Ellen Bialystok 104 nafar o‘rta yoshli va 50 nafar keksa kishi ishtirok etgan tadqiqot o‘tkazdi. Ishtirokchilar orasida bir tilda so’zlashadiganlar va bir nechta tilde so‘zlashuvchilar bor edi. 

Tadqiqotlar natijasida bir necha tilda so‘zlashuvchi odamlar yoshi katta bo‘lishiga qaramay, diqqatni jamlay olishi va o‘zgaruvchan vazifalarni tezroq bajarishi aniqlandi.

Ingliz tilini o‘rganish borasida qiyinchliklarga duch kelyapsizmi? O‘quv kurslari qimmat, buning ustiga ta’lim beruvchi maskan sizga uzoqlik qilmoqdami?

Tez kunda “e-kasb” onlayn platformasi sizga ingliz tilini tez, oson, qulay hamda mutlaqo bepul o‘rganish imkonini taqdim etadi.

Shoshiling! Platforma orqali ro‘yxatdan o‘tib, maqsadlaringizga oson erishing!

? Android uchun yuklash 
? IOS uchun