Foydali manbalarKutubxonaAsaxiy va Asaxiy Books asoschisi Firuz Allayev tavsiya qilgan 5ta kitob

Asaxiy va Asaxiy Books asoschisi Firuz Allayev tavsiya qilgan 5ta kitob

Firuz Allayev fikrlashni o‘zgartiruvchi, dunyoga boshqacha nazar bilan qarashga undovchi, murakkab iqtisodiyotni sodda tilda tushuntiruvchi, tadbirkorlikda muhim hisoblanadigan kitoblarni Spot bilan bo‘lishdi.

Firuz Allayev 1989-yil Buxoroda, o‘qituvchilar oilasida tavallud topadi. Avval O‘zbekiston jahon tillari universitetining tarjimonlik fakultetida, so‘ngra Fransiyadagi Xalqaro siyosiy tadqiqotlar institutida ta’lim oldi.

U O‘zbekistonga qaytgach 2014-yil “Asaxiy”, 2018-yilda esa kitoblarga bo‘lgan muhabbati sababli “Asaxiy Books” loyihasini yo‘lga qo‘yadi.

Firuzning kitobga mehri bolaligidan uyg‘ongan. Buni u uyda doim hamma mutolaa bilan mashg‘ul bo‘lgani uchun deb hisoblaydi. Bu odat bugungi kungacha davom etib kelmoqda.

“Ochig‘i, kitob o‘qimaydigan kunim yo‘q — bu o‘sib rivojlanishimizda juda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga „Asaxiy Books“ loyihasi uchun ham kitob o‘qishga majburman, desam ham bo‘ladi”, deydi u.

Hozirda tadbirkorning ishi, asosan, ilmiy ommabop, biznesga doir asarlar o‘qishni talab qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, biznesga doir kitoblarni o‘qiganda tadbirkor o‘z ishiga chetdan qarab, fikrlar olishni boshlaydi, vaziyatni solishtiradi. Shuningdek, biznesdagi yechimlarni ko‘rib, ishdagi muammolarni hal qilishga g‘oya tug‘iladi.

“Shuning uchun ham har bir tadbirkor bu kabi kitoblarni o‘qishi kerak. Bu fikrlarni tartibga solish, o‘zini, biznesini yaxshiroq tushunish, mushohada qilish uchun ham juda muhim”, deydi Allayev.


“Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab fanning sodda qiyofasi”, Charlz Uilan

Jamiyatimizda iqtisodiyotga doir fundamental bilimlardan ko‘ra, stereotiplar ko‘p. Masalan, dollar ishlab chiqarib, dunyoni boshqarish mumkin, yoki valyuta miqdori (kursi)ni kimdir belgilashi, yoki ko‘pchilikning narx-navo oshishiga sabablarni noto‘g‘ri tushunishlari haqida.

Bu kitobda esa Charlz Uilan iqtisodiyotga doir bilimlarni birma-bir asoslab, juda sodda tilda mantiqan tushuntirgan. Uni o‘qigan odam dunyodagi iqtisodiy o‘zgarishlarga boshqacha ko‘z bilan qarashni hamda boshqacha tahlil qilishni boshlaydi va yaxshiroq tushunadi.

Iqtisodiyot hayotimizning asosi. Hayotimiz iqtisodiyotdan iborat bo‘lganligi uchun ham hammaga: talabalar, iqtisodiyot universiteti talablari, mutaxassislarga, umuman, barchaga bu kitobni tavsiya qilaman.

Ayniqsa, hozirgi moliyaviy piramidalarga ishonadigan, moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladiganlar iqtisodiy tomondan bilimlarga ega bo‘lishi uchun ham bu kitob muhim.

books, firuz allayev, kitoblar, kitoblar tavsiyasi


“Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin”, Piter Til

Bu kitobni startap yaratmoqchi bo‘lgan va startap amalga oshirgan odamlar o‘qib, dunyoning eng yaxshi investorlaridan, boshqaruvchilardan, tadbirkorlaridan birining bilimlarini oladi.

Ya’ni kitob startaplarni yaratish, boshqarish, zamonaviy biznesga asos solish va uni rivojlantirish tomondan juda yaxshi, asosli tushunchalar bergan. Biznesda keskin burilish yasagan voqealar hayotiy misollar bilan tunushtirib berilgan.

Va bu kitobda aytilgan narsa hatto, Stenford universitetida ma’ruza qilib o‘qilgan. Tadbirkorlikka qiziqqan hammaga ushbu asarni tavsiya qilib qolaman.


“FactFulNess”, Hans Rosli

O‘quvchini faktlar asosida fikrlashga o‘rgatadigan ushbu kitob, dunyo biz o‘ylaganimizdan yaxshiyammas, yomon ham emas, aslida faktlarga asoslanib ishlab, fikr yuritsak, reallikka asoslanib yashasak hayotimiz yanada yaxshi bo‘lishi haqida.

Bu kitobni Bill Geyts ham tavsiya qilgan. O‘zim asarni o‘qib tugatgandan keyin, ba’zi davlatlar haqida, o‘zimizdagi muammolar haqida fikrlarim o‘zgargan. Haqiqatdan ham, dunyoga, atrofga, voqealarga, OAV da ketayotgan ma’lumotlarga boshqa ko‘z bilan qarashni boshlaganman.

O‘qigandan keyin dunyoga boshqa ko‘z bilan qarata oladigan kitob deb ayta olaman va tavsiya qilaman.

books, firuz allayev, kitoblar, kitoblar tavsiyasi


“Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do‘kon tarixi”, Toni Shey

“Asaxiy” O‘zbekistonda ilk marotaba ochilgan internet do‘kon, o‘zimizni tilda aytganda, otaxon internet do‘konmiz. Va bu kitobni faoliyatimiz uchun ham juda muhim, desak bo‘ladi.

Chunki, uni qayta qayta o‘qib, kompaniya qanday rivojlanishi, moliyaviy muammolarni qanday yechishimiz, jamoani qanday shakllantirish kerak, qanday qilib korporativ madaniyatni rivojlantiramiz, xodimlarning rivojlanishi nima uchun muhim va shu kabi savollarga javob topamiz.

“Asaxiy” internet do‘konini Buxorodan kelib, shu darajaga chiqargan bo‘lsak, ushbu kitob Osiyolik migrant bola Toni Shey milliard dollarlik internet do‘kon yaratib, oxirida “Amazon»ga sotilishi bilan tugaydi.

Afsuski, Toni Sheyning umri uzoq bo‘lmaydi — 2020-yilda olamdan o‘tadi. Lekin u asos solgan menejment, boshqaruv tizimi hozirgacha dunyoning ko‘plab kompaniyalari uchun namuna bo‘lib kelmoqda. Chunki hozirgacha uni dunyoning eng kuchli menejerlaridan biri, deb bilishadi.


“Stiv Jobs”, Uolter Ayzekson

Uolter Ayzekson biografiya yozish bo‘yicha AQShda va dunyoda eng kuchlilardan bittasi hisoblanadi. Yozuvchining Benjamin Franklin, Eynshteyn, Kissinjer, Stiv Jobslar haqida kitoblari chop etilgan va yaqinda Ilon Mask haqida yozgan biografik asari chiqdi.

Uolter Ayzekson Stiv Jobsning shaxsiyatini turli xil tomondan o‘rgangan. uning yaxshi, yomon tomonlari haqida gapirgan. Kitobni o‘qish jarayonida otasi, onasi tashlab ketgan bola qanday qilib dunyoning eng katta kompaniyasiga asos solgani ko‘rsatib berilgan.

O‘qib o‘rganib, tahlil qilinsa, inson o‘zi uchun juda ko‘p narsalarni oladigan, qiziqarli kitob. Hayotning qanday murakkab ekanligini, biz ko‘rgan reklamadagi voqealar aslida boshqachaligini, hech narsa o‘z o‘zidan bo‘lib qolmasligini, kompaniya yillab mehnat, yillab kurashlar asosida shakllanishini tushuntiradigan asarlardan biri.

Boshqa tomondan ushbu biografik asar tadbirkorlarga shaxsiyat beradigan kitoblardan hamdir.

Stiv Jobsni ham, “Apple»ni hamma biladi, u qilgan texnik revolyutsiyalarni hech kim rad etmaydi. Shu tomondan jahondagi eng mashhur tadbirkorlardan, innovatorlardan biri haqidagi kitobni xolisona o‘qish barcha juda qiziqarli bo‘ladi, deb o‘ylayman.

books, firuz allayev, kitoblar, kitoblar tavsiyasi

Foydali manbalar

So‘nggi kitoblar

Profi University asoschisi Bektosh Hatamov tavsiya qilgan 5ta kitob

Tadbirkor muvaffaqiyatga erishish, biznesni tizimlashtirish va yaxshi odatlarni shakllantirishga yordam beruvchi kitoblar haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Bektosh Hatamov Samarqandda tavallud topgan. O‘z faoliyatini 2006-yilda repetitorlikdan boshlagan tadbirkor...

Professionallar va biznesni endi boshlayotganlar uchun top 6 kitob

Spot internet tarmog’i va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan manbalar orqali siz uchun qiziq bo’lgan kitoblarni bir joyda to’pladi. 1.20 ta eng samarali onlayn sotish vositasi. Muallif: MARIA SOLODAR Mazkur...

Testo chuchvaraxonalari tarmog‘i asoschisi Zamira Rahmanova tavsiya qilgan 5 ta kitob

Tadbirkor strategik fikrlashga, hayotda jarayonlarni qurishga, muhim narsalarni majburlanganlaridan ajratishga va o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishga yordam beradigan kitoblarni biz bilan bo‘lishdi. Zamira uzoq vaqt “Korzinka” supermarketlar...