Biznes Marafonning 4.0 mavsumi final bosqichi bo`lib o`tdi
Joriy yilning, 6-oktabr kuni Samarqand shahridagi Yoshlar markazida Biznes Marafon 4.0 mavsumining final bosqichi bo`lib o`tdi.
Samarqandlik yoshlar va spikerlar suhbati qizg’in kechdi. Fikrlar xilma-xilligi marafonga o’zgacha fayz bag’ishladi.
Eng yaxshi savol egalari va faol yoshlarga kitoblar topshirildi.
“Biznes marafon” treninglari yurtimiz va xorijda muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlarimiz, tajribali tadbirkorlar va biznes trenerlar – Hasan va Husan Mamasaidovlar (“Deli.uz”, “Dekos.uz”, “Mfaktor” loyihalari asoschilari), Umid Ishmuhamedov (“Edu-Action” asoschisi), Murod Nazarov (“Nest One”, “NRG”, “Murad Buildings” asoschisi), Laziz Adhamov (“SAP Uzbekistan” mintaqaviy direktori,), Feruz Allaev (“Asaxiy.uz” internet do‘koni asoschisi), Sherzod Beknazarov (“Yaskanamu”, “Alvon” tekstil brendlari asoschisi), Muhammad Ali Eshonqulov (“Yuksalish” maktablari asoschisi), Temur Adhamov (“Najot Ta’lim” NTM asoschisi), Raxmad Sobirov (“Sobirovs Law firm” (Kanada) yuridik firma asoschisi) va boshqalar tomonidan olib borildi.
O‘tkazilgan motivatsion treninglarda 20 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etib, 2100 nafardan ortiq yoshlar va yosh tadbirkorlarning qiynab kelayotgan muammolar hamda savollariga konsultatsiya va maslahatlar berildi.
“Biznes marafon” loyihasi davomida “Asaxiy books” mobil ilovasi orqali 5 nomdagi biznes va shaxsiy rivojlanishga oid “bestseller” kitoblar barcha ishtirokchilarga elektron va audio formatda, faol ishtirokchilarga esa bosma shaklda taqdim etildi.