Bosh sahifa Blog Sahifa 138

Nescafé tarixi: Ikkinchi jahon urushi paytida askarlarning sevimli ichimligiga aylangan qahva qanday paydo bo‘lgan?

0

Maqolada Braziliyada inqiroz sabab yuzaga kelgan vaziyat va mamlakat bankidan Nestléga bildirilgan taklif hamda mashhur qahva kim tomonidan yaratilgani haqida so‘z yuritiladi.

Har qanday biznes loyihaning, turli brendlarning o‘z tarixi bor. Bugungi kungacha bosib o‘tilgan yo‘l, loyihadagi keskin burilishlar hamda muvaffaqiyatli qadamlar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.

Ko‘pchiligimiz qahvaning ashaddiy shinavandasimiz. Ayniqsa “Nescafe” qahvasini bilmagan, bir finjon qahvasidan tatib ko‘rmagan odamning o‘zi bo‘lmasa kerak.

Bu nom, bu brend esa biz uchun tanish bo‘lib qolgan. Qiziq, uning kelib chiqish tarixi, rivojlanish jarayoni va buguni qanday kechmoqda? Hozirgi kunga yetib kelguncha kompaniya qanday yo‘llarni bosib o‘tgan?

Eriydigan qahva tarixi

Dastlab, zamonaviy eriydigan qahvalarning paydo bo‘lish tarixiga nazar qaratsak. Bunga o‘xshash birinchi ichimlik 1771-yilda Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan.

U “qahva aralashmasi” deb nomlangan va uni tayyorlash uchun suyuq yoki quruq konsentratlarni issiq suv bilan aralashtirish kerak bo‘lgan.

1890-yilda Yangi Zelandiyalik qahva sotuvchisi Devid Strang loviyani eruvchan granulalarga aylantirish jarayoni uchun patent oladi. Tayyor ichimlikni suv bug‘lanib ketgunga qadar issiq havo bilan puflaydi.

Kukun oddiy qahvaga qaraganda uzoqroq saqlash muddatiga ega bo‘lib, uni tashish jihatidan ham ancha oson edi. Ixtirochi mahsulotni o‘z mamlakatida “Strang‘s Coffee” brendi ostida sotgan.

biznes tarixi, nescafe, nestle

“Strang‘s Coffee”

1910-yilda belgiyalik ixtirochi Jorj Lui Vashington birinchi bo‘lib eriydigan qahvani ommaviy ishlab chiqaradi. Garchi u o‘z usulini patentlagan bo‘lishiga qaramay, eriydigan ichimlikning ta’mi yangi qovurilgan qahva donalariga qaraganda yomonroq edi.

Vashington “G. Washington Coffee” kompaniyasini yaratdi va mahsulotga “Red E Coffee” deb nom berdi.

1917-yilda AQSh Birinchi jahon urushiga kirganidan so‘ng, tezkor versiyaga talab keskin oshdi. Mamlakat harbiylari kuniga 80 ming tonnadan ortiq kukun sotib oldi, uning yarmidan ko‘pi esa “G. Washington Coffee»ga tegishli edi.

Shunday qilib, kompaniya 1940-yillarning boshlariga qadar ya’ni “Nescafe” paydo bo‘lgunicha AQShning eriydigan qahva bozorida hukmronlik qildi.

Braziliyadagi inqiroz

1920-yillarning oxirlarida Braziliya dunyodagi eng yirik qahva ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, dunyodagi hosilning yarmidan ko‘pini o‘stirdi va qahva donalarining katta zaxirasiga ega edi.

Qahva Braziliya daromadining 70%ini tashkil qilgan va faqat 450 ga yaqin yirik yer egalari mamlakatdagi foydali qishloq xo‘jaligi yerlarining katta qismiga egalik qilgan.

Qahva narxini baland va yer egalarini xursand qilish uchun mamlakat hukumati muntazam ravishda chet el banklaridan qarz olish orqali yillik hosilning bir qismini sotib oldi va ushlab turdi.

Yaxshi yillarda sotib olingan don yomon hosil yillarida sotilib, shu bilan narx tartibga solindi.

1929-yilning oktabrida Qo‘shma Shtatlarda qimmatli qog‘ozlar narxining keskin pasayishi kuzatildi va bu Buyuk Depressiyaning boshlanishi edi.

Donning narxi qariyb 90% ga tushib ketdi va Braziliyaning sotuvlardan tushgan daromadi 1929-yildagi $445 mlndan 1930-yilda $180 mlngacha kamaydi.

O‘sha yilning oxiriga kelib, qahva sektori bankrotlik holatida edi. Braziliya hukumati yillar davomida to‘plagan qahva zahiralari yaroqsiz bo‘lib qoldi.

Yevropa va AQSh inqirozdan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakat bo‘ldi, chunki ular muhim eksportchilar edi.

Narxlarning tushishi Braziliya bo‘ylab shartnomalarning bekor qilinishiga olib keldi. Bu esa o‘z o‘rnida potensial mijozlarsiz qahvalarning omborlarda to‘planib qolishiga sabab bo‘ldi.

biznes tarixi, nescafe, nestle

Braziliyaning Santos shahrida yonayotgan qahva plantatsiyalari. Foto: Daily coffee news

Mamlakat narxlarni oshirish uchun atayin zahiralarni yoqib, dengizga tashlay boshladi, donlardan hatto lokomotivlarda yoqilg‘i sifatida foydalanildi.

Braziliya bankidan “Nestlé»ga taklif

1929-yil oxirida “Banque Française et Italienne pour l’Amerique du Sud” o‘zining sobiq xodimi, Shveysariyaning “Nestlé” kompaniyasi rahbari Lui Dapplga murojaat qildi.

Bankirlar inqiroz va pasayish narxlaridan so‘ng, Braziliyadagi omborlarda sotilmagan qahvaning katta zaxiralari borligini ta’kidlashadi.

Va ular bu zaxiralarni uzoq saqlash muddati bilan “eriydigan qahva kublari»ga aylantirish mumkinligini so‘rashadi.

Avvaliga “Nestlé” bu tashabbusga shubha bilan qaraydi, boisi kompaniyaning eriydigan qahva yaratish bo‘yicha avvalgi urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlangandi.

O‘sha vaqtga qadar yaratilgan barcha mahsulotlarda qahvaning xushbo‘yligi yo‘qolib, noaniq ta’mga ega bo‘lib qoladi va qahva yaxshi erimasdi.

Biroq, 1930-yilda kompaniya bu taklifga rozi bo‘ladi va muammoni o‘rganishni boshlaydi.

Olimning kashfiyoti

Shunday qilib, vazifa kimyogar Maks Morgenthaler boshchiligidagi mutaxassislar jamoasiga yuklanadi. Ular Bern universitetida o‘qiganidan so‘ng “Nestlé” kompaniyasida ishlash uchun Shveysariyaning Veve shahriga ko‘chib o‘tgandi.

biznes tarixi, nescafe, nestle

Maks Morgenthaler o‘z laboratoriyasida

Buyuk Depressiya” kompaniyaga juda kam ta’sir ko‘rsatdi. “Nestlé” oziq-ovqat kompaniyasining Amerika sho‘ba korxonasi fond bozori qulashini deyarli sezmadi va kompaniyaning o‘zi 30-yillarning boshlarida Janubiy Amerika va Yevropada yangi sho’ba korxonalarini ochdi.

To‘rt yillik tadqiqotdan so‘ng mutaxassislar sut va shakar qo‘shilgan kukunli qahva o‘z ta’mini yaxshiroq saqlab qolishini aniqlashadi. Biroq, uni eritish qiyin bo‘lib, sut va shakardan foydalanish ishlab chiqarishda muammolarni yuzaga keltiradi.

Mutaxassislar buni hal qilishning iloji yo‘q deya xulosa qilishadi, chunki saqlash paytida hid ham yomonlashadi.

1935-yil avgust oyida “Nestlé” rahbariyati tajriba to‘xtatilganini e’lon qildi. Ammo Morgenthaler bo‘sh vaqtlarida zavod laboratoriyasida loyiha ustida ishlashni davom ettirdi.

Bundan tashqari, u qahva donalarini sotib olib, tadqiqotni o‘z uyida ham olib borgan. Kimyogar qahva ekstrakti va eriydigan uglevodlarni teng miqdorda quritdi, buning natijasida uzoqroq saqlash mumkin bo‘lgan yaxshi ta’mga ega granulalar paydo bo‘ldi.

1937-yilning boshida u natijani “Nestlé” rahbariyatiga ko‘rsatadi. Bu esa kompaniyaga ma’qul keladi va mahsulotga “Nestlé” va “kafe” so‘zlarining uyg‘unlashuvidan yaratilgan “Nescafe” nomini berishadi.

biznes tarixi, nescafe, nestle

Bozorga kirish

“Nestlé” “Nescafe»ni Braziliyada ishlab chiqarishni rejalashtirgandi, ammo ma’muriy qiyinchiliklar yuzaga kelib, ishlab chiqarishni 1938-yilda Shveysariyada yo‘lga qo‘yadi.

Kompaniya namunalarni alpinistlar, yaxtachilar, skautlar va tungi ishchilarga bepul tarqatdi. “Nescafe” tezkor kukun shaklida bo‘lganligi sababli, iste’molchilar qahva miqdorini o‘zlari bemalol belgilab olishlari mumkin edi.

Tez orada mahsulot Shveysariyada mashhur bo‘la boshladi va natijada “Nestle»ning daromadi $20 mln.ga yetdi. Buning asosiy qismiga esa yangi mahsulot hisobidan erishilgandi.

1939-yilda “Nescafe” sotuvi allaqachon Buyuk Britaniya va AQShda boshlangandi. 1940-yilga kelib, mahsulot har bir qit’aning 30 dan ortiq mamlakatlarida sotuvga chiqadi.

Ikkinchi jahon urushi davridagi savdo

Yevropadagi urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun “Nestlé” 1936-yilda Panamada yangi “Unilac” kompaniyasiga asos soladi va vakolatxonasi AQShda joylashadi.

Urush boshlanishi bilan “Nestlé” foydasi 1938-yilga nisbatan $20 mlndan $6 mlnga tushib ketadi. Shveysariya betaraf bo‘lishiga qaramay, kompaniyada oziq-ovqat va xom ashyo yetishmasdi.

“Nescafe” sotuvi Buyuk Britaniya, Shveysariya va AQShdan tashqari boshqa joylarda ham kamaydi.

Shveysariyaliklar bomba panalarida qahvadan foydalanishgan, inglizlar esa Germaniya armiyasi hujumlaridan keyin ichimlikni ichishgan.

1942-yilda Qo‘shma Shtatlarda armiyaning qahvaga bo‘lgan talabi ortdi. Hukumat mahsulotni “urush harakatlari uchun zarur bo‘lgan tovar” sifatida tasniflaydi. Quyultirilgan va quruq sut ham askarlar orasida katta talabga ega edi.

biznes tarixi, nescafe, nestle

Amerikalik askar 1944-yilda qahva qaynatmoqda, Germaniya. Foto: Tom Harper Kelly

“Nescafe” mamlakatda ikkita yangi zavod ochadi hamda 1943-yilga kelib yillik qahva va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1 mln qutiga yetdi.

1945-yilga kelib “Nestle»ning umumiy savdosi urushgacha bo‘lgan $180 mlndan $225 mlngacha ko‘tariladi.

Eng katta o‘sish Shimoliy Amerikada bo‘ldi — $14 mlndan $60 mlngacha. Urush oxiriga kelib “Nescafe” CARE ning Amerikadan Yevropaga pul o‘tkazmalari assotsiatsiyasining gumanitar yordam paketlariga qo‘shiladi.

Yevropa va Yaponiyadagi muhtoj odamlar ularni qabul qilishdi va bu keyinchalik butun dunyo bo‘ylab talabga ta’sir qildi.

Urushdan keyin

1950-yildan 1959-yilgacha eriydigan qahva savdosi uch baravar oshdi. 1954-yilda “Nescafe” avvalgidek barqarorlashtirish uchun uglevodlar qo‘shmasdan don kukunini ishlab chiqarish usulini ishlab chiqdi.

50-yillarning boshlarida kompaniya Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi korxonalarni milliylashtirishga duch keldi.

“Nestlé” Chexoslovakiyadagi beshta sanoat tashkilotini yo‘qotdi. Polsha hukumati kompaniyadan yirik zavodni musodara qildi va Yugoslaviyadagi faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Korporatsiya Osiyodagi zavodlarini ham yo‘qotishi mumkin edi, ammo Shveysariya hukumati tufayli ularni saqlab qoldi.

1953−1954 yillarda “Nestlé” Hindistonda yiliga 7000 dan ortiq quti qahva sotar edi. 1955-yilda kompaniya “Nescafe»ni o‘sha mamlakatda ishlab chiqarishga qaror qildi, ular davlatga mahalliy hamkor bilan qo‘shma korxona tashkil etish taklifini bildirdi.

Ammo Hindiston hukumati buni rad etdi, chunki eriydigan qahva mamlakat iqtisodiyoti uchun strategik mahsulot emasdi. 1957-yilda “Nestlé” insonparvarlik maqsadlarida mamlakatda quruq sut ishlab chiqarishni taklif qilib, strategiyasini o‘zgartirdi.

Mamlakatga barcha zarur jihozlarni olib kirish orqali kompaniya bir necha yillik faoliyatdan so‘ng davlatni ishontirishni va u yerda qahva ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

1961-yilda Hindistonda birinchi sut zavodi ochildi, uning 90%i “Nestlé” va 10%i Hindiston fuqarolariga tegishli edi.biznes tarixi, nescafe, nestle

1967-yilda “Nestlé” qizil krujkani Kanadaga taqdim etdi va 1970-yilda u global logotipga aylandi.

1950-yildan 1970-yilgacha “Nescafe»ning butun dunyo bo‘ylab sotuvi 900% dan yuqori o‘sdi.

1986-yilda kompaniya Fransiyada iqlim o‘zgarishi, kasalliklar va zararkunandalar ta’siriga chidamliroq bo‘lgan qahva navlarini yaratish uchun tadqiqot markazini ochdi.

Oradan bir yil o‘tib esa kompaniya fermerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun turli mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi xizmatlarini yo‘lga qo‘ydi.

21-asrda “Nescafe”

2004-yilda “Nescafe” eriydigan qahva bozorining 47%ini egalladi va “Interbrand»ning eng muhim global brendlar reytingida $11 mlrdga baholanib, 12-o‘rinni qayd etdi.

2010-yilda “Nestlé” so‘nggi o‘n yil ichida qahva loyihalariga $200 mln sarmoya kiritganini va 2020-yilgacha uglerod chiqindilarini kamaytirish va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash uchun yana $500 mln sarflashni rejalashtirayotganini aytdi.

2013-yilda brend 22,8 mlrdlik sotuvga erishdi va tahlilchilarning ta’kidlashicha, u “Nestlé” kompaniyasining 13,5 mlrdlik operatsion foydasining beshdan bir qismini egallagan.

Biroq, “Nescafe»ning eriydigan qahva bozoridagi ulushi o‘n yil ichida 44,3%ga pasayib, global brendlar reytingida 37-o‘ringa tushib ketdi.

“Euromonitor International” tahlilchilarining fikricha, G‘arbiy Yevropa va AQShda eriydigan qahvaga past sifatli mahsulot sifatida qaraladi va “Nespresso” kapsulali qahva mashinalarining mashhurligi fonida uning sotuvi pasaygan.

biznes tarixi, nescafe, nestle

Foto: ESG News

Ammo Osiyo bozorlarida bu ichimlik hashamatli mahsulot hisoblanib, uning savdosi doimo o‘sib bormoqda.

“Nescafe»ning umumiy chakana savdosi 2017-yilda qariyb $15 mlrdni tashkil etdi, uning katta qismi Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga to‘g‘ri keldi.

“Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil uchun “Nescafe»da 5 mingdan ortiq turli xil mahsulot nomlari, jumladan, har xil turdagi qahva mashinalari mavjud.

Dunyo bo‘ylab har soniyada 5 ming finjondan ortiq “Nescafe” ichimliklari ichiladi va bu sayyorada sotiladigan barcha qahvalarning beshdan bir qismini tashkil etadi.

Brend savdosi $9,2 mlrd.ni tashkil etadi va uning qiymati $20 mlrd.ga baholanadi.

2022-yilda “Nestlé»ning yillik daromadi $99,3 mlrd.ni tashkil etib, ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 3,7%ga oshgan.

Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari taqdim etiladi

0

Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlariga soliq imtiyozlari taqdim etilishi bo‘yicha qonun Oliy Majlis Senati senatorlari tomonidan ma’qullandi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Soliq kodeksiga ayrim o‘zgartishlar kiritilishi belgilanmoqda.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga 2028-yilgacha Qoraqalpogʻiston tadbirkorlari uchun daromad, aylanma, mulk va yer soligʻi 50%gacha kamaytiriladi.

Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% miqdorida belgilanmoqda.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq esa shaharlar hududida faoliyatni amalga oshirayotgan shaxslar uchun 12 baravarga, tumanlar darajasida 6 baravarga kamaytirilmoqda.

Shuningdek, senatorlar “Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarni ham ma’qulladilar.

Unga koʻra, 2027-yil 1-oktabrgacha Qoraqalpog‘istonning nodavlat ta’lim tashkilotlari chet ellik o‘qituvchilarni jalb qilish uchun konsullik yig‘imlari va davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Juma tabrigi va diniy masalalarni tarqatish atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat

0

Ijtimoiy tarmoqlarda “juma tabrigi”, “Qur’oni karim oyatlari”, “Payg‘ambar alayhissalom hadislari”, yurtimiz ulamolari va imom-domlalarining mav’izalarini tarqatish go‘yoki mumkin emas, degan mazmundagi asossiz xabarlar keng tarqatilmoqda.

Shuningdek, yurtimizdagi rasmiy diniy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarni mutolaa qilish yoki ulashish javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ham vahima uyg‘otuvchi yolg‘on xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ta’kidlash kerakki, ijtimoiy tarmoqlarda aholi orasida sarosimaga soluvchi shunday noto‘g‘ri xabarlar tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlik keltirib chiqaradi.

2021-yil 5-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, e’tiqod erkinligi kafolatlangan. Fuqarolar dinga e’tiqod qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni o‘tkazish hamda o‘z dinining ta’limotlarini o‘rganish haq-huquqiga egadir.

Shunga binoan mo‘min-musulmonlar uchun zarur bo‘lgan diniy masalalar rasmiy elektron manbalar orqali keng yoritib borilmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytlari, masjid-madrasalar, iqtidorli imom-xatiblarning sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalarini mutolaa qilish hamda ulardagi ma’lumotlarni yaqinlariga ulashish mumkin. Jumladan, juma tabriklarini ham tarqatishga ruxsat etilgan. Bularga hech qanday ta’qib yo‘q.

Ta’kidlash joizki, Islom ma’rifatini tarqatish, xalqimizga dinu diyonatni yetkazish va yoshlarni ilmu ma’rifatli qilish ziyolilar, xususan din peshvolarining eng muhim vazifasidir.

Shu maqsadda, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tizimidagi imom-domlalar tomonidan internet tarmog‘i orqali ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasi muslim.uz saytida “Qur’oni karim va tajvid”, “Ilm va odobga oid hadislar sharhi”, turli va’z-nasihatlar, Fatvo markazining fatvo.uz kanalida diniy savol-javoblar va Muftiy hazratlarining @Muftiy_Nuriddin_domla kanallarida  ruhiy tarbiyaga oid suhbatlar muntazam joylashtirib borilmoqda.

Demak, mo‘min-musulmonlarimiz mana shunday rasmiy, ishonchli ijtimoiy tarmoqlardagi diniy-ma’rifiy mazmundagi barcha ma’lumotlarni mutolaa qilishlari hamda yaqinlariga ulashishlari mumkin.

Eslatma shuki, buzg‘unchi oqimlar g‘oyalarini o‘ziga jalb etuvchi musiqiy ohang, fotosurat yoki ramzlar orqali zimdan tarqatishga urinmoqda. Shuning uchun ham ekstremistik g‘oyalarni har qanday shaklda xoh juma tabrigi bo‘lsin, xoh boshqacha atribut yoki surat shaklida bo‘lsin, ularni tarqatish, saqlash va foydalanish qonunan ta’qiqlanadi. Shunday ekan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi fuqarolarni yana bir bor ogoh va hushyor bo‘lishga chaqiradi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

0

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bu sana tarixi 1925-yilga borib taqaladi. O‘sha yilda turli davlatlar ishtirokida Jyenevada ilk marta bolalar farovonligiga bag‘ishlab xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Konferensiyada ishtirokchi mamlakatlar bolalar kuni sifatida alohida sanani tanlashga kelishib oladi. Biroq qaysidir alohida sana taklif qilinmaydi, hamma o‘z madaniyatiga mos sanani tanlashi tavsiya qilinadi.

1949-yilda esa sovet mamlakatlarida 1950-yildan boshlab 1-iyunni «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va bu sana bayram qilina boshlanadi.

Bundan tashqari, BMT tomonidan belgilangan 20-noyabr sanasi ham Xalqaro bolalar kuni hisoblanadi. Ayrim davlatlarda bolalar kuni emas, bolalar haftaligi tarzida ham nishonlanadi.

Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

Oʻzbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan gʻamxoʻrliklar ogʻushida voyaga yetmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev 
Foto: Hasan Paydoyev 
Foto: Hasan Paydoyev 
Foto: Hasan Paydoyev 
Foto: Hasan Paydoyev 
Foto: Hasan Paydoyev 

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Rada Islamova

0

Rada — 2020-yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlovchi Wonder Women” xalqaro hamjamiyatini tashkil eta olgan muvaffaqiyatli tadbirkorlardan. 

O‘zbekistonda tug‘ilgan va bolaligi shu yerda o‘tgan tadbirkor taqdir taqozosi bilan yuqori sinflarda oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib, oliy maʼlumotli bo‘lgan. 

“Kasb yo‘lim keng qamrovli sport tadbirlarini tashkil etish bilan bog‘liq edi. Keyinchalik esa “Ostona Ekspo-2017” tashkiliy qo‘mitasining taklifiga ko‘ra yashash va ishlash uchun Qozog‘istonga ko‘chib bordim. Jami 12 yil davomida korporativ sektorda ishlab, turli mamlakatlarda, turli darajalarda va turli sohalarda xotin-qizlarning martaba pog‘onasi qanday qurilishi bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘ldim (ayniqsa ular his tuyg‘ularga to‘la, har doim o‘sish va rivojlanish istagi bilan yashasa)”, — deydi tadbirkor.

Uning aytishicha, hammasi ham doim yaxshi kechmagan. Imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaslik juda qiyin bo‘lgan, chunki ko‘pchilik ayol kishi ekanligi uchun unga ishonchsizlik bilan qaragan. 

Shu bois o‘z tajribasi va bilimlari bilan qurollanib, “Opa-singillik va birlik” tamoyili negizida turli mamlakatlar ayollarini birlashtiradigan va ularga jamiyat ichida o‘sib, rivojlanib borishga imkon yaratadigan platformani tashkil qilishga qaror qilgan. Shu asnoda “Wonder Women” hamjamiyati paydo bo‘lgan.

Bugungi kunda Wonder Women hamjamiyatimiz 40 ta mamlakat va 140 ta shahardan 10 mingdan ziyod xotin-qizlarni birlashtirdi va bunda asosiy eʼtibor Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratildi”, — deydi Rada.

Bill Geytsdan o‘qish uchun eng yaxshi 5 ta kitob

0

“Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geyts o‘z blogida yangi yil bayramida o‘qishni maslahat beradigan kitoblar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxat nafaqat yangi kitoblarni, balki o‘tgan yillardagi bestsellerlarni ham o‘z ichiga oladi.

Geytsning ta’kidlashicha, u tanlangan kitoblar dunyo bo‘ylab 100 ta kichik bepul kutubxonaga (“100 Little Free Libraries”) qo‘shilgan. Ushbu notijorat tashkilot turli mamlakatlarda bepul kitoblar berilgan kichik qutilarga mezbonlik qiladi.


“G‘aroyib o‘lkada begona”, Robert Xaynlayn.

1960-yillarning ilmiy-fantastik klassikasi Geyts qalbida alohida o‘rin tutadi.

“O‘sha paytda men Pol Allen bilan uchrashdim va biz bir-birimizni ilmiy fantastika suhbati orqali bilib oldik. Men juda ko‘p o‘qiyman deb o‘ylardim, lekin Pol mendan o‘zib ketdi “, deb eslaydi tadbirkor. “Microsoft” asoschilaridan biri Pol Allen 2018-yilda vafot etdi.

Geyts “G‘aroyib o‘lkada begona»ni bolaligidagi eng sevimli ilmiy-fantastik kitob deb atagan. Bu Marsda o‘sgan odamning hikoyasi. Qahramon futuristik yerga boradi, u yerda din va urush haqidagi insoniy g‘oyalarni tushunish uchun kurashadi.

“Men sizni kelajakda nima bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylashga majbur qiladigan ilmiy fantastikani yaxshi ko‘raman”, deb yozgan Geyts.

Uning ta’kidlashicha, Xaynlaynning kitobida kelajakning ba’zi jihatlari, jumladan, hippi madaniyati va hatto suv to‘shaklari to‘g‘ri bashorat qilingan.


“Taslim bo‘lish”, Bono.

“Taslim bo‘lish” kitobi 2022-yil noyabr oyida chiqdi. Bu “U2” guruhi solisti Bononing (haqiqiy ismi Pol Devid Xyuson) avtobiografiyasi. Geyts uni o‘zi o‘qigan eng yaxshi rok yulduzi xotirasi deb atagan.

Geyts va Xyuson o‘n yildan ko‘proq vaqtdan beri do‘st bo‘lib, birgalikda global sog‘liqni saqlash va iqlim o‘zgarishi sohalarida xayriya ishlarida qatnashgan.

Tadbirkor uning sahna ortida “U2” qanday qilib eng ibratli qo‘shiqlarini yaratgani va Bono hamda uning guruhdoshlarini 40 yildan ortiq birga ushlab turgan narsaga yuqori baho beradi.

“Ular bir xil qadriyatlarga ega. To‘rttasi ham dunyodagi qashshoqlik va tengsizlikka qarshi kurashda ishtiyoqlidir, shuningdek, halol san’atkorlar bo‘lishga harakat qiladi”, — deb yozgan Geyts.


“Raqiblar jamoasi”, Doris Kerns Gudvin.

Geytsning tan olishicha, 2005-yilda nashr etilgan ushbu nobadiiy kitob uni hayratda qoldirgan.

“Raqiblar jamoasi” — AQShning 16-prezidenti Avraam Linkoln va uning idorasida ishlagan odamlarning tarjimai holi hisoblanadi. Ulardan ba’zilari ilgari 1860-yilgi saylovlarda Linkolnga qarshi chiqqan edi.

Kitob Linkolnning maslahatchilarni qarama-qarshi fikrlar bilan yarashtirish qobiliyatini ta’kidlaydi. Geytsga ko‘ra, bugungi kun rahbarlari Amerikaning sobiq prezidentidan ko‘plab g‘oyalarni olishlari mumkin.

“So‘nggi paytlarda men Gudvinning kitobi haqida o‘ylayapman, chunki u 2022-yilda juda dolzarb bo‘lib tuyuladi”, — deya qo‘shimcha qildi “Microsoft” asoschisi.

Noroziliklar, irq haqidagi qiyin savollar va davlatlar hamda mintaqalar o‘rtasidagi mafkuraviy bo‘linishlarga duch kelgan hozirgi davr va 1860-yillar o‘rtasida sezilarli o‘xshashliklar mavjud, deydi u.


“Mendeleyevning orzusi”, Pol Strathern.

Strathernning bu kitobi kimyo tarixiga, xususan, 1869-yilda kimyoviy elementlar davriy jadvalining birinchi versiyasini tuzgan rus kimyogari Dmitriy Mendeleevga bag‘ishlangan.

“Davriy jadval go‘zal san’at asari bo‘lishidan tashqari, menga bir kashfiyot qanday qilib son-sanoqsiz boshqalariga olib kelishi mumkinligini eslatadi”, deb yozadi u.

Koinotning barcha murakkabligi ushbu jadvaldagi xususiyatlardan kelib chiqadi. Biz atomlarni tushunganimiz sababli, chiplar, dasturiy ta’minot va sun’iy intellektni yaratishimiz mumkin. Bularning barchasi davriy jadvalga qaytadi.

 


“Tennis. Muvaffaqiyatli o‘yin psixologiyasi”, Timoti Galvey.

Galveyning kitobi nafaqat tennis mahoratini oshirishga qaratilgan. Bu yuqori samaradorlikning aqliy komponentiga qo‘llanma bo‘lishi mumkin.

Geyts kitobni birinchi marta 40 yil oldin o‘qigan va shundan beri uni vaqti-vaqti bilan qayta o‘qib chiqadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u kitobni do‘stlariga ham tavsiya qiladi, chunki undagi maslahatlar hayotning ko‘p sohalariga tegishli hisoblanadi.

Tennis murabbiyi Galveyning yozishicha, o‘yinchining ruhiy holati uning o‘yiniga atletik ko‘rsatkichlari kabi ta’sir qilishi mumkin.

Geytsning ta’kidlashicha, bu g‘oya unga karyerasida xatolar haqida o‘ylamasdan, konstruktiv tanqidga e’tibor berishga yordam bergan.

“Ko‘pchiligimizga o‘zimizni tanqid qilish oson, bu esa samaradorlikni yanada pasaytiradi. Xatolar ustida o‘ylamasdan, ulardan saboq olishimiz kerak”, deb yozgan Geyts.