Foydali manbalarTadbirkorlarO‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Rada Islamova

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Rada Islamova

Rada — 2020-yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlovchi “Wonder Women” xalqaro hamjamiyatini tashkil eta olgan muvaffaqiyatli tadbirkorlardan. 

O‘zbekistonda tug‘ilgan va bolaligi shu yerda o‘tgan tadbirkor taqdir taqozosi bilan yuqori sinflarda oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib, oliy maʼlumotli bo‘lgan. 

“Kasb yo‘lim keng qamrovli sport tadbirlarini tashkil etish bilan bog‘liq edi. Keyinchalik esa “Ostona Ekspo-2017” tashkiliy qo‘mitasining taklifiga ko‘ra yashash va ishlash uchun Qozog‘istonga ko‘chib bordim. Jami 12 yil davomida korporativ sektorda ishlab, turli mamlakatlarda, turli darajalarda va turli sohalarda xotin-qizlarning martaba pog‘onasi qanday qurilishi bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘ldim (ayniqsa ular his tuyg‘ularga to‘la, har doim o‘sish va rivojlanish istagi bilan yashasa)”, — deydi tadbirkor.

Uning aytishicha, hammasi ham doim yaxshi kechmagan. Imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaslik juda qiyin bo‘lgan, chunki ko‘pchilik ayol kishi ekanligi uchun unga ishonchsizlik bilan qaragan. 

Shu bois o‘z tajribasi va bilimlari bilan qurollanib, “Opa-singillik va birlik” tamoyili negizida turli mamlakatlar ayollarini birlashtiradigan va ularga jamiyat ichida o‘sib, rivojlanib borishga imkon yaratadigan platformani tashkil qilishga qaror qilgan. Shu asnoda “Wonder Women” hamjamiyati paydo bo‘lgan.

“Bugungi kunda Wonder Women hamjamiyatimiz 40 ta mamlakat va 140 ta shahardan 10 mingdan ziyod xotin-qizlarni birlashtirdi va bunda asosiy eʼtibor Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratildi”, — deydi Rada.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...