Bosh sahifa Blog Sahifa 123

Qishloq xo‘jaligida unumdorlik va manfaatdorlikni oshirish choralari belgilandi

0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-fevral kuni qishloq xo‘jaligida ishga solinmagan yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi ham miqdor, ham samaradorlik jihatidan rivojlanmoqda. Klaster tizimi orqali yuqori unumli texnika va chuqur qayta ishlash kirib kelmoqda.

2023-yilda sohada ishlab chiqarish 4,1 foizga o‘sib, 426 trillion so‘mni tashkil qilgan. Eksport esa qariyb 2 milliard dollarga yetgan. 152 ming gektar bog‘ va tokzorlar barpo etilib, 185 ming tonna meva-sabzavot, 31 ming tonna go‘sht va 485 ming tonna sutni qayta ishlash quvvatlari ishga tushirilgan.

Yaqin tariximizda ilk bor paxtadan 3 million 700 ming tonna, g‘alladan 8 million tonna hosil olindi. Ularning hisobini yuritish va mahsulotni sotish tizimi to‘liq raqamlashtirildi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor qishloq xo‘jaligida unumdorlikni oshirish, tannarxni kamaytirish, suvni tejashga qaratilib, galdagi vazifalar belgilandi.

Prezidentimiz yer va suv resurslari cheklangan sharoitda yangicha ishlab, mahsulotni ko‘paytirish, sohaga sanoat muhitini olib kirish zarurligini ta’kidladi.

Masalan, yurtimizda bir gektar maydondan olinadigan o‘rtacha hosil ilg‘or mamlakatlardagiga qaraganda kam. Lekin o‘g‘it ham, yoqilg‘i ham, suv ham 2 karra ko‘p ishlatiladi. Shu bois xorijdan serunum chigit va urug‘lar olib kelib, dehqonlarni yangi agrotexnologiyalarga o‘qitib, hosildorlikni paxtada 50 sentner, g‘allada 100 sentnerga yetkazish mumkinligi aytildi.

Davlatimiz rahbari fermerlarning manfaatdorligi masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Bugungi kunda, yangi tartib asosida, paxta xomashyosi birja orqali sotilmoqda. Nyu-York birjasida paxta narxi oshmoqda. G‘allachilikda ham bozor munosabatlari hisobiga fermerlarning daromadi 2 baravar ortgan.

– Agar dehqon va fermerni iqtisodiy manfaatdor qilsak, ular davlat mablag‘isiz ham ishlay oladigan vaqtlar keladi. Mening maqsadim shu, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Manfaatdorlikni yanada oshirish uchun bu yil, paxtachilikda bo‘lgani kabi, g‘alla yetishtirishda ham imtiyozli kreditni to‘g‘ridan to‘g‘ri fermerga berish tizimi joriy qilinadi. Bundan tashqari, davlat resursi uchun xarid qilingan bug‘doyni daladan tashib kelish va saqlash xarajati ham to‘liq budjetdan qoplanadi.

Fermer xo‘jaliklarining barqarorligida xarajat kamligi ham muhim. Shuning uchun mineral o‘g‘itlar tannarxini bu yil 15 foizga kamaytirish, ularni birjaga yetarlicha chiqarish, yana 70 ta tumanda o‘g‘it omborlari tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mineral o‘g‘it sifati va ustamasi alohida nazoratga olinadi. Fermerlarga o‘z hisobidan o‘g‘it sotib olish bo‘yicha qulaylik yaratiladi. Joylardagi omborlardan mineral o‘g‘itni tashish uchun transportni logistika portalida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi.

Suv yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida bu yil 75 ta yirik kanalni betonlashga budjetdan 680 milliard so‘m ajratilgan. Suv tejovchi texnologiyalar uchun 3 yil imtiyozli davr bilan 5 yilga 14 foizli kredit berish yo‘lga qo‘yilgan. Yig‘ilishda bu borada hududlardagi ishlar tahlil qilinib, sustkashliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Sohada hisob-kitob intizomida ham kamchiliklar borligi aytildi. Masalan, klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmagan.

Endi yangi tizimga ko‘ra, oldingi qarzini 1 aprelgacha to‘liq to‘lamagan klaster bilan fyuchers shartnomasi bekor qilinadi va fermerga paxtani birjada sotishga ruxsat beriladi. Ma’lumotni elektron platformaga kiritgan va fyuchers shartnoma imzolagan fermerga kredit ko‘pi bilan uch kun ichida ajratilishi shart etib belgilandi.

Yig‘ilishda meva-sabzavot yetishtirish hamda eksporti hajmini oshirish choralari ham ko‘rib chiqildi.

Buning uchun, avval ajratilgan 200 ming gektarga qo‘shimcha, yana 60 ming gektar yer aholiga tarqatib beriladi. Shuningdek, tomorqalarda kooperatsiya asosida mahsulot yetishtirish qo‘llab-quvvatlanadi. Bu maqsadlarga 100 million so‘mgacha garovsiz, 150 million so‘mgacha garov ta’minoti pasaytirilgan holda imtiyozli kreditlar taqdim etiladi. Fermer va dehqonlarga zarur texnikalar “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 10 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan lizingga beriladi. Chetdan olib kelinadigan motokultivator va minitraktorlarga bojxona imtiyozi 3 yilga uzaytiriladi.

So‘nggi yillarda yurtimizda issiqxona maydonlari, ularda yetishtirilgan mahsulotlar hajmi 3 barobarga ko‘paygan. Bugungi kunda yoqilg‘isiz isitiladigan issiqxonalar barpo qilish ommalashib borayapti.

Prezident bu tajribani ma’qullab, ularni ko‘paytirish, dehqonlarga tayyor holda qurib berish zarurligini ta’kidladi. Buning uchun “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.

Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalar ham faol jalb etilmoqda. Joriy yilda 655 million dollar xorijiy sarmoyani o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Loyihalarda bozorga sarxil mahsulotlar yetkazib berish, oziq-ovqat inflyatsiyasini kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, import o‘rnini bosuvchi 25 turdagi oziq-ovqat bo‘yicha 342 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Buni davom ettirib, yangi loyihalar ishlab chiqish, xalqaro brendlarni jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

Jahon banki mablag‘lari hisobidan yangi loyihalar uchun 10 yil muddatga, aylanma mablag‘ uchun 2 yil muddatga milliy valyutada 18 foizdan kredit ajratiladi. Mashhur brendlar buyurtmalarini korxonalarga joylashtiradigan sorsing kompaniyalarni jalb qilish xarajatining 50 foizi qoplanadi. Bunda har bir brendga 500 million so‘mgacha subsidiya beriladi.

Endilikda so‘mda eksport qilgan tadbirkorlarga ham qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib berilishi ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda chorvachilik, ipakchilik va baliqchilik tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash choralari ham belgilandi.

Xususan, chorva kompleksi tashkil qilish, qoramol olish, omuxta-yem chiqarish uchun milliy valyutada 17 foizdan 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga kredit beriladi. Chorva xo‘jaliklarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlashga ham 1 trillion so‘m imtiyozli kredit yo‘naltiriladi. Uning 18 foizdan oshgan qismi Tadbirkorlik jamg‘armasidan qoplab beriladi.

Pillani Vetnam va Xitoy tajribasi asosida sanoat usulida yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi, o‘rma tutzorlar barpo etiladi. Ipakchilik instituti huzurida 2 ta naslli urug‘lik stansiyasi ishga tushiriladi.

Tarmoqda moddiy manfaatdorlikni oshirish uchun ikki bosqichda bozor tamoyillariga o‘tiladi. Bu yil birinchi bosqichda pilla narxi 25 foizga oshiriladi. Aholiga pilla yetishtirish uchun subsidiya beriladi va pilla yetishtiruvchilar daromad solig‘idan ozod qilinadi. Ikkinchi bosqichda, 2025-yildan narxni davlat belgilashi, klasterlarga muayyan tuman va fermerlar biriktirilishidan voz kechiladi. Pilla fermer bilan klaster o‘rtasida erkin narxda tuziladigan shartnoma asosida yoki birja orqali sotiladi.

Daryo bo‘ylarida va xonadonlarda havzalar o‘rnatib, baliq yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha ham vazifalar ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddilarning hisobot va rejalari eshitildi.

Bill Geyts versiyasi: Mutolaa uchun eng yaxshi kitoblar

0

Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri, Microsoft asoschisi Bill Geyts unda eng katta taassurot qoldirgan kitoblar haqida:

«Mutolaa — qiziqishimni qondirishning sevimli usuli. Qiziqarli odamlar bilan uchrashish va ish bo‘yicha ajoyib joylarda bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan bo‘lsam-da, baribir, kitob — sizni qiziqtiruvchi yangi mavzularni o‘rganishning eng yaxshi yo‘li. Bu yil men mutlaqo turli mavzularga bag‘ishlangan asarlarni tanladim», – deydi Geyts.

1. «Qo‘limizdan kelgan eng yaxshisi», Txi Buy (The Best We Could Do, Thi Bui)

Ushbu ajoyib grafik roman ota-ona va qochqin bo‘lish qanday ekanini tasvirlovchi chuqur shaxsiy memuarlarni o‘zida jam qilgan. Muallif, rassom Txi Buyning oilasi 1978 yilda Vetnamdan qochgan. Farzandli bo‘lgach, ayol mustamlakachilar tomonidan parokanda qilinayotgan mamlakatda yashagan ota-onasining tajribasi haqida ko‘proq bilishga qaror qildi.

2. «Ko‘chirib yuborilganlar: Amerika shahridagi qashshoqlik va farovonlik», Metyu Desmond. (Evicted: Poverty and Profit in the American City, Matthew Desmond).

Qashshoqlikka doir muammolar qanday bog‘lanishini bilmoqchi bo‘lsangiz, albatta, Miluokiga ko‘chish inqirozi haqidagi bu kitobni mutolaa qilishingiz kerak. Metyu Desmond qashshoqlikda yashovchi amerikaliklarning ajoyib portretini yaratgan. Uning kitobi menga bu mamlakatda qashshoq bo‘lish qanday ekani borasida boshqa har qanday kitobdan ko‘ra ko‘proq ma’lumot berdi.

3. «Menga ishoning: Sevgi, o‘lim va jaz tovuqlari haqidagi memuarlar», Eddi Izzard. (Believe Me: A Memoir of Love, Death, and Jazz Chickens, Eddie Izzard).

Stendap-komik Izzardning tarixi juda qiziq: uning bolaligi qiyin kechgan, Izzard tabiat tomonidan in’om etilmagan iste’dod yetishmovchiligini yengib o‘tish va jahon yulduziga aylanish uchun tinim bilmay ishlagan. Uning yozma nutqi minbardagi chiqishlarini yodga soladi, shu bois kitobni o‘qish davomida bir necha marta bor ovozim bilan kulib yubordim.

4. «Xush yoquvchi», Vet Txan Nguyen. (The Sympathizer, Viet Thanh Nguyen).

Vetnam urushi haqidagi men o‘qigan kitoblar va ko‘rgan filmlarimning aksariyati Amerika nuqtai nazarini ilgari suradi. Bir necha mukofot olgan roman o‘sha yillar ikki o‘t orasida qolgan vetnamliklarga qanday qiyin bo‘lgani haqida zarur ma’lumotlarni taqdim etadi. «Xush yoquvchi» qayg‘uli roman bo‘lishiga qaramay, u shuningdek ikki tomonlama agent va u tushgan noxush vaziyatlar haqida hikoya qiladi.

5. «Energiya va sivilizatsiya: tarix», Vatslav Smil. (Energy and Civilization: A History, Vaclav Smil).

Vatslav Smil — mening sevimli mualliflarimdan biri, bu asar ham shedevr. U bizning energiyaga bo‘lgan ehtiyojimiz qanday qilib insoniyat tarixini shakllantirganiga izoh beradi. Bu oddiy kitob, biroq uni o‘qib, energetikadagi innovatsiyalar qanday qilib sivilizatsiya rivoji yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkinligi haqida yanada ko‘proq bilimga ega bo‘lasiz.

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbekistonlik tadbirkor Alisher Jumaniyozov

0

👥 Hamkorlari bilan birgalikda Toshkentda birinchi oshpazlik san’ati maktabini ochishga qaror qilgan paytida Alisher Jumaniyozovning marketing, reklama va ta’lim sohasiga oid uchta biznesi bo‘lgan.

🧳 Yangi loyiha boshida 380 million so‘m sarmoya talab qilgan bo‘lsa-da, ularning barchasi bejiz ketmagan — bo‘sh vaqtni o‘tkazishning qiziqarli turi sifatidagi mahorat darslari qisqa vaqt ichida ommalashib, faoliyati boshlaganining ikkinchi oyida daromad keltirgan.

👨‍🍳 Oshpazlik maktabini ochish g‘oyasi tasodifan kelgan. “Alpha Education” biznes maktabi hamkorlari va men tez-tez tinglovchilarimiz hamda ma’ruzachilarimizdan restoran biznesi, umumiy ovqatlanishni boshqarish, oshpaz va ofitsiantlar uchun kurslar yaratish zarurligi haqida so‘rovlar ola boshladik. 2016-yil oxirida esa shunday platformani yaratish haqida o‘ylab, biznes boshlashga qaror qildik”, — deydi tadbikor.

💵 Mazkur loyihaga jami 380 million so‘mga yaqin sarmoya kiritilgan — ularning yarmi “Alpha Education” va boshqa loyihalar foydasiga, yarmi esa loyihada investor sifatida ishtirok etgan hamkor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Biznes g’oya: autsorsing kompaniyasini qanday ochish kerak?

0

Bugungi kunda tadbirkorlar o’z ishlarining deyarli barcha qismini autsorsing markazi qilishi mumkin. Ushbu yondashuv o’z xodimlarini ishga olmaslik orqali pulni tejashga yordam beradi. Soliqlarni ushlab qolish, ta’til to’lovi yoki tug’ruq to’lovini to’lashning hojati yo’q. Shu bilan birga, kompaniya yuqori sifatli xizmatni yurita oladi.

Autsorsing biznesi istiqbolli yo’nalishdir. Bunday xizmatlarga talab ortib bormoqda, garchi bu soha yurtimizda endigina rivojlanayotgan bo’lsada. Eng mashhur biznes-jarayonlarni autsorsing xizmatlari bugungi kunda bajarmoqda ular:

Buxgalteriya hisobi, xodimlarni tanlash, marketing va axborot texnologiyalari.

Autsorsing biznesini muvaffaqiyatli boshlashning asosiy sharti -malakali kadrlarni tanlashdir. Bunga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Sizning jamoangiz uchun sifatli ishlarni bajarishga qodir bo’lgan haqiqiy mutaxassislarni tanlash lozimdir.

Agar biron bir soha bilan umuman aloqangiz bo’lmasa yoki o’zingiz bu sohada hech qachon ishlamagan bo’lsangiz, boshqa odamlarning mahoratini baholash qiyin. Shuning uchun, tanish yo’nalishni tanlash kerak. Bu ishda ishlagan bo’lishingiz shart emas, sizning sevimli mashg’ulotingiz yoki hobbingiz bo’lishi mumkin.

Agar siz autsorsing kompaniyasini qanday ochishga qiziqsangiz, bir vaqtning o’zida bir nechta mijoz kompaniyalari bilan ishlashingiz kerakligini tushunishingiz kerak. Aks holda yaxshi pul ishlay olmaysiz. Barkamol ish oqimi bilan siz doimiy ravishda rivojlanishingiz, yangi xodimlarni yollashingiz va mijozlarni jalb qilishingiz mumkin.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, har yili ba’zi vazifalarni autsorsing qilishni xohlovchilar soni 30% ga o’sib bormoqda. Buning bir qancha sabablari bor:

boshqa masalalar bilan chalg’imasdan, barcha kuchingizni bevosita faoliyatga bag’ishlash qobiliyati;

ko’rsatiladigan xizmatlarning yuqori sifati va mutaxassislardan kafolatlar;

yollangan xodimlarning xarajatlarini kamaytirish;

biznes aloqalarini kengaytirish;

xatolar va noto’g’ri hisoblashlarning minimal xavfi.

Biznes autsorsingi xodimlarni topish va yollashda vaqtni tejashni istagan kichik firmalar, mikrobiznes va yirik kompaniyalar uchun judayam qo’l keladi.

Autsorsing biznesining turlari
Qanday qilib autsorsing kompaniyasini ochishni tushunish kerak? avvalo, qaysi faoliyat sizga eng yaqin ekanligini aniqlang. Ixtisoslashgan xizmatlar doirasi juda xilma-xil bo’lishi mumkin:

O’z advokatingizni yollash juda qimmatga tushadi, shuning uchun muayyan vazifalarga ixtisoslashgan tashqi yuridik bo’lim bilan shartnoma imzolash foydaliroqdir. Bunday mutaxassislar yangi shartnomalarni tahlil qiladi va sud jarayonlarida yordam beradi.

Buxgalteriya hisobi. Kichik va o’rta biznes uchun butun moliyaviy bo’lim yoki hisobchi bo’lishi harajatlarni kamaytirmaydi. Vaqti-vaqti bilan hujjatlarni to’ldiradigan va soliqlarni to’laydigan uchinchi tomon mutaxassisiga ishlarni o’tkazish ancha oson.

Marketing. Odatda bu malakali PR mutaxassislari va reklama beruvchilarning kichik jamoasi. Ular aniq maqsadlar va marketing maqsadlarini shakllantiradilar va original strategiyani ishlab chiqadilar. Bu shaxsiy reklama aktsiyalari va keng ko’lamli kampaniyalarni, veb-saytlarni reklama qilishni va ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilishni o’z ichiga olishi mumkin.

Ishlab chiqarish. Agar sizda o’zingizning ishlab chiqarish quvvatlaringiz yoki kichik ustaxonalaringiz bo’lsa, mijoz kompaniyaning ehtiyojlari uchun har qanday elementlarni, yarim tayyor yoki tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil qilishingiz mumkin.

IT xizmatlari. Bu veb-saytlarni ishlab chiqish va qo’llab-quvvatlash, xodimlar uchun mahalliy tarmoqni tashkil etish, dasturiy ta’minotni o’rnatish, texnik yordam bo’lishi mumkin.

Bu autsorsing xizmatlarining eng mashhur turlari. Aslida, ularning ko’plaari bor, lekin ularning hammasi ham keng tarqalgan emas. Tozalash, logistika, xodimlarni boshqarish, xavfsizlik kabi sohalar asta-sekin kengayib bormoqda.

O’z biznesingizni qayerda boshlash kerak?
Shunday qilib, siz biznes sifatida autsorsingga qiziqasiz – qayerdan boshlash kerak? Agar faoliyat yo’nalishini allaqachon tanlangan bo’lsangiz, siz korxonani ro’yxatdan o’tkazishingiz kerak. Aksariyat hollarda yakka tartibdagi tadbirkor yoki MChJ yetarli, boshqa tadbirkorlik shakllari kamroq talab qilinadi.

Firmalar ushbu ro’yxatga olish formatini bir nechta sabablarga ko’ra tanlaydilar: buxgalteriya hisobining qulayligi, soddalashtirilgan soliq tizimidan foydalangan holda ishlash qobiliyati va to’ldirish uchun minimal hujjatlar.

Keyingi qadam ofisni ijaraga olishdir. Autsorsing kompaniyasini ochishdan oldin, mijozlarni ofisda qabul qilasizmi yoki onlayn shartnoma tuza olasizmi, hal qiling. Bu sizga shahar markazida keng joy yoki yetarlicha kichik ofis kerakligini aniqlaydi.

Muvaffaqiyatning tarkibiy qismlaridan biri to’g’ri tanlovdir. Noldan tezda boshlash uchun siz o’zingiz yaxshi tushunadigan faoliyatning bir turiga e’tibor qaratishingiz kerak. Masalan, binolarni tozalash yoki IT xizmati. Tor ixtisoslashgan biznesni boshlash orqali siz barqarorlikka tezroq va ko’proq erishasiz.

Doimiy mijozlar doirasi shakllanganda, tegishli xizmatlar va yo’nalishlarni taklif qilish orqali kengaytirishingiz mumkin. Agar siz mijoz hisobini yuritgan bo’lsangiz, yuridik maslahat yoki tahlilchi xizmatlarini qo’shishingiz mumkin.

Bozorga kirish strategiyasini yarating
Biznes sifatida autsorsingni boshlashga qaror qilganingizdan va qayerdan boshlashni rejalashtirganingizdan so’ng, bozorga kirish uchun aniq reja tuzing. Buning uchun raqobatchilaringizni o’rganing. Aniqlash:

sizning shahringiz, mintaqangiz, mintaqangizda kimdir shunga o’xshash xizmatlarni taklif qiladimi;

raqiblarning qanday kamchiliklari va afzalliklari bor;

bu alohida yo’nalish qanchalik talabga ega;

qanday noyob shartlarni taklif qila olasiz?

Kuchli raqobatchilarning mavjudligi, shuningdek, ularning yo’qligi vazifani murakkablashtirishi mumkin. Agar joy allaqachon band bo’lsa va boshqa ko’plab kompaniyalar shunga o’xshash xizmatlarni taklif qilsa, yangi tadbirkor uchun o’z o’rnini topish qiyin bo’ladi. Buning uchun siz autsorsing uchun nostandart g’oyalar va taqdimotlar bilan chiqishingiz kerak bo’ladi.

Agar bozorda raqobatchilar umuman bo’lmasa, bu xizmat tomoshabinlar orasida mashhur emasligini anglatishi mumkin. Yoki birinchi mijozlaringizga taklifingizning afzalliklarini tushuntirish orqali ularni jalb qilish uchun reklamaga ko’p pul sarflashingiz kerak bo’ladi.

Autsorsing biznesini tashkil etish
Autsorsing – bu foydali va istiqbolli biznes g’oya. Ammo korxona muvaffaqiyatli ishlashi uchun, boshlashdan oldin hamma narsani eng kichik tafsilotlarigacha o’ylab ko’ring. E’tibor bering, ko’tarilish va barqaror foyda olish tsikli juda uzoq. Shunday qilib, birinchi oylar uchun operatsion xarajatlarni qoplash uchun sizga mustahkam boshlang’ich kapital kerak bo’ladi:

ofis ijarasi uchun to’lov;

kommunal to’lovlar;

reklama va reklamaga investitsiyalar.

Mijozlar bazasi asta-sekin shakllanadi. Shuning uchun, dastlabki bosqichda siz o’zingizning xodimlaringiz bo’yicha mutaxassislarni yollashingiz shart emas, balki mijozlar va ish qidirayotganlar o’rtasida vositachi sifatida harakat qiling.

Autsorsing uchun mijozlarni qayerdan topish mumkin?

Avvalo autsorsing kompaniyasini ochishdan oldin, mijozlarni qanday jalb qilish haqida o’ylang. Buning uchun turli xil vositalar mos keladi:

veb-sayt yaratish va uni Internetda targ’ib qilish;

kontekstli reklama, tematik resurslar bo’yicha bannerlar;

televideniya, radio, gazetalardagi reklamalar, shuningdek, bannerlar.

E’tibor bering, autsorsing muvaffaqiyati va sizning g’oyangiz bevosita mijozlar soniga bog’liq. Shuning uchun, kattaroq auditoriyani qamrab olish uchun bir vaqtning o’zida bir nechta reklama kanallaridan foydalanishga harakat qiling. Bunga boshqa platformalarni qo’shing, masalan, ijtimoiy tarmoqlar, elektron e’lonlar taxtasi.

Ishga qabul qilish
Ishchilarni tanlash autsorsing kompaniyalarining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, biznesni ochishdan oldin o’ylab ko’rish kerak. Ba’zi sohalar uchun dastlab bir kishi kifoya qiladi: advokat, buxgalter, tizim ma’muri. Bunday holda, siz yollanma ishchilarni jalb qilmasdan o’zingiz boshlashingiz mumkin.

Agar korxona muvaffaqiyatli ish yuritsa, siz asta-sekin mijozlar sonini ko’paytirishingiz va xodimlarni kengaytirishingiz mumkin.

Autsorsing mijozlar uchun foydalidir, chunki ular minimal harajatlar bilan yuqori sifatli xizmatlarni olishlari mumkin. Kasal bo’lishi, ta’tilga chiqishi yoki tug’ruq ta’tiliga chiqishi mumkin bo’lgan to’la vaqtli mutaxassislardan farqli o’laroq, autsorsing xizmatlari doimiy ravishda ishlashi kerak. Shuning uchun, bir vaqtning o’zida bir nechta mutaxassislarni yollashga arziydi, shunda biror masala yuz bersa, ishni topshirish uchun kimdir bor.

Samarali jamoani shakllantirish uchun yaxshi ish tajribasiga ega mutaxassislarni qidiring. Ular kam maoshga ishlamaydi, lekin sifatli ishni bajara oladi. Buni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak – mijozlarning sodiqligi xavf ostida bo’ladi.

Biznesni rag’batlantirish
Bugungi kunda yangi yo’nalishlarda autsorsing bo’yicha ko’proq g’oyalar paydo bo’lmoqda. Masalan, kompaniyalar nafaqat texnik yoki moliyaviy mutaxassislarni, balki xodimlarga stress va psixologik tanglikni bartaraf etishga yordam beradigan frilanser trenerlar, HR mutaxassislari va hatto uy hayvonlari egalarini ham taklif qilishlari mumkin.

Har bir faoliyat turi ma’lum bir maqsadli mijoz uchun mo’ljallangan. Shuning uchun siz tegishli reklama usulini tanlashingiz kerak. Masalan, buxgalteriya xizmatlarida nafaqat tashrif qog’ozi veb-sayti, balki bannerlar va taxtalarda odatiy reklama ham mos keladi.

Agar sizning xizmatingiz mutlaqo yangi yoki noyob bo’lsa, bepul maslahatlar, sinov tashriflarini tashkil qiling yoki birinchi tashrifda yaxshi chegirma bering. Bu potentsial mijozlarga siz bilan hamkorlik qilish va ishingiz natijalarini baholash qanchalik foydali ekanligini tushunishga yordam beradi.

Biznesni noldan boshlash ko’p vaqt talab qiladigan ishdir. Agar siz eng qiyin bosqichlarni o’tkazib yubormasdan autsorsing kompaniyasini olishni istasangiz, tayyor biznesni sotib olish haqida o’ylang.

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday aniqlanadi?

0

Joriy yilning 23-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar uchun barqarorlik reytingini joriy etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Tizim 1-fevraldan ishga tushirilib, unda tadbirkorlar faoliyati umumiy, ballarni kamaytiruvchi hamda qo‘shimcha ball beruvchi mezonlar bo‘yicha baholanadi.

Hukumatning 30-yanvardagi qarori bilan reytingni aniqlash to‘g‘risidagi nizom va buning uchun qo‘llaniladigan mezonlar uch toifaga bo‘lingan holda tasdiqlandi.

Xususan, barqarorlik reytingini hisoblashda 23ta mezon, jumladan, 9ta jarima va 4ta rag‘batlantirish qo‘llaniladi.

Reyting Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” platformasida avtomatik shakllantirilib, Savdo-sanoat palatasi saytida e’lon qilib boriladi.

Umumiy mezonlar

Birinchi o‘nta mezon hamma uchun umumiy asosda baholanadi. Ushbu toifadagi maksimal ball — 100.

Mezon Ballar
1 Ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab kompaniyaning faoliyat muddati Har bir yil uchun 2 ball (maksimal — 10)
2 Xalqaro standartlarga muvofiq hisobotni hisobga olgan holda EBITDA (foizlar, soliqlar va amortizatsiyadan oldingi daromadlar) bo‘yicha rentabellik darajasi 25−50% — 2;
50−70% — 5;
70%dan ortiq — 10.
3 Foydalanilayotgan ko‘chmas mulk yoki yer uchastkalari (shu jumladan, uzoq muddatli ijaraga berilgan yerlar), mulk huquqi uchun — 10;
ijara uchun — 7.
agar ular mavjud bo‘lmasa va tadbirkor ko‘rsatilgan manzilda ishlamasa — minus 5;
4 Bir xodimning ish haqi jamg‘armasidagi ulushining tarmoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbati 100% yoki undan ko‘p — 10;
75−99% — 8;
50−75% — 6;
25−50% — 4;
25%dan kam — 2;
5 Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etish O‘z vaqtida — 10.
6 Hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash O‘z vaqtida — 10.
7 Soliqlarni to‘lov yoki inkasso topshiriqnomasi asosida to‘lash 10 (agar inkasso orqali bo‘lsa, minus 5);
8 Belgilangan muddatda yetkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni ro‘yxatdan o‘tkazish 100% — 10;
75−99% — 7;
50−75%- 5;
25−50% — 2;
25%dan kam — 1.
9 EHF doirasida sotib olingan tovarlarni (shu jumladan qayta ishlangan) sotish 70%dan ortiq — 10;
50−70% — 5;
30%dan kam — minus 5
10 Auditdan oldingi tahlilda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish kamchiliklar yo‘q — 10;
xatolarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish — 7;
tuzatilmagan — minus 5.

Ballarni kamaytiruvchi mezonlar

Gap qonuniy talablarni buzish holatlari, shuningdek, boshqa shubhali harakatlar haqida ketmoqda.

Mezon Ballar
1 So‘nggi 12 oy ichida kompaniyaning ro‘yxatdan o‘tgan joyini ikki martadan ko‘p o‘zgartirish -5
2 So‘nggi 12 oy ichida kompaniya direktorini ikki martadan ko‘p o‘zgarishi -5
3 Oxirgi 3 yil ichida kompaniya direktori yoki ta’sischisining jinoiy hukmi yoki bankrotligi -5
4 Avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga o‘zgartirishlar kiritish bir o‘zgartirish uchun -1 ball (maksimal 5)
5 QQS to‘lovchi sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish yoki bekor qilish -10
6 Soliq qarzlarini mol-mulk hisobidan undirish (jarima to‘langanidan keyin olib tashlanadi) -5
7 Soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikka tortish ma’muriy — 2;
jinoiy — 5.
8 MXIKdan noto‘g‘ri foydalanish (oyiga 1 martadan ortiq) -5
9 Kreditorlik qarzlarini undirish bo‘yicha sud jarayonlari (12 oy ichida bir martadan ortiq) -10

Qo‘shimcha ball beruvchi mezonlar

Mezon Ballar
1 Xodimlar orasida muhtojlarning (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “temir”, “ayollar”, “yoshlar” daftarlaridagi), shuningdek, nogironligi bo‘lganlarning ulushi. 20%dan ortiq — 10;
10−20% — 5.
2 Eng kam ish haqidan yuqori ish haqi oladigan xodimlar sonining yillik o‘sishi (yangi kompaniyalar uchun dinamika oldingi oyga nisbatan ikkinchi oydan boshlab hisoblanadi) 50%dan ortiq — 15;
40−50% — 10;
30−40% — 8;
20−30% — 6;
10−20% — 4;
1−10% — 2.
3 O‘rtacha sanoat ko‘rsatkichiga nisbatan katta miqdorda QQS to‘lash (QQS to‘lovchilar uchun oyiga kamida BHMning 10 barobari) 10
4 O‘rtacha sanoat ko‘rsatkichiga nisbatan katta miqdordagi aylanma solig‘ini to‘lash (aylanma soliq to‘lovchilar uchun oyiga kamida BHMning 1 barobari) 10

“BIZNES MARAFON” SURXONDARYODA!

0

Surxondaryoning Termiz shahridagi Indenim tekstil fabrikasida navbatdagi “Biznes Marafon” boʻlib oʻtdi.

 

Unda Jahongir Ortiqxo‘jayev, Laziz Adhamov, Zafar Hoshimov, Husan Mamasidov hamda Umidjon Ishmuhamedov kabi muvaffaqiyatli tadbirkor hamda biznesmenlar ishtirok etishadi.

“Biznes Marafon” Surxondaryo viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda “Mfaktor” hamkorligida tashkil etildi.