Bosh sahifa Blog Sahifa 114

Joriy yilda Asakabank va Biznesni rivojlantirish banki jami $3,6 mlrd jalb qiladi

0

Mazkur banklar jami $1,2 mlrdlik 132ta investitsiya loyihasini amalga oshiradi.

Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni “Asakabank” va Biznesni rivojlantirish bankining investitsiya faoliyati hamda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga oid taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Asakabank” bu yil loyihalarga $2,1 mlrd jalb qilib, ularni to‘liq o‘zlashtirishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, farmatsevtika va avtomobil sanoatida jami $3 mlrdlik loyihalar shakllantirilgan. Mazkur bank ishtirokida 285 ming aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan.

Biznesni rivojlantirish banki 2024-yilda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari va investitsiya loyihalariga jami $1,5 mlrd jalb qiladi. Shundan $225 mlni xalqaro moliya institutlaridan olib kelinadi.

Bu mablag‘larni o‘zlashtirish orqali yil yakunigacha jami 47 mingdan ortiq mikroloyihalar amalga oshiriladi.

Aholining biznes g‘oyalarini moliyalashtirish orqali 380 mingta o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bankning o‘qitish dasturlari bilan 70 mingdan ortiq aholi qamrab olinadi.

“Asakabank” ishtirokida $772 mlnlik 87ta, Biznesni rivojlantirish banki tomonidan $485 mlnlik 45ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

Prezident banklar barcha mijozlari bilan manzilli ishlab, loyihaning har bir bosqichida ko‘maklashishi zarurligini, natijada yangi ish o‘rinlari yaratilishi va mahallalarda kambag‘allikning qisqarishida o‘zgarishlar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Banklar o‘z ishini yangicha tashkil qilib, faqat kredit ajratadigan markaz emas, balki o‘zi istiqbolli loyihalarni amalga oshiradigan va ularni tayyor biznes sifatida tadbirkorlarga taqdim etadigan investitsiya-tijorat tuzilmasiga aylanishi to‘g‘riligi qayd etildi.

Taqdimotda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash jarayonlarini raqamlashtirish va ular shaffofligini oshirish, dasturiy yechimlar va innovatsiyalarni joriy qilish bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Avvalroq joriy yilda “O‘zmilliybank” $6 mlrdlik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgani ma’lum qilingandi. “O‘zsanoatqurilishbank” xalqaro moliya bozorlaridan $3,1 mlrdlik mablag‘ jalb qiladi.

Tailand O‘zbekiston uchun vizasiz rejim joriy qiladi

0

Endilikda 36ta yangi mamlakatdan tashrif buyuruvchi sayyohlar qirollikda amaldagi 30 kun o‘rniga 60 kungacha vizasiz qolishlari mumkin bo‘ladi.

Tailand hukumati bir qator mamlakatlardan kelgan sayyohlar uchun viza talablari bekor qilinishini ma’lum qildi. Bu haqda “Bangkok Post” xabar berdi.

Bu tashabbus qirollikning turizm industriyasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasining bir qismidir. Hukumat vakili Chay Vacharonning so‘zlariga ko‘ra, vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar ro‘yxati 57tadan 93taga yetkazilmoqda. O‘zbekiston vizasiz rejim uzaytirilgan 36ta yangi davlatdan biriga aylandi. Bu ro‘yxatga Hindiston, Kambodja, Laos, Qozog‘iston va boshqa davlatlar ham kiritilgan.

Mazkur mamlakatlar fuqarolari uchun vizasiz qolish muddati 30 kundan 60 kungacha uzaytiriladi. Yana 31ta (hozirda 19ta) davlat pasporti egalari Tailandga borganlaridan keyin viza olishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, hukumat raqamli sohalarda masofadan turib ishlaydigan chet el fuqarolari uchun “Destination Thailand Visa” vizasining yangi turini joriy qiladi.

Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, viza yig‘imlaridan tushadigan daromad taxminan 12,3 mlrd bahtga ($335 mln) qisqaradi. Biroq, bu yo‘qotishlar turizm sanoatidan tushadigan daromadlarning ortishi bilan qoplanadi.

2024-yilning fevralidan o‘zbekistonliklar dunyoning 31 davlatiga, jumladan Eron va BAAga vizasiz kirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Yana 28ta davlat, shu jumladan o‘sha vaqtda Tailandga ham kirgach viza olish mumkin bo‘ldi.

Avvalroq O‘zbekiston Termiz erkin savdo zonasida 15 kungacha vizasiz rejim joriy etishi haqida xabar berilgandi.

Bill Geytsdan yozgi ta’tilda o‘qish uchun 4ta kitob

0

Microsoft kompaniyasi asoschisi o‘z blogida yozgi ta’tilda o‘qishni maslahat beradigan kitoblar va serial ro‘yxatini e’lon qildi.

“Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geyts o‘z blogida 2023-yilda yozgi ta’tilda o‘qish uchun eng yaxshi 4ta kitob ro‘yxatini e’lon qildi. Shuningdek, Geyts o‘z nuqtai nazaridan eng diqqatga sazovor serialni ham tavsiya qildi.

“Ayollar”, Kristin Xanna

Ushbu roman norozilik namoyishlari va urushga qarshi kayfiyat bilan larzaga kelgan, mamlakatga qaytishdan oldin Vyetnamda ikki marta frontda xizmat qilgan AQSh armiyasi hamshirasi haqida hikoya qiladi.

Muallif Kristin Xanna yozgan bir qancha kitoblar muvaffaqiyatga erishgan, shu jumladan, bu kitob va men buning sababini tushunaman.

Bu asar ularning aql bovar qilmaydigan qurbonliklari uchun ko‘proq minnatdorchilikka loyiq bo‘lgan bir guruh faxriylarga chiroyli tarzda yozilgan hurmatdir.

bill geyts, kitoblar tavsiyasi, yozgi ta'til

“Yuqumli saxiylik”, Kris Anderson

Yigirma yildan ortiq vaqt davomida “TED Talks»ni boshqarib kelgan Kris internet saxiylikning ta’sirini qanday kuchaytirishi mumkinligini o‘rganadi. U har bir kishi, jumladan, jismoniy shaxslar, hukumatlar va korxonalar ham saxiylikni qanday targ‘ib qilishi mumkinligi haqidagi rejani taklif etadi.

Bu faqat pul berish haqida emas, saxiylik tushunchasini kengaytirishimiz kerakligini ta’kidlaydi.

Agar siz yanada adolatli dunyoni yaratishga yordam berishni istasangiz, lekin qayerdan boshlashni bilmasangiz, bu kitob siz uchun.

bill geyts, kitoblar tavsiyasi, yozgi ta'til

“Ajib yangi so‘zlar”, Sal Xon.

Sal — “Xon akademiyasi” asoschisi, sun’iy intellekt paydo bo‘lishidan ancha oldin ta’lim texnologiyalari sohasida kashfiyotchi bo‘lgan. Shunday qilib, u sun’iy intellektning ta’limni qanday yaxshilashi haqidagi “ajoyib yangi so‘zlar»da bayon qilgani juda asosli.

Salning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt talabalar va o‘qituvchilar tajribasini tubdan yaxshilaydi va barchaga jahon darajasidagi ta’lim olish imkoniyatini beradi.

U shu paytgacha innovatsiyalar o‘qishga ozgina ta’sir ko‘rsatganini yaxshi biladi, ammo sun’iy intellekt boshqacha bo‘lishi haqida ishonchli dalillar keltiradi. Hech kim ta’limning kelajagi haqida Saldan ko‘ra aniqroq tushunchaga ega emas va men “Ajib yangi so‘zlar»ni tavsiya qilishdan boshqa ilojim yo‘q.

bill geyts, kitoblar tavsiyasi, yozgi ta'til

“Insonni qanday bilish mumkin?”, Devid Bruks

Menga Devidning “Fe’l-atvorga olib boradigan yo‘l” kitobi yoqdi, lekin hozirgi o‘qiyotgan kitobim undan ham yaxshiroq, nazarimda.

Sababi kitobning asosiy mazmunini boshqa joyda topa olmadim, ya’ni suhbatlashish va ijtimoiy ko‘nikmalar shunchaki tug‘ma xususiyatlar emasligi, ularni o‘rganish va yaxshilash mumkinligi keltirilgan.

Muallif asarda “baland ovozda tinglash” deb atagan hislati bo‘yicha amaliy maslahatlar beradi, bu atrofingizdagi odamlarga o‘zini eshitgani va qadrlanganini his qilishiga yordam beradi.

Shuningdek, bu kitob nafaqat suhbatlar uchun qo‘llanma balki, bu ko‘proq insonlarning hayot tarzini yaxshilashga doir rejalar to‘plamidir.

bill geyts, kitoblar tavsiyasi, yozgi ta'til

“Sekin otlar”, Jon Le Karre

Men ayg‘oqchilar haqidagi hikoyalarni yaxshi ko‘raman. Lon Le Karrening bir nechta romanlarini o‘qidim va ikkita sevimli filmim -“Ayg‘oqchi o‘yinlar” va “Kondoraning uch kuni»ni tomosha qildim.

Shuningdek, “Sekin otlar»ni eng yaxshilari bilan bir qatorga qo‘ygan bo‘lardim. Bu MI-5 ichidagi xayoliy guruh bo‘lgan “Slough House»ga yuborilgan maxfiy agentlar haqidagi Britaniya seriyalidir, u yerga qattiq ishlagan, ammo ishdan bo‘shatilgan odamlarni yuborishadi.

Gari Oldman asosan Jeyms Bondga qarama-qarshi bo‘lgan “Slough House” rahbari rolini o‘ynaydi. U bema’ni va ichkilikboz bo‘ladi, lekin keyin sizni ajoyib josuslik fokuslari bilan hayratda qoldiradi.

Le Karrening boshqa romanlarida bo‘lgani kabi, “Sekin otlar” ham juda murakkab personajlar va syujetlarga ega bo‘lib, ularga haqiqatan ham e’tibor berish kerak, oxir-oqibat bu o‘z samarasini beradi. (Serial Apple TV+da mavjud.)

bill geyts, kitoblar tavsiyasi, yozgi ta'til

O‘zbekistonda 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?

0

Joriy yilning 1-iyunidan barcha toifalardagi avtomobillardan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli ta’siri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlarga mosligini nazorat qiluvchi “Ekologik transport” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Hududlar real ekologik holat, shuningdek, xorij tajribasi va innovatsion texnologiyalar asosida “yashil”, “sariq” va “qizil” ranglar bilan belgilanadigan “toza”, “o‘rta” va “zararli” ekologik zonalarga ajratib boriladi. O‘z navbatida, avtomobillar ham yuqoridagi kabi ekologik toifalarga ajratiladi.

“Zararli” avtomobillarga nisbatan ekologik kompensatsiya to‘lovlari joriy etiladi. Bundan tashqari, ularning tegishli ekologik zonalar hududida kirishi cheklanadi yoki taqiqlanadi.

“Ekologik transport” tizimini 2024−2026 yillarda Toshkent shahrida, 2026−2028 yillarda hududlar markazlarida hamda, zaruratga ko‘ra, alohida ekologik zonalarda, jumladan, sayyohlik markazi, tabiat qo‘riqxonasi, sog‘lomlashtirish hamda dam olish maskanlarida joriy etiladi. 2028−2030 yillarda esa boshqa barcha hududlarda amalga oshiriladi.

Uy-joy sharoitini yaxshilashga120 million so‘mgacha ipoteka krediti beriladi

Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi. Bunda ipoteka kreditlari 120 mln so‘mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun ajratiladi.

Shu bilan birga, ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15%i miqdorida hamda foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun — kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12%dan oshgan qismiga subsidiya to‘lanadi.

Migrantlarni ishga olganlarga subsidiya beriladi

1-iyunidan hujjatlarni onlayn talab qilib olish bo‘yicha konsullik yig‘imlari miqdori fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun davlat boji miqdoriga tenglashtiriladi.

1-iyundan mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni ishga qabul qilgan kompanilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so‘mdan subsidiya to‘lanadi.

Biroq, budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

Subsidiya to‘lash uchun fuqaro bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi hamda to‘lovlar 1-iyundan 2026-yilgacha ishga qabul qilinganlarga nisbatan qo‘llaniladi. Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko‘p vaqt bo‘lmaganlar tushuniladi.

Shuningdek, 1-iyundan mehnat migratsiyasidan qaytib kelganlar hamda ularning oila a’zolarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Ijtimoiy ahamiyatli kasallikka chalinganlarga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatiga muvofiq tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi.

Yangi binolarda aktiv seysmik himoyalash qurilmalarini o‘rnatish joriy etiladi

MSK-64 shkalasi bo‘yicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obyektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

1-iyuldan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III — IV toifa bo‘lgan obyektlarga bino va inshootlarning yuk ko‘taruvchi konstruktsiyalarini avtomatik monitoring qilish uskunasini o‘rnatish majburiy etib belgilanadi. Iyulgacha barcha tuman va shaharlar hududlari kesimida mintaqaviy akselerogrammalar raqamlashtirilib, onlayn bazalari shakllantiriladi. 1-avgustdan ular asosida loyihalash va qurish tartibi joriy etiladi.

2024-yilning 1-iyunidan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III — IV toifa bo‘lgan obyektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibi joriy etiladi.

Gaz zapravkalarga yetkazib beriladigan gaz narxi oshiriladi

Hukumatning aprel oyidagi qarori bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga 1 kub metr tabiiy gaz 1-iyundan boshlab 1800 so‘mdan yetkazib beriladi. 1-maygacha bu narx 1500 so‘m etib belgilangandi.

Metanning eng baland narxi 3750 so‘m etib belgilandi

AGTKShlarda tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 1-avgustgacha bir kub metr uchun 3750 so‘mni tashkil etadi.

Ya’ni, 1-iyundan yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim o‘zgartishlar bilan amal qiladi.

Mart oyi oxirida hukumat tomonidan qabul qilingan tegishli qaror bilan metan “zapravka»larda sotiladigan 1 kub metr tabiiy gaz narxi qat’iy belgilangan bo‘lib, bu 1-iyungacha 3350 so‘mni tashkil etadi.

Chiqindidan qarzi borlarga SMS jo‘natiladi

Chiqindi xizmatlari uchun oylik to‘lovlardan qarzdorligi bo‘lgan abonentlar SMS orqali xabardor qilib boriladi. Qarzdorlik bo‘yicha ogohlantirilgandan keyin to‘lov qilmaganlarning elektr to‘lovlarini qabul qilish vaqtinchalik cheklanadi.

Bu tizim birinchi bosqichda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 1-iyundan yo‘lga qo‘yilib, 6 oylik qarzdorlik uchun amal qiladi.

Shuningdek, maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi xomashyoni realizatsiya qilish faqat birja orqali amalga oshiriladi. Aholi mustaqil saralagan chiqindilar bundan mustasno.

OTMlar uchun qabul jarayoni boshlanadi

2024/2025 o‘quv yilidan davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.

Biroq, bu kasb-hunar maktabi uchun amal qilmaydi. Mazkur tamoyil asosida abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra, testdan to‘plagan bali bilan dastlab bakalavriaturaga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyungacha test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, imtihonni topshiradigan davlat OTMini tanlaydi.

Bunda bakalavriatura bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan tasdiqlanadi.

Kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida OTM, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

“Yosh tadbirkor” tanlovi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyundan “Yosh tadbirkor” tanlovlarini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi hamda “mahalla — tuman — viloyat — respublika” bosqichlarida biznes loyiha va g‘oyalar saralanadi.

Respublika bosqichida saralashdan o‘tgan har bir loyihaga BHMning 1 000 baravarigacha (340 mln so‘m) imtiyozli kreditlar ajratiladi va kredit stavkasining 50%i qoplab beriladi.

G‘olib bo‘lgan biznes loyiha va g‘oyalar egalari Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

Unga ko‘ra, quyidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdori oshiriladi:

  • kripto-birja faoliyati uchun BHMning 740 baravari — 251,6 mln so‘m (amalda 136 mln so‘m);
  • kripto-do‘kon faoliyati uchun BHMning 185 baravari — 62,9 mln so‘m (6,8 mln so‘m).

Huquqiy axborotni yetkazishga oid faoliyat raqamlashtiriladi

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib huquqiy targ‘ibot materiallari tayyorlanadi hamda ularning eng quyi bo‘g‘inigacha Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali yuboriladi.

Davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni yetkazishga oid faoliyati raqamlashtiriladi va huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullari tatbiq etiladi.

O‘z faoliyati sohasiga oid huquqiy axborotlarni aholiga yetkazish faoliyatini tashkil qilish hamda muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘linmalar belgilanadi.

“Uzbekistan Airways” Nukusdan Olmaotaga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Nukus-Olmaota-Nukus yo‘nalishidagi aviaqatnovlar joriy yilning 1-iyunidan boshlanib, haftda ikki kun — chorshanba va shanba kunlari harakatlanadi.

Aviareyslar quyidagi jadvalga asosida (mahalliy vaqt bilan) amalga oshiriladi:

  • Nukusdan jo‘nab ketish- soat 10:05, Olmaotaga yetib kelish — soat 12:15;
  • Olmaotadan jo‘nab ketish soat — 13:15, Nukusga yetib kelish — soat 15:45.

Nukus-Istanbul yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar boshlanadi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi mazkur yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshiradi.

Parvozlar “Uzbekistan Airways Express” loukoster aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Parvoz jadvali (mahalliy vaqt):

  • Nukusdan jo‘nab ketish — 10:35, Istanbulga kelish — 12:55;
  • Istanbuldan jo‘nash 14:30, Nukusga yetib kelish 20:15.

“Silk Avia” Issiqko‘lga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Poytaxt va kurort hududi o‘rtasida aviaqatnovlar 16-iyundan quyidagi jadval (mahalliy vaqt) asosida amalga oshiriladi

  • Toshkentdan uchish — 9:30, Tamchiga kelish — 12:35;
  • Tamchidan jo‘nash 13:35, Toshkentga yetib kelish 14:50.

Rossiya bilan qanday hujjatlar imzolandi?

0

Ular orasida O‘zbekistonda kam quvvatli AES qurish, Toshkentda Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining filialini ochish kabilar borasidagi kelishuvlar bor.

 

27-may kuni o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin qo‘shma bayonot imzoladilar.

Davlat rahbarlari huzurida muhim ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Jumladan, bular:

  • O‘zbekiston va Rossiya hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi;
  • O‘zbekiston metrologiya sohasida texnik ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • Birgalikda kino ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • Aholining sanitariya-epidemiologik farovonligini ta’minlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi o‘rtasida ilmiy texnologiyalar sohasida qo‘shma tanlovlar o‘tkazish to‘g‘risida bitim;
  • Baliqchilik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
  • 2024−2026 yillarga mo‘ljallangan madaniyat sohasida hamkorlik dasturi;
  • 2025−2026 yillarga mo‘ljallangan turistlar oqimini oshirish bo‘yicha hamkorlik dasturi;
  • O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida tovar ayirboshlashni ko‘paytirish maqsadida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi;
  • O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida 2024−2030 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruh faoliyatining asosiy yo‘nalishlari rejasi;
  • O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Karantin va o‘simliklarni himoya qilish agentligi hamda Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligining Veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati o‘rtasida fitosanitariya sohasida raqamli hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2024−2025 yillarga mo‘ljallangan karantin va o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;
  • O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi o‘rtasida “N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti” federal davlat budjet oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish to‘g‘risida memorandum;
  • O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida sog‘liqni saqlashni tashkil etish masalalari bo‘yicha; tibbiyot maqsadidagi dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va yuqori texnologik davolash usullarini tartibga solish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnomalar;
  • O‘zbekiston hududida kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar;
  • Toshkentda Butunrossiya tashqi savdo akademiyasining filialini ochish to‘g‘risida bitim;
  • transport mashinasozligi, fuqarolik aviatsiyasi tizimlari sanoatini rivojlantirish, turizm almashinuvini oshirish, Toshkentda gumanitar loyihalarni amalga oshirish, agrologistika markazlari va zamonaviy kimyo quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida hujjatlar.

Mamlakat bilan 3 mingdan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, loyihalar portfeli qariyb $45 mlrdni tashkil qiladi. Bu galgi tashrif doirasida $20 mlrdlik yangi loyihalar bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Avvalroq Rossiya O‘zbekistonda umumiy quvvati 330 MVt bo‘lgan kichik atom elektr stansiyasini qurishi mumkin. Bosimli suv reaktori negizida har biri 55 MVt quvvatga ega oltita energoblok qurish rejalashtirilgan.

1-iyundan metanning eng baland narxi 3750 so‘m qilib belgilanmoqda

0

Metan gazni sotishda belgilangan eng baland chakana narx 1-avgustgacha amal qiladi.

1-iyundan bir kub metr metan gazning eng baland narxi 3750 so‘m qilib belgilanmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

25-may kuni hukumatning metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirishga qaratilgan qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, AGTKShlarda tabiiy gazni sotishda tegishli qaror bilan uning eng baland chakana narxi 1-avgustgacha bir kub metr uchun 3750 so‘m qilib belgilanmoqda.

Ya’ni, 1-iyundan yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim o‘zgartishlar bilan amal qiladi.

Bunda avvalgi narx 1-aprelgacha 3250 so‘mni, 1-iyungacha esa 3350 so‘mni tashkil etgandi.

1-iyundan AGTKShlarga yetkazib beriladigan gaz narxi 1500 so‘mdan 1800 so‘mga oshiriladi. 2025-yilning 1-aprelidan esa AGTKShlar uchun bir kub metr tabiiy gaz 2 500 so‘mdan yetkazib beriladi.