Endilikda 36ta yangi mamlakatdan tashrif buyuruvchi sayyohlar qirollikda amaldagi 30 kun o‘rniga 60 kungacha vizasiz qolishlari mumkin bo‘ladi.
Bu tashabbus qirollikning turizm industriyasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasining bir qismidir. Hukumat vakili Chay Vacharonning so‘zlariga ko‘ra, vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar ro‘yxati 57tadan 93taga yetkazilmoqda. O‘zbekiston vizasiz rejim uzaytirilgan 36ta yangi davlatdan biriga aylandi. Bu ro‘yxatga Hindiston, Kambodja, Laos, Qozog‘iston va boshqa davlatlar ham kiritilgan.
Mazkur mamlakatlar fuqarolari uchun vizasiz qolish muddati 30 kundan 60 kungacha uzaytiriladi. Yana 31ta (hozirda 19ta) davlat pasporti egalari Tailandga borganlaridan keyin viza olishlari mumkin bo‘ladi.
Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, viza yig‘imlaridan tushadigan daromad taxminan 12,3 mlrd bahtga ($335 mln) qisqaradi. Biroq, bu yo‘qotishlar turizm sanoatidan tushadigan daromadlarning ortishi bilan qoplanadi.
2024-yilning fevralidan o‘zbekistonliklar dunyoning 31 davlatiga, jumladan Eron va BAAga vizasiz kirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Yana 28ta davlat, shu jumladan o‘sha vaqtda Tailandga ham kirgach viza olish mumkin bo‘ldi.
Avvalroq O‘zbekiston Termiz erkin savdo zonasida 15 kungacha vizasiz rejim joriy etishi haqida xabar berilgandi.