Bosh sahifa Blog Sahifa 88

Professionallar va biznesni endi boshlayotganlar uchun top 6 kitob

0

Spot internet tarmog’i va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan manbalar orqali siz uchun qiziq bo’lgan kitoblarni bir joyda to’pladi.

1.20 ta eng samarali onlayn sotish vositasi. Muallif: MARIA SOLODAR

Mazkur kitob sotuv sohasida qanchalik talab kuchayayotganini ko’rsatib beradi va sotuv bo’yicha eng samarali texnikalarni yoritadi.

2. Boshqaruvning Osiyocha usuli: Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyada biznes qanday boshqariladi. Muallif: Sing Ong Yu

Bu kitob ishbilarmonlik madaniyati va Osiyolik hamkasblar bilan mustahkam munosabat o‘rnatishni istaganlar uchun foydali yo‘lboshlovchiga aylanadi.

3. Matryoshka. Biznesni xorijliklar bilan qanday yuritish kerak. Muallif: Endi Freka

Freka kitobxonni xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va jahon bozorida o‘z biznesini to‘g‘ri targ‘ib qilishga o‘rgatadi.

4. Spetsnas usullari bilan biznesni boshqarish. Bosh direktorga aylangan snayperning maslahatlari. Muallif: Brendon Uebb

Muallif o’z kitobida harbiy va biznes-tajribasidan kelib chiqib, har qanday vaziyatlarga moslashish va muammolarni nostandart yo‘l bilan yechish bo‘yicha maslahatlar beradi. Bu yerda “muvaffaqiyatli biznesmenlarning yetti tamoyillari” va ko‘plab tadbirkorlarning tajribasi to‘plangan.

5. “Avval barcha qoidalarni buzib tashlang: dunyoning eng yaxshi menejerlari boshqacha yoʻl tutishadi”. Muallif: Markus Bakingem, Kurt Koffman

Ushbu kitobda mahsulotni sotish va oʻz qoʻl ostidagilarning yashirin potensialini amalga oshirishni istovchi menejer va marketologlar uchun kerakli tavsiyalar oʻrin olgan.

6. Bitimlar tuzish san’ati. Muallif: Donald Tramp

Bestseller nafaqat muvaffaqiyatli bitimlarning ko’plab jonli misollarini topadigan tadbirkorlar uchun , balki bizning zamonamizning taniqli shaxslari bilan qiziqadigan odamlar uchun ham qiziqarli bo’ladi.

O‘zbekistonliklar ikkita yangi viza asosida Janubiy Koreyaga ishlashga jo‘natiladi

0

Kelgusida o‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga E-8 vizasi bo‘yicha ishlashga yuboriladi. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazir Behzod Musayev Janubiy Koreya Adliya vazirligining immigratsiya departamenti rahbari Kim Jong Do boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.

«Tomonlar O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaga E-8 (mavsumiy) va E-7 (professional) vizalari asosida jo‘natish masalalarini muhokama qildi. Hozirda fuqarolar E-9 vizasi (noprofessional) olishlari mumkin».

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi migratsiya jarayonlarini qonuniy va xavfsiz amalga oshirish hamda o‘zbekistonliklarning Koreyada noqonuniy ishlashiga chek qo‘yishga kelishildi.

Bundan tashqari, vazirlik Janubiy Koreyaning Ulsan shahar hokimi Kim Du Gyum bilan ham muzokaralar o‘tkazdi.

Hokimlik fuqarolarga ishchi viza berish tizimini yo‘lga qo‘yib, mutaxassislarni shahardagi yirik sanoat obyektlariga ishga qabul qilishni rejalashtirmoqda. Amalda viza Koreya Adliya vazirligi tomonidan berilardi.

«O‘zbekistonda “Ulsan kasb-hunarga o‘qitish markazi” ochiladi. Fuqarolar uch oy davomida til kurslariga jalb qilinib, saralash natijalari asosida ularga Ulsan shahar hokimligi tomonidan viza beriladi».

Markaz mutaxassislarni Koreya standartlari asosida tayyorlaydi. Ishchilar dastlab “Hyundai»ga, keyinchalik esa boshqa kompaniya va konsernlarga ishga yuboriladi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Ulsan shahridagi ishlab chiqarish obyektlarida 50 mingga yaqin ishchi kuchiga ehtiyoj mavjud. Loyiha ishga tushgach, O‘zbekistondan bu yerga dastlab yiliga 400 nafar, keyinchalik esa 5 ming nafar malakali mutaxassislar jalb qilinadi.

Uchrashuv yakunida vazirlik va Ulsan shahar hokimligi o‘rtasida “Malakali mutaxassislar tayyorlash va Ulsan shahrida bandligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik memorandumi” imzolandi.

Ta’lim yo‘nalishlariga oid takliflar ko‘rib chiqildi

0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-sentabr kuni maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Shaxs tarbiyasi va rivojlanishiga bolalikdan zamin qo‘yiladi. Shu bois davlatimiz tomonidan maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oxirgi yetti yilda bu tizimda qamrov darajasi 27 foizdan 74,6 foizga ko‘tarildi. Kelgusi besh yilda buni 80 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Shu bilan birga, ta’lim-tarbiya mazmuni ham muhim. Bu o‘quv-metodik qo‘llanmalar ta’minoti, tarbiyachilar salohiyati, yangicha yondashuvlar kabi ko‘p omillarni talab etadi.

Taqdimotda maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, qamrovni kengaytirish maqsadida maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish ko‘zda tutilmoqda.

Davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan o‘quv-metodik materiallar hamma bog‘chalarda ham to‘liq emas. Nodavlat muassasalar internet manbalaridan foydalanmoqda. Shuning uchun endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtirilishi hamda undan bepul foydalanilishi belgilanmoqda.

Ilg‘or xorijiy tajribada bolalarning aqliy va kognitiv salohiyati, jismoniy, ruhiy, ijtimoiy holati doimiy kuzatilib, tarbiya yo‘naltiriladi. Shundan kelib chiqib, Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida “Bolaning rivojlanish xaritasi”ni yuritish vazifasi qo‘yilmoqda.

Bog‘chalardagi pedagoglarning katta qismi o‘rta maxsus ma’lumotli. Sohada malaka oshirishning hozirgi muddati besh yilda bir marta. Bu jarayonni jadallashtirish maqsadida malaka kurslari oralig‘ida “Metodik mahorat soati” va “Metodik mahorat kuni” tadbirlarini o‘tkazish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, bu yo‘nalishdagi oliy ta’limda dual ta’lim shaklini ochish, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalarni oshirish taklif etilmoqda.

Bugungi kunda davlat bog‘chalarida davomat, oziq-ovqat xarajatlari qog‘oz shaklida to‘ldirilmoqda. Endi biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda hisobotlarni raqamlashtirish talabi qo‘yilmoqda.

Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda bu borada tayyorgarlik va rag‘bat tizimi ancha o‘zgardi. 2022-yilda o‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro fan olimpiadalarida 45 ta medal olgan bo‘lsa, bu yil 113 taga yetdi. Aslida dunyoga chiqa oladigan bilimli yoshlarimiz yanada ko‘p.

Ularni puxta tayyorlab, natijadorlikni oshirish uchun xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qo‘llanmalar takomillashtirilib, o‘quvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi.

Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.

Davlatimiz rahbari takliflarni yanada sinchiklab o‘rganib, har tomonlama takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etildi

0

“O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etildi.

Faxriy unvon biznesning yangi, yuqori daromadli yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, sohaga innovatsiyalarni keng joriy qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, eksport salohiyatini oshirish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, shuningdek, o‘z faoliyati davomida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirib, ijtimoiy loyihalardagi faolligi bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan, biznes yuritishda katta tajribaga ega, ilg‘or va tashabbuskor tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlari va ta’sischilariga beriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Yo‘l harakati bo‘yicha asossiz jarimalar ustidan onlayn shikoyat qilish imkoniyati yaratildi

0

Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin hamda hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Yo‘l harakati bilan bog‘liq noto‘g‘ri chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat yo‘llash tartibi osonlashtirilmoqda. Bu haqda Yagona portal matbout xizmati xabar berdi.

Endilikda yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq chiqarilgan qaror va xabarnomalar bo‘yicha e’tirozni onlayn bildirish mumkin.

Xizmatdan Yagona portal yoki uning mobil ilovasi orqali jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin. Ariza beruvchi portalda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi. Qidiruv tizimiga “Yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan chiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar yuzasidan murojaat yuborish” kalit so‘zlarini kiritgach, kerakli sahifa ochiladi. “Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosish orqali arizalar jo‘natiladi.

Bunda xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, hech qanday hujjat talab etilmaydi. Arizalar 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi hamda vakolatli organ tomonidan ma’lumotlar tekshiriladi.

Ariza qanoatlantirilganligi yoki rad etilganligi yuzasidan Yagona portal orqali ariza beruvchiga elektron shakldagi ma’lumotnoma taqdim etiladi.

Mazkur xizmat hozirda sinov tariqasida ishlamoqda hamda undan 1-sentabrdan boshlab to‘liq foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Asossiz tuzilgan bayonnoma yuzasidan IIV YHXXga dalillar ilova qilingan holda elektron ariza yuborish funksiyasini ishga tushirish Vazirlar Mahkamasining 3-iyuldagi qarorida nazarda tutilgan.

Bayram kunlari Toshkent metrosi qanday harakatlanishi ma’lum qilindi

0

“Toshkent metropoliteni” bayram kunlari metro qanday harakatlanishini ma’lum qildi.

Mustaqillikning 33 yillik bayramini nishonlash maqsadida metropoliten yo‘nalishlarining faoliyati belgilangan tartibda tashkil etiladi. Xususan, 31-avgust va 1-sentabr kunlarida metro poyezdlari odatiy ish kunlari uchun belgilangan jadval asosida harakatlanadi.

Shuningdek, 2,3-sentabr kunlari metro poyezdlari dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida faoliyat ko‘rsatadi.

Prezidentning tegishli farmoni bilan dam olish kunlari belgilangan. O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olishadi.

Avvalroq 2024/2025-o‘quv yili oliy ta’lim muassasalarida 9-sentabrdan boshlanishi ma’lum qilingandi. Akademik litseylarda, kasb-hunar maktablarida esa ta’lim jarayonlari 4-sentabrdan boshlanishi belgilandi.