Foydali manbalarKutubxonaProfessionallar va biznesni endi boshlayotganlar uchun top 6 kitob

Professionallar va biznesni endi boshlayotganlar uchun top 6 kitob

Spot internet tarmog’i va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan manbalar orqali siz uchun qiziq bo’lgan kitoblarni bir joyda to’pladi.

1.20 ta eng samarali onlayn sotish vositasi. Muallif: MARIA SOLODAR

Mazkur kitob sotuv sohasida qanchalik talab kuchayayotganini ko’rsatib beradi va sotuv bo’yicha eng samarali texnikalarni yoritadi.

2. Boshqaruvning Osiyocha usuli: Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyada biznes qanday boshqariladi. Muallif: Sing Ong Yu

Bu kitob ishbilarmonlik madaniyati va Osiyolik hamkasblar bilan mustahkam munosabat o‘rnatishni istaganlar uchun foydali yo‘lboshlovchiga aylanadi.

3. Matryoshka. Biznesni xorijliklar bilan qanday yuritish kerak. Muallif: Endi Freka

Freka kitobxonni xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va jahon bozorida o‘z biznesini to‘g‘ri targ‘ib qilishga o‘rgatadi.

4. Spetsnas usullari bilan biznesni boshqarish. Bosh direktorga aylangan snayperning maslahatlari. Muallif: Brendon Uebb

Muallif o’z kitobida harbiy va biznes-tajribasidan kelib chiqib, har qanday vaziyatlarga moslashish va muammolarni nostandart yo‘l bilan yechish bo‘yicha maslahatlar beradi. Bu yerda “muvaffaqiyatli biznesmenlarning yetti tamoyillari” va ko‘plab tadbirkorlarning tajribasi to‘plangan.

5. “Avval barcha qoidalarni buzib tashlang: dunyoning eng yaxshi menejerlari boshqacha yoʻl tutishadi”. Muallif: Markus Bakingem, Kurt Koffman

Ushbu kitobda mahsulotni sotish va oʻz qoʻl ostidagilarning yashirin potensialini amalga oshirishni istovchi menejer va marketologlar uchun kerakli tavsiyalar oʻrin olgan.

6. Bitimlar tuzish san’ati. Muallif: Donald Tramp

Bestseller nafaqat muvaffaqiyatli bitimlarning ko’plab jonli misollarini topadigan tadbirkorlar uchun , balki bizning zamonamizning taniqli shaxslari bilan qiziqadigan odamlar uchun ham qiziqarli bo’ladi.

Foydali manbalar

So‘nggi kitoblar

Profi University asoschisi Bektosh Hatamov tavsiya qilgan 5ta kitob

Tadbirkor muvaffaqiyatga erishish, biznesni tizimlashtirish va yaxshi odatlarni shakllantirishga yordam beruvchi kitoblar haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Bektosh Hatamov Samarqandda tavallud topgan. O‘z faoliyatini 2006-yilda repetitorlikdan boshlagan tadbirkor...

Testo chuchvaraxonalari tarmog‘i asoschisi Zamira Rahmanova tavsiya qilgan 5 ta kitob

Tadbirkor strategik fikrlashga, hayotda jarayonlarni qurishga, muhim narsalarni majburlanganlaridan ajratishga va o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishga yordam beradigan kitoblarni biz bilan bo‘lishdi. Zamira uzoq vaqt “Korzinka” supermarketlar...

EPAM direktori Renat Axtyamov tavsiya qilgan 5ta kitob

Renat Axtyamov unga o‘z jamoasini boshqarishda, biznes jarayonlarini qurishda hamda oilasiga vaqtni unumli ajratishda yordam bergan kitoblari bilan o‘rtoqlashdi.   Renat Axtyamov 2005-yildan buyon IT-sohasida faoliyat...